Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini

16 oktyabr, soat 19:00. Bosh hakam: Chorimurod Qurbonov (Turkmaniston)

O‘ZBEKISTON

Odil Ahmedov (73)
Marat Bikmayev (86)

2 : 0

QATAR

JAMOALAR TARKIBI
30.O‘tkir Yusupov
02.Akmal Shorahmedov
05.Anzur Ismoilov
06.Husniddin G‘ofurov
08.Ikrom Aliboyev
09.Odil Ahmedov
13.Oleg Zoteev
14.Eldor Shomurodov
15.Odil Hamrobekov
22.Javohir Sidiqov
31.Egor Krimes
  21.Yusuf Hassan
06.Abdulaziz Hatim Muhammad
10.Hassan al-Haydos
12.Karim Budiaf
13.Sulton Hussayn
15.Bassam Husam ar-Roviy
17.Muhammad Musa
18.Abdulkarim Salim
19.Ali Zaynobiddin
26.Toriq Salmon
28.Assim Umar
ZAHIRA
01.Ignatiy Nesterov
12.Roman Abdulov
04.Dostonbek Tursunov
07.Azizbek Haydarov
10.Marat Bikmayev
16.Otabek Shukurov
17.Dostonbek Hamdamov
18.Davronbek Hoshimov
19.Vladimir Kozak
20.Islom To‘xtaxo‘jayev
  31.Jassim Odil
22.Muhammad Ahmad
05.Ahmad Fathiy Abdulla
07.Ahmad Abdulmutal
08.Ahmad Duzanda
09.Hassan Yahyo
14.Salim al-Hajriy
20.Abdulloh Abdusalom
23.Muhammad Abdulmutal
24.Abdulrahmon Mustafo
27.Ali Avad Bujaluf
SARIQ KARTOCHKA
Ikrom Aliboyev (78)
 
Ali Zaynobiddin (22)
Abdulaziz Hatim Muhammad (57)

