Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo kubogi-2019, nimchorak final

21 yanvar, soat 19:00. Bosh hakam: Abdulrahmon al-Jassim (Qatar)

AVSTRALIYa

0 : 0

O‘ZBEKISTON

JAMOALAR TARKIBI
01.Metyu Rayan
02.Milosh Degenek
04.Grant Rayan
05.Mark Milligan
09.Jeymi Maklaren
15.Kris Ikonomidis
16.Aziz Bexich
20.Trent Seynsberi
21.Aver Mabil
22.Jekson Irvin
23.Tom Rogich
  01.Ignatiy Nesterov
06.Davron Xoshimov
05.Anzur Ismoilov
20.Islom To‘xtaxo‘jayev
13.Oleg Zoteev
17.Doston Hamdamov
19.Otabek Shukurov
09.Odil Ahmedov
11.Jaloliddin Masharipov
22.Javohir Siddiqov
14.Eldor Shomurodov
ZAHIRA
03.Aleks Gersbax
06.Metyu Yurman
07.Metyu Lekki
08.Massimo Luongo
10.Robbi Kruz
11.Endryu Nabbut
12.Mitchel Langerak
13.Jeyms Jeggo
14.Apostolos Jannu
17.Mustafo Aminiy
18.Danni Vukovich
19.Josh Risdon
  12.Sanjar Quvvatov (D)
21. O‘tkir Yusupov (D)
02. Akmal Shorahmedov
03. Dostonbek Tursunov
04. Farrux Sayfiyev
07.Sardor Rashidov
08.Ikromjon Aliboyev
10.Marat Bikmayev
15.Egor Krimes
16.Azizbek Turg‘unboyev
18.Fozil Musayev
23.Odiljon Hamrobekov
SARIQ KARTOCHKA
Tom Rogich 19)
Aziz Bexich (24)
Grant Rayan (109)
 
Islom To‘xtaxo‘jayev (3)
Davron Hoshimov (46)

