Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya kubogi, yarim final, dastlabki o‘yin

7 fevral, soat 01:00, Kamp Nou. Bosh hakam: Mateo Laos

BARSELONA

Malkom (57)

1 : 1

REAL MADRID

Lukas Vaskes (6)
JAMOALAR TARKIBI
01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
03.Jerar Pike
18.Xordi Alba
15.Kleman Lengle
02.Nelsinyo Semedu
04.Ivan Rakitich
05.Serxio Buskets
07.Filippe Koutinyo
08.Artur
09.Luis Suares
14.Malkom
  01.Keylor Navas (D)
28.Vinisius Junior
04.Serxio Ramos
12.Marselo
02.Daniel Karvaxal
05.Rafayel Varan
10.Luka Modrich
08.Toni Kroos
18.Markos Lyorente
17.Lukas Vaskes
09.Karim Benzema
ZAHIRA
30.Ignasio Penya (D)
17.Jeyson Murilyo
20.Serxi Roberto
21.Karles Alena
22.Arturo Vidal
19.Kevin-Prins Boateng
10.Lionel Messi
  25.Tibo Kurtua (D)
06.Nacho
20.Marko Asensio
22.Isko
24.Daniel Sebalyos
14.Kazemiro
11.Garet Beyl
SARIQ KARTOCHKA
Nelson Semedu (43)
Luis Suares (56)
Arturo Vidal (88)
 
Serxio Ramos (11)
Markos Lyorente (26)
Marselo (57)

