Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Osiyo kubogi-2019. Final
| 1 fevral. soat 19:00. Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O‘zbekiston) | ||
YAPONIYaTakumi Minamino (69)
|
1 : 3 |
QATARAlmoyez Ali (12)
Abdulaziz Xatim (27) Akrom Afif (83-penalti) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
12. Shuichi Gonda (D) 05.Yuto Nagatomo 07. Gaku Shibasaki 08. Genki Xaraguchi 09. Takumi Minamino 15. Yuya Osako 16. Takexiro Tomiyasu 18. Sukasa Shiotani 19. Xiroki Sakai 21. Ritsu Doan 22. Maya Yoshida (S) |
01. Sad Ash-Shiyb (D) 02.Pedro Korreya Migel 03.Abdulkarim Hassan 04.Toriq Salmon 06.Abdulaziz Hatim 10.Hasan al-Haydos 11.Akrom Afif 15. Bassam ar-Roviy 16.Bualim Xuxiy 19.Al-Mo’iz Ali 23.Assim Umir Madibo |
|
Matn
| ' | ![]() |
E’tiboringiz uchun rahmat! |
| 90+6' | ![]() |
Ermatovning hushtagi yangradi. QATAR TERMA JAMOASI — OSIYo CHEMPIONI! |
| 90+5' | ![]() |
Qatarda futbolchi o‘zgarish: Almoyez o‘rniga Ahmad Alovuddin tushdi |
| 90+5' | ![]() |
Qatarlik futbolchi ofsaydda qoldi |
| 90+4' | ![]() |
Yaponiyadan navbatdagi burchak to‘pi. Darvozabon mushti bilan urib yubordi |
| 90+3' | ![]() |
Vaqtni cho‘zgani uchun qatarlik futbolchiga sariq kartochka berildi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Vuuuh! Yoshida ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi! Bosh bilan 3-4 metrdan aniq zarba bera olmadi |
| 89' | ![]() |
Yaponiyada o‘zgarish: Minamino o‘rniga Takashi Inui tushirildi |
| 87' | ![]() |
Yaponlar yaxshi hujum tashkil qilishdiyu, ammo hujumda fol ishlatishdi |
| 87' | ![]() |
Xiroki Sakai ogohlantirish oldi |
| 83' | ![]() |
Akrom Afifga sariq kartochka. U goldan so‘ng futbolkasini yechgani uchun |
| 83' | ![]() |
GOOOOOL! Akrom Afif, 1:3! |
| 82' | ![]() |
Maya Yoshidaga sariq kartochka ko‘rsatildi |
| 82' | ![]() |
PENALTI! Yaponiya darvozasiga! |
| 80' | ![]() |
Qatar burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p esa Yaponiya terma jamoasi sardori Yoshidaning qo‘liga tegdi. VAR tizimi ishga tushdi |
| 79' | ![]() |
Vuuuh! Qatarning xavfli qarshi hujumi. Abjudaziz 2-3 futbolchini aldab, uzoq masofadan zarba yo‘lladi. To‘p Shibasakining oyog‘idan maydonni tark etdi. |
| 78' | ![]() |
Sharqliklarning xavfli hujumi. Qatarliklar bir amallab zarbalar yo‘liga g‘ov bo‘lishdi |
| 77' | ![]() |
Yaponlar o‘ng qanotdan hujum tashkil qilishdi. 12-burchak to‘pi |
| 74' | ![]() |
Qatarda o‘zgarish: Hasan al-Haydos o‘rniga Karim Budiaf tushirildi |
| 73' | ![]() |
Burchak zarbalari bo‘yicha statistika — 10:1. |
| 73' | ![]() |
Qatar qarshi hujum uyushtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ammo uzatilgan to‘pni yaponiyalik himoyachi egallab oldi |
| 70' | ![]() |
Qatar yettinchi o‘yinga kelib o‘z darvozasidan dastlabki to‘pni olib chiqdi. Qoyilmaqom natija |
| 69' | ![]() |
GOOOOOOOL! Takumi Minamino, 1:2! Qatar terma jamoasi to‘p uzatishda xatoga yo‘l qo‘ymoqda — yaponlarning pressingi ish bera boshladi. Markaz bo‘ylab uyushtirilgan hujum natijasida Minamino yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va to‘pni darvozabonning ustidan oshirib, hisobdagi farqni bittaga qisqartirdi |
| 66' | ![]() |
