Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Osiyo kubogi-2019. «F» guruhi, 3-tur
| 17 yanvar, soat 18:30. Bosh hakam: Muhammad Abdulla (BAA) | ||
YAPONIYaYoshinori Muto (43)
Sukasa Shiotani (58) |
2 : 1 |
O‘ZBEKISTONEldor Shomurodov (40)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
23.Daniel Shmidt 02.Genta Miura 03.Sei Muroya 04.Sho Sasaki 10.Takashi Inui 11.Koya Kitagava 13.Yoshinori Muto 14.Junya Ito 17.Toshixiro Aoyama 18.Sukasa Shiotani 20.Tomoaki Makino |
01.Ignatiy Nesterov 06.Davron Hoshimov 15.Egor Krimes 20.Islom To‘xtaxo‘jayev 04.Farrux Sayfiyev 19.Otabek Shukurov 18.Fozil Musayev 22.Javohir Siddiqov 17.Dostonbek Hamdamov 08.Ikrom Aliboyev 14.Eldor Shomurodov |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Farrux Sayfiyev (69)
Egor Krimes (72) |
||
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. Yaponiya - O‘zbekiston 2:1. Nimchorak finalda Avstraliyaga qarshi o‘yin o‘tkazamiz. |
| 90+3' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan uzatmaga To‘xtaxo‘jayev bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 90+3' | ![]() |
So‘nggi daqiqada standart ishladik |
| 90+1' | ![]() |
Vuh! Hoshimovning uzatmasini darvozaga to‘g‘rilaydigan futbolchi topilmadi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. MUvaffaqiyatsiz |
| 86' | ![]() |
VUUUUUH! Davron Hoshimov superzarba yo‘lladi. To‘qqizlikka kirayotgan to‘pni darvozabon maydon tashqarisiga urib yubordi |
| 86' | ![]() |
Yaponiyada o‘zgarish: Muto o‘rniga Vataru tushirildi |
| 84' | ![]() |
Jamoamiz Rashidovni zarbavor vaziyatga chiqarishdi, ammo uning oyog‘iga to‘p tegmay qoldi |
| 83' | ![]() |
Aliboyev burchak zarbasi ishladi |
| 82' | ![]() |
O‘zbekiston burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ammo yaponlar xavfli qarshi hujumga o‘tishdi. Kitagava 15 metrdan aniq zarba bera olmadi |
| 81' | ![]() |
Yaponiyada o‘zgarish: Takashi Inui o‘rniga Genki Xaraguchi maydonga tushdi |
| 80' | ![]() |
Hoshimovga nisbatan Inui fol ishlatdi. Jarima zarbasi tepamiz |
| 80' | ![]() |
Hoshimov o‘ng qanotdan yaxshi uzatma berdi. Hujumchilarimiz zarba bera olishmadi |
| 78' | ![]() |
O‘zbekiston juda zo‘r qarshi hujum uyushtirdi. Ammo so‘nggi pallada Rashidov to‘pni oldirib qo‘ydi |
| 76' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan uzatmani darvozabon egallab oldi |
| 76' | ![]() |
O‘zbekistonda uchinchi o‘zgarish: Musayev o‘rniga Sardor Rashidov tushirildi |
| 75' | ![]() |
Chap qanotdan Sayfiyevga nisbatan fol ishlatildi |
| 73' | ![]() |
Jarima zarbasi biz uchun xayrli yakunlandi |
| 72' | ![]() |
Egor Krimes sariq kartochka oldi. U fol ishlatishga majbur bo‘ldi |
| 72' | ![]() |
Ito olis masofadan zarba berdi. Noaniq |
| 70' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Eldor Shomurodov o‘rniga Marat Bikmayev maydonga tushirildi |
| 70' | ![]() |
Farrux Sayfiyev sariq kartochka oldi |
| 68' | ![]() |
Turg‘unboyev o‘yinga kiritgan burchak to‘pini himoyachi bosh bilan yon qanotdan chiqarib yubordi |
| 68' | ![]() |
Burchak zarbasi ishladik. BU yaxshi |
| 66' | ![]() |
Yaponiya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Hujumchi fol ishlatdi |
| 65' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Doston Hamdamov o‘rniga Aziz Turg‘unboyev maydonga tushdi. |
| 65' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Shomurodov bosh bilan zarba berishga harakat qildi. Noaniq chiqdi zarba |
| 61' | ![]() |
Hoshimov o‘ng qanotdan yuqorilatib uzatma berdi. Samuraylar uzatmani qaytarishdi |
| 58' | ![]() |
GOL! Afsuski, yaponlar hujumni davom ettirishdi va Sukasa Shiotani 20 metrlardan juda kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi |
| 58' | ![]() |
Yaponiya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Shomurodov bosh bilan qaytardi |
| 55' | ![]() |
Vuuuux! Inui uzoqdan zarba berdi. Baxtimizga biroz noaniq |
