Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo kubogi-2019. «F» guruhi, 1-tur

9 yanvar, soat 18:30. Bosh hakam: Ko Xyun Jin (Janubiy Koreya)

O‘ZBEKISTON

Odil Ahmedov (34)
Eldor Shomurodov (82)

2 : 1

UMMON

Muhsin al-G‘assaniy (72)
JAMOALAR TARKIBI
01.Ignatiy Nesterov (D)
02.Akmal Shorahmedov
05.Anzur Ismoilov
07.Sardor Rashidov
09.Odil Ahmedov (S)
10.Marat Bikmayev
11.Jaloliddin Masharipov
13.Oleg Zoteev
15.Egor Krimes
19.Otabek Shukurov
22.Javohir Siddiqov
  18.Fayl ar-Rushaydiy (D)
02.Muhammad al-Musallam
06.Roid Solih
07.Xolid al-Hajriy
10.Muhsin al-Xoldiy
11.Saad al-Muxayniy
12.Ahmad Mahayjriy
13.Xolid al-Braykiy
15.Jamil al-Yahmadiy
17.Ali al-Busaydiy
23.Harib as-Saadiy
SARIQ KARTOCHKA
Jaloliddin Masharipov (29)
Ignatiy Nesterov (58)
 
QIZIL KARTOCHKA
Egor Krimes (90+3)
 