Besh himoyachi bilan o‘ynayotgan qatarliklar mudofaada juda zich harakat qilishmoqda va raqibga zarba berish imkoniyatini berishmayapti. Yaponlar ketma-ket burchak to‘pini o‘yinga kiritishmoqda |
| 64' | ![]() |
Yaponiyada yaxshi imkoniyat! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Doan 6-7 metrlardan bosh bilan zarba berdi. noaniq |
| 61' | ![]() |
Yaponiyada o‘zgarish bo‘ldi. Xaraguchi o‘rniga Yoshinori Muto maydonga tushdi |
| 60' | Bualim Xuxiyning jarohati jiddiy ko‘rinadi. Uning o‘rniga boshqa futbolchi tushishi mumkin | |
| 57' | ![]() |
Qatar jarima maydonchasi oldida ikki futbolchi o‘zaro bosh bilan to‘qnashib ketishdi. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 56' | ![]() |
Vuuuuuuh! Qatar uchinchi golni urishi mumkin edi! Afif chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga kirdi va to‘pni darvozabon chizig‘ida turgan Hatimga uzatdi. 16 metrdan gol urgan Abdulaziz 5 metrdan darvoza tomon aniq zarba bera olmadi! Almoyez qayerda edi ya shu paytda! |
| 55' | ![]() |
Yaponiyaning navbatdagi hujumi paytida to‘pni Ash-Shiyb egallab oldi |
| 54' | ![]() |
Minamino raqib jarima maydonchasi ichida bir futbolchini aldadi, ammo ikkinchi qatarlik to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 52' | ![]() |
Burchak to‘plari Yaponlarga samara keltirmayapti hozircha |
| 51' | ![]() |
Kunchiqar yurt vakillari yana bir marta burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Muvaffaqiyatsiz |
| 49' | ![]() |
Yaponlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Zarba noaniq |
| 47' | ![]() |
Yaponlar ikkinchi bo‘limni hujumkorlik bilan boshladi. Hujumda fol ishlatildi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim start oldi. Davom etamiz |
| ' | ![]() |
Uchrashuvning 12-daqiqasida Osiyo kubogi to‘purari Almoyez Ali hisobni ochgan bo‘lsa, 27-daqiqada Abdulaziz Hatim hisobdagi farqni oshirdi. |
| ' | ![]() |
Texnik muammo tufayli onlayn translyasiyada uzilish yuz berdi. Buning uchun uzr so‘raymiz. Finalda kutilmagan natija qayd etilmoqda, azizlar! Qatar terma jamoasi Yaponiya darvozasiga 2ta to‘p yo‘lladi! |
| 10' | ![]() |
Qatar ijrosidagi jarima zarbasi xavfli bo‘lmadi |
| 9' | ![]() |
Qatar asta-sekin hujumga o‘ta boshladi. Maydon markazida qatarliklarga nisbatan fol ishlatildi |
| 7' | ![]() |
Yaponiya o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Ermatov esa hujumda fol ishlatilganini ma’lum qildi |
| 5' | ![]() |
Samuraylar tezkor gol urishni maqsad qilgan shekilli. Ular dastlabki burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 4' | ![]() |
Dastlabki zarbani Yaponiya berdi. Ammo ancha noaniq |
| 1' | ![]() |
Dastlabki hujumni yaponlar uyushtirishdi va fol uyushtirishdi |
| 1' | ![]() |
Ravshan Ermatovning hushtagi yangradi va to‘pni o‘yinga Yaponiya terma jamoasiga kiritib berdi |
| ' | ![]() |
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Ikki davlat madhiyalari yangradi. O‘yin boshlanish arafasida |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Deyarli bir oy davom etgan Osiyo kubogi musobaqasi bugun o‘z nihoyasiga yetadi. Chempionlik uchun Yaponiya va Qatar terma jamoalari to‘qnash kelishmoqda |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|