Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya kubogi, 1/8 final

16 fevral, soat 21:00

ARSENAL

Oksleyd-Chemberlen (17)
Podolski (48)

2 : 1

LIVERPUL

Stiven Jerrard (59-pen.)
JAMOALAR TARKIBI
Fabianski
Jenkinson
Kosyelni
Mertezaker
Monreal
Flamini
Arteta
Oksland-Chamberlen
O‘zil
Podolski
Sanogo
  Yones
Flanagan
Shkrtel
Agger
Sissoko
Jerrard
Allen
Koutinyo
Suares
Sterling
Starrij

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat! Angliya kubogi 1/8 finalning qolgan natijalari bilan saytimiz orqali tanishib olasiz!
'
Chorak finalda esa Liverpul shahrining yana bir jamoasi "Everton" "Emireyts Stedium"ga mehmon bo‘lib keladi.
'
Shunday qilib, "Arsenal" ham bir hafta oldingi yirik hisobdagi mag‘lubiyat uchun "Liverpul"dan qasos oldi va keyingi bosqichga chiqdi
90+4'
O‘YIN TUGADI!
90+2'
Mezbonlar to‘pni nazorat qilishmoqda
90+1'
Darvoqe, "Arsenal" muxlislari "2005" raqamlari yozilgan bannerni ko‘tarishdi. Bu orqali ular o‘z sevimlilariga so‘nggi marta Angliya kubogi sovrini 2005 yilda qo‘lga kiritilganini eslatishdi
90'
Ikkinchi bo‘limga Uebb 3 daqiqa qo‘shib berdi
89'
Muxlislarning kulgisiga sabab bo‘lgan voqea sodir bo‘ldi. Fabyanski o‘z jarima maydonchasi ichidan jarima zarbasini o‘yinga kiritishga shoshilmadi. U butsalarining bog‘ichlarini bog‘lab olishga urinayotganda "Liverpul" hujumchisi Starrij yugurib kelib, unga yordam berishga harakat qildi...
88'
Liverpullliklar yana bir jarima zarbasini amalga oshirishdi. Fabyanski to‘pni ishonch bilan egallab oldi
87'
Hujumda yana "Liverpul". Jerrard maydon markazidan to‘pni o‘ng qanotga uzatdi. Ammo u yerda sheriklaridan hech kim yo‘q...
86'
Venger maydondan Sanogoni olib, boshqa fransuz Olivye Jiruni tushirdi
85'
Nihoyat, Koutinyo maydonning "Arsenal" tomonida to‘pni egallab oldi va jarima zarbasini ishladi. Amalga oshirilgan jarima zarbasiga chiqishda Fabyanski qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Agger esa bo‘sh qolgan darvozani bosh bilan ishg‘ol qila olmadi! To‘p darvoza ustunini "yalab" o‘tib ketdi.
81'
Monreal ham to‘pni Sanogo tomon uzatdi. Unga mehmon himoyachilari zarba berish imkonini berishmadi. Qaytga to‘pga Kasorlo zarba berdi, to‘p esa Shkrtelning oyog‘iga tegib qaytdi
80'
Endi mezbonlar ketma-ket bir nechta hujumlar uyutirishdi. Maydonga endi tushgan Gibbs to‘pni Sanogoga uzatdi. Ammo u hech narsa qila olmadi
78'
"Liverpul" tezkor qarshi hujum uyushtirdi. Starrij to‘pni Suaresga yetkazdi. Uning olis masofadan bergan zarbasi Fabyanskining qo‘liga kelib tushdi.
76'
"Arsenal"da navbatdagi futbolchi almashtirish yuzaga keldi. Chemberlen chiqib ketdi, Kiran Gibbs maydonga tushdi
74'
"Arsenal" jarima maydonchasi ichida turgan Suaresga to‘p yetkazildi. Mertesaker to‘pni qaytarib qolishga muvaffaq bo‘ldi
72'
"Arsenal"ning kam sonli hujumlaridan birida Kasorlo 22 metrlardan to‘pni osmonu falakka yo‘naltirdi...
70'
Yanya Sterling yana o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasia yetkazdi. Bu safar burchak to‘pi
69'
Sterling o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Himoyachilar to‘pni hech qanday muammosiz qaytarishdi.
68'
"Arsenal"da o‘zgarish. Podolski o‘rniga Santi Kasorla tushirildi
67'
Suaresning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasini Fabyanski egallab oldi.
62'
Mersesaydliklar hozir "Arsenal" jarima maydonchasi atrofida haqiqiy bosimni yuzaga keltirishdi. Ular jarima to‘pini ishlashdi. To‘p esa darvozabon maydonchasiga yetkazildi. Jerrard esa Chemberlen bilan to‘qnashuvda maydonga quladi. Bu safar Uebbning hushtagi yangramadi.
61'
O-xo-xo... O‘yinda hisob tenglashishi mumkin edi! Starrij yana bir marta mezbonlar jarima maydonchasi ichida Fabyanski bilan yuzma-yuz holatga chiqib bordi. Ammo hujumchi darvozabonni aldab o‘tmoqchi bo‘lganida Lukash qo‘llari bilan forvardning oyoqlari ostidan urib yubordi!!!
59'
Goooooooooooooollll!!! Stiven Jerrard bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarmadi! 2:1.
57'
Suares jarima maydonchasiga yorib kirdi Podolskining oyog‘iga qoqilib yiqildi. Uebb nuqtani ko‘rsatdi
57'
Penalti!!! O‘yinga intriga qaytishi mumkin!
55'
O‘yin qarama-qarshi hujumlar ostida o‘tmoqda. Sterling chp qanotdan to‘pni Suaresga yetkazdi. Urugvaylik hujumchi ikkinchi qavatda muvaffaqiyatli o‘ynay olmadi.
54'
Hozir "Liverpul" jarima maydonchasi sari O‘zil katta tezlikda yaqinlashib keldi va 10 metrlar masofadan kuchli zarba berdi. Bred Jons bir amallab oyog‘i bilan to‘pni qaytarib qoldi.
53'
Flanagan o‘ng qanotda to‘pni egallab olib, chaproqdagi Suaresga yetkazdi. Urugvaylik futbolchi uzoq masofadan darvozani o‘qqa tutdi. To‘p darvoza to‘sini ustidan bir necha santimetr yuqoridan o‘tib ketdi!..
50'
Mehmonlarning hujumi o‘ng qanotdan rivojlandi. Suares to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Ammo to‘pga hammadan avval Fabyanski ega chiqdi
49'
Mezbon jamoa muxlislari g‘alaba qo‘shig‘ini kuylashni boshlab yuborishdi
48'
Mezbonlar ikkinchi golni urgan bo‘lsalar-da, goldan bir daqiqa avval mehmonlar hisobni tenglashtirishlari mumkin edi. Allen o‘ng burchakdan to‘pni yetkazib bergan paytda Suaresga bosh bilan zarba berish uchun hech kim xalal bermadi. Ammo uning zarbasi Fabyanskining oyoqlariga tegib qaytgandi!
48'
Lukas Podolski! "Arsenal" hisobni 2:0ga yetkazmoqda va keyingi bosqichga chiqish uchun juda yaxshi imkoniyat hosil qilmoqda!
47'
Gooooooooooooooollll!!!
46'
IKKINCHI BO‘LIM BOSHLANDI!
'
Darvoqe, bugungi o‘yin g‘olibi chorak finalda "Everton" bilan to‘qnash keladi. Chorak final bahsi bugungi to‘qnashuv g‘olibi maydonida bo‘lib o‘tadi.
'
O‘yin boshida "Liverpul" ikkita qulay imkoniyatlardan foydalana olmadi. Keyinchalik o‘yin tenglashdi va Chemberlen o‘z imkoniyatidan samarali foydalandi. O‘yin so‘ngida esa "Arsenal" posboni yaxshi o‘ynadi va o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi
45+1'
BIRINCHI BO‘LIM TUGADI! Tanaffus! Hisob: "Arsenal" - "Liverpul" - 1:0
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi. O‘yinda deyarli to‘xtalishlar bo‘lmadi
41'
Mezbonlar jarima zarbasini muvaffaqiyatsiz amalga oshirishdi. Natijada Sissoko maydonning yarmini kesib o‘tgan pas orqali Suares tomon to‘pni yetkazdi. Luis murakkab vaziyatda bo‘lishiga qaramay, to‘pni o‘ziga bo‘ysundirdi va 10 metrlar masofadan darvozaning burchagi tomon kuchli zarba berdi. Fabyanski mahorat ko‘rsatib, to‘pni qaytardi!
38'
Mehmonlar 3ga 3 holatda raqib darvozasi tomon yaqinlashib bordilar. Suares jarima maydonchasining chap tomonidan Kosyelnini aldab o‘tdiyu, ammo o‘zining oyog‘idan to‘p maydonni tark etdi
36'
"Emireyts" stadioniga yig‘ilgan muxlislar Suaresga nisbatan norozilik bildirishmoqda. Ularning fikricha, Suares "Arsenal" jarima maydonchasi chizig‘i ustida simulyasiya ishlatib, yiqilgan.
35'
O‘zil jarima maydonchasining chap qanotidan raqib darvozasi tomon zarba berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
33'
Uebbdan yana bir "sariq". Bu safar jabrlanuvchi rolida Jerrard. Flamini ham maydon markazidan uni yiqitdi
32'
Sterling chap qanotdan chiroyli tarzda o‘tib ketdi va maydonning yuza chizig‘i bo‘ylab darvozabon maydonchasiga burchagigacha yaqinlashib borib, kuchli zarba yo‘lladi! Fabyanski to‘pni egallab oldi!
