Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
JCH-2018. 1 iyul, soat 19:00
| Nimchorak final. Bosh hakam: Byorn Keypers (Gollandiya) | ||
ISPANIYaSergey Ignashevich (11-avtogol)
|
1 : 1 |
ROSSIYaArtyom Dzyuba (41-penalti)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.David de Xea (D) 15.Serxio Ramos 03.Jerar Pike 18.Xordi Alba 04.Nacho 21.David Silva 05.Serxio Buskets 22.Isko 08.Koke 20.Marko Asensio 19.Diyego Kosta |
01.Igor Akinfeev (D) 13.Fyodor Kudryashov 04.Sergey Ignashevich 02.Mario Fernandes 03.Ilya Kutepov 18.Yuriy Jirkov 19.Aleksandr Samedov 11.Roman Zobnin 07.Daler Kuzyayev 17.Aleksandr Golovin 22.Artyom Dzyuba |
|
| ZAHIRA | ||
|
Pepe Reyna (D) Kepa (D) Sesar Aspilikueta Nacho Monreal Daniel Karvaxal Saul Tyago Alkantara Andres Inyesta Rodrigo Lukas Vaskes Yago Aspas Alvaro Odriosola |
Vladimir Gabulov (D) Andrey Lunyov (D) Andrey Semenov Vladimir Granat Alan Dzagoyev Anton Miranchuk Aleksandr Yeroxin Yuriy Gazinskiy Aleksey Miranchuk Fyodor Smolov Denis Cherishev |
|
Matn
| ' | Shuning bilan bugungi onlayn-translyasiyani yakunlaymiz! Xayr, salomat bo‘ling! | |
| ' | ![]() |
Yago Aspaaas! Urolmadi! 3:4! Rossiya chorak finalda!!!! |
| ' | ![]() |
Cherishe! Gol! 3:4! |
| ' | ![]() |
Serxio Ramos! Gol! 3:3. |
| ' | ![]() |
Golovin! Gol! 2:3. |
| ' | ![]() |
Koke! Koke urolmadi! Akinfeef zarbani qaytardi! 2:2. |
| ' | ![]() |
Ignashevich! Gol! 2:2. |
| ' | ![]() |
Pike! Gol! 2:1. |
| ' | ![]() |
Fyolor Smolov. Gol! 1:1! |
| ' | ![]() |
Penaltilar seriyasi boshlandi! Inyesta - gol! 1:0 |
| 120+1' | ![]() |
Hakam hushtagi yangradi. G‘olib penaltilar seriyasida aniqlanadi. |
| 120"' | ![]() |
2-ekstra taymga 1 daqiqa qo‘shib berildi. |
| 118"' | ![]() |
O‘yin oxirlarida Rossiya bursak to‘pi ishladi, ammo bundan foydalana olmadi. |
| 116"' | ![]() |
VAR javobi: Penalti yo‘q, o‘yin davom etadi. |
| 115"' | ![]() |
Jarima to‘pi bajarilganda Ignashevich Pike bilan kurashda qo‘lini ishlatgan ekan.VAR! |
| 113' | ![]() |
Ispaniya chap ianotdan jarima tshpi tepadi. Iskoni yiqitishdi. |
| 109' | ![]() |
VUUUUUH! Rodrigo chap qanotdan zo‘r qochib ketdi, Ignashevichni aldab, zarba berdi. Akinfeev qaytardi. Karvaxal 12 metrlardan yo‘llagan zarba himoyachiga tegib qaytdi |
| 107' | ![]() |
Inyesta jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Rekoshet holatda borgan to‘pni Akinfeev egalladi |
| 106' | ![]() |
Ispaniyaning bugungi o‘yindagi uzatmalari soni 1000tadan oshib ketdi. |
| 106' | ![]() |
To‘rtinchi bo‘lim boshlandi |
| 105+1' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan uzatmaga Pike bosh bilan zarba berdi. To‘pni Akinfeev egallab oldi |
| 104' | ![]() |
Ispaniyada ham to‘rtinchi o‘zgarish: Asensio o‘rniga Rodrigo tushirildi |
| 101' | ![]() |
Ramosning uzatmasiga hech bir futbolchi yetib bora olmadi |
| 100' | ![]() |
Vuh! Asensio jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Akinfeev o‘z o‘rnida |
| 97' | ![]() |
Rossiyada to‘rtinchi o‘zgarish: Kuzyayev o‘rniga Aleksandr yeroxin tushirildi. Bu JChda yangiliklardan biri! |
| 96' | ![]() |
Ispanlar ishni penaltigacha yetkazish xavfli ekanini tushunib, bosimni oshirmoqda |
| 91' | ![]() |
Xavfli vaziyat. Aspas chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib kelib, darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilar bir amallab xavfni bartaraf etishdi |
| 91' | ![]() |
Uchinchi bo‘lim boshlandi |
| 90+5' | ![]() |
Asosiy vaqtning ikkinchi bo‘limi yakuniga yetdi. Hozircha hisob — 1:1. Biroz dam olamiz. Shundan so‘ng ekstra-taymlarga start beriladi |
| 90+2' | ![]() |
Ruslarning kamsonli hujumlaridan biri. Smolov jarima maydonchasining chap tomonidan zarba berdi. Ammo noaniq |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Bu safar burchakdan yetkazilgan uzatmaga Ramos bosh bilan zarba berdi. Ancha noaniq |
| 89' | ![]() |
Ispaniya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Pike bosh bilan zarba berdi, to‘p rekoshet holatda maydonni tark etdi. Yana burchak zarbasi |
| 87' | ![]() |
Rossiya xavfli qarshi hujum tashkil qildi. Ammo Golovin Albaga nisbatan fol ishlatdi, deb topildi |
| 85' | ![]() |
VUUUUUH! Andres Inyesta jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. Burchakka qarab yo‘l olayotgan to‘pni Akinfeev qaytardi |
| 82' | ![]() |
Ispanlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. To‘p Busketsga kelib tushdi, ammo uning zarbasi muvaffaqiyatsiz chiqdi. Kyoypers orada VARdagilar bilan gaplashib olishga ham ulgurdi. Penalti yo‘q |
| 80' | ![]() |
Ispaniyada so‘nggi o‘zgarish: Diyego Kosta o‘rniga Yago Aspas tushirildi |
| 79' | ![]() |
Rossiyaliklar to‘pni egallagan paytda qarshi hujumga o‘tishga harakat qilmoqda, ammo ularga aniq pas yetishmayapti |
| 76' | ![]() |
"Qizil furiya" to‘pni to‘liq nazorat qilmoqda, ammo hozircha ular Rossiya mudofaasini yorib o‘ta olmayapti |
| 74' | ![]() |
Ispaniya burchak to‘pini o‘yinga kiritda. Draovza tomon zarba berilmadi |
| 71' | ![]() |
Zobnin sariq kartochka oldi |
| 70' | ![]() |
Ispaniyada ikkinchi o‘zgarish: Nacho o‘rniga DAni Karvaxal tushirildi |
| 67' | ![]() |
Ispaniyada o‘zgarish: David Silva o‘rniga Inyesta tushdi |
| 66' | ![]() |
Golovin Ispaniya jarima maydonchasining chap qanotida Ramosni aldab o‘tayotganida sirpanib yiqilib tushdi |
| 65' | ![]() |
Rossiyada uchinchi o‘zgarish: Artyom Dzyuba o‘rniga Fyodor Smolov tushirildi |
| 61' | ![]() |
Rossiyada ikkinchi o‘zgarish: Aleksandr Samedov o‘rniga Denis Cherishev maydonga tushdi |
| 60' | ![]() |
Nacho o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. David Silva bosh bilan zarba bera olmadi |
| 58' | ![]() |
Vuuuh! Mana, Ispaniya ham uchrashuvdagi dastlabki burchak to‘pini ishladi. Isko jarima maydonchasiga yorib kirdi, himoyachilar so‘nggi pallada xavfni bartaraf etishdi |
| 58' | ![]() |
Rossiya o‘yinda to‘rtinchi marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p bu safar Dzyubagacha yetib kelmadi |
