Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
JCH-2018, 3-o‘rin uchun o‘yin. 14 iyul, soat 19:00
| . Bosh hakam: Alirizo Fag‘oniy (Eron) | ||
BELGIYaToma Myonye (4)
Eden Azar (82) |
2 : 0 |
ANGLIYa |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Tibo Kurtua (D) Vensan Kompani Yan Vertongen Tobi Alderveyreld Tomas MyonYE Eden Azar Aksel Vitsel Naser Shadli Kevin de Breyne Yori Tilemans Romelu Lukaku |
Jordan Pikford (D) Jon Stounz Denni Rouz Fil Jons Kiran Trippyer Garri Maguayr Rahim Sterling Fabian Delf Erik Dayer Ruben Loftus-Chik Xarri Keyn |
|
| ZAHIRA | ||
|
Simon Minyole (D) Kun Kastels (D) Dedrik Boyata Tomas Vermalen Adnan Yanuzay Yannik Karrasko Mussa Dembele Torgan Azar Lender Dendonker Maruan Fellayni Dris Mertens Michi Batshuayi |
Jek Batland (D) Nik Poup (D) Eshli Yang Kayl Uoker Trent Geri Kexill Dele Alli Jessi Lingard Jordan Xenderson Jeymi Vardi Markus Reshford Denni Uelbek |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin tugadi. Belgiya terma jamoasi — bronza medali sohibi! Belgiyaliklar o‘z tarixida eng yaxshi natijani qayd etishdi |
| 90+3' | ![]() |
Vitsel ogohlantirish oldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Martines shogirdlari to‘pni xotirjamlik bilan nazorat qilishmoqda. Angliyada ishtiyoq qolmadi shekilli |
| 86' | ![]() |
Belgiyaliklarning qarshi hujumlari xavfli bo‘lmoqda. |
| 84' | ![]() |
Angliyada so‘nggi o‘zgarish: Loftus-Chik o‘rniga Dele Alli tushirildi |
| 82' | ![]() |
GOOOOOOOL! Eden Azar, 2:0! "Chelsi" yarim himoyachisi de Bryoynening uzatmasidan keyin darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va o‘z imkoniyatidan samarali foydalandi |
| 80' | ![]() |
Vuuuuuh! Belgiya namunagidek qarshi hujum tashkil qildi. Mertensning uzatmasidan keyin Myonye to‘pni yerga tushirmasdan zarba berdi. Pikforddan ajoyib seyv! |
| 78' | ![]() |
Belgiyada o‘zgarish: Tilemans o‘rniga Mussa Dembele tushdi |
| 78' | ![]() |
Maguayr sariq kartochka oldi, Fag‘oniy keskin e’tiroz bildirgani uchun |
| 76' | ![]() |
Eh, Mertens! Belgiya qarshi hujumda 3 futbolchi (de Bryoyne, Azar, Mertens) bo‘lib raqibning ikki himoyachisiga qarshi chiqib borishdi. Azar bir futbolchini o‘zi bilan yon tomonga olib ketdi, Mertens esa ikkinchi himoyachini chalg‘itib 16 metrdan zarba berishga qaror qildi, ammo o‘ta muvaffaqiyatsiz urinish bo‘ldi |
| 74' | ![]() |
Oho! Navbatdagi jarima zarbasi. Bu safar Maguayr bosh bilan zarba berdi. To‘p yana ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 73' | ![]() |
Vuh! Burchakdan yetkazilgan uzatmani Alderveyreld bosh bilan yon tomonga chiqarib yuborildi. To‘p autdan o‘yinga kiritilganidan keyin Lingard to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Keyn bosh bilan zarba berdi. To‘p ustundan yarim metr masofadan o‘tib ketdi |
| 72' | ![]() |
Tripye o‘yinga kiritgan jarima to‘pini Kompani bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 70' | ![]() |
VUUUUUUUUH! Qanday qilib gol bo‘lmadi vaziyat????! Dayer Reshvord bilan "devor" o‘ynab olib, jarima maydonchasiga kirdi hamda yakkama-yakka vaziyatda to‘pni Kurtuaning ustidan oshirib qo‘ydi. Qayerdandir yetib kelgan Arderveyreld chiziq ustida to‘pni qaytarib qoldi! |
| 66' | ![]() |
Angliya terma jamoasidagi burchak to‘plari xavfli chiqmayapti |
| 62' | ![]() |
Vuuuh! Belgiyada xavfli hujum. Azar jarima maydonchasiga kirib, o‘ng qanotdan yordamga kelgan Myonyega uzatma berdi. Toma narigi tomonda ochilgan jamoadoshiga uzatma berganida, u darvozani ishg‘ol qilishi mumkin edi, ammo Delf to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga muvaffaq bo‘ldi. |
| 60' | ![]() |
Belgiyada o‘zgarish: Romelu Lukaku o‘rniga Dris Mertens maydonga tushirildi. Demak, katta ehtimol bilan musobaqada "Oltin butsa" Harri Keynga nasib etadi |