| 53' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limda jamoalar ancha faol. Terma jamoamiz tinimsiz hujumlar uyushtiryapti |
| 50' | ![]() |
Muxlislar tinimsiz terma jamoamizni qullab-quvvatlashmoqda |
| 47' | ![]() |
Shiotani Otabek Shukurovni yiqitgani uchun sariq kartochka oldi |
| 46' | Ikkinchi bo‘lim boshlandi! | |
| 45+2' | ![]() |
Hakam xushtagi chalindi va birinchi bo‘lim yakunlandi! |
| 45+2' | ![]() |
Hakam birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berdi |
| 42' | ![]() |
isob tenglashdi - 1:1. Muto Yoshinori darvozamizga gol kiritdi |
| 42' | GOL! Yaponiya terma jamoasi hisobni tenglashtirdi | |
| 40' | ![]() |
Eldor Shomurodov yana muvaffaqiyat qozondi! Futbolchi birga-bir chiqib bordi va 2 ta himoyachini aldab, raqib darvozasini ishg‘ol etdi |
| 39' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLL! ELDOR SHOMURODOOOOOOOOOOOOOOVVVVVVV! |
| 34' | ![]() |
Uxxx! Nesterovdan seyv |
| 33' | ![]() |
Hakam yaponiyalik futbolchi Mutoga Krimesga ishlatgan foli uchun sariq kartochka ko‘rsatdi |
| 31' | ![]() |
O‘yin asosan maydon markazida kechmoqda |
| 28' | ![]() |
Yaponiya terma jamoasi hujum uyushtirdi. Yuqoridan uzatilgan to‘pni Nestorov qiyinchilikchiz ushlab oldi |
| ' | ![]() |
Otabek Shukurov hujumda fol ishlatdi |
| 25 ' | ![]() |
Muxlislar terma jamoamizni faol qo‘llab-quvvatlashyapti |
| 20' | ![]() |
Vuh! Yaponiyaning xavfli hujumini bartaraf etdik. Qoyil, Nesterov! |
| 19' | ![]() |
Sayfiyev chap qanotdan havolatib raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Hamdamov bosh bilan zarba berishga urindi. Ammo himoyachi qaytarib qoldi |
| 18' | ![]() |
To‘p nazorati endi O‘zbekiston tomoniga o‘tdi |
| 16' | ![]() |
Vuuuuh! Doston chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi va 11 metrli nuqta ustida ochilgan Shomurodovga uzatma berdi. Eldor to‘pngi to‘xtatmasdan darvoza tomon tepdi, ammo to‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 15' | ![]() |
Jarima zarbasi xafli bo‘ldi. Ito yetkazib bergan uzatmani raqib futbolchilaridan bir yaqin masofadan darvozamiz tomon burishga harakat qildi. Zarba ancha noaniq. Boz ustiga, futbolchi ofsaydda qolgan ekan |
| 14' | ![]() |
To‘p Shukurovning qo‘liga tegdi. Yaponlar darvozamizga 25 metrlar masofadan jarima zarbasi tepishadi |
| 13' | ![]() |
Yaponlar to‘pni nazorat qilib, pozision hujum tashkil qilishmoqda. Ko‘pchilik bo‘lib himoyalanyapmiz |
| 11' | ![]() |
Jamoalar ehtiyotkor o‘yin namoyish qilishmoqda. Inui Hoshimovga nisbatan fol ishlatdi |
| 7' | ![]() |
Miura Aliboyevga nisbatan qo‘pollik ishlatdi. BAAlik hakam yaponiyalik futbolchiga og‘zaki ogohlantirish berdi |
| 6' | ![]() |
Eslatib o‘tamiz, Yaponiya-O‘zbekiston o‘yini Sport va UzHD telekanallarida jonli translyasiya qilinmoqda |
| 6' | ![]() |
Yaponlar to‘p nazoratini o‘z tomonlariga og‘dirishmoqda |
| 3' | ![]() |
Sayfiyev chap qanotdan hujumga o‘tdi va raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Ammo to‘p hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi |
| 2' | ![]() |
Hamdamov uzatib bergan to‘pni yaponlar bosh bilan jarima maydonchasidan uzoqlashtirishdi |
| 2' | ![]() |
Terma jamoamiz tezkor qarshi hujum tashkil qilib, burchak to‘pi ishladi |
| 1' | ![]() |
Diqqat uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga yaponiyaliklar kiritib berishdi. O‘zbekiston milliy jamoasiga omad yor bo‘lsin! |
| ' | ![]() |
O‘zbekiston oq, Yaponiya ko‘k rangli formada harakat qiladi. Bugun terma jamoamiz sardori — Ignatiy Nesterov |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Dastlab Yaponiya, so‘ngra O‘zbekiston madhiyalari yangramoqda. |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Osiyo kubogi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan Yaponiya va O‘zbekiston o‘yini boshlanish arafasida. Uchrashuvdan matnli onlayn translyasiyani boshladik. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|