Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi, 10-tur

«el-klasiko». 28 oktyabr. soat 20:15. Bosh hakam: Xose Mariya Sanches Martines (Mursiya)

BARSELONA

Filippe Koutinyo (11)
Luis Suares (30-penalti, 75, 82)
Arturo Vidal (87)

5 : 1

REAL MADRID

Marselo (50)
JAMOALAR TARKIBI
01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
03.Jerar Pike
15.Kleman Lengle
18.Xordi Alba
07.Filippe Koutinyo
04.Ivan Rakitich
08.Artur
05.Serxio Buskets
20.Serxi Roberto
12.Rafinya
09.Luis Suares
  25.Tibo Kurtua (D)
04.Serxio Ramos
05.Rafayel Varan
06.Nacho
12.Marselo
08.Toni Kroos
22.Isko
14.Kazemiro
10.Luka Modrich
09.Karim Benzema
11.Garet Beyl
ZAHIRA
13.Yasper Sillessen (D)
02.Nelson Semedu
36.Chumi Brandaris
22.Arturo Vidal
14.Malkom
19.Munir
11.Usmon Dembele
  01.Keylor Navas (D)
20.Marko Asensio
24.Daniel Sebalyos
15.Federiko Valverde
17.Lukas Vaskes
19.Alvaro Odriosola
07.Mariano Dias
SARIQ KARTOCHKA
Ivan Rakitich (38
 
Nacho (39)

