Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

JCH-2018, 7 iyul, soat 23:00

Chorak final. Bosh hakam: Sandro Richchi (Braziliya)

ROSSIYa

Denis Cherishev (31)
Mario Fernandes (115)

2 : 2

XORVATIYa

Andrey Kramarich (39)
Domagoy Vida (101)
JAMOALAR TARKIBI
01.Igor Akinfeev (D)
03.Ilya Kutepov
02.Mario Fernandes
04.Sergey Ignashevich
06.Denis Cherishev
07.Daler Kuzyayev
11.Roman Zobnin
13.Fyodor Kudryashov
17.Aleksandr Golovin
19.Aleksandr Samedov
22.Artem Dzyuba
  23.Daniyel Subashich (D)
02.Shime Vrsalko
03.Ivan Strinich
04.Ivan Perishich
06.Deyan Lovren
07.Ivan Rakitich
09.Andrey Kramarich
10.Luka Modrich
17.Mario Manjukich
18.Ante Rebich
21.Domagoy Vida
ZAHIRA
12.Andrey Lunyov (D)
20.Vladimir Gabulov (D)
05.Andrey Semenov
08.Yuriy Gazinskiy
09.Alan Dzagoyev
10.Fyodor Smolov
14.Vladimir Granat
15.Aleksey Miranchuk
16.Anton Miranchuk
18.Yuriy Jirkov
21.Aleksandr Yeroxin
23.Igor Smolnikov
  01.Dominik Livakovich (D)
12.Lovre Kalinich (D)
05.Vedran Chorluka
08.Mateo Kovachich
11.Marselo Brozovich
13.Tin Yedvay
14.Filip Bradarich
15.Duye Chaleta-Sar
19.Milan Badel
20.Marko Pyasa
22.Yosip Pivarich
SARIQ KARTOCHKA
Yuriy Gazinskiy (109)
 
Deyan Lovren (35)
Ivan Strinich (38)
Domagoy Vida (101)

Matn

3:4'
GOL! Ivan Rakitichning zarbasini Akinfeev qaytara olmadi. Xorvatiya terma jamoasi — yarim finalda!
3:3'
GOL! Daler Kuzyayev — zarba kuchli emas, ammo aniq.
2:3'
GOL! Domagoy Vida — kuchli zarba va gol!
2:2'
GOL! Sergey Ignashevich, 2:2! Kuchli zarba va gol!
1:2'
GOL! Luka Modrichning zarbasidan keyin to‘p Akinfeevning qo‘liga, so‘ngra ustunga tegib, to‘rga borib tushdi
1:1'
Mario Fernandes? E’tiborni kuchga berdi, ammo to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
1:1'
Vuuuh! Mateo Kovachichning burchakka yo‘llagan zarbasini Akinfeev qaytardi
1:1'
GOL! Alan Dzagoyev kuchli zarba bermadi, ammo darvozabonni alday oldi
0:1'
GOL! Marselo Brozovich, aniq va kuchli zarba, 0:1
0:0'
Ehhh, Smolov! U oddiyroq aldamchi zarba berdi. Yiqilayotgan Subashich to‘pni ilib oldi
'
Penaltilar seriyasida dastlabki zarbani Rossiya beradigan bo‘ldi
120+1'
Futbol tugadi. Navbat penaltilar seriyasiga!
120'
Ekstra bo‘limning ikkinchisiga 1 daqiqa qo‘shildi
119'
Vuuuuh! Zobnin 22 metrlardan zarba berib qoldi. Subashich burchakka borayotgan to‘pni egallab oldi
118'
To‘rtinchi bo‘lim tugashiga 2 daqiqa qoldi
115'
GOOOOOOOOL! Mario Fernandes, 2:2! Dahshatli o‘yin. Dzagoyev tomonidan yetkazib berilgan uzatmani himoyachi bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi
114'
Xorvatiya darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi. Pivarich jarima maydonchasi burchagida to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi va sariq kartochka oldi.
111'
Vuuuuh! Burchakdan yetkazilgan uzatmani himoyachilar qaytarishdi. Ammo to‘pni jarima maydonchasi tashqarisida turgan Kuzyayev to‘pni egalladiyu, kuchli zarba berdi. Subashich to‘pni egallab oldi
111'
Ruslar burchak to‘pi ishlashdi
109'
Yuriy Gazinskiy ogohlantirish oldi. U maydon markazida Manjukichni yiqitdi
106'
To‘rtinchi bo‘lim start oldi
105+3'
Uchinchi bo‘lim yakunlandi.
105+3'
Dzagoyev o‘ng qanotda belgilangan jarima to‘pini darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Subashich to‘pni egallashga urinayotganda unga nisbatan fol ishlatildi
105'
Uchinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
104'
Rossiya ktema-ket ikkita burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Yeroxin bosh bilan zarba berdi. Ammo noaniq
102'
Golni nishonlash chog‘ida futbolkasini yechgani uchun Domagoy Vida sariq kartochka oldi
102'
Rossiyada to‘rtinchi o‘zgarish bo‘ldi. Golovin o‘rniga Alan Dzagoyev tushirildi
101'
GOOOOOOOL! Domagoy Vida, 1:2! Burchak to‘pi o‘yinga kiritildi va himoyachi 11 metrli nuqta ustida zarba berdi. Zarba kuchli chiqmadi, ammo to‘p futbolchilar orasidan o‘tib ketib, to‘rga borib tushdi
100'
Vuuuuh! Lovren to‘pni raqib futbolchilariga oldirib qo‘ydi. Smolovning uzatmasidan keyin Smolov jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo Fyodor to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi va yiqildi. Penalti yo‘q
97'
Modrich katta tezlikda oldinga o‘tdi. Jarima maydonchasi ostonasida himoyachilar undan to‘pni olib qo‘yishdi
97'
Vrsalko o‘rniga Vedran Chorluka tushdi
94'
Vrsalko o‘zini almashtirish kerakligini so‘ramoqda. Shime maydonni tark etmoqda. Xorvatiyada boshqa o‘zgarish qolmadi
91'
Golovin burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p bir necha soniyalar davomida xorvatlar jarima maydonchasida saqlanib turdi. So‘ngra Modrich to‘pni maydon markaziga qaytardi
91'
Uchinchi bo‘lim boshlandi
90+5'
O‘yinning asosiy vaqti yakuniga yetdi. Hozircha — 1:1. Biroz dam olamiz va shundan so‘ng qo‘shimcha bo‘limlar boshlanadi
90+4'
Vuuuh! Yeroxinning uzatmasidan keyin Smolov o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida kuchli zarba berdi. Subashich zarbani qaytardi, ammo qaytgan to‘pni darvozaga tepadigan rossiyalik futbolchi yo‘q edi
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Xorvatiya bosh murabbiyi Dalich 3ta o‘zgarishni qilib bo‘lgandi. Agar qo‘shimcha bo‘limlar belgilansa, yana bitta o‘zgarish qilish imkoniyati yuzaga keladi
89'
Kutilmagan holat. Daniyel Subashich to‘pni egalladiyu, oddiy vaziyatda jarohat oldi. Darvozabon o‘zida kuchli og‘riq his qilyapti shekilli
88'
Xorvatiyada o‘zgarish: Kramarich o‘rniga Mateo Kovachich tushirildi
87'
Xorvatiya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Hujumda fol ishlatildi
85'
Chap qanotda belgilangan jarima to‘pini Golovin o‘yinga kiritdi. Xorvatiyalik himoyachi bosh bilan to‘pni qaytarib qoldi
80'
Kuzyayev o‘ng qanotdan raqibdan o‘tib ketib, jarima maydonchasiga uzatma berdi. Golovin to‘p yetkazilgan joydan boshqa nuqtaga ko‘chishga ulgurgandi
79'
Rossiyada uchinchi o‘zgarish: Artyom Dzyuba o‘rniga Yuriy Gazinskiy maydonga tushirildi
77'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Manjukich bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
76'
Vuuuuh! Xorvatiya xavfli hujum tashkil qildi. Vrsalko o‘ng qanotdan bergan uzatmani himoyachilar qaytarishdi. Modrich jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilib, zarba berdi. To‘p himoyachilar orqali yana Vrsalkoga kelib tushdi. Uning zarbasidan so‘ng to‘p Fernandesning oyog‘idan maydonni tark etdi
74'
