Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Angliya premyer-ligasi, 26-tur
| 10 fevral, soat 21:00 | ||
MANCHESTER SITIRahim Sterling (4, 80)
Serxio Aguero (13, 19, 56-pen.) Ilkay Gyundogan (25) |
6 : 0 |
CHELSI |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
31.Ederson (D) 02.Kayl Uoker 14.Emerik Laport 05.Jon Stounz 07.Rahim Sterling 08.Ilkay Gyundogan 17.Kevin de Breyne 35.Aleksandr Zinchenko 20.Bernardo Silva 25.Fernandinyo 10.Serxio Aguero |
01.Kepa (D) 28.Sesar Aspilikueta 02.Antonio Ryudiger 03.Markos Alonso 30.David Luis 07.N’Golo Kante 08.Ross Barkli 10.Eden Azar 05.Jorjinyo 11.Pedro Rodriges 09.Gonsalo Iguain |
|
| ZAHIRA | ||
|
49.Ariyanet Murich (D) 30.Nikolas Otamendi 03.Danilo 19.Leroy Sane 21.David Silva 33.Gabriyel Jezus 26.Riyod Mahrez |
13.Uilfredo Kabalyero (D) 27.Andreas Kristensen 33.Emerson Palmeri 22.Villian 12.Ruben Loftus-Chik 17.Mateo Kovachich 18.Olivye Jiru |
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Manchester Siti" - "Chelsi" - 6:0! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi taymga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 86' | ![]() |
"Siti" hamon o‘ynashda davom etmoqda, maza qilib... |
| 83' | ![]() |
Nima deyish mumkin? Mavsumning muhim pallasi boshlanayotgan paytda "Manchester Siti" juda yaxshi formaga kirib olibdi. "Chelsi" esa bugungi o‘yinda achinishdan boshqa ilojimiz yo‘q |
| 80' | ![]() |
GOOOOOOL! Rahim Sterling, 6:0! Gvardiola shogirdlari "Barselona" uslubida kombinasiya tashkil qilishdi. Rahim osonlik bilan darvozani ishg‘ol qildi. Dahshat |
| 78' | ![]() |
Palmeri jonli devor orasidan to‘pni o‘tkazib zarba berdi. Ederson to‘pni egalladi |
| 77' | ![]() |
Gyundogan jarima maydonchasi ostonasida raqib futbolchisini yiqitdi va sariq kartochka oldi |
| 75' | ![]() |
"ManSiti"da o‘zgarish: Fernandinyo o‘rniga David Silva tushdi |
| 74' | ![]() |
VUUUUUUH! Sterling Jezusni yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yubordi. Gabriyelning zarbasidan keyin to‘p darvozabonning oyog‘idan maydonni tark etdi |
| 73' | ![]() |
"Chelsi"da o‘zgarish: Markos Alonso o‘rniga Emerson Palmeri tushirildi |
| 72' | ![]() |
Gvardiola shogirdlari xotirjamlik bilan to‘pni nazorat qilishmoqda, istalgan paytda keskin hujum tashkil qilishmoqda |
| 68' | ![]() |
"Siti"da yana bir o‘zgarish: de Bryuyne o‘rnida Riyod Mahrez harakat qiladi |
| 65' | ![]() |
"Siti"da o‘zgarish: Aguero o‘rniga Gabriyel Jezus maydonga tushdi |
| 64' | ![]() |
Mehmonlar chap qanotdan hujum tashkil qilishdi. Aspilikueta yo‘llagan zarbaga aniqlik yetishmadi |
| 60' | ![]() |
Jorjinyo ogohlantirish oldi |
| 60' | ![]() |
Mezbonlar maydon markazida to‘pni egallab, xavfli qarshi hujum tashkil qilishdi. Aguero himoyachilar ta’qibi ostida noaniq zarba yo‘lladi |
| 58' | ![]() |
Kevin de Bryuyne xavfli jarima zarbasini yo‘lladi. Kepa mushti bilan to‘pni urib yubordi |
| 57' | ![]() |
"Siti" mehmonlar jarima maydonchasi yaqinida jarima zarbasi tepadi |
| 56' | ![]() |
GOOOOL! Serxio Aguero, 5:0! Xet-trik! Argentinalik futbolchi xotirjamlik bilan darvoza burchagiga to‘pni joylab qo‘ydi |
| 55' | ![]() |
PENALTI! "Chelsi" darvozasiga! Aspilikueta o‘z jarima maydonchasi ichida Sterlingni tepib yiqitdi |
| 53' | ![]() |
"Chelsi"da o‘zgarish: Barkli o‘rniga Mateo Kovachich tushdi |
| 51' | ![]() |
VUUUUUH! Qanotdan de Bryuyne yetkazib bergan uzatmaga Aguero bosh bilan zarba berdi. To‘p to‘singa tegib qaytdi! Serxio xet-trikni rasmiylashtirishi mumkin edi |
| 50' | ![]() |
Mezbonlar raqib jarima maydonchasiga yorib kirishdi. Hujum burchak to‘pi bilan yakunlandi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Davom etamiz |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob — 4:0. "Manchester Siti" oldinda |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 43' | ![]() |
Londonliklar chap qanotdagi burchak yaqinidan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Mezbonlar himoyachda hech qanday imkoniyat berishmayapti |
| 38' | ![]() |
VUUUUUUH! Iguain 20 metrlardan juda kuchli va aniq zarba yo‘lladi. To‘sin ostiga kirayotgan to‘pni Ederson yuqoriga ko‘tarib yubordi. Bugun bu darvozabon juda yaxshi o‘ynamoqda |
| 35' | ![]() |
Rahim Sterling chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi, ammo ikki himoyachini aldab o‘ta olmadi |
| 34' | ![]() |
"Chelsi" futbolchilari raqibni o‘z jarima maydonchasiga "qamadi". Ammo bundan hozircha naf chiqayotgani yo‘q. Boisi, "Siti" futbolchilari yaxshi himoyalanishmoqda |
| 30' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Iguainni darvozabon tomon burishga harakat qildi. To‘p himoyachidan maydonni tark etdi |
| 29' | ![]() |
Pedro bu safar 15 metrdan zarba berdi. Yana Ederson o‘z o‘rnida |
| 28' | ![]() |
EHHHHH, PEDRO! Juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Ispaniyalik futbolchining 12 metrdan bergan zarbasini darvozabon qaytardi! |
| 25' | ![]() |
GOOOOOL! Ilkay Gyundogan, 4:0! Sterling chap qanotdan jarima maydonchasidagi Agueroga uzatma berdi. Ammo himoyachi to‘pni jarima maydonchasi tashqarisiga tepdi. Ilkay to‘pni egallab, darvozani aniq nishonga oldi! "Chelsi" — nokautda! |
| 19' | ![]() |
GOOOOOOL! Serxio Aguero, 3:0! Mazkur "standart" oxir-oqibat gol bilan yakunlandi. Himoyachi o‘z jarima maydonchasi tashqarisida bosh bilan darvozabon tomon uzatma berdi. "Ofsayd"da turgan Aguero darvozasini ishg‘ol etdi! Bunday holatda ofsayd qayd etilmaydi, buni bilasiz |
| 18' | ![]() |
David Luiz Agueroga nisbatan fol ishlatdi |
| 13' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Serxio AGUERO! Supergol! Argentinali futbolchi 25 metrlardan darvoza to‘qqizligini ishg‘ol qildi! |
| 12' | ![]() |
AZAR! Belgiyalik futbolchi ajoyib "slalom" bilan bir nechta futbolchini aldab o‘tib, jarima maydonchasiga yorib kirdi va zarba berdi. To‘pni Ederson osonlik bilan egallab oldi |
| 8' | ![]() |
EHHHHH, qanday qilib??? Serxio AGUERO 3 metrdan bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol eta olmadi!!! To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi... Gvardiola ham boshini changallab qoldi |
| 6' | ![]() |
"Shaharliklar" yana bir tezkor hujumga o‘tishdi. Aguero raqib jarima maydonchasiga kirishga urindi, ammