Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
JCH-2018, final. 15 iyul, 20:00
| . Bosh hakam: Nestor Pitana (Argentina) | ||
FRANSIYaMario Manjukich (18-avtogol)
Antuan Grizmann (38-penalti) Pol Pogba (59) Kilian Mbappe (65) |
4 : 2 |
XORVATIYaIvan Perishich (28)
Mario Manjukich (68) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Ugo Lyoris (D) 02.Benjamin Pavar 04.Rafayel Varan 05.Samuel Umtiti 06.Pol Pogba 07.Antuan Grizmann 09.Olivye Jiru 10.Kilian Mbappe 13.N’Golo Kante 14.Blez Matyuydi 21.Lukas Ernandes |
23.Daniel Subashich (D) 02.Shime Vrsalko 03.Ivan Strinich 04.Ivan Perishich 06.Deyan Lovren 07.Ivan Rakitich 10.Luka Modrich 11.Marselo Brozovich 17.Mario Manjukich 18.Ante Rebich 21.Domagoy Vida |
|
| ZAHIRA | ||
|
16.Stiv Mandanda (D) 23.Alfons Areola (D) 17.Odil Rami 22.Benjamin Mendi 03.Presnil Kimpembe 18.Nabil Fekir 12.Korenten Tolisso 15.Stiven N'Zonzi 08.Toma Lemar 11.Usmon Dembele 20.Florian Toven |
01.Dominik Livakovich (D) 12.Lovre Kalinich (D) 15.Duye Kaleta-Kar 13.Tin Yedvay 22.Yosip Pivarich 05.Vedran Chorluka 19.Milan Badel 14.Filip Bradarich 08.Mateo Kovachich 09.Andrey Kramarich 20.Marko Pyasa |
|
Matn
| 90+5' | ![]() |
O‘yin tugadi. FRANSIYa TERMA JAMOASI — JAHON CHEMPIONI! Ikki karra! |
| 90+2' | ![]() |
Vrsalko sariq kartochka oldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Rakitich olis masofadan zarba berishga qaror qildi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 88' | ![]() |
Perishich chap qanotdan havolatib uzatma berdi. To‘pni Lyoris osonlik bilan egallab oldi |
| 87' | ![]() |
Fekir olis masofadan aniq zarba berdi. Subashich to‘pni egallab oldi |
| 84' | ![]() |
Rakitich jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Lyoris baland sakrab to‘pni egallab oldi |
| 82' | ![]() |
Vuuuh! Rakitichning uzatmasidan keyin Pyasa jarima maydonchasiga kirdi, ammo to‘pni maydonda olib qola olmadi |
| 82' | ![]() |
Xorvatiyada o‘zgarish: Strinich o‘rniga Pyasa tushirildi |
| 81' | ![]() |
Fransiyada o‘zgarish: Olivye Jiru o‘rniga Nabil Fekir tushirildi |
| 78' | ![]() |
Xorvatiyada yaxshi imkoniyat. Modrich jarima maydonchasiga yetkazgan uzatmani himoyachilar qaytarishdi. To‘pni Kramarich egalladi va Rakitichga tashladi. Ivanning zarbasidan keyin to‘p olis ustun tomondan maydonni tark etdi |
| 73' | ![]() |
Fransiyada o‘zgarish: Blez Matyuydi o‘rniga Korenten Tolisso maydonga tushirildi |
| 71' | ![]() |
Xorvatiyada o‘zgarish: ante Rebich o‘rniga Andrey Kramarich tushirildi. |
| 68' | ![]() |
GOOOOOOOL! Mario Manjukich, 4:2! Ugo Lyoris qovun tushirdi. Fransiya terma jamoasi darvozaboni himoyachidan to‘pni qabul qilib, o‘z oldiga yaqinlashayotgan Manjukichni aldamoqchi bo‘ldi. Mario to‘pga oyoq qo‘ydiyu, darvozani ishg‘ol qildi! Intriga qaytdiyov |
| 67' | ![]() |
Qoyil qolish kerak, Fransiya terma jamoasi o‘z imkoniyatidan juda samarali foydalanmoqda. Ularning deyarli har bir zarbasi golga aylanmoqda |
| 65' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Kilian Mbappe, 4:1! Fransiyalik hujumchi olis masofadan darvozani ishg‘ol qildi!!! |
| 62' | ![]() |
Vuh! Fransuzlar to‘rtinchi golni urishi mumkin edi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Aks holda to‘p Mbappega kelib tushishi mumkin edi |
| 59' | ![]() |
GOOOOOOOOOOL! Pol Pogba, 3:1! Fransiyalik yarim himoyachi jarima maydonchasi tashqarisidan 2 marta zarba berdi. Dastlabki zarba himoyachiga tegib qaytdi. Ikkinchi zarbadan keyin to‘p darvoza burchagiga borib tushdi |
| 55' | ![]() |
Fransiyada o‘zgarish: Kante o‘rniga Stiven N'Zonzi maydonga tushdi |
| 54' | ![]() |
Rakitich yuqoridan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Lyoris va Manjukich to‘p uchun kurash olib borishdi. To‘p darvozabonning qo‘lidan maydonni tark etdi |
| 52' | ![]() |
VUUUUUH! Mbappe o‘ng qanotda xorvatiyalik himoyachi Vidadan katta tezlikda o‘tib ketib, o‘tkir burchak ostida yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va zarba berdi. Subashich oyoqlari bilan zarbani qaytardi |
| 50' | ![]() |
Oho! Perishichni yakkama-yakka vaziyatga chiqaruvchi uzatma berdi. Lyoris o‘z jarima maydonchasini tark etib, xavfni bartaraf etdi |
| 49' | ![]() |
Manjukich Varandan to‘pni olib qo‘yib, chap tomondan jarima maydonchasiga kirib bordi va jamoadoshi tomon pas berdi. Umtiti to‘pni qaytarib qoldi |
| 48' | ![]() |
Vuuuuh! Rakitich raqibning bir futbolchisini aldab o‘tib, chap tomondan jarima maydonchasiga kirayotgan Rebichga uzatma berdi. Ante o‘tkir burchak ostidan kuchli zarba berdi. To‘sin ostiga kirayotgan to‘pni Lyoris darvoza yuqosridan ko‘tarib yubordi |
