Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi, 20-tur
| 16 yanvar, soat 20:15. Bosh hakam: Mateu Laos (Valensiya) | ||
REAL MADRIDKazemiro (78)
Luka Modrich (90+2) |
2 : 0 |
SEVILYa |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
25.Tibo Kurtua (D) 28.Vinisius Junior 04.Serxio Ramos 02.Daniel Karvaxal 05.Rafayel Varan 23.Regulon 10.Luka Modrich 14.Kazemiro 24.Daniel Sebalyos 09.Karim Benzema 17.Lukas Vaskes |
01.Tomash Vaslik (D) 04.Simon Kyayer 06.Daniel Karrisu 18.Serxio Eskudero 03.Serxio Gomes 16.Xesus Navas 10.Ever Banega 22.Franko Vaskes 17.Pablo Sarabiya 09.Vissam Ben-Yedder 12.Andre Silva |
|
| ZAHIRA | ||
|
30.Lyuka Zidan (D) 06.Nacho 12.Marselo 21.Braxim Diaz 22.Isko 15.Federiko Valverde 27.Kristo Gonsales |
13.Xuan Soriano (D) 05.Ibragim Amadu 25.Gabriel Merkado 21.Kvinsi Promes 11.Aleyks Vidal 19.Munir 41.Brayan Xil |
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Real" muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi va jadvalda 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi |
| 90+2' | ![]() |
GOOOOOL! Luka Modrich himoyachidan to‘pni olib qo‘yib, yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi |
| 90' | ![]() |
Isko jarima zarbasini noaniq yo‘lladi. |
| 88' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Sebalyos o‘rniga Federiko Valverde tushirildi |
| 86' | ![]() |
"Sevilya"da o‘zgarish: Eskudero o‘rniga Brayan Xil tushirildi. |
| 85' | ![]() |
Simon Kyayer sariq kartochka oldi |
| 85' | ![]() |
"Sevilya" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar to‘pni egallab, qarshi hujumga o‘tishdi |
| 83' | ![]() |
"Real" hujum qilishda davom etmoqda. Raqibga tashabbusni berib qo‘ymayapti |
| 78' | ![]() |
GOOOOOOOL! Kazemiroooo, supergol! Braziliyalik futbolchi 30 metrlardan kuchli zarba berdi. To‘p darvozabonning qo‘li orqali to‘singa tegib, to‘rga borib tushdi |
| 77' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Lukas Vaskes o‘rniga Isko tushirildi |
| 76' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan uzatmagan Ramos bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 75' | ![]() |
"Sevilya"da o‘zgarish: Andre Silva o‘rniga Munir el-Haddodiy tushirildi. Muxlislar uni hushtakbozlik bilan kutib olishdi. Tushunarli a bu holat... |
| 74' | ![]() |
Vuh! Jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmaga Kazemiro bosh bilan zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 68' | ![]() |
Vuh! Ramos hujumga qo‘shildi va Karvaxal qanotdan yetkazgan uzatmaga bosh bilan zarba berdi. Kyayer xavfni bartaraf etdi |
| 67' | ![]() |
VUUUUUH! Sebalyos! Daniyel 25 metrlardan juda kuchli zarba yo‘lladi. To‘p darvozasi to‘siniga tegib, yuqoriga ko‘tarilib ketdi |
| 66' | ![]() |
Banega jarima zarbasini tepdi. To‘p jonli devorga tegdi |
| 63' | ![]() |
Vuuuh! Junior markaz bo‘ylab harakatlandi va 15 metrlardan "parashyut" zarbasini berdi. Biroz noaniq. Chiroyli gol bo‘lardi |
| 61' | ![]() |
Kazemiro sariq kartochka oldi. Raqibning qarshi hujumini qo‘pollik bilan to‘xtatdi |
| 61' | ![]() |
"Real"ning ketma-ket hujumlari, zarbalari davom etmoqda. Mehmonlar katta qiyinchilik bilan himoyalanishmoqda |
| 59' | ![]() |
"Madrid" ketma-ket ikkita burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar bosimni oshirib borishmoqda |
| 58' | ![]() |
Vuuuh! "Real"da xavfli vaziyat! Yana Karvaxal-Modrich kombinasiyasidan keyin Luka jarima maydonchasi ichida zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘iga tegib, shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 56' | ![]() |
"Real" qarshi hujum tashkil qildi. Karvaxalning uzatmasini Modrich raqib jarima maydonchasi ichida darvoza tomon tepdi. Ammo ancha noaniq |
| 55' | ![]() |
Sebalyos olis masofadan juda noaniq zarba yo‘lladi |
| 54' | ![]() |
Ever Banega sariq kartochka oldi. Sebalyosning oyog‘iga tepgani uchun |
| 53' | ![]() |
Modrich jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilib, orqaga uzatma berdi. Kazemironing 18 metrlardan bergan zarbasiga aniqlik yetishmadi |
| 51' | ![]() |
Agar Ramos qutqarmaganida, "Sevilya" juda xavfli qarshi hujum tashkil qilayotgan edi |
| 48' | ![]() |
Madridliklar taymni faol boshlashdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga start berildi |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi |
| 45+2' | ![]() |
Junior olis masofadan kuchli zarba berdi. Vaslik to‘pni egalladi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 41' | ![]() |
"Real" o‘yinga kiritgan burchak to‘piga Ramos bosh bilan zarba berishga harakat qildi. Muvaffaqiyatsiz chiqdi bu urinish |
| 40' | ![]() |
To‘qnashuvda ishtirok etgan Franko Vaskes esa shlem kiyib oldi |
| 39' | Shifokorlar Modrichning boshini bint bilan o‘rab qo‘yishmoqda. Luka o‘z formasini almashtirib olishi kerak, boisi unga qon tegdi | |
| 38' | ![]() |
Havodagi to‘p uchun kurashda ishtirok etgan Modrich va Franko Vaskes bosh bilan to‘qnashib ketishdi. Xorvatiyalik futbolchining boshidan qon oqmoqda... |
| 36' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan uzatmani himoyachi qaytardi, ammo maydon egalari takroriy hujumni uyushtirishdi. Benzema yo‘llagan zarbani posbon egalladi |
| 35' | ![]() |
O‘ng qanotda Modrichga nisbatan fol ishlatildi. "Real" jarima to‘pini o‘yinga kiritadi |
| 33' | ![]() |
Realchilarning hujumi. Modrich raqib jarima maydonchasi ichida ikki futbolchini aldadi va uzatma berdi. Vaslik to‘pga ega chiqdi |
| 31' | ![]() |
Xavfli vaziyat. Mezbonlar o‘z jarima maydonchasi oldida to‘pni raqibga oldirishdi. Ben-Yedderning uzatmasidan keyin Silva yakkama-yakka vaziyatga chiqayotgandi. To‘pni Kurtua egalladi |
| 30' | ![]() |
Daniyel Karrisu ogohlantirish oldi. U taktik fol ishlatib, raqibning tezkor qarshi hujumini to‘xtatdi |
| 25' | ![]() |
Mehmonlar ijrosida yaxshi kombinasiya. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Andre Silva bosh bilan zarba berdi. Kurtua to‘pni egallab oldi |
| 22' | ![]() |
"Sevilya" hisobni ochish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi. Qarshi hujum natijasida Eskudero yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, zarba berdi. To‘p to‘rga yon tomondan tegdi |
| 21' | ![]() |
Vinisius raqibning 3-4 futbolchisini aldab o‘tib, hujumga asos soldi. Sebalyos esa na aniq zarba berdi, na aniq uzatma |
| 19' | ![]() |
Mehmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Havodagi kurashda "Madrid" yaxshi o‘ynamoqda |
| 17' | ![]() |
Vaskes jarima maydonchasiga kirayotgan Benzema tomon uzatma berdi. Karim unga yeta olmadi |
| ' | ![]() |
Madridda yomg‘ir yog‘moqda. O‘yin yomg‘ir tomchilari ostida davom etmoqda |
| 15' | ![]() |
Lukas Vaskes maydonda yotibdi. Uning og‘zi yoki burni qonamoqda. Raqib jamoa futbolchisining tirsagi Lukas og‘ziga tegib ketibdi |
| 13' | ![]() |
"Sevilya" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 11' | ![]() |
Solari shogirdlari to‘pni nazorat qilishmoqda. Ular hujum tashkil qilish uchun variant qidirishmoqda. |
| 7' | ![]() |
Modrich burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mehmonlar to‘pni jarima maydonchasidan uzoqlashtirishdi. Takroriy uzatmaga Benzema bosh bilan zarba berdi. To‘pni darvozabon egalladi |
| 6' | ![]() |
Vuuuuh! Madridliklar maydon markazidan Banegadan to‘pni olib qo‘yib, xavfli hujum tashkil qilishdi. Vaskesning uzatmasidan keyin Junior yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, o‘tkir burchak ostida zarba berdi. "Sevilya" posboni zarbani qaytardi |
| 5' | ![]() |
Vaskes o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmani Vaslik egallab oldi |
| 4' | ![]() |
Mezbonlarning bosimidan andalusiyaliklar dovdirab qolishmadi. Ular ham to‘pni nazorat qilishga harakat qilishmoqda |
| 2' | ![]() |
Mezbonlar o‘yinni faol boshlab, 2 daqiqa ichida 3ta hujum tashkil etishga ulgurishdi |
| 1' | ![]() |
Diqqat, o‘yin boshlandi. |
| ' | Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Ispaniya La ligasining 20-turidan o‘rin olgan «Real Madrid» - «Sevilya» uchrashuvidan matnli onlayn translyasiyani boshlayapmiz. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|