Matn

90+5'
O‘yin yakunlandi! O‘zbekiston - Qatar 2:0! G‘ALABA MUBORAK!
90+4'
Qatar burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Tursunov bosh bilan to‘pni qaytarib yubordi
90+2'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Odil Ahmedov o‘rniga Islom To‘xtaxo‘jayev tushirildi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
89'
Yana bir xavfli qarshi hujum! Ahmedov va Hamdamov bir-birlarini yaxshi tushunib harakat qilishdi. Faqat ish zarbagacha yetib bormadi. Himoyachi o‘z jarima maydonchasi ichida xavfni bartaraf etdi
88'
Vuh! Qatarda xavfli vaziyat. Al-Mayez Ali chap qanotdan jarima maydonchamizga kirib kelib, darvoza oldiga uzatma berdi. Anzur to‘pni bosh bilan qaytarib qoldi
88'
VUUUUUH! Dostonbek Hamdamov! Barchasini to‘g‘ri bajardi, bir himoyachini ikki marta aldab, 17 metrlardan zarba berdi. To‘pni yuqoridan o‘tib ketdi
86'
GOOOOOOOOL! Marat Bikmayeeeev! Qarshi hujumda Qatarni jazoladik. Ahmedov o‘z jarima maydonchasiz tashqarisida to‘pni egalladi va oldingi yurib, Maratni yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yubordi. "Lokomotiv" hujumchisi to‘pni darvozabonning ustidan oshirib, to‘rga joylab qo‘ydi!
85'
Qatar burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ahmedov to‘pni maydon markaziga qaytardi
83'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Ikrom Aliboyev o‘rniga Vladimir Kozak maydonga tushirildi
81'
Qatar hujumda bosim oshirishga harakat qilmoqda
78'
Ikrom Aliboyev ogohlantirish oldi
78'
Odil Ahmedov jarima to‘pini "yumshoq" tarzda yuqoridan raqib jarima maydonchasiga yetkazib berdi. To‘p Bikmayevga keldi, ammo Marat to‘pni biroz yon tomonga qochirib yuborgani uchun xavfli vaziyat yuzaga kelmadi
77'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Eldor Shomurodov o‘rniga Marat Bikmayev tushirildi
76'
VUUUUUUUH! Qatar darvozamizni ishg‘ol qilishiga bir baxya qoldi! Al-Moyez chap qanotdan yorib kerdi. O‘tkir Yusupov va Tursunovning o‘zaro tushunmovchiligidan keyin to‘p Ahmad Abdulmutalga kelib tushdi. Uning zarbasini yerda yotgan Zoteev bosh bilan qaytarishga muvaffaq bo‘ldi!
75'
Qatarda o‘zgarish: Abdulkarim Salim o‘rniga Ahmad Abdulmutal maydonga tushirildi
73'
GOOOOOOOOOL! Odil Ahmedoooov! 1:0! Siddiqov-Hamdamov-Shorahmedov o‘ng burchakdagi bayroq yonida o‘zaro kombinasiya tashkil qilishdi va Akmal to‘pni yuqoridan darvoza oldiga yetkazib berdi. Ahmedov baland sakrab darvoza tomon zarba berdi. To‘p darvozabonning qo‘lidan to‘rga borib tushdi
71'
Qatarliklarning hujumi samarasizya kunlandi
69'
VUUUUUH! Ahmedov va Shomurodov "devor" o‘ynadi hamda Odil darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi. Ammo sardorimiz so‘nggi pallada zarba berishga ulgurmadi. Yusuf Hassan to‘pni egallab oldi
68'
To‘p asosanm maydon markazida
64'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Yegor Krimes o‘rniga Dostonbek Tursunov tushirildi
62'
Vuuuuh! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Anzur Ismoilov 5 metrdan bosh bilan zarba berdi. Ammo himoyachimizga aniqlik yetishmadi. Unga hech kim xalal bermayotgandi ya!
62'
Javohir Siddiqov individual mahorati evaziga burchak to‘pi ishladi
58'
Terma jamoamiz ketma-ket ikkinchi marta burchak burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Mehmonlar bir amallab to‘pni maydon markaziga qaytarishdi
57'
Abdulaziz Hatim Muhammad ogohlantirish oldi — hakam bilan tortishgani uchun
55'
Shomurodov chap qanotda bir himoyachini aldab, oldinga o‘tishga intildi. Ammo himoyachi so‘nggi pallada "podkat" orqali to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
46'
Ikkinchi bo‘lim avvalida O‘zbekiston terma jamoasida o‘zgarish yuz berdi. Husniddin G‘ofurov o‘rniga Dostonbek Hamdamov maydonga tushdi
46'
Ikkinchi bo‘lim start oldi. Hozircha hisob ochilmadi
'
Texnik sabablar tufayli sayt joylashga serverda uzilish yuzaga keldi. Buning uchun sizlardan uzr so‘raymiz. Muammo bartaraf etildi, onlayn translyasiyani davom ettiramiz
26'
Vuh! Odil burchakdan yetkazilgan uzatmani jarima maydonchsida qabul qildi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Davrozabon to‘pni egallab oldi
25'
Zoteev chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirib, burchak to‘pi ishladi
22'
Vuuuuh! Siddiqov! Javohir 16 metrlardan zarba berdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi
22'
Ali Zaynobiddin sariq kartochka oldi. U o‘zidan o‘tib ketayotgan Ahmedovni qo‘li bilan tortib qoldi
20'
Siddiqov o‘ng qanotda bir himoyachini aldab o‘tib, raqib jarima maydonchasiga kirib bordi va yuqoridan uzatma berdi. Mehmonlar xavfni bartaraf etishdi
18'
Qatarliklar ham yuqori pressing qo‘llashmoqda. Shu bois ham tayinli hujum tashkil qila olmayapmiz
17'
Himoyada o‘yinimiz yomon emas, ammo hujum tashkil etishda hali futbolchilar bir-birlarini yaxshi tushunishmayapti. Terma jamoamiz bu tarkibda ilk marta maydonga tushmoqda desak ham bo‘lar?!
12'
To‘p nazorati bo‘yicha ustunlik terma jamoamiz tomoniga o‘tdi. Futbolchilarimiz to‘psiz yaxshi harakat qilishmoqda. Kuchli pressing orqali raqibdan to‘pni tezda olib qo‘ymoqdamiz
8'
Aliboyev tomonidan amalga oshirilgan jarima to‘pi jonli devorga tegib qoldi
7'
Aliboyev raqib jarima maydonchasining o‘ng tomonida Muhammad Musani aldab o‘tgandi, ammo himoyachi uni qo‘li bilan to‘xtatib qoldi. Jarima zarbasi tepamiz
4'
VUH! Shomurodovga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Ahmedov jarima maydonchasi yetkazgan to‘pga Anzur bosh bilan zarba berishga harakat qildi. To‘p himoyachi orqali ustun yonidan o‘tib ketdi. Keyinchalik ma’lum bo‘ldiki, Ismoilov ofsaydda qolgan ekan
3'
Qatar terma jamoasi bugun to‘pni ko‘proq nazorat qilishni maqsad qilgandek
1'
DIQQAT! O‘yin boshlandi. To‘pni o‘yinga Eldor Shomurodov kiritib berdi. U bugungi yakka hujumchi vazifasini bajarib beradi
'
Jamoa sardorlari va hakamlar mini-qur’a orqali o‘yinni boshlab beradigan jamoa nomiga oydinlik kiritib olishdi
'
An’anaga ko‘ra, dastlab mehmonlar — Qatar, so‘ngra O‘zbekiston davlat madhiyalari yangraydi
'
Diqqat! Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.
'
Bugun vatandoshlarimiz ko‘k rangli formada maydonga tushishadi, Qatar esa o‘zining an’anaviy to‘q jigarrang formasini tanlagan
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! O‘zbekiston va Qatar terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini boshlanish arafasida.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.