| 54' | ![]() |
Ilya Kutepov ogohlantirish oldi |
| 47' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Asensio 12 metrlardan zarba berdi. Akinfeev qiyinchilik bilan to‘pni qaytardi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshida Rossiyada o‘zgarish bo‘ldi. Yuriy Jirkov o‘rniga Vladimir Granat tushirildi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga start berildi. Davom etamiz |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha Ispaniya - Rossiya 1:1. Tanaffus |
| 45+1' | ![]() |
Kosta bosh bilan zarba berdi. Akinfeev to‘pni egallab, qarshi hujumni boshlab berdi. Golovin jarima maydonchasiga uzatma berdi. Ramos ko‘kragi bilan to‘pni de Xeaga tashlab berdi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Oho! Isko jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p himoyachining boshiga tegib qaytdi |
| 41' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Artyom Dzyuba, 1:1! Rossiyalik hujumchi David de Xeani dog‘da qoldira oldi! |
| 40' | ![]() |
Jerar Pike sariq kartochka bilan jazolandi |
| 40' | ![]() |
PENALTI! Rossiyaliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Dzyuba bosh bilan zarba berdi. To‘p esa qo‘lini baland ko‘targan Pikening qo‘liga tegdi |
| 36' | ![]() |
Vuuuuuh! Rossiya hisobni tenglashtirishiga bir bahya qoldi. Golovin 15 metrlardan olis burchak tomon aylanma zarba berdi. Ammo Aleksandrga biroz aniqlik yetishmadi |
| 29' | ![]() |
Yerro jamoasi to‘pni nazorat qilishda davom etmoqda. Uzatmalar soni — 252 - 58 |
| 26' | ![]() |
Cherchesov shogirdlari asosan uzun paslar orqali o‘ynashga intilishmoqda |
| 23' | ![]() |
Ruslar jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Dzyuba bosh bilan to‘pni 11 metrli nuqta atrofiga uzatma berdi. Ispanlar to‘pni qaytarishdi |
| 19' | ![]() |
75% - 25% to‘plar nazoratidagi farq |
| 15' | Tezkor gol rossiyaliklarning rejasini buzib qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Balki Cherchesov bunday holatga ham tayyorlangandir? Ko‘ramiz | |
| 11' | ![]() |
GOOOOOOOL! Sergey Ignashevich, 1:0 avtogol! Ispanlar standart vaziyatdan hisobni ochishdi. Asensio o‘ng qanotdan to‘pni darvoza yaqiniga yetkazdi. Ignashevich jon-jahdi bilan Ramosni yopishga harakat qildi, Serxioni quchoqlab yiqitdi, ammo to‘p aynan himoyachining oyog‘iga tegib, to‘rga borib tushdi |
| 7' | ![]() |
Ispanlar to‘pni nazorat qilishmoqda. Bu kutilgan hol albatta |
| 4' | ![]() |
Golovin o‘ng qanotdan hujumga o‘tib, burchak to‘pi ishladi |
| 1' | ![]() |
Diqqat! O‘yin boshlandi! |
| ' | Har ikkala terma jamoa maydonda saf tortishdi. Dastlab Ispaniya, so‘ngra Rossiya davlat madhiyalari yangraydi | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Jahon chempionatida nimchorak finalning uchinchi o‘yiniga yetib keldik. Rossiya va Ispaniya terma jamoalari "Lujniki" stadionida to‘qnash kelishmoqda |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|