Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
JCH-2018, Yarim final 11 iyul, soat 23:00
| . Bosh hakam: Junayt Chaqir (Turkiya) | ||
XORVATIYaIvan Perishich (68)
Mario Manjukich (109) |
2 : 1 |
ANGLIYaKiran Trippye (5)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
23.Daniel Subashich (D) 02.Shime Vrsalko 03.Ivan Strinich 04.Ivan Perishich 06.Deyan Lovren 07.Ivan Rakitich 10.Luka Modrich 11.Marselo Brozovich 17.Mario Manjukich 18.Ante Rebich 21.Domagoy Vida |
01.Jordan Pikford (D) 02.Kayl Uoker 05.Jon Stounz 06.Garri Maguayr 07.Jessi Lingard 08.Jordan Xenderson 09.Harri Keyn 10.Rahim Sterling 12.Kiran Trippyer 18.Eshli Yang 20.Dele Alli |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Dominik Livakovich (D) 12.Lovre Kalinich (D) 05.Vedran Chorluka 08.Mateo Kovachich 09.Andrey Kramarich 13.Tin Yedvay 14.Filip Bradarich 15.Duye Chaleta-Sar 16.Nikola Kalinich 19.Milan Badel 20.Marko Pyasa 22.Yosip Pivarich |
13.Jek Batlend (D) 23.Nik Poup (D) 03.Denni Rouz 04.Erik Dayer 11.Jeymi Vardi 14.Denni Uelbek 15.Geri Kexill 16.Fil Jons 17.Fabian Delf 19.Markus Reshford 21.Ruben Loftus-Chik 22.Trent Aleksander-Arnold |
|
Matn
| 120+5' | ![]() |
O‘yin tugadi! Xorvatiya terma jamoasi finalga chiqdi! |
| 120+4' | ![]() |
Angliya uchun so‘nggi imkoniyat: ular jarima zarbasi tepishadi |
| 120+2' | ![]() |
maydon markazidan yetkazilgan uzatmani Subashich osonlik bilan egallab oldi |
| 120' | ![]() |
So‘nggi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 120' | ![]() |
Ehhhhh, Kramarich! O‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib kelib, o‘zi noaniq zarba berdi. Chap tomonda Perishich yolg‘iz to‘p surayotgandi... |
| 118' | ![]() |
Xorvatiyada o‘zgarish: Luka Modrich o‘rniga Milan Badel tushirildi |
| 117' | ![]() |
Tripye jarohat oldi, u o‘yinni davom ettira olmasligi aniq bo‘ldi |
| 116' | ![]() |
Oho! Burchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin Brozovich olis masofadan aniq zarba yo‘lladi. Pikford ikkinchi urinishda to‘pni egallab oldi |
| 115' | ![]() |
Xorvatiyada o‘zgarish: Mario Manjukich maydonni tark etdi. Vedran Chorluka maydonga tushirildi |
| 114' | ![]() |
Xorvatlar charchashmagan. Ular yana va yana hujumga o‘tishmoqda. Burchak to‘pi ishlandi |
| 113' | ![]() |
Inglizlar yuqoridan to‘pni hujum chizig‘iga uzatishdi. Suboshich to‘pni egallab oldi |
| 112' | ![]() |
Angliyada o‘zgarish: Dele Ali o‘rniga Jeymi Vardi tushirildi |
| 109' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Mario Manjukiiiich, 2:1! Dastlab Angliya jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Stounz qaytardi. Yuqoriga ko‘tarilgan to‘pni Perishich bosh bilan jarima maydonchasi qaytardi. Buni himoyachilar kutmagandi shekilli, ular mAnjkichni bo‘sh qoldirishdi. Mario yaqin masofadan darvozani zabt etdi! |
| 108' | ![]() |
VUUUUUH! Rakitich burchak to‘pini yerlatib jarima maydonchasiga yetkazdi. Brozovichning zarbasi aniq chiqmadi |
| 106' | ![]() |
To‘rtinchi bo‘lim start oldi |
| 105+4' | ![]() |
Uchinchi bo‘lim tugadi. Navbat so‘nggi 15 daqiqalikka |
| 105+2' | ![]() |
Vuuuuh! Xorvatiyannig xavfli hujumi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Manjukich oyoq qo‘ydi. To‘p Pikfordning ko‘kragidan maydonni tark etdi |
| 108' | ![]() |
Uchinchi bo‘liga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 101' | ![]() |
Xorvatiyada o‘zgrish: Rebich o‘rniga Kramarich tushirildi |
| 99' | ![]() |
VUUUUUUH! Angliya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Stounz bosh bilan zarba berdi. To‘p ustunga tegib qaytdi |
| 91' | ![]() |
Angliyada o‘zgarish bo‘ldi: Yang o‘rniga Deni Rouz tushirildi |
