Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
JCH-2018. 2 iyul, soat 19:00
| Nimchorak final. Bosh hakam: Janluka Rokki (Italiya) | ||
BRAZILIYaNeymar (51)
Roberto Firmino (88) |
2 : 0 |
MEKSIKA |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Alisson (D) 02.Tiago Silva 03.Miranda 05.Kazemiro 06.Filipe Luis 09.Gabriel Jezus 10.Neymar 11.Filippe Koutinyo 15.Paulinyo 19.Villian 22.Fagner |
13.Gilyermo Ochoa (D) 02.Ugo Ayyala 03.Karlos Salsedo 04.Rafael Markes 11.Karlos Vela 14.Xavyer Ernandes 16.Ektor Errera 18.Andres Guardado 21.Edson Alvares 22.Irving Losano 23.Xesus Galyardo |
|
| ZAHIRA | ||
|
Ederson (D) Kassio Ramos (D) Marselo Markinyos Danilo Pedro Jeromel Renato Augusto Fernandinyo Fred Roberto Firmino Tayson |
Alfredo Talavera (D) Xose Korona (D) Migel Layyun Djonatan dos Santos Marko Fabian Erik Gutyerres Djovani dos Santos Oribe Peralta Xesus Korona Raul Ximenes Xavyer Akino |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Filipe Luis (43)
Kazemiro (59) |
Edson Alvares (38)
Ektor Errera (55) Karlos Salsedo (77) |
|
Matn
| 90+7' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. Braziliya terma jamoasi chorak finalga chiqdi |
| 90+2' | ![]() |
Adres Guardado sariq oldi |
| 90+1' | ![]() |
Braziliyada so‘nggi o‘zgarish: Villian o‘rniga Markinyos tushirildi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 6 daqiqa qo‘shib berildi |
| 88' | ![]() |
GOOOOOOOL! Roberto Firmino, 2:0! Fernandinyoning uzatmasidan keyin Neymar chap qanotdan oldinga o‘tib, darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatda kuchli bo‘lmagan zarba berdi. To‘p Ochoaning oyog‘iga tegib olis ustun tomon ketdi. Firmino esa bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi! |
| 86' | ![]() |
Braziliyada o‘zgarish: Filippe Koutinyo o‘rniga Roberto Firmino tushdi |
| 80' | ![]() |
Braziliyada o‘zgarish: Paulinyo o‘rniga Fernandinyo tushirildi |
| 77' | ![]() |
Karlos Salsedo ogohlantirildi |
| 75' | ![]() |
Villian jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba berdi. Ammo kuchli emas. |
| 72' | ![]() |
Meksikalik futbolchi Neymarning oyog‘ini butsasining tishlari bilan bosib olib, braziliyalik hujumchiga jarohat yetkazdi |
| 68' | ![]() |
Neymar! Jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘iga yengil tegib, shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi. Ochao to‘pga yeta olmagandi |
| 63' | ![]() |
VUUUUH! Villian 15 metrlardan juda kuchli zarba yo‘lladi. To‘sin ostiga kirayotgan to‘pni yana Ochoa qaytarishga muvaffaq bo‘ldi! |
| 61' | ![]() |
Karlos Vela jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Alisson to‘pni yuqoriga ko‘tarib yubordi |
| 60' | ![]() |
Meksikada o‘zgarish: Xavyer Ernandes o‘rniga Raul Ximenes tushdi |
| 59' | ![]() |
Kazemiro ogohlantirish oldi. U keyingi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Agar Braziliya chorak finalga chiqsa |
| 59' | ![]() |
VUUUUUH! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Paulinyo 11 metrli nuqta ustidan kuchli zarba berdi. To‘sin ostiga kirayotgan to‘pni Ochao yuqori ko‘tarib yuborishga muvaffaq bo‘ldi |
| 55' | ![]() |
Meksikada o‘zgarish: Alvares o‘rniga Jonatan dos Santos tushirildi. |
| 55' | ![]() |
Ektor Errera sariq kartochka oldi. U katta tezlikda oldinga o‘tayotgan Villianni qo‘li bilan tortib to‘xtatdi. |
| 54' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin Layyun to‘pni egallab, 17 metrlardan zarba berdi. Rekoshet holatida borgan to‘pni Alisson egallab oldi |
| 53' | ![]() |
Meksika burchak to‘pini o‘yinga kiritdi va xavfli vaziyat yaratdi. Hujum yana bir burchak to‘pi bilan yakunlandi |
| 51' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Neymaaaaarr, 1:0! Neymarning o‘zi hujumga asos soldi: u jarima maydonchasi tashqarisida tovoni bilan to‘pni Villianga qoldirib ketdi. Yarim himoyachi katta tezlikda chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va narigi ustun tomon uzatma berdi. O‘sha joyga yetib borgan Neymar bo‘sh darvozaga to‘pni jyolab qo‘ydi. Ofsayd yo‘q, hammasi joyida |
| 50' | ![]() |
Meksikada qarshi hujum. Galyardo 21 metrdan o‘zi zarba yo‘llashga qaror qildi. Noaniq. Losano chap qanotdan yordamga yetib kelgandi... |
| 48' | ![]() |
