Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

JCH-2018, 6 iyul, soat 19:00

Chorak final. Bosh hakam: Nestor Pitana (Argentina)

URUGVAY

0 : 2

FRANSIYa

Rafael Varan (40)
Antuan Grizmann (61)
JAMOALAR TARKIBI
01.Fernando Muslera (D)
03.Diyego Godin
02.Xose Ximenes
12.Martin Kaseres
06.Rodrigo Bentankur
15.Matias Vesino
17.Diyego Laksalt
08.Naxitan Nandes
14.Lukas Torreyra
09.Luis Suares
11.Kristian Stuani
  01.Ugo Lyoris (D)
05.Samuel Umtiti
21.Lukas Ernandes
04.Rafayel Varan
12.Korenten Tolisso
02.Benjamin Pavar
06.Pol Pogba
13.N’Golo Kante
09.Olivye Jiru
07.Antuan Grizmann
10.Kilian Mbappe
ZAHIRA
Martin Silva (D)
Martin Kampanya (D)
Gilyermo Varela
Gaston Silva
Maksimilyano Pereyra
Sebastyan Koates
Djonatan
Karlos Sanchez
Kristian Rodriges
Djiordjian De
Edinson Kavani
Maksimiliano Gomec
  Alfons Areola (D)
Stiv Mandanda (D)
Benjamin Mendi
Presnil Kimpemb
Adil Rami
:ibril Sidibe
Toma Lemar
Nabil Fekir
Stiven N'Zonzi
Ousman Dembele
Floryan Toven

