Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini
| 20 noyabr 2018 yil. soat 15:00. Bosh hakam: Kris Bit (Avstraliya) | ||
O‘ZBEKISTON |
0 : 4 |
JANUBIY KOREYaNam Te Xi (8)
Xvang Uy Jo (23) Mun Seon Min (70) Suk Xyun Jun (82) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Ignatiy Nesterov 02.Akmal Shorahmedov 20.Islom To‘xtaxo‘jayev 05.Anzur Ismoilov (S) 13.Oleg Zoteev 07.Odil Hamrobekov 16.Otabek Shukurov 15.Aziz Turg‘unboyev 17.Doston Hamdamov 22.Javohir Siddiqov 14.Eldor Shomurodov |
23.Chjo Xyon U 19.Kim Yong Gvon 15.Jung Seung Xyun 02.Li Yong 06.Park Ju Xo 07.Xvang In Beom 05.Chju Sejong 10. Nam Te Xi 17.Li Chung Yong 26.Na Sang Xo 16.Xvang Uy Jo |
|
| ZAHIRA | ||
|
12.Eldor Suyunov 25.O‘tkir Yusupov 03.Egor Krimes 04.Davron Hoshimov 08.Ikrom Aliboyev 06.Husniddin G‘ofurov 18.Doston Tursunov 19.Vladimir Kozak 10.Marat Bikmayev |
||
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. O‘zbekiston - Janubiy Koreya 0:4! |
| 90' | ![]() |
Bikmayev raqib jarima maydonchasi tashqarisidan aylanma zarba berdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi |
| 87' | ![]() |
VUUUUH! Koreyalik futbolchi 1 metr masofadan darvozani ishg‘ol eta olmadi! Nesterov qutqarib qoldi |
| 85' | ![]() |
Yana bir marta burchak to‘pini o‘yinga kiritamiz |
| 84' | ![]() |
Burchak to‘pi ishladik |
| 82' | ![]() |
GOL! Suk Xyun Jun, 0:4! Raqibning ikki futbolchisi butun boshli mudofaa chizig‘imizni parokandalikka uchratib, darvozani ishg‘ol etib ketishdi |
| 80' | ![]() |
Terma jamoamiz chap qanot bo‘ylab yaxshi hujum tashkil qildi. Zoteev jarima maydonchasiga kirgan G‘ofurov tomon uzatma berdi. Ammo uzatma biroz noqulay bo‘lgani bois Husniddin to‘pni na egallay oldi, na darvoza tomon burdi. To‘p uning oyog‘idan maydonni tark etdi |
| 76' | ![]() |
Janubiy Koreyada ikkita o‘zgarish bo‘ldi. Li Chung Yong o‘rniga Li Jun Xyun, Jung Seung Xyun o‘rniga Xong Chul tushirildi |
| 75' | ![]() |
Jarohat olgan Hamdamov o‘rniga Husniddin G‘ofurov tushirildi |
| 74' | ![]() |
Doston Hamdamovga tibbiy yordam ko‘rsatildi |
| 69' | ![]() |
GOOOL! Mun Seon Min, 0:3! Koreyaliklar o‘yinga kiritgan burchak to‘pini Shorahmedov bosh bilan qaytardi. Ammo zaxiradan tushgan futbolchi kuchli 16 metrdan zarba bilan darvoza burchagini ishg‘ol qildi. Nesterov to‘pga tashlanib ham o‘tirmadi |
| 69' | ![]() |
Koreyada o‘zgarish: Xvang Uy Jo o‘rniga Suk Xyun Jun tushdi |
| 68' | ![]() |
Eh, Marat! Bikmayev o‘ng qanotda belgilangan jarima to‘pni shunday tepdiki, u na darvozaga aniq bordi, na jamoadoshlariga. Olis ustun tomondan maydonni tark etdi. |
| 66' | ![]() |
Akmal Shorahmedov o‘ng qanotdan oldinga o‘tib, raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Koreyaliklar to‘pni egallashdi |
| 64' | ![]() |
J.Koreyada ham o‘zgarish: Kim Yung Gvon o‘rniga Kvon Kyung Von tushdi |
| 64' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Javohir Siddiqov o‘rniga Ikrom Aliboyev tushirildi |
| 64' | ![]() |
Xvang In Beom yana bir marta olis marta zarba yo‘lladi. Nesterov bu safar to‘pni egalladi |
| 62' | ![]() |
Xvang In Beom olis masofadan xavfli zarba yo‘lladi. Darvozabonimiz to‘pni qo‘ldan chiqarib yubordi. Anzur to‘pni yon tomon tepib yuborishga muvaffaq bo‘ldi. Aks holda Xvang Uy Jo darvozamizni ishg‘ol qilishi mumkin edi |
| 56' | ![]() |
Ustunlik raqiblarimiz tomonida bo‘lmoqda |
| 50' | ![]() |
Janubiy Koreyada majburiy o‘zgarish: Nam Te Xi chimga qoqilib, oddiy vaziyatda jarohat oldi. Uning o‘rniga Mun Seon Min tushirishdi |
| 47' | ![]() |
Koreyslar ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ish zarbagacha yetib bormadi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshida tarkibimizda o‘zgarish bo‘ldi: Aziz Turg‘unboyev o‘rniga uchrashuvni Marat Bikmayev davom ettiradi |
| 46' | ![]() |
Nam Te Xi 19 metrdan aniq zarba berdi. Nesterov to‘pni egalladi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga start berildi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha O‘zbekiston - Janubiy Koreya - 0:2. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 42' | ![]() |
Terma jamoamiz yaxshi hujum tashkil qildi va Aziz Turg‘unboyev 22 metrlardan o‘ng oyoqda yo‘llagan zarbasi bilan yakunlandi. Posbon to‘pga ega chiqdi |
| 41' | ![]() |
Koreyslar qisqa paslar orqali hujumlar tashkil qilishmoqda |
| 37' | ![]() |
Termamizdan yana bir aniq zarba. Turg‘unboyev chap tomondan raqib jarima maydonchasigacha yetib kelib, 15 metrlardan chap oyoqda kuchli zarba berdi. Darvozabon to‘pni egalladi |
| 37' | ![]() |
O‘zbekiston J.Koreya darvozasi tomon dastlabki aniq zarbasini yo‘lladi. Siddiqov jarima maydonchasi burchagidan zarba berdi. Chjo Xyon U to‘pni osonlik bilan egalladi |
| 33' | ![]() |
Terma jamoamiz qarshi hujum tashkil qilishdi. Shukurov raqib jarima maydonchasiga kirib borgan Shomurodovga pas berdi. Ammo Ilhom yiqildiyu, to‘pni yo‘qotdi |
| 30' | ![]() |
Shorahmedov to‘pni Xvang Uy Joga sovg‘a qildi. Hujumchi olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 26' | ![]() |
Terma jamoamiz "standart"ga ega bo‘ldi. Siddiqov yetkazib bergan to‘p raqib jarima maydonchasiga borgan To‘xtaxo‘jayevga kelib tushdi. Islom esa bosh bilan na darvoza tomon zarba berdi, na aniq uzatma. Boz ustiga, To‘xtaxo‘jayev ofsaydda ham qolgan ekan |
| 23' | ![]() |
GOOL! Xvang Uy Jo, 0:2! Janubiy Koreya burchak to‘pidan so‘ng hisobdagi farqni oshirdi. Dastlab yaqin masofadan yo‘llangan kuchli zarbani Nesterov qaytargandi, ammo yon tomonga ketgan to‘pni Uy Jo kuchli zarba berib, to‘pni to‘rga joyladi |
| 22' | ![]() |
Koreyaliklar ikkita xavfli vaziyat yaratishdi. Dastlab Nam Te Xi lois masofadan zarba yo‘lladi. Nesterov to‘pni qaytardi. Takroriy hujum yanada xavfli bo‘ldi. Xvang Uy Jo jarima maydonchamiz ichida ikki himoyachimizni chiroyli aldab, 12 metrlardan zarba berdi. To‘p futbolchilarimizdan birining oyog‘iga tegdiyu, shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 19' | ![]() |
Jarimadan yo‘llangan to‘pni Ignatiy egallab oldi |
| 18' | ![]() |
Koreya tez va faol o‘ynamoqda. Shukurov jarima maydonchamiz yaqinida fol ishlatishga majbur bo‘ldi |
| 17' | ![]() |
Li Chung Yong 18 metrlardan kuchli zarba berdi. To‘p Nesterovning qo‘lidan maydonni tark etdi |
| 14' | ![]() |
Turg‘unboyev bu safar chap qanotdan havolatib uzatma berdi. Raqib himoyachisi to‘pni bosh bilan qaytardi. So‘ngra koreyaliklar to‘pni egallab olishdi |
| 13' | ![]() |
Koreyaliklar yana o‘ng qanotdan hujum tashkil qilishdi. To‘xtaxo‘jayev jarima maydonchamiz ichida raqibga zarba berish imkonini bermadi |
| 12' | ![]() |
Yaxshi hujum tashkil qilgandik. Turg‘unboyev o‘ng qanotdan raqib darvozabon maydonchasiga xavfli uzatma berdi. Ammo vakillarimiz to‘pga yeta olishmadi |
| 8' | ![]() |
GOOL! Nam Te Xi hisobni ochdi. Li Yong o‘ng qanotdan havolatib aniq uzatma berdi. Hujumchi to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. To‘p himoyachilarimiz orasidan o‘tib, olis burchakka borib tushdi |
| 5' | ![]() |
Maydon markazi uchun kurash kechmoqda. Jamoalar navbati bilan to‘pni nazorat qilishmoqda. Hozircha xavfli vaziyatlar yuzaga kelmadi |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga koreyaliklar kiritib berishdi. |
| ' | Endi navbat Koreya Respublikasi madhiyasiga | |
| ' | ![]() |
Terma jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Ayni paytda O‘zbekiston davlat madhiyasi yangramoqda |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Janubiy Koreyaga qarshi bahs o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|