31'
Uchrashuv bosh hakami Xovard Uebb yana bir marta kartochkani cho‘ntagidan chiqardi. Mezbonlar sardori Jerrard maydon markazida ochiqchasiga o‘zidan to‘pni olib qo‘ygan Podolskini chalib yiqitdi
29'
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Artetaning zarbasini darvobon egallab oldi
27'
Mehmonlarning o‘ng qanotdan uyushtirgan bu huujmi ham samarasiz yakunlandi. Flanagenning uzatmasi haddan tashqari baland bo‘lib ketdi
26'
Liverpulliklar enjdi chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirishga urinishdi. Mezbon himoyachilari Sissokoga imkon qoldirishmadi
25'
Sterling mezbonlar jarima maydonchasi atrofida to‘pni egallab oldi va to‘pni o‘ng qanotga uzatgandi. Jenkinson to‘pni yon qanotga chiqarib yubordi
23'
Suares o‘ng qanotdan himoyachilardan qochishga harakat qildi, ammo uni qo‘llab-quvvatlaydigan sheriklari topilmadi
20'
"Arsenal" qarshi hujumga o‘tib ketayotgan paytda Koutinyo maydon markazida Chemberlanni to‘xtatdi va ogohlantirildi.
17'
Hisob mezbonlar tomonidan ochildi! Arteta jarima to‘pni mehmonlar darvozabon maydonchasi tomon uzatib berdi. Jerrard bosh bilan muvaffaqiyatsiz qaytardi. Natijada Sanogo o‘rta masofadan darvoza tomon zarba berdi. Ammo to‘p himoyachilarga tegdi. To‘pga birinchi bo‘lib ulgurgan Chemberlen 10 metrlar chamasidan to‘pni osonlik bilan mersesaydliklar darvozasiga yo‘lladi.
17'
Gooooooooooooooooooolllll! "Arsenal" hisobni ochmoqda!
16'
"Liverpul" futbolchisi Flanaganga sariq kartochka. Monrealga qo‘polllik ishlatgani uchun!
15'
Arteta burchakdan to‘pni o‘yinga kiritdi va to‘pni Jons qo‘riqlayotgan darvozaning to‘sini ostiga aylantirdi. "Liverpul" darvozaboni qiyinchilik bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
7'
Jerrard standartdan to‘pni mezbonlar jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Bu yerda to‘pga Sterling boshi bilan yeta olmadi
6'
"Arsenal" futbolchisi Monreal ogohlantirildi. U hujumga o‘tayotgan Allenni chalib yiqitdi
5'
Mehmonlar o‘zlarining ikkinchi golli vaziyatlarini yaratishmoqda! Ilk daqiqalardan "Arsenal" himoyasi parokandalikka uchramoqda! Yana o‘sha Starrij o‘ng qanotdan darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va bu safar to‘pni balandlatib tepib yubordi. Yaqindagi "Enfild" bo‘lib o‘tgan o‘yin ssenariysi takrorlanarmikin a?...
3'
Daniel Starrij jarima maydonchasiga yorib kirdi va 7 metrdan zarba yo‘lladi. To‘p esa "Arsenal" darvozaboni Fabyanski oyog‘iga tegib qaytdi.
2'
Oq-qora rangda o‘ynayotgan mehmonlar dastlabki hujumlarini uyushtirishdi. Qanotdan yetkazib bergan to‘pga Rahim Sterling yetib bora olmadi
2'
"Arsenal" chorshanba oqshomida YECHL nimchorak final bahsi doirasida "Bavariya"ni o‘z maydonida qabul qiladi. Arsen Venger esa mazkur o‘yinni yakshanba kuni o‘tkazayotganidan norozilik bildirib o‘tgandi. Ammo TV-translyasiya tufayli o‘yin aynan bugun o‘tkazilmoqda
1'
O‘YIN BOSHLANDI
'
"Manchester Siti" - "Chelsi", "Arsenal" - "Livurpul" o‘yinlari buning isbotidir
'
Angliya futboli rahbarlari mazkur kuboklarga qur’a tashlash jarayonida jamoalarni savatchalarga ajratib o‘tirishmaydi. Kuchli jamoalar istalgan bosqichda o‘zaro to‘qnash kelib qolaveradilar
'
Ikkinchi kubok - Angliya futbol assosiasiyasi kubogi, qisqacha qilib aytganda, Angliya kubogi musobaqasida esa nimchorak final bahslari o‘tkazilmoqda
'
Angliya liga kubogi finalchilari aniqlangan - "Manchester Siti" va "Sanderlend".
'
Xabaringiz bor, Angliyada har yili ikki xil kubok bahslari o‘tkaziladi.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.