Matn

90+5'
O‘yin yakunlandi. Fransiya terma jamoasi yarim finalga yo‘l oldi. Urugvay uchun esa JCh yakuniga yetdi.
90+3'
Fransiyada o‘zgarish: Grizmann o‘rniga Nabil Fekir tushdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi
89'
Davrozagacha 35 metrlardan masofada belgilangan zarbani Grizmann yo‘lladi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
88'
Fransiyada o‘zgarish: Kilian Mbappe o‘rniga Usmon Dembele maydonga tushirildi
87'
Urugvayga gol kerak, ammo ular raqib darvozasi oldida bosimni yuzaga keltira olishmayapti. Fransuzlar to‘pni nazorat qilishni eplashyapti
79'
Fransiyada o‘zgarish: Tolisso o‘rniga Nzonzi tushirildi
79'
Urugvaylik futbolchi o‘ng qanotdan havolatib uzatma berdi. Umtitiga nisbatan hujumchilar fol ishlatishdi
76'
Mbappe raqibning 3 himoyachisini aldab, jarima maydonchasiga kirishga urindi. Himoyachi qaytargan to‘pga Jiru zarba berdi. Muslera to‘pni egallab oldi
73'
Urugavyda uchinchi o‘zgarish bo‘ldi. Nandes o‘rniga Jonatan tushirildi
73'
Vuuuuh! Tolissao shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i ustidan texnikaga asoslangan zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
71'
Nandes o‘ng qanotdan uzatma berdi. Umtiti xavfni bartaraf etdi
69'
Kilian Mbappe rostdan ham aktyorlik qilgan ekan. U va urugvaylik futbolchi Rodriges sariq kartochka olishdi
67'
Mbappe yerda yotibdi. Godin esa vaqtni cho‘zishda ayblagancha, raqib futbolchisiga o‘shqirmoqda
62'
Oho! Urugvay ketma-ket ikkita burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar qaytargan to‘pni egallagan urugvaylik futbolchisi jarima maydonchasi tashqarisidan 2 marta zarba yo‘lladi. Dastlabki to‘pni himoyachilar qaytargan bo‘lsa, ikkinchi zarba natijasida to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi.
60'
Goldan goldan Urugvayda ikkita o‘zgarish yuz bergandi. Kristian Stuani va Rodrigo Bentankur o‘rniga Kristian Rodriges va Maksi Gomes tushirildi.
61'
GOOOOOOOOOL! Antuan Grizmann, 0:2! "Atletiko" hujumchisi olis masofadan kuchli zarba berdi. Muslera to‘pni ushlab olmoqchi bo‘ldi, ammo to‘p uning qo‘lidan chiqib, to‘rga borib tushdi. Fernando Muslera qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi
52'
Mbappe burchak to‘pi ishladi. To‘pni o‘yinga Grizmann kiritdi. Suares esa bosh bilan to‘pni jarima maydonchasi tashqarisiga qaytardi. Olis masofadan berilga zarba noaniq bo‘ldi
47'
Vuuuuuh! Muslera qovun tushirishga oz qoldi. U o‘z himoyachisidan to‘pni qabul qildi va o‘z vaqtida tepib yubormadi. Darvozabon o‘z oldiga yugurib kelayotgan Grizmanni aldamoqchi bo‘ldi. To‘p Antuanning oyog‘idan maydonni tark etdi
46'
Ikkinchi bo‘limga start berildi
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha Urugvay - Fransiya - 0:1. Tanaffus
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
44'
VUUUUUUUH! Endi Urugvay "standart"dan hisobni tenglashtirishga juda yaqin keldi. Jarimadan yetkazilgan uzatmani Kasires bosh bilan darvoza burchagi tomon zarba berdi. Lyoris ajoyib seyv bilan zarbani qaytardi. Diyego Godin esa shundoqqina ustun yonidan darvoza tomon aniq zarba bera olmadi. U to‘pni yuqoriga tepib yubordi
39'
GOOOOOOOL! Rafael Varan, 0:1! Grizmann yetkazib bergan uzatma "Real" himoyachisi shunday zarba berdiki, to‘p darvoza burchagiga kirib ketdi
38'
Rodrigo Bentankur sariq kartochka oldi. U Tolissoning oyog‘idan tepib yiqitdi. Urugvay yarim finalga chiqsa, Bentankur maydonga tusha olmaydi
36'
Vuuuh! Suares o‘ng qanotdan Frasniya jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi. Urugvayliklar to‘pni egallab, yana jarima maydonchasiga yetkazishdi. Vesino darvoza tomon aniq zarba berdi. Ammo to‘pni Lyoris egalladi
33'
Naytan Nandesning futbolkasi yirtilib ketdi. U tezda yangi futbolkani kiyib oldi
33'
Lyuka Ernandes ogohlantirish oldi. U avval xatoga yo‘l qo‘ydi, so‘ngra o‘zidan o‘tib ketayotgan raqib futbolchisi Nayten Nandesni tortib yiqitdi
30'
O‘ng qanotdan uzatma berildi. To‘p rekoshet holatida darvozabon maydonchasiga kelishini Jiru va Tolisso kutishmagandi. Aks holda ular to‘pga oyoq qo‘yib, darvozani ishg‘ol qilishlari mumkin edi
26'
Evropaliklar navbatdagi burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Himoyachilar hushyor o‘ynashmoqda
25'
To‘p nazorati bo‘yicha ustunlik Fransiya tomoniga o‘tdi. Urugvay mustahkam himoyalanmoqda
22'
Desham shogirdlari burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Luis Saures bosh bilan to‘pni maydon markaziga qaytardi
19'
Pogba ancha olis masofadan ancha noaniq zarba berdi
15'
EHHH, Mbappe! Urugvayliklar o‘z jarima maydonchalari ichida Kilianni yolg‘iz qoldirishdi. Mbappe 7-8 metrlardan bosh bilan zarba berdi. Ammo to‘p darvoza to‘riga yuqoridan kelib tushdi. Hujumchi to‘pni xotirjamlik bilan bo‘ysundirib, so‘ngra zarba berish imkoniyatiga ham ega edi
14'
Urugvayliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi
7'
Fransiya termasi ham hujumlar tashkil qilishni boshladi
5'
Urugvayda yana bir xavfli hujum. Stuani o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirib borib, narigi ustun tomon uzatma berdi. U yerda janubiy amerikaliklardan hech kim yo‘q edi
4'
Urugvay xavfli hujum tashkil qildi. Ish zarbagacha yetib bormadi, himoyachilar xavfni bartaraf etishdi
2'
O‘yin boshidanoq Olivye Jiru jarohat olgandek ko‘rindi. Fransuz hujumchisi o‘rnidan turdi, hammasi joyida
1'
Diqqat uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga Luis Suares kiritib berdi
'
Bugungi o‘yinda ikki jamoa tarkibida bittadan yo‘qotish bor. Urugvayda Edinson Kavani, Fransiyada esa Blez Matyuydi maydonga tusha olishmaydi
'
Dastlab Urugvay, so‘ngra Fransiya davlat madhiyalarini tinglaymiz
'
Chorak finalning dastlabki o‘yini Urugvay va Fransiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Jamoalar maydonda saf tortishdi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida chorak final bosqichiga yetib keldik.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.