| 47' | ![]() |
Grizmann jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba berdi. Subashich to‘pni egallab oldi |
| 46' | ![]() |
Vrsalko o‘ng qanotdan Fransiya jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Hozircha jamoalar tarkibida o‘zgarish bo‘lganicha yo‘q |
| 45+4' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob Fransiya - Xorvatiya 2:1. Tanaffus |
| 45+3' | ![]() |
Vuuuh! O‘ng qanotdan uzatma berildi. Perishich darvozabon maydonchasida zarba berishi mumkin edi, agar biroz hushyorlikni yo‘qotmaganida |
| 45+1' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Rakitich burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Vida bosh bilan aniq zarba bera olmadi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
Xorvatiya ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Fransuzlar qiyinchilik bilan to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirishdi |
| 40' | ![]() |
Xorvatiya hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Perishich o‘ng qanotdan oldinga o‘tib, jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘p Rebichga kelib tushdi, ammo uning zarbasi juda kuchsiz chiqdi. Lyoris to‘pni egallab oldi |
| 38' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Antuan Grizmann! 2:1! "Atletiko" hujumchisi yerlatib to‘pni o‘zidan chap tomon tepdi. Subashich esa narigi tomonga tashlandi. |
| 36' | ![]() |
PENALTI! Fransiya 11 metrli jarima zarbasini amalga oshiradi |
| 35' | ![]() |
Pitana ekran oldida videotakrorni qayta-qayta ko‘rmoqda |
| 34' | ![]() |
Vuuuh! Burchakdan yetkazilgan uzatma natijasida to‘p sakragan Perishichning qo‘liga tegib, ustun yonidan o‘tib ketdi. |
| 28' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOOOOLLL! Ivan Perishich, 1:1! Jarima to‘pi jarima maydonchasining o‘ng tomoniga yetkazildi. Xorvatiyalik futbolchi bosh bilan to‘pni raqib jarima maydonchasiga yetkazdi. U yerda xorvatlar to‘p uchun kurashda 3 marta ustun kelishdi. Perishich jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni qabul qilib, Kante aldadi va chap oyoqda kuchli zarba berdi. To‘p olis burchakka kirib ketdi |
| 27' | ![]() |
N'Golo Kante sariq kartochka oldi. U oldinga o‘tayotgan Perishichni yiqitdi |
| 23' | ![]() |
Vuuuh! Vida qahramonlik ko‘rsatdi. U podkat orqali Mbappedan to‘pni olib qo‘ymaganida, fransuzlarning ikki futbolchisi Lyoris bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketgan bo‘lardi |
| 21' | ![]() |
Modrich o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Vida bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 20' | ![]() |
O‘yin fransuzlar uchun omadli boshlandi. Desham uchun uchrashuvning bunday borishi juda qulay hisoblanadi. Xorvatiya chorak finalda Rossiyaga qarshi o‘yinda birinichi marta gol o‘tkazib, keyinchalik vaziyatni o‘nglashga muvaffaq bo‘lgandi. Fransuzlar bugun bunga imkon berarmikin? Ko‘ramiz |
| 18' | ![]() |
GOOOOOOOL! Mario Manjukich, avtogol, 1:0! Grizmann jarima to‘pini o‘yiniga kiritdi. To‘p Manjukichning boshiga tegib, olis yuqori burchakka kirib ketdi |
| 17' | ![]() |
Mbappe o‘ng tomonda himoyachini aldab jarima maydonchasiga kirdi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi, ammo Fransiya jarima to‘pi ishladi |
| 15' | ![]() |
Perishich chap qanotdan yolg‘iz oldinga tashlandi va jarima maydonchasiga kirib kelgan Manjukich tomon uzatma berdi, ammo himoyachi to‘pni qaytarib qoldi |
| 14' | ![]() |
Fransiya oldinga o‘tishga unchalik shoshilmayapti |
| 11' | ![]() |
Vuh, Yuqoridan yetkazilgan uzatmani Perishich raqib jarima maydonchasi ichida to‘xtatdi-yu, ammo to‘p maydonni tark etdi |
| 10' | ![]() |
Perishich chavp qanotdan raqib jarima maydonchasiga yerlatib uzatma berdi. To‘p Manjukichga yetib bormadi |
| 8' | ![]() |
Modrich burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar bosh bilan to‘pni darvoza oldidan uzoqlashtirishdi |
| 5' | ![]() |
Xorvatiya terma jamoasi ilk daqiqalardan biroz dadilroq, biroz tajavuzkorroq o‘ynayotgandek |
| 1' | ![]() |
Diqqat! O‘yin boshlandi! |
| ' | ![]() |
Fransiya va Xorvatiya terma jamoalari maydonga chiqib kelishdi. O‘yin boshlanish arafasida. |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Rossiyadagi jahon chempionati o‘zining eng so‘nggi nuqtasiga yetib keldi. Bugun jahon chempionini aniqlab olamiz. "Lujniki" stadionida Fransiya va Xorvatiya terma jamoalari g‘oliblik uchun kurash olib borishadi. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|