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. Ispaniya kubogi yarim final bosqichining dastlabki o‘yini durang bilan yakunlandi. Javob o‘yini 27 fevral kuni Madridda bo‘lib o‘tadi
90+3'
Maydon egalari so‘nggi daqiqalarni hujum o‘tkazishmoqda. Alenya hujumda fol ishlatdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shdi
89'
Karvaxal o‘ng qanotdan bergan uzatmani juda noaniq chiqdi
88'
Arturo Vidal ogohlantirildi. U raqib qarshi hujumini taktik fol orqali to‘xtatdi
87'
Vuuh! "Real" tashabbusni qo‘lga oldi, mezbonlarni o‘z jarima maydonchasiga "qamadi". Kroosning 16 metrdan bergan zarbasini himoyachilar qaytarishdi
85'
Vuuuh! Xavfli vaziyat. Kroos jarimadan yetkazgan uzatmagan Kazemiro bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
84'
"Real"da o‘zgarish: Lukas Vaskes o‘rniga o‘yinni Marko Asensio davom ettiradi
83'
"Barsa"dan javob: Semedu chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirib, Messiga pas berdi. Lionel ancha o‘tkir burchak ostida muvaffaqiyatli zarba yoki uzatma bera olmadi. Navas to‘pni egalladi
82'
Ehhhh, BEYL! "Real" ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi! Olis masofadan yetkazilgan uzatmaga Ter Shtegen o‘z jarima maydonchasini tark etgancha chiqib keldi va bosh bilan to‘pni qaytardi. To‘p Benzemaga kelib tushdi va u darhol ochiq turgan Beylga pas berdi. Uelslik futbolchi bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol eta olmadi. Uning zarbasiga yo‘liga Semedu oyoq qo‘yishga ulgurdi!
79'
Suares chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va Karvaxal bilan to‘qnashib yiqildi. Mateo Laos hech qanday penalti yo‘q dedi!
77'
Madridliklar raqib jarima maydonchasi atrofida pressing uyushtirayotgan paytda Ter Shtegen to‘pni maydon markaziga yetkazib, juda xavfli hujumga asos soldi. Messining uzatmasidan keyin Alenya chap tomondan oldinga o‘tdi va 16 metrdan zarba berdi. "Real" futbolchisi zarba yo‘liga g‘ov bo‘ldi. Karlesda boshqa variant ham bor edi. O‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirgan ikki nafar jamoadoshiga pas berish
76'
"Barselona"da uchinchi o‘zgarish: Malkom o‘rniga Karles Alenya maydonga tushirildi
75'
Beyl ofsaydda qoldi
70'
Messi jonli devorni nishonga oldi
69'
Messi Kazemirodan to‘pni "o‘g‘irlab" ketdi, Vaskes uni chalib yiqitdi. Darvozagacha 26 metrlar...
68'
Kataloniyaliklar Messi orqali ikkita hujum tashkil qilishdi. Dastlab Varan uni to‘xtatib qolgan bo‘lsa, keyin vaziyatda argentinalik futbolchining uzatmasi biroz tezroq bo‘lib ketdi, aks holda Suares darvozabon bilan yuzma-yuz holatda qolgan bo‘lardi
66'
Alba chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, ammo uning uzatmasini darvozabon egallab oldi
66'
Tabiiyki, "Barselona"ning o‘yini endi Messi orqali tashkil etila boshlandi
64'
"Real"da ham yana bir o‘zgarish: Junior o‘rnida Garet Beyl harakat qiladi
64'
"Barsa"da yana o‘zgarish: Koutinyo o‘rniga Lionel Messi tushirildi
63'
"Real"da ham o‘zgarish: Lyorente o‘rniga Kazemiro tushdi
63'
"Barselona"da o‘zgarish: Rakitich o‘rniga Arturo Vidal tushirildi
52'
Koutino 24 metrlardan aniq zarba berdi. Navas o‘z o‘rnida
58'
Gol bo‘lgan vaziyatda hakam Jordi Albaga "sariq" berdi. Sababi noma’lum
57'
GOOOOOOOL! Malkom, 1:1! Olis masofadan yetkazilgan uzatma natijasida Alba birga-bir vaziyatga chiqib ketdi va zarba berdi. Navas zarbani qaytardi. To‘pga birinchi bo‘lib yetib kelgan Suares jarima maydonchasi burchagidan zarba berdi. To‘p yaqin ustunga tegib, narigi tomonga ketdi. Malkom to‘pga yetib keldi va chap oyoqda zarba berib, darvozani ishg‘ol etdi. Keylor joyiga qaytishga ulgurmagandi
57'
Marseloga ogohlantirish berildi
57'
Leo Messi maydon chetida chigalyozdi mashg‘ulotini boshladi
55'
Suares "Real" jarima maydonchasi ichida fol ishlatdi va sariq kartochka oldi
53'
Mezbonlar uzoq vaqtgacha to‘pni nazorat qilishdi va Koutinyo 22 metrlardan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
50'
To‘p nazorati to‘laligicha "Barsa" tomonida
47'
Luis Suares ofsaydda qoldi
46'
Mezbonlar ikkinchi bo‘limni faol boshlashdi. Alba o‘z qanotidan hujumga o‘tdi va raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘p Karvaxalga tegib qaytdi
46'
"Barselona" to‘pni o‘yinga kiritib berdi. Ikkinchi bo‘limga start berildi
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Ikkinchi bo‘lim boshlanish arafasida
45'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Barselona" - "Real" 0:1. Tanaffus