Matn

90+2'
O‘yin tugadi. "Barselona" - "Real" 5:1. O‘o‘zingizni ehtiyot qiling!
90+1'
Ehhhh, Benzema! Diasning uzatmasidan keyin yakkama-yakka vaziyatga chiqdi. Karima aniq zarba bera olmadi
90'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
90'
VUUUUH! Oltinchi golni urishi mumkin edi "Barselona", Suares pokerga erishishi mumkin edi. Kurtua qutqardi
87'
GOOOOOL! Arturo Vidal, 5:1! "Real" qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatdi, do‘stlar
83'
"Barsa"da so‘nggi o‘zgarish: Artur o‘rniga Arturo Vidal tushdi
82'
GOOOOOOL! Luis Suares, 4:1! Xet-trik! Ramos o‘z himoyasida to‘pni Robertoga sovg‘a qildi. Serxining uzatmasidan keyin Suares yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va to‘pni Kurtuaning ustidan oshirib, osonlik bilan to‘rga joylab qo‘ydi
82'
Asensio jarima maydonchasi burchagidan kuchli zarba berdi. Noaniq
81'
"Real"da o‘zgarish: Marselo jarohat olib, o‘yinni davom ettira olmadi. Uning o‘rniga Mariano Dias maydonga tushdi
80'
"Barselona" qarshi hujumga o‘tib ketdi. Suaresning uzatmasidan keyin Roberto bosh bilan zarba berdi. Kurtua to‘pni osonlik bilan egallab oldi
77'
"Real"da o‘zgarish: Garet Beyl o‘rniga Marko Asensio maydonga tushirildi
77'
Luis Suares sariq kartochka oldi. U Nachoga nisbatan qoidabuzarlik ishlatdi
75'
GOOOOOOOL! Luis Suares, 3:1! Kataloniyaliklar qarshi hujumda "Real"ni jazolashdi. Qiziq gol bo‘ldi. Roberto 10 metrlardan uagvaylik futbolchi 14 metrdan bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi. Kurtua kutmagandi bunday zarbani
74'
"Barselona"da o‘zgarish: Koutinyo o‘rniga Usmon Dembele tushirildi
73'
Rakitich olis masofadan pas bilan Serxi Robertoni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqarishi mumkin edi. Tajribali Ramos xavfni bartaraf etdi
70'
"Barsa"da o‘zgarish: Rafinya o‘rniga Nelson Semedu tushirildi.
68'
Ehhh, Benzema, qanday qilib? - derdigu, ammo bu Benzemada. Lukas Vaskes o‘ng qanotdan ajoyib uzatma bilan to‘pni Karimjonning boshiga "qo‘ndirdi"! Benzemaning zarbasidan keyin to‘sin ustidan o‘tib ketdi
65'
Vuuuuuh! Alba kutilmaganda "Real" jarima maydonchasi ichida paydo bo‘ldi va Koutinyoga unga yuqoridan uzatma beldi. Xordi to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. Ramosning oyog‘iga tekkan to‘p ustun yonginasida o‘tib ketdi
60'
VUUUUUUH! Bu safar darvoza ustuni tufayli to‘p "Real" darvozasigi borib tushmadi. Rakitich o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirayotgan Rafinyaga yuqoridan uzatma berdi. Yarim himoyachi to‘pni darvoza oldiga uzatdi. Suares tomonidan qaysi uslubda berilgan zarbadan keyin to‘p ustunga tegdiyu, maydonni tark etdi
58'
Madridliklar ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Ish zarbagacha yetib bormadi
58'
Benzema chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga kirib keldi va burchak to‘pi ishladi
56'
VUUUUUUH! "Barselona"ning xatosidan "Real" foydalanib qolishi mumkin edi! Modrichning zarbasidan keyin to‘p to‘singa tegdiyu, nariga tomonga ketib qoldi
55'
Vuh! Beyl chap qanotdan uzatma berdi. Ramos bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
54'
"Real"ning ikkita hujumi samarali chiqmadi
53'
Koutinyo burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Kurtua to‘pni egallab oldi
50'
GOOOOOOOL! Marselo, 2:1! Vaskes hujumda naf keltira boshladi. Uning uzatmasidan keyin Isko o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va so‘nggi chiziq oldidan darvoza oldiga pas berdi. Roberto to‘pni qaytargandek bo‘ldi, ammo to‘p uzoqqa ketmadi. Marselo to‘pni egalladiyu, yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi. O‘yinga intriga qaytdi
'
Darvoqe, ikkinchi bo‘lim boshida Varan o‘rniga Lukas Vaskes tushirilganini ta’kidlab o‘tamiz. Qiziq o‘zgarish bo‘ldi
49'
Marselo chap qanotdan havolatib uzatma berdi. Langle Benzemaga zarba berish imkoniyatini bermadi
46'
Rakitich olis masofadan zarba berdi. Noaniq. Unda sheriklariga uzatma berish uchun yaxshiroq variantlar bor edi
46'
Ikkinchi bo‘limga start berildi. Davom etamiz. Umid qilamiz, ikkinchi bo‘lim qiziqarliroq o‘tadi
45+2'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berilgandi. U yakuniga yetdi. Tanaffus. Hozircha "Barselona" - "Real" - 2:0
45+1'
Eh, Suares! "Real" standart vaziyatni bajardiyu, mezbonlar katta kuch bilan oldinga o‘tib ketishdi. Suares sheriklariga aniq uzatma bera olmadi
45'
Alba o‘z qanotida Iskoga nisbatan fol ishlatildi. "Real" uchun yaxshi imkoniyat. Standart
43'
Pike hujumda yuribdi! Suaresning o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmasiga Pike bosh bilan zarba berdi. Ammo to‘p darvoza tomon emas, olis ustun tomon ketdi. Xavf bartaraf etilmadi. Rafinya jarima maydonchasi tashqarisidan shoshmasdan zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
42'
Rafinya oldinga o‘tayotgan Albaga uzatmani aniqroq berganida, "ko‘k-anorranglilar"ning ikki futbolchisi "Real"ning bir himoyachisi va darvozaboniga qarshi chiqib borar edi
39'
Nacho ham "sariq" oldi. U Koutinyoga nisbatan qo‘pollik ishlatdi.
38'
Ivan Rakitich ogohlantirish oldi. U Kroosni chalib yiqitdi
37'
Busketsning uzatmasidan keyin Alba chap qanotdan oldinga o‘tib, darvoza oldiga xavfli uzatma berdi, ammo Suares to‘pga yeta olmadi
35'
Tarkibida Messi bo‘lmasa ham, "Barselona"ning o‘yini yaxshi shakllangani shundoqqina ko‘rinib turibdi. "Real"da jamoaviy o‘yin hali yuqori darajada emas
33'
"Barsa" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Kazemiro bosh bilan to‘pni jarima maydonchasidan uzoqlashtirdi
30'
GOOOOOOOOOL! Luis Suares, 2:0! Urugvaylik futbolchining zarbasi deyarli ustunga tegib kirdi
30'
PENALTI belgilandi! Varan o‘z darvozasi oldida Luis Suaresni yiqitdi!
29'
Diqqat! El-klasikoda VAR ishga tushdi. "Real" darvozasiga penalti belgilanishi mumkin!
27'
"Real" futbolchilari mezbonlar mudofaasini yorib o‘ta olishmaganidan keyin tez-tez olis masofadan zarba berishmoqda. Ramos 35 metrlardan aniq zarba berdi. Aniq, ammo ter Shtegen o‘z o‘rnida
24'
"Real" asta-sekin hujumga o‘tmoqda, ammo hozircha xavfli vaziyat yo‘q
19'
Vuuuuh! "Barselona" futbolchilarining raqib jarima maydonchasi ichida qo‘llagan kuchli pressingi naf keltirdi. Artur to‘pni egallab, olis yuqori burchak tomon aniq zarba berdi. Kurtuadan ajoyib seyv!
18'
To‘pni nazorat qilish bo‘yicha statistika: 70 - 30 %
17'
Marselo olis masofadan aniq zarba berdi. Mark-Andre ikkinchi urinishda to‘pni egallab oldi
13'
Beyl 24 metrlardan chap oyoqda zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni osonlik bilan egalladi
12'
Sokin kechayotgan o‘yinda kutilmaganda tezkor gol ko‘rdik.
11'
GOOOOOOOOL! Filipe Koutinyo! Alba chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirib, biroz orqaroqqa uzatma berdi. Koutinyo 6-7 metrlardan darvozaning bo‘sh qolgan qismini ishg‘ol qildi!
8'
Vuh! Beyl chap qanotdan oldinga o‘tib, jarima maydonchasiga uzatma berdi. Benzema 15 metrlardan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
7'
Kataloniyaliklar kuchli pressing orqali raqibdan to‘pni olib qo‘ymoqda, to‘p nazoratini o‘zida ushlab turibdi
5'
Koutinyo chap qanotdan darvoza oldiga uzatma berdi. Kurtua to‘pni egallab oldi
2'
Koutinyo chap qanotdan "Real" jarima maydonchasiga kirib borib, yuqoridan uzatma berishga qaror qildi. Ammo to‘pni narigi qanotdan maydonni tark etdi
2'
Marseloning uzatmasidan keyin Benzema darvozabon bilan birga-bir vaziyatga qochdi, ammo Karim biroz ofsaydda qolgandi
1'
Uchrashuvga start berildi! Boshladik! To‘pni o‘yinga "Qirollik klubi" futbolchilari kiritib berishdi
'
Diqqat! "Barselona" va "Real Madrid" futbolchilari maydonga chiqib kelishdi
'
O‘yin boshlanishiga tobora kam vaqt qolmoqda. "Kamp Nou" stadioni muxlislar bilan liq to‘lib bo‘ldi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! "EL-KLASIKO"! Ortiqcha izohga hojat yo‘q, nazarimizda. O‘yin boshlanishga taxminan 15 daqiqa qoldi.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.