| 91' | ![]() |
Uchinchi bo‘lim start oldi |
| 90+3' | ![]() |
O‘yinning asosiy vaqti yakunlandi. Navbat ekstra-taymlarga |
| 90+2' | ![]() |
Angliyaliklar o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Keyn bosh bilan zarba berishga urindi, noaniq |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Lovren olis masofadan ancha noaniq zarba berdi |
| 87' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Lingard raqib jarima maydonchasi ichida qabul qila olmadi |
| 84' | ![]() |
VUUUUH! Xorvatiyaliklar o‘ng qanotdan uzatma berishdi. Perishich bosh bilan to‘pni darvoza yaqinidagi Manjukichga yetkazdi. Pikford darvozani tashlab chiqib, to‘pni Perishich tomon mushti bilan urdi. Ivan to‘pni bo‘sh qolgan darvoza tomon burdi, to‘p esa jqoridan o‘tib ketdi |
| 83' | ![]() |
Vuuuh! Manjukich jarima maydonchasining o‘ng tomonida to‘pni qabul qildi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Pikford zarbani qaytardi |
| 77' | ![]() |
Vuuuuuh! Keynning uzatmasidan keyin Lingard o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirib borib, o‘tkir burchak ostida zarba/uzatma berdi. To‘p olis ustun tomondan maydonni tark etdi |
| 76' | ![]() |
Angliya qarshi hujumga o‘tishi mumkin edi, ammo Reshford ofsaydda |
| 74' | ![]() |
Angliyada o‘zgarish: Sterling o‘rniga Markus Reshford tushirildi |
| 73' | ![]() |
Xorvatlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Himoyachi qaytgan to‘pga Brozovich zarba berdi. Noaniq |
| 72' | ![]() |
VUUUUUUUH! PERISHICH! Ivan raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi, chap tomonga bir himoyachini aldadi va olis burchak tomon zarba berdi. To‘p ustunga tegib qaytdi! Qaytgan to‘pga Rebich 13 metrlardan zarba berdi. Bu safar Pikford to‘pni egalladi |
| 68' | ![]() |
GOOOOOOOL! Ivan Perishich, 1:1! O‘ng qanotdan havolatib jarima maydonchasiga uzatma berildi. Uoker bosh bilan to‘pni qaytarmoqchi bo‘lganida, Perishich oyog‘ini baland ko‘tarib, to‘pni darvozaga burib yubordi |
| 65' | ![]() |
Vuuuuuh! Xorvatiyannig bosimi. Perishich jarima maydonchasi chizig‘i ustidan to‘pni qabul qilib, zarba berdi. To‘p Uokerga tegib qaytdi |
| 63' | ![]() |
Oho! Tripye chap qanotdan bergan uzatma natijasida Sterling jarima maydonchasiga kirdi, Vidani aldab o‘tdi, Domagoy ortdan Rahimning oyog‘idan chaldi, hujumchi yiqildi, ammo hakam hushtak chalmadi. Sterling yotirgan joyda nariga qanotga uzatma berishga arakat qildi. To‘p Subashichning oyog‘iga tegib qaytdi |
| 60' | ![]() |
Xorvatiya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Pikford musht bilan to‘pni urib yubordi |
| 58' | ![]() |
Strinich chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va 11 metrli nuqta ustiga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 57' | ![]() |
Vuuuuh! Inglizlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishga paytda to‘p jarima maydonchasiga qaytarildi. Uoker-Trippye kombinasiyasidan keyin jarima maydonchasiga uzatma berildi. Keyn bosh bilan zarba berayotgan paytda Lovren to‘pni qaytarib yubordi! |
| 55' | ![]() |
Dalich jamoasi burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Hujumda fol ishlatildi |
| 54' | ![]() |
Kayl Uoker ogohlantirish oldi |
| 53' | ![]() |
Xorvatlar ikkinchi bo‘limni faol boshlashdi. Ammo hozircha xavfli vaziyat yuzaga kelmayapti |
| 48' | ![]() |
Mario Manjukich sariq kartochka oldi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlanib ketdi |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha Xorvatiya - Angliya 0:1. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Angliyaliklar himoyachilar va darvozabon bir-birlarini yaxshi tushunmadi. Rakitich to‘p bilan raqib jarima maydonchasiga kirib keldiyu, ammo zarba berishga ulgurmadi. Himoyachi xavfni bartaraf etdi |