| 56' | ![]() |
Vuuuuh! De Bryoyne chiroyli uzatma bilan Lukakuni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqardi. Lukaku esa muvaffaqiyatli zarba bera olmadi. Pikford to‘pni egallab oldi |
| 52' | ![]() |
Jon Stounz sariq kartochka oldi. U Azarni qo‘li bilan tortib to‘xtatishga majbur edi |
| 51' | ![]() |
Burchakdan yetkazib berilgan uzatmani Kurtua egallab oldi |
| 50' | ![]() |
Vuuuh! Tripye o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyatga yuzaga keladigandek edi, ammo Vertongen to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 46' | ![]() |
Angliyada ikkita o‘zgarish bo‘ldi: Rouz va Sterling o‘rniga Lingard va Reshford tushirildi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga start berildi |
| ' | ![]() |
Hozircha Belgiya - Angliya 1:0. Tanaffus |
| 45+2' | ![]() |
Alirizo Fag‘oniyning hushtagi yangradi va birinchi bo‘limga yakun yasaldi |
| 45' | ![]() |
Belgiyadan yaxshi hujum! Jarima maydonchasiga kirayotgan Kevin de Bryuynega Azar o‘z vaqtida pas berdi. Yarim himoyachi 15 metrlardan zarba berdi. Maguayr to‘p yo‘liga oyoq qo‘yib qoldi |
| 39' | ![]() |
Belgiya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavf yuzaga kelmadi |
| 39' | ![]() |
Belgiyada o‘zgarish bo‘ldi: Nosir Shodli o‘rniga Tomas Vermalen tushirildi |
| 38' | ![]() |
Sterling o‘ng qanotdan oldinga o‘tib, 11 metrli nuqta ustiga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni bosh bilan qaytarib yubordi |
| 34' | ![]() |
Belgiyaliklar to‘pni 2-3 daqiqa davomida nazorat qilib, hujum tashkil qilish payida bo‘lishdi |
| 30' | ![]() |
Qizil iblislar Azarning qanotidan hujum tashkil qilishdi. Kombinasiya jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llangan zarbagacha yetib bordi, ammo to‘p himoyachilarga tegib qaytdi |
| 29' | ![]() |
Inglizlar raqib mudofaasini yorib o‘tish uchun turli variantlarni qidirishmoqda, ammo hali muvaffaqiyatli hujum tashkil qila olishmadi |
| 24' | ![]() |
VUUUUUUH! Sterling jarima maydonchasi ichida darvozaga teskari turgan holda to‘pni qabul qilish chog‘ida uni to‘xtatmasdan Keynga tashlab berdi. Harri 16 metrlardan zarba berdi. To‘p shundoqqina to‘sin yonginasidan o‘tib ketdi! |
| 20' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Maguayr bosh bilan aniq zarba berdi. Kurtua to‘pni egallab oldi |
| 19' | ![]() |
Vuuuh! Loftus-Chik chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi, hattoki darvozabon maydonchasigacha kelib uzatma berdi. Belgiyalik futbolchi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 11' | ![]() |
Vuuuuuh! Belgiyadan yana bir xavfli hujum. Lukaku jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni qabul qilib, chap qanotdan ichkariga kirgan de Bryoynega pas berdi. To‘p himoyachidan o‘tib ketdi va to‘pni egallagan Kevin zarba berdi. Rekoshet holatida borgan zarbani Pikford qiyinchilik bilan qaytarib qoldi |
| 4' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Toma Myonye, 1:0! Lukaku maydon markazida to‘pni qabul qilib, o‘ng qanotdan oldinga o‘tayotgan Shodliga uzatma berdi. Nosirning pasidan keyin himoyachilarni ortda qoldirgan Toma Myonye darvozani ishg‘ol qildi. Belgiya oldinda. |
| 1' | ![]() |
Diqqat! Bronza medali uchun bahs boshlandi |
| ' | ![]() |
Bugun Angliya qizil, Belgiya esa sariq rangli formada maydonga tushgan |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Jahon chempionati o‘z nihoyasiga yetib bormoqda. Bugun 3-o‘rin uchun bahs boshlanish arafasida, ertaga esa bizni final kutib turibdi. Belgiya va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan matnli onlayn translasiyani boshlaymiz. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|