45'
"Real"ning hujumi xavfli chiqdi. Juniorning zarbasini himoyachilar qaytarishdi
43'
Nelson Semedu ogohlantirish oldi. U Vinisiusni yiqitdi
41'
"Barselona" bosimni oshirib bormoqda. Ammo "Madrid" himoyada ishonchli harakat qilmoqda
39'
Kataloniyaliklar uzoq vaqtni to‘pni nazorat qilishdi. Malkom o‘ng qanotdan yetkazgan to‘pni Navas egallab oldi
37'
"Real" himoyachilarining qo‘pol xatosidan keyin Suares darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi. U Varanni aldashga qaror qildi va to‘pni yo‘qotdi
35'
Vuuuuuuh! Malkmo bir emas, ikki emas, raqibning uch futbochlisini aldab, jarima maydonchasiga kirdi va Suaresga uzatma berdi. Luis 15 metrlardan aylanma zarba berdi. Navas qutqarmoqda!
32'
"Real" shu zahoti qarshi hujum uyushtirdi. Vinisius bir himoyachini aldab, jarima maydonchasiga kirdi va narigi tomonda ochilayotgan Benzemaga uzatma berdi. Karim biroz yeta olmadi. Aks holda darvozani osonlik bilan ishg‘ol qilishi mumkin edi!
32'
VUUUUUUH! Malkom yetkazib bergan jarima to‘piga "Barselona" futbolchilaridan biri bosh bilan zarba berdi. To‘p to‘singa tegib qaytdi!!!
32'
"Real" o‘z jarima maydonchasi burchagida Malkomga nisbatan fol ishlatdi
31'
"Barsa" o‘ng qanotdan xavfli hujum tashkil qildi. Malkomning uzatmasidan keyin Semedu jarima maydonchasiga yorib kirdi. Uning uzatmasini Navas maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
30'
Madridliklar o‘ng qanotdan hujum uyushtirishdi. Vaskes yetkazib bergan uzatmani Pike egallab oldi
28'
Burchak to‘pi xavfli vaziyatni yuzaga keltirmadi
27'
Semedu jarima zarbasini o‘yinga kiritdi. Pike bosh bilan berdi. Burchak to‘pi
26'
Markos Lyorente ogohlantirish oldi
25'
Mezbonlar ketma-ket 3 marta hujum tashkil qilishdi. Ramos va Navas yaxshi harakat qilishdi
23'
"Real"dan yaxshi hujum! Vinisius chap qanotdan 11 metrli nuqta ustiga uzatma berdi. Kroos to‘pga yetdiyu, ammo muvaffaqiyatli zarba bera olmadi
20'
VUUUUUH! Suaresning uzatmasidan keyin Malkom darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi! Uning zarbasini Navas qaytardi!
19'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani himoyachilar qaytarishdi, qaytgan to‘pga "Real" futbolchilaridan biri 20 metrlardan kuchli zarba berdi. Noaniq
18'
Vuuuuh! Madridliklar tomonidan maydon markazida ishlatilgan pressing yana bir marta foyda keltirdi. To‘p egallandi va qarshi hujum tashkil qilindi. Vinisiusning g‘oyasini jamoadoshlari tushunmadi. Shunga qaramay, hakamning xato qarori tufayli burchak to‘pi ishlandi
16'
Semedu o‘ng qanotda ikki futbolchini aldab, jarima maydonchasiga uzatma berdi. Suares uni tushunmay qoldi
13'
Eh, Vinisius! Mehmonlar maydon markazida Rakitichdan to‘pni olib qo‘yib, 3ga 2 holatga chiqib borishdi. Junior 16 metrlardan zarba berishga qaror qildi. Pike zarba yo‘liga g‘ov bo‘ldi. Vinisus sheriklaridan biriga pas berishi ham mumkin edi
12'
"Barselona" jarima to‘plari orqali bosimni oshirib bormoqda
11'
Serxio Ramos sariq kartochka oldi. U o‘ng qanotdan oldinga o‘tayotgan Semeduni yiqitdi
10'
"Ko‘k-anorranglilarning yana bir xavfli hujumi. Alba-Koutinyo o‘zaro "devor" o‘ynab, chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga yorib kirishdi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani himoyachilar qaytarib qolishdi
8'
Kataloniyaliklar ikki marta hujum tashkil qilishdi, ammo ish zarbagacha yetib bormadi. Madridliklar hushyor harakat qilishdi
6'
GOOOOOOOL! El-klasikoda tezkor gol! Lukas Vaskes hisobni ochmoqda! O‘ng qanotdan havolatib "Barsa" jarima maydonchasi olis ustun tomon uzatma berildi. Benzema u yerda to‘pni egalladi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilarni ortda qoldirgan Vaskes darvozani ishg‘ol qildi!
5'
Vuuuh! Dastlabki aniq va kuchli zarbani Toni Kroos yo‘lladi. 18 metrlardan bergan zarbani Ter Shtegen qaytardi
3'
Bir daqiqada ikkita ofsayd: Malkom va Junior o‘yindan tashqari holatda qolishdi
2'
Shanba kunidan beri barchani bitta savol qiynayotgandi: Messi klasikoda ishtirok etadimi yoki yo‘q? Leo bugun zaxirada qoldirildi. Buni "Barselona" murabbiylar shtabi quyidagicha izohladi: "Messi o‘yinga 100% tayyor. Ammo biz tavakkal qilishni istamadik".
1'
Ispaniya kubogining yarim final bosqichi doirasida "Kamp Nou"da "Barselona" va "Real" klublari o‘rtasidagi dastlabki o‘yin boshlandi
'
Xayrli tun, qadrli futbol muxlislari, qadrli el-klasiko ishqibozlari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.