Xorvatichda o‘zgarish: Strinich o‘rniga Yosip Pivarich tushirildi
72'
Rossiya nihoyat himoyadan chiqib, hujum tashkil qildi. Fernandes o‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Yeroxin bosh bilan zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
67'
Rossiyada o‘zgarish: Cherishev o‘rniga Fyodor Smolov tushirildi
64'
Xorvatiya qap qanot bo‘ylab xavfli hujum tashkil qildi. Rakitich jarima maydonchasiga kirib kelib, jamoadoshiga uzatma berdi. Rossiyalik himoyachi uzatmani qaytarib qoldi
63'
Xorvatiyada o‘zgarish: Perishich o‘rniga Marselo Brozovich tushirildi
62'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Dzyuba bosh bilan zarba berdi. Subashich to‘pni egalladi
60'
VUUUUUUUUH! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani olis ustun tomonda Kramarich narigi ustun tomonga yetkazdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni qaytardi, ammo Perishich 11 metrli nuqta oldida to‘pni egallab, zarba berdi. To‘p ustunga tegdiyu, narigi ustun yonidan o‘tib ketdi. GOl emas!
54'
Rossiyada o‘zgarish: Aleksandr Samedov o‘rniga Aleksandr Yeroxin tushirildi
64'
Vrsalko maydonda yotibdi. unga tibbiy yordam kerak shekilli
52'
Oho! Kramarich darvozagacha 14 metrlardan chalqancha uslubda zarba berdi. Akinfeev to‘pni egallab oldi
50'
Bo‘lim boshida xorvatlar ko‘proq bosim uyushtirishmoqda
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. To‘pni o‘yinga rossiyaliklar kiritib berishdi. Davom etamiz
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha Rossiya - Xorvatiya 1:1. Tanaffus
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
44'
Maydonda tengkurashlar kuzatilmoqda
39'
GOOOOOOOOL! Andrey Kramarich, 1:1! Xorvatlar chap qanot bo‘ylab samarali hujum tashkil qilishdi. Perishichning uzatmasidan keyin Manjukich jarima maydonchasiga kirib keldi va rossiyalik himoyachilar orasida turgan jamoadoshiga uzatma berdi. Kramarich bosh bilan darvozani zabt etdi
38'
Ivan Strinich ogohlantirildi. U o‘zidan o‘tib ketayotgan Samedovning futbolkasidan tortib qoldi
36'
Fernandes o‘ng qanotda raqibidan o‘tib ketib, jarima maydonchasidagi Samedovni to‘p bilan ta’minladi. Aleksandr chalqancha uslubda to‘pni darvoza yaqiniga yetkazishga urindi, ammo to‘pni himoyachilar egallab olishdi
35'
Deyan Lovren sariq kartochka oldi. U qarshi hujumga qochib ketishi mumkin bo‘lgan Dzyubani yiqitdi
31'
GOOOOOOOOOL! Denis Cherishev, 1:0! Rossiyalik yarim himoyachi juda chiroyli gol urdi. Denis Dzyuba bilan "devor" o‘ynab olib, 25 metrlardan aniq zarba bilan "to‘qqizlik"ga to‘pni joylab qo‘ydi!
30'
Cherishev aylanma zarba bilan olis yuqori burchak tomon to‘pni yo‘naltildi. Subashich ikkinchi urinishda to‘pni egallab oldi
28'
Vrsalko o‘ng qanotdan uzatma berdi va Perishich to‘pni bosh bilan darvoza tomon burishga harakat qildi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
26'
To‘p asosan maydon markazida
17'
Mario Fernandes deyarli burchakdagi bayroqcha yonidan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Samedov bir himoyachini aldab o‘tdiyu, ammo Subashich to‘pni egallab oldi
16'
Ivan Rakitich ancha noaniq zarba yo‘lladi
15'
Rebich raqib jarima maydonchasi tashqarisida birdaniga 3 nafar futbolchini aldashga qaror qildi. Kutepov esa uni yiqitdi. Darvozagacha 22 metr masofa
14'
Rossiya Dzyuba orqali qarshi hujum tashkil qildi. Artyom yordamga kelgan Samedovga uzatma berdi. Aleksandr o‘ng tomondan havolatib bergan uzatmaga Cherishevning zarba berishiga himoyachi yo‘l qo‘ymadi
11'
Xorvatiya to‘p nazoratini o‘z tomoniga og‘dirdi. Vrsalko o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmani Manjukich jarima maydonchasi ichida o‘ziga bo‘ysundira olmadi
9'
Xorvatlarning o‘ng qanot bo‘ylab tashkil etilgan hujumi bartaraf etildi
7'
Burchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin Rebich bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
6'
Xavfli vaziyat! Rebich raqib jarima maydonchasi ichida to‘p uchun kurashda Kudryashovdan ustun keldi va darvozabon maydonchasiga kuchli uzatma berdi. Akinfeev to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
5'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani xorvatiyaliklar egallab olishdi
5'
Vuuuuh! Autdan uloqtirib berilgan uzatma uchun kurashda Golovin himoyachidan ustun keldi va o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Himoyachi qaytargan to‘pga Dzyuba zarba berdi. To‘p Lovrendan maydonni tark etdi
2'
Vuuuh! Dastlabki hujumni ruslar tashkil etishdi. Golovin-Dzyuba-Cherishev uzatmalar ketma-ketligidan keyin Denis raqib jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. To‘p himoyachidan maydonni tark etgandi, ammo burchak to‘pi belgilanmadi
1'
Diqqat, bahs boshlandi. To‘pni o‘yinga xorvatlar kiritib berishdi
'
Modrich, Akinfeev va hakamlar mini-qur’a jarayonini o‘tkazib olishdi
'
Diqqat, jamoalar allaqachon maydonda saf tortishdi. Madhiyalar yangrab bo‘ldi
'
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari! JCH-2018da so‘nggi chorak final uchrashuvi boshlanish arafasida. Oxirgi yarim final yo‘llanmasi uchun Rossiya va Xorvatiya terma jamoalari bahs olib borishadi
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.