Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi, 11-tur

11-tur. 3 noyabr 2018 yil. soat 20:15

REAL MADRID

Ruben Alkaras (83-avtogol)
Serxio Ramos (88-penalti)

2 : 0

VALYADOLID

JAMOALAR TARKIBI
25.Tibo Kurtua (D)
04.Serxio Ramos
06.Nacho
23.Regulon
10.Luka Modrich
20.Marko Asensio
08.Toni Kroos
14.Kazemiro
11.Garet Beyl
19.Alvaro Odriosola
09.Karim Benzema
  01.Xordi Masip (D)
04.Kiko Olivas
05.Fernando Kalero
17.Xavi Moyano
18.Antonito
21.Michel
19.Toni Suarez
14.Ruben Alkaras
22.Ignasio Nacho
32.Leonardo Suarez
09.Enes Unal
ZAHIRA
01.Keylor Navas (D)
28.Vinisius Junior
31.Xavyer Sanchec
22.Isko
24.Daniel Sebalyos
15.Federiko Valverde
17.Lukas Vaskes
  13.Yoel (D)
02.Xoakin
08.Borxa Fernandes
23.Anuar
10.Oskar Plano
11.Daniyel Verde
20.Duye Chop

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. "Real" qiyin, ammo muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
88'
GOOOOOOL! Serxio Ramos, 2:0. Jamoa sardori darvoza markazi tomon kuchli bo‘lmagan zarba yo‘lladi.
87'
PENALTI! "Valyadolid" darvozasi tomon. Benzema 11 metrli jarima zarbasi ishladi
85'
"Valdolid"da o‘zgarish: Xavi Moyano o‘rniga Duye Chop maydonga tushdi
83'
GOOOOOOL! Avtogol, 1:0! "Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi va raqib darvozasi tomon bosim uyushtirishda davom etdi. Vinisius chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va uzatma berdi. To‘p Alkarasga tegib, o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi. Darvozabon buni qaytara olmadi
80'
Verde olis masofadan kuchli zarba berdi. Tibo ikkinchi urinishda to‘pni egallab oldi
75'
"Real"da so‘nggi o‘zgarish: Marko Asensio o‘rniga Vinisius Junior tushirildi
74'
Isko burchak to‘pi ishladi va uni o‘zi o‘yinga kiritdi. Mehmonlar to‘pni qaytarishdi. Navbatdagi hujumdan so‘ng mezbonlar yana burchak to‘pi ishlashdi
72'
Beylning zaxiraga olinishi Garetga yoqmadi shekilli, u maydonni tark etarkan, Solariga qo‘l bermadi
71'
"Real"da ikkinchi o‘zgarish: Beyl o‘rniga Lukas Vaskes tushirildi
69'
"Valdolid"da o‘zgarish: Toni Suares o‘rniga Daniyel Verde tushirildi
66'
VUUUUUUH! To‘p yana bir marta "Real" darvozasi to‘siniga tegib qaytmoqda! Bu safar zarbani Toni Suares 25 metrlardan bergandi!
65'
"Madrid" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Modrichning zarbasi kuchli chiqmadi
64'
Mehmonlar qarshi hujumga o‘tishayotgan edi, Varan xavfni bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi
60'
Mehmonlar yana bir xavfli vaziyat yaratishdi. Toni Suares raqib jarima maydonchasiga kirib, unchalik oson bo‘lmagan vaziyatda zarba yo‘lladi. Kurtua qiyinchilik bilan to‘pni egallab oldi
57'
VUUUUUUH! "Valyadolid"ning qarshi hujumi gol bilan yakunlanishiga bir baxya qoldi! Alkaras tomonidan 20 metrlardan yo‘llangan zarba rekoshet tufayli Kurtuaning ustidan oshib o‘tdiyu, ammo to‘p to‘singa tegib, yerga qaytib tushdi. Omad "Real" tomonida bo‘ldi
57'
"Real"da dastlabki o‘zgarish: Kazemiro o‘rniga Isko tushirildi
55'
Vuuuh! Chap qanotdan yerlatib berilgan pasni Benzema darvozagacha 7-8 metrlardan darvoza tomon burdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi
54'
Vuuuuh! Kroos chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va olis ustun tomon zarba berdi. Kazemiro qulay imkoniyatga ega bo‘lgandi. Bosh bilan darvozani ishg‘ol eta olmadi
49'
Kroos olis masofadan zarba yo‘llashga qaror qildi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi
46'
Ikkinchi bo‘limga start berildi
45'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hakam birinchi bo‘limga vaqt qo‘shmadi. Hozircha — 0:0.
45'
Jarimadan yetkazilgan uzatmani Kurtua egallab oldi
45'
Marko Asensio sariq kartochka oldi. Oldinga o‘tayotgan raqib futbolchisini qo‘li bilan tortib to‘xtatdi
43'
Modrich 20 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
40'
Vuuuuuh! "Valdolid" futbolchisi Unal yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga hujumchi bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
38'
Mehmonlar jarima zarbasini tepishdi. To‘p jonli devorga tegib qaytdi
36'
Vuuuh" Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Beyl raqib darvozabon maydonchasi yaqinida bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
34'
"Valyadolid"ning yana bir zarbasi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
33'
VUUUUH!!! "Valdolid" futbolchisi Antonito "Real" darvozaboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketib, to‘pni Kurtuaning ustidan oshirib qo‘yishga harakat qildi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
31'
Kroos burchak to‘pini o‘yinga kiritdi, Kazemiro bosh bilan aniq zarba berdi. Masip to‘pni osonlik bilan egallab oldi
27'
Odriosola chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, ammo raqiblar ko‘pchilikni tashkil qilishdi
22'
Maydon egalarining to‘pni to‘la ustunlik bilan nazorat qilishi hozircha xavfli vaziyatlarni taqdim etmayapti
15'
Odriosolaga nisbatan burchakdagi bayroq yaqinida fol ishlatildi. Kroos jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Kazemiro bosh bilan zarba berganidan so‘ng to‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
12'
Regulon chap qanotdan havolatib uzatma berdi, Beyl bosh bilan darvoza tomon aniq zarba berdi. Masip to‘pni egallab oldi
10'
Mezbonlar to‘pni nazorat qilishmoqda.
4'
Vuuuuh! Benzema! Asensioning uzatmasidan keyin Karim chap tomndan jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida chap oyoq oyoqda zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
1'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Ispaniya La ligasining 11-turi doirasida "Real" o‘z uyida "Valyadolid"ni qabul qilmoqda. Uchrashuv boshlanib ketdi.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.