Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
JCH-2018, 7 iyul, soat 19:00
| Chorak final. Bosh hakam: Byorn Keypers (Gollandiya) | ||
SHVESIYa |
0 : 2 |
ANGLIYaGarri Maguayr (30)
Dele Alli (59) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Robin Ulsen (D) Viktor Lindelyof Lyudvig Augustinsson Emil Kraft Andreas Grankvist Albin Ekdal Emil Forsberg Viktor Klasson Sebastian Larsson Markus Berg Ola Toyvonen |
Jordan Pikford (D) Kiran Trippyer Garri Maguayr Jon Stounz Eshli Yang Kayl Uoker Jessi Lingard Raxim Sterling Jordan Xenderson Dele Alli Harri Keyn |
|
| ZAHIRA | ||
|
Kristoffer Nordfeldt (D) Karl-Yuxan Yunsson (D) Filip Xelander Martin Ulsson Pontus Yansson Oskar Xilyemark Markus Roden Djimmi Durmaz Gustav Svensson Yon Gvidetti Isaak Kise Telin |
Nik Poup (D) Jek Batland (D) Fil Djons Denni Rouz Gari Kexill Trent Fabian Delf Ruben Loftus-Chik Erik Dayer Jeymi Vardi Markus Reshford Denni Uelbek |
|
Matn
| 90+5' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. Angliya terma jamoasi yarim finalga yo‘l oldi. Inglizlarning yarim finaldagi raqibi Xorvatiya-Rossiya juftligi g‘olibi bo‘ladi |
| 90+4' | ![]() |
Sebastyan Larsson sariq oldi |
| 90+1' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90+1' | ![]() |
Angliyada o‘zgarish: Sterling o‘rniga Markus Reshford tushirildi |
| 90' | ![]() |
Augustinsson 24 metrlardan belgilangan jarima zarbasini ancha noaniq tepdi |
| 88' | ![]() |
Yon Gviddeti ham ogohlantirildi |
| 87' | ![]() |
O‘yindagi dastlabki sariq kartochka. Maguayr ogohlantirish oldi |
| 85' | ![]() |
Shvesiyada ham o‘zgarish: Emil Kraft o‘rniga Pontus Yansson tushdi |
| 85' | ![]() |
Angliyada o‘zgarish: Xenderson o‘rniga Erik Dayer tushirildi |
| 84' | ![]() |
Trippye jarima to‘pini noaniq tarzda o‘yinga kiritdi. To‘p hech kimga tegmay maydonni tark etdi |
| 77' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Keyn raqib jarima maydonchasi ostonasida to‘pni qabul qilib, o‘ng qanotdan yordamga kelgan Trippyega pas berdi. O‘ng qanot himoyachisi olis ustun tomonda ochilayotgan Sterlingga uzatma berdi. Shvesiyalik himoyachi to‘pni qaytarib yubordi |
| 76' | ![]() |
Angliyada o‘zgarish: Dele Alli o‘rniga Fabian Delf maydonga tushdi |
| 72' | ![]() |
VUUUUH! Shvesiya tezkor hujum tashkil qildi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Berg 11 metrli nuqta ustida egalladi va darhol zarbab yerdi. To‘sin ostiga kirayotgan to‘pni Pikford barmoqlari bilan yuqoriga ko‘tarib yubordi |
| 69' | ![]() |
Angliya bosim uyushtirishda davom etmoqda. Sterling chap qanotdan oldinga o‘tib, jarima maydonchasida ochilayotgan Keyn tomon uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytardiyu, ammo Alli uni egallab, 16 metrlardan zarba berdi. To‘p Grankvistga tegib qaytdi |
| 66' | ![]() |
Angliya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi va darvoza tomon zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 65' | ![]() |
Shvesiyada o‘zgarish: Tofvonen o‘rniga Martin Ulsson tushirildi |
| 62' | ![]() |
VUUUUH! Pikford muqarrar goldan qutqarib qoldi! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Berg 11 metrli nuqta ustida biroz ortga uzatdi. Klassonning zarbasini darvozabon qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Shvedlarning keyingi urinishlarini himoyachilar bartaraf etishdi |
| 59' | ![]() |
GOOOOOOOOOOL! Dele Alli, 0:2! Lingard raqib jarima maydonchasi burchagidan uzatma berdi. Alli 5 metrdan bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi |
| 47' | ![]() |