Matn

4:2'
Afsus, Lekki so‘nggi zarbani golga aylantirdi. O‘zbekiston nimchorak final bosqichidan ortga qaytadi
3:2'
Afsus, Bikmayevning zarbasini Metyu Rayan qaytardi
3:2'
Jannu, 3:2
2:2'
GOL! Ikrom Aliboyev kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol etdi
2:1'
Robbi Kruz, 2:1
1:1'
Islom To‘xtaxo‘jayev markaz bo‘ylab zarba berdi. Darvozabon joyida qimirlamadi va zarbani qaytardi
1:1!'
Aziz Bexich! Nesterov qaytardi!
1:1'
GOL! Otabek Shukurov, 1:1
1:0'
To‘p oldida Miligan. Nesterov zarba yo‘nalishini topdi. To‘p darvozabonimizning qo‘lidan to‘rga borib tushdi
'
Hakam darvozabonlarga nimalarnidir tushuntirib o‘tdi
'
Avstraliya birinchi bo‘lib zarbani amalga oshiradigan bo‘ldi
120'
O‘yinning qo‘shimcha bo‘limlari ham yakunlandi. 120 daqiqa davomida hisob ochilmadi. Navbat penaltilar seriyasiga
115'
Kengurular jarima maydonchamiz ichida fol ishlatishdi
115'
Turg‘unboyev ofsaydda qoldi
114'
Jarima zarbasi orqali yana bir standart — burchak to‘pi ishladik
113'
Ahmedov o‘ng qanotda fol ishladi. Jarima zarbasi tepamiz
112'
Yaxshi hujum tashkil qildik. Hoshimovning o‘ng qanotdan bergan uzatmani himoyachi bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
111'
Avstraliyada o‘zgarish: Rogich o‘rniga Massimo Luongo maydonga tushirildi
110'
Marat ofsaydda qoldi
109'
Grant Rayan sariq kartochka oldi. U Aliboyevni qo‘li bilan ochiqchasiga tortib qoldi
108'
Hoshimov o‘ng qanotdan havolatib uzatma berdi. To‘p hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi
107'
O‘zbekistonda to‘rtinchi o‘zgarish: Doston Hamdamov o‘rniga Aziz Turg‘unboyev maydonga tushdi
106'
To‘rtinchi bo‘lim boshlandi
105+1'
Qo‘shimcha bo‘limlarning dastlabkisi yakunlandi. Yana 15 daqiqa...
105'
Rogich jarima maydonchamiz ichida zarba berdi. Noaniq
105'
O‘zbekistonda yana bir o‘zgarish: Oleg Zoteev o‘rniga Farrux Sayfiyev maydonga tushirildi
104'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Eldor Shomurodov o‘rniga Marat Bikmayev maydonga tushirildi
104'
Avstraliyaliklar hujumda fol ishlatishdi
100'
Bexich chap qanotdan hujumga qo‘shilib, darvozamiz oldiga uzatma berishga harikat qildi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
98'
Kengurular ayyorona hujum tashkil qilishdi. Bexich 15 metrlardan unchalik kuchli bo‘lmagan zarba berdi. Nesterov o‘z o‘rnida
96'
Avstraliyada o‘zgarish: Ikonomidis o‘rniga Robbi Kruz maydonga tushdi
96'
Zoteev tibbiy yordamga muhtoj. Unga yordam ko‘rsatilmoqda
93'
Xavfli vaziyat. Rogich 18 metrlardan yo‘llagan zarbani posbonimiz musht bilan to‘pni urib yubordi. Lekki esa to‘pni egallab 16 metrdan zarba berdi. Ignat yana to‘pni ushlab oldi
92'
Ikonomidis jarima maydonchamiz burchagidan zarba yo‘lladi. Nesterov to‘pni egallab oldi
91'
Qo‘shimcha bo‘limlarning dastlabkisi boshlandi
90+3'
O‘yinning asosiy vaqti yakunlandi. Hozircha hisob - 0:0. Navbat qo‘shimcha bo‘limlarga
90+3'
Raqiblar hujumda fol ishlatishdi
90+2'
Qanotdan yetkazilgan uzatmaga Jannu bosh bilan berdi. Yuqoriga ko‘tarilgan to‘pni Ignat egallab oldi
90+1'
Hamdamov burchak to‘pni o‘yinga kiritdiyu, ammo uni qabul qilib, qanotdan to‘g‘ri darvoza tomon zarba berdi. Rayan to‘pni egalladi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Aliboyevga nisbatan fol ishlatildi
87'
Burchak to‘pi kengurular uchun taxlikali bo‘ldi. Ammo zarba bera olmadik
86'
Vuuuuh! Yaxshi imkoniyat edi-ya! Masharipov chap qanotda raqibdan o‘tib ketib, 11 metrli nuqta ustiga uzatma berdi. Odilning zarbasi noaniq chiqdi. Ammo burchak to‘pini o‘yinga kiritamiz
85'
Sariq formadagilar ketma-ket ikkita hujum tashkil qilishdi. Ish zarbagacha yetib bormadi
82'
To‘p nazorati to‘laligicha yashil qit’a vakillarida. Himoyalanishga majburmiz
81'
Avstraliya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p vaziyatdan uzoqlashtirdik
80'
Rogich olis masofadan zarba berdi. Nesterov to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
77'
VUUUUH! Raqib futbolchisi o‘ng qanotda Zoteev osongina aldab ichkariga kirdi va zarba berdi. Avval Nesterov qaytardi, so‘ngra himoyachilarimizdan biri to‘pni tepib yubordi
75'
Avstraliyada o‘zgarish: Jeymi Maklaren o‘rniga Apostolus Jannu maydonga tushirildi
73'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Javohir Siddiqov o‘rniga Ikrom Aliboyev maydonga tushirildi
72'
Miligan olis masofadan noqulay zarba berdi. Nesterov yer orqali sakrab kelgan to‘pni mushti bilan urib yubordi
70'
Vuuuuuh! Maydon markazida to‘pni yo‘qotdik va raqib xavfli hujum tashkil qildi. Nesterov qutqardi!
68'