VUUUUUH! Koutinyo chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, darvoza ro‘parasi tomon yurdi va 13 metrlardan kuchli zarba berdi. Ochoa dahshatli seyv orqali zarbani qaytardi! |
| 46' | ![]() |
Meksikada o‘zgarish bo‘ldi. Rafael Markes o‘rniga Migel LAyyun tushirildi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi. Hakam taymga 1 soniya ham qo‘shmadi |
| 43' | ![]() |
Meksikaliklar jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. To‘p Alissonga nasib etdi |
| 43' | ![]() |
Filipe Luis sariq kartochka oldi |
| 41' | ![]() |
Villian o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga yerlatib uzatma berdi. Ochoa to‘pni ushlab oldi |
| 40' | ![]() |
Neymar jarima zarbasi yo‘lladi. To‘p ustundan 1 metrlar masofadan o‘tib ketdi |
| 34' | ![]() |
Koutinyo jamoadoshi bilan "devor" o‘ynab, jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berdi. To‘p rekoshet holatda maydonni tark etdi |
| 33' | ![]() |
Braziliya gol urishga yaqin keldi. Jezus chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirib zarba berdi. Darvozabon qaytardi |
| 30' | ![]() |
Eh, Vela! Jarima maydonchasi burchagidan juda noaniq zarba yo‘lladi.. |
| 27' | ![]() |
Vuuuh! Braziliya ijrosida xavfli vaziyat! Yuqoridan yetkazilgan uzatmani mushti bilan urib yuborishda Ochoa xatoga yo‘l qo‘ydi. To‘pni egallagan Jezus narigi qanotga uzatma berdi. Neymar to‘pni egallab, Koutinyoni zarbavor vaziyatga chiqardi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 25' | ![]() |
Vuuuuh! Neymar jarima maydonchasining chap tomonida ikki nafar himoyachini aldab o‘tib, deyarli birga bir vaziyatda o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Ochoa oyoqlari bilan zarbani qaytardi |
| 22' | ![]() |
Meksika yana bir yaxshi zarbavor vaziyat yaratdi. Vela chap qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasi chizig‘i ustida ochilgan Erreraga pas berdi. Ektor bir himoyachini aldab zarba berdi. To‘p boshqa himoyachiga tegib qaytdi |
| 18' | ![]() |
Meksika xavfli qarshi hujum tashkil qildi. Ernandes chap qanotdan oldinga o‘tdi va olis masofaga uzatma berib, Losanoni to‘p bilan ta’minladi. Chap qanot hujumkor yarim himoyachisi Filipe Luisni chalg‘itib o‘tkir burchak ostida zarba berishga harakat qildi. Himoyachi zarba yo‘liga g‘ov bo‘ldi |
| 17' | ![]() |
Villian burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Meksika himoyachilari yaxshi harakat qilishdi |
| 15' | ![]() |
Vuuuuh! Losano o‘ng qanotda Filipe Luisni aldab o‘tib, darvoza yaqiniga xavfli uzatma berdi. Xavyer Ernandes uzatmaga biroz yeta olmadi. Uzatma tezroq chiqdi |
| 13' | ![]() |
Meksikaliklar yana bir burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Yuqori qavatda braziliyalik himoyachilar ustun kelishmoqda |
| 9' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani shimoliy amerikalik futbolchi bilan bosh bilan zarba berdi. Chicharito darvozabon maydonchasi ichida to‘pni darvoza tomon burishga harakat qildi, ammo u ofsaydda qolgandi |
| 9' | ![]() |
Maydonda teng kurash kechmoqda. To‘p maydon markazida saqlanib turmayapti. Meksikaliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi |
| 5' | ![]() |
Vuuuh! Neymar jarima maydonchasi yarim aylanasi chizig‘i oldidan zarba berdi. Ochoa to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi |
| 3' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani "sariq devlar" qaytarishdi |
| 2' | ![]() |
Vuuuuh! Dastlabki xavfli vaziyatni Meksika yaratdi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Alisson mushti bilan urib yubordi, ammo uning urinishi muvaffaqiyatli chiqmadi. Meksikalik futbolchi jarima maydonchasi ichida to‘pni egallab, zarba berdi. To‘p Mirandaga tegib, maydonni tark etdi |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi! To‘pni o‘yinga meksikaliklar kiritib berishdi |
| ' | Navbat Meksika madhiyasiga | |
| ' | Dastlab Braziliya davlat madhiyasi yangraydi | |
| ' | ![]() |
Diqqat! Braziliya va Meksika terma jamoalari maydonga chiqib kelishmoqda. Futbolchilarni kutib olamiz |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Mundial o‘zining eng qizg‘in pallasi — ekvatoriga yetib keldi. Avvalgi 2 kun davomida chorak finalda ishtirok etadigan 4ta terma jamoaning nomini bilib oldik. Endi esa beshinchi jamoa nomiga oydlik kiritiladi |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|