| 43' | ![]() |
Xorvatiya to‘pni nisbatan ko‘proq nazorat qilmoqda, ammo inglizlar mudofaada yaxshi o‘ynashmoqda |
| 36' | ![]() |
Vuuuuuh! Angliya tezkor qarshi hujum tashkil qildi. Keynning uzatmasidan keyin Alli chap qanotdan to‘pni qabul qi ldi va jarima maydonchasi tashqarisida ochilgan Lingardni zarbavor vaziyatga chiqardi. Jessining zarbasi biroz noaniq bo‘ldi |
| 32' | ![]() |
Vuuuh! Angliya jarima maydonchasi tomon yetkazilgan to‘pga Rebich yetib olishi mumkin edi, so‘nggi pallada Yang to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 31' | ![]() |
Xorvatiyada dastlabki xavfli vaziyat! Qanotlardan yetkazilgan uzatmani himoyachilar bir amallab qaytarishdi. Rebich to‘pni egalladiyu, 20 metrlardan zarba berdi. Pikford to‘pni egallab oldi. |
| 30' | ![]() |
VUUUUUH! Lingard jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni egallab, ichkaridagi Keynni birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Harrining zarbasini Subashich qaytardi, Keyn to‘pga yetib borib, o‘tkir burchak ostida juda yaqin masofadan zarba berdi. To‘p ustunga, so‘ngra darvozabonning oyog‘iga tegib, maydonni tark etdi |
| 29' | ![]() |
Xorvatlar haligacha xavfli vaziyat yarata olishmadi. Avvalgi ikkita 120 daqiqalik o‘yinlardan keyin ular to‘liq tiklanishga ulgurishmadikan? |
| 27' | ![]() |
Sterlingga nisbatan chap qanotda fol ishlatildi. Jarimadan yetkazilgan uzatmani Subashich musht bilan urib yubordi |
| 22' | ![]() |
Strinich o‘z jarima maydonchasi oldida qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, to‘pni Sterlingga "sovg‘a" qildi. Rahim Keynni yakkama-yakka vaziyatga chiqardi, ammo jamoa sardori yaqqol ofsaydda edi |
| 21' | ![]() |
Rebich jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachilardan o‘tmadi |
| 19' | ![]() |
Perishich olis masofadan zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi. Chaqir yengil rekoshetni sezmadi va burchak to‘pi belgilamadi |
| 17' | ![]() |
Xenderson tomonidan yuqoridan yetkazilgan uzatmani Subashich egallab oldi |
| 14' | ![]() |
Xavfli zarba! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Maguayr bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 14' | ![]() |
Angliya yaxshi hujum tashkil qildi. Alli o‘ng qanotdan yordamga kelgan Trippyega uzatma berdi. Kiranning uzatmasi himoyachidan o‘tmadi. Burchak to‘pi |
| 12' | ![]() |
Angliya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Maguayr bosh bilan zarba berdi. Ammo biroz avval hujumda fol qayd etildi |
| 9' | ![]() |
Modrich burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Inglizlar qarshi hujumga o‘tib ketishlari mumkin edi. to‘p Sterlingning o‘ziga tegdiyu, ortda qolib ketdi |
| 5' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Kiran Trippye, 0:1! Jarima zarbasidan shu darajada aniq zarba berdiki, to‘p "to‘qqizlik"ga kirib ketdi! |
| 4' | ![]() |
Jarima maydonchasi yarim aylanasi chizig‘i ustidan Xorvatiya darvozasi tomon penalti belgilandi. Dele Alliga nisbatan fol ishlatildi, deb hisobladi Chaqir |
| 1' | ![]() |
Diqqat bahs boshlandi. To‘pni o‘yinga oq libosdagi inglizlar kiritib berishdi |
| ' | Madhiyalar yangrab o‘tdi, o‘yin boshlanishi uchun barcha narsa shay | |
| ' | ![]() |
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Bugun Jahon chempionatida ikkinchi finalchining nomini bilib olamiz. Xorvatiya va Angliya terma jamoalari final yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|