VUUUH! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Markus Berg darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida bosh bilan zarba berdi. Burchakka kirayotgan to‘pni Pikford qaytarib qoldi! Ajoyib seyv |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. Hozircha Shvesiya-Angliya 0:1. |
| 45+1' | ![]() |
Burchak to‘pi o‘yinga kiritildi. Bu safar shvedlar Maguayrning zarba berishga yo‘l qo‘yishmadi |
| 45' | ![]() |
Ehhhhh, Sterling! Maydon markazidan yetkazilgan uzatma natijasida Rahim birga-bir vaziyatga chiqib ketdi. "Siti" hujumchisi darvozabonni aldab o‘tayotganida Ulsen to‘pni barmoqlari bilan qaytardi. Rahim to‘pni qayta egalladi. U himoyachini aldab, zarba berishga qiror qildi. To‘p himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi. Sterling Keynga uzatma berishi kerak edi |
| 44' | ![]() |
Vuuuuuh! Lingardning uzatmasidan keyin Sterling darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi. Laynsmen dastlab bayrog‘ini ko‘tarmadi, Rahim zarba berdi — darvozabon to‘pni egallab oldi. Shundan so‘ng referi ofsayd qayd etdi |
| 41' | ![]() |
Sterling chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib borib, uzatma berdi. Lingard tovoni bilan zarba berishga qaror qildi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi |
| 35' | ![]() |
Trippye o‘ng qanotdan uzatma berdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni qaytardi |
| 30' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Garri Maguayr, 0:1. Burchak to‘pi o‘yinga kiritildi va angliyalik himoyachi 11 metrli nuqta ustida bosh bilan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi |
| 26' | ![]() |
Olis masofadan yetkazilgan uzatma natijasida Markus Berg yakkama-yakka vaziyatga qochib ketayotgandi, ammo laynsmen bayroqchasini ko‘tardi. Takroriy vaziyat namoyish etildi, hakam xato qildi |
| 23' | ![]() |
Vuuuuh! Trippye o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza oldiga uzatma berdi. Ulsen to‘pni egalladi. Keyn uzatmaga yeta olmasdi |
| 19' | ![]() |
Vuuuuuh! Darvoza tomon berilgan ilk xavfli zarba! Sterling katta tezlikda raqib jarima maydonchasi tomon yugurdi. U himoyachilardan birini aldab o‘tayotganda Keyn davroza tomon zarba berib qoldi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 15' | ![]() |
Shvesiyada yaxshi imkoniyat yuzaga kelishi mumkin edi. Klasson o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirayotgan Toyvonen tomon uzatma berdi. Ammo uzatma himoyachilardan o‘tmadi |
| 13' | ![]() |
Viktor Klasson olis masofadan zarba yo‘llashga qaror qildi. Ancha noaniq |
| 11' | ![]() |
Trippye o‘ng qanotdan havodan uzatma berdi. To‘pni Shvesiya terma jamoasi posboni egallab oldi |
| 10' | ![]() |
Oldinga tashlanayotgan Sterling tomon uzatma berildi. Grankvist to‘pni yon tomonga tepib yubordi |
| 7' | ![]() |
Eh, Dele! "Tottenxem" yarim himoyachisi shvesiyalik himoyachidan to‘pni olib qo‘ydiyu, ammo Keyn tomon uzatma berishni qoyillatmadi. To‘pni Ulsen egallab oldi |
| 4' | ![]() |
Jamoalar o‘yinni ancha ehtiyotkorlik bilan boshlashdi. Hozircha inglizlar to‘pni biroz ko‘proq nazorat qilishayotgandek |
| 1' | ![]() |
Diqqat! Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga shvedlar kiritib berishdi. |
| ' | ![]() |
O‘yinoldi jarayonlar yakuniga yetdi. Madhiyalar yangradi, hakamlar va sardorlar o‘rtasidagi mini-qur’a marosimi bo‘lib o‘tdi. |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Jahon chempionatida chorak finalning 3-o‘yiniga yetib keldik. Shvesiya va Angliya terma jamoalari maydonga chiqib kelishdi. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|