Avstraliyada o‘zgarish: Mabil o‘rniga Metyu Lekki tushirildi
68'
Chep qanotdan yetkazilgan uzatmaga Ikonomidis bosh bilan zarba berdi. Noaniq
66'
Sokkeruz burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Muvaffaqiyatsiz
63'
Kengurularning chap qanot bo‘ylab hujumidan so‘ng to‘p maydonni tark etdi
61'
Eh, Odil! Biroz ertaroq chap qanotdan yordamga kelayotgan Masharipovga uzatma bera olganida edimi? Biroz ulgurmadi
60'
Avstraliya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Dastlabki uzatmada xavfli vaziyat yuzaga kelmadi, ammo takroriy hujum xavfli bo‘ldi. Yuqoridan yetkazilgan uzatmaga Grant Rayan bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
58'
Raqibning hujumi. Hujumchi jarima maydonchamiz ichida to‘pni qabul qilib, zarba berishga harakat qildi. Himoyachimiz to‘p yo‘liga g‘ov bo‘ldi. YUQoriga ko‘tarilgan to‘p avstraliyalik futbolchi bsho bilan zarba berdi. Nesterov xotirjamlik bilan to‘pni egallab oldi
57'
Avstraliyalik to‘pni nazorat qilishmoqda
53'
Jamoamiz chap qanotdan hujum tashkil qildi. Masharipov ikki futbolchini aldab, jarima maydonchasiga kirishga urindi. Ammo himoyachilar to‘pni qaytarib qolishdi
50'
Ikkinchi bo‘lim boshida to‘p nazoratida avstraliyaliklar tomonida bo‘lmoqda. Ammo ular xavfli hujum tashkil qila olishmayapti
46'
Davron Hoshimov sariq kartochka oldi. U raqib oyog‘iga xavfli tashlandi
46'
Ikkinchi bo‘limga start berildi. Davom etamiz
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha Avstraliya - O‘zbekiston 0:0. Tanaffus. Biroz dam olamiz
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
43'
Raqibning xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan hujumini qoida buzmagan holda to‘xtatdik
43'
Masharipov raqib jarima maydonchasi burchagida raqib futbolchisini 2 marta aldadiyu, noaniq zarba berdi
41'
Rogich yo‘llagan zarba jonli devorga tegib qaytdi
40'
Avstraliya jarima zarbasiga ega bo‘lishdi. Darvozagacha 25-26 metrlar masofa
39'
Jamoalar ehtiyotkor o‘yin namoyish qilishmoqda. O‘zbekistonda esa gol urishga bo‘lgan ishtiyoq ko‘proqdek nazarimizda
36'
Ehh! Shomurodov tezlikdan himoyachidan o‘tib ketdi va yordamga yetib kelgan Hamdamovga uzatma berdi. Doston 22 metrlardan o‘zi zarba berishga qaror qildi. "Anji" futbolchisi Shukurovga pas berishi mumkin edi...
33'
Odil maydon markazida to‘pni raqibdan olib qo‘yib, Shomurodovni oldiga boshladi. Unga yordam beradigan futbolchi topilmadi
32'
Sokkeruzning hujumi muvaffaqiyatsiz yakunlandi
31'
Zoteev markaz bo‘ylab raqib jarima maydonchasi tomon yerlatib uzatma berdi. Shomurodov buni kutmagandi shekilli, u to‘pga yugurmadi
30'
Vakillarimiz to‘pni nazorat qilishmoqda
27'
Vuuuh! Javohir Siddiqov olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
24'
Avstraliya terma jamoasi futbolchisi Aziz Bexichga Hamdamovga ishlatgan foli uchun sariq kartochka ko‘rsatildi
20'
Odil Ahmedovning uzoqdan bergan zarbasi raqib futbolchisiga tegib qaytdi
19'
Hujum asnosida Jaloliddin Masharipovning oyog‘iga tepgani uchun Tom Rojich sariq kartochka bila ogohlantirildi
18'
Masharipov maydonda jarohat olib yotipti
15'
Avstraliya terma jamoasi tezkor hujum tashkil etdi. Biroq avstraliyalik futbolchi ofsaydda edi
12'
Aziz Behichning uzoqdan bergan zarbasidan so‘ng to‘pni Nesterov mahkam ushlab oldi.
10'
Vuuux! Eldor Shomurodov birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Biroq yakun samarasiz bo‘ldi
8'
Avstraliyaning uzoq o‘ylangan hujumi yakunlanmay qoldi. Terma jamoamiz qanotdan hujum uyushtirmoqda
6'
Terma jamoamiz sekin asta to‘p nazoratini qo‘lga olmoqda
4'
Avstraliya terma jamoasi o‘yinni kutilganidek hujumkor boshladi. Futbolchilarimiz esa hozircha himoyalanmoqda
3'
Raqib futbolchisini to‘xtatib qolgani uchun O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Islom To‘xtaxo‘jayevga sariq kartochka ko‘rsatildi
1'
O‘yin boshlandi!
'
Har ikki jamoaning boshlang‘ich tarkiblari maydonga chiqib kelishdi. Endi ikki mamlakat davlat madhiyalari yangraydi.
'
Diqqat qiling! Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
'
Osiyo kubogida eng muhim bosqich boshlandi. Pley-offda yutqazgan jamoalar musobaqani tark etishadi. Yutgan jamoa esa g‘oliblik uchun kurashni davom ettiradi. O‘zbekiston terma jamoasi bugun Al-Ayn shahrida Avstraliyaga qarshi bahs olib boradi.
'
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. Barcha orziqib kutgan Osiyo kubogi nimchorak final bahsi Avstraliya hamda O‘zbekiston o‘yini boshlanishiga yarim soatdan ko‘proq vaqt qolmoqda.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.