Matn

90+6'
O‘yin yakunlandi. O‘ZBEKISTON - UMMON - 2:1. G‘alaba bilan tabriklaymiz
90+5'
Shomurodov burchak to‘pi ishladi
90+4'
Jarimadan zarba aniq yo‘llandi. Ignat mushtlari bilan urib yubordi
90+3'
Egor Krimes qizil kartochka oldi. Davrozabonimiz bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borayotgan hujumchini qo‘li bilan tortib yiqitdi. So‘nggi umid kushandasi
90+1'
Ummonlik hujumchi jarima maydonchamiz ichida yiqildi. Raqiblarimiz penalti so‘rashdi. Hakam penalti belgilamay to‘g‘ri qaror chiqardi
90'
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Ummonda o‘zgarish: Saloh al-Yahyoiy maydonga tushdi, kimningdir o‘rniga
90'
Odil Ahmedovga tibbiy yordam ko‘rsatildi
87'
Yaxshi, Ignatiy! Raqib hujumchisining o‘tkir burchak ostida yo‘llagan zarbasini qaytardi!
86'
GOOOOOOOL! Eldor Shomurodov, 2:1! Aliboyevning uzatmasidan keyin Shomurodov ikki himoyachidan qochib ketib, deyarli birga-bir vaziyatda uncha kuchli bo‘lmagan zarba berdi. To‘p darvozaboning qo‘llari ostidan o‘tib, to‘rga borib tushdi
83'
O‘zbekistonda uchinchi o‘zgarish: Marat Bikmayev o‘rniga Eldor Shomurodov tushirildi
81'
Ikkinchi burchak to‘pi xavfli bo‘ldi
80'
Ummon ketma-ket ikkinchi marta burchak to‘pini o‘yinga kiritadi
79'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Jaloliddin Masharipov o‘rniga Ikrom Aliboyev maydonga tushirildi
78'
VUUUUUH! HAMDAMOOOV! Chap qanotdan yuqoridan yetkazilgan uzatmani Doston yerga tushirmasdan 7-8 metrlardan darvoza tomon tepdi. Rushaydiy mahorat ko‘rsatdi!
76'
Ummon futbolchisining zarbasi xavfli chiqdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib, to‘rga yuqoridan kelib tushdi
75'
Hamdamov ofsaydda qoldi
72'
Gol! Afsus, yo‘q joydan gol o‘tkazib yubordik. Chap qanotdan yetkazilgan uzatma natijasida Muhsin al-G‘assaniy yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va Nesterovni dog‘da qoldirdi
67'
Ummonda o‘zgarish bo‘ldi. Xolid al-Hajriy o‘rniga Muhsin al-G‘assaniy maydonga tushdi
67'
Jarima to‘pini bartaraf etdik
66'
Egor Krimes kerakmas joyda qoida buzdi. Raqiblarimiz jarima maydonchamiz burchagidan standartni qo‘lga kiritishdi
65'
Ummonning hujumi samarsiz chiqdi baxtimizga
63'
Yuqoridagi vaziyatda Nesterov jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatildi. O‘yin davom etadi
61'
VUUUUUH! Ummon o‘ta qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Xarib olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi. Ignat mushti bilan to‘pni qaytardi, to‘pni raqiblarga kelib tushdi. Al-Hajriy yaqin masofadan bergan zarbasini yana Nesterov va himoyachilar qaytarib qolishdi. Juda xavfli vaziyat bo‘ldi
61'
Ummonliklarning yana bir xavfli hujumi. Yaxshiyamki, ish zarbagacha yetib bormadi
59'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Sardor Rashidov o‘rniga Doston Hamdamov maydonga tushirildi
58'
Ignatiy Nesterov sariq kartochka oldi. Hakam darvozabonimiz o‘yinni cho‘zdi deb hisobladi
36'
Xoldiyning zarbasidan so‘ng to‘p jarima maydonchasi yuqorisidan o‘tib ketdi. Hammasi joyida
56'
Ummon jarima maydonchasi tashqarisida jarima zarbasi ishlashdi. Bikmayev fol ishlatdi
52'
Vuuuuuh! Ummonliklar chap qanotdan xavfli hujum tashkil qilishdi. Muxayniy 11 metrli jarima maydonchasi ichida zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Masharipov yotgan holatda zarbani o‘ziga qabul qildi! Barakalla, Jaloliddin!
51'
Ummon burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilarimiz xavfni bartaraf etishdi
49'
Raqiblarimiz o‘ng qanotdan havolatib uzatma berishdi. Nesterov sakragancha to‘pni mushtlari bilan urib yuborishga muvaffaq bo‘ldi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
45'
Hakam xushtagi chalindi va birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha terma jamoamiz 1:0 hisobida oldinda bormoqda. Bizni kuzatishda davom eting birozdan so‘ng qaytamiz!
45'
Nesterov ajoyib seyv namoyish etdi! Birinchi taym qahramoni so‘zsiz Nesterov!
43'
Sardor Rashidov uzoq masofadan super zarba yo‘lladi, biroq biroz noaniq
41'
Ummon terma jamoasining hujumlari keskin tus olmoqda
37'
Ummon terma jamoasi hisobni tenglashtirishga harakat qilyapti
34'
Odil Ahmedov 34-daqiqada jarima zarbasidan super zarba yo‘llab, hisobni ochdi!
33'
GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLL! ODIL AHMEDOVVVVVVV!
32'
Marat Bikmayevga nisbatan qoida buzildi. Terma jamoamiz gol urishi uchun qulay imkoniyat
29'
Jaloliddin Masharipovga sariq kartochka ko‘rsatildi
28'
O‘zbekiston terma jamoasi ijrosida burchak to‘pi besamar yakunlandi
25 '
Uyinda Ummon terma jamoasi ustunlik qilmoqda
24'
Ummonning hujumi. Yuqoridan yetkazilgan uzatmaga hujumchi bosh bilan zarba bera olmadi
22'
O‘zbekistondan tashrif buyurgan 200 nafar atrofidagi muxlislarimiz terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlamoqda
21'
Har ikkala jamoa ehtiyotkor o‘yin namoyish qilishda davom etmoqda. Jarima maydonchamiz ichida Masharipovga nisbatan qo‘pollik ishlatildi.
15'
VUUUUUH! Juda xavfli vaziyat! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Ahmad Mahayjriy bosh bilan zarba berdi. Nesterov muqarrar goldan qutqarmoqda!
15'
Anzur biroz qaltis harakat qildi. Raqib futbolchisi o‘ng qanotdan darvozamiz oldiga uzatma berdi. Nesterov egallab olishi mumkin bo‘lgan to‘pga Ismoilov oyoq cho‘zdi. Anzur so‘ngra to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
13'
Futbolchilarimiz ijdrosida to‘p nazorati tobora yaxshilanib bormoqda.
11'
Rashidovning aniq uzatmasidan keyin Marat raqib markaziy himoyasi tomon bosim uyushtirdi. Ammo himoyachi to‘pni darvozabonga uzatib, xavfni bartaraf etishga ulgurdi
10'
Anzurning Masharipov tomon bergan olis uzatmasi muvaffaqiyatsiz chiqdi
9'
Siddiqov maydon markazidan chap qanotdan oldinga o‘tayotgan Masharipov tomon uzatma berdi. Jalol to‘pni o‘ziga bo‘ysindirish chog‘ida to‘p uning qo‘liga tegib ketdi
6'
Ummon to‘pni egallagan zahoti tezkor qarshi hujumga o‘tmoqda. Shundan ehtiyot bo‘lishimiz lozim.
5'
Ummonliklarning hujumi samarasiz yakunlandi
4'
To‘p nazorati o‘zbekistonliklarda. Sekin-sekin raqib darvozasi tomon yaqinlashib kelyapmiz
4'
O‘ng qanotda Rashidovga nisbatan fol ishlatildi
2'
Odil Ahmedov hujumda ochilayotgan Bikmayevga uzatma berdi. Ammo himoyachi Maratga to‘pni egallash imkonini bermadi
2'
O‘yinni terma jamoamiz ehtiyotkorlik bilan boshlagandek
1'
Diqqat! O‘yin boshlandi. To‘pni o‘yinga Marat Bikmayev kiritib berdi
'
O‘zbekiston terma jamoasi esdalik uchun suratga tushishdi
'
Bugun O‘zbekiston oq, Ummon esa qizil rangli formada harakat qiladi
'
Endi esa navbat Ummon madhiyasiga
'
Diqqat, O‘zbekiston va Ummon terma jamoalari stadionga chiqib kelishmoqda. Dastlab O‘zbekiston madhiyasi yangraydi
'
O‘zbekiston terma yarim soatdan keyin Ummonga qarshi o‘yinni o‘tkazish uchun maydonda saf tortadi.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Osiyo kubogida biz kutgan lahzalar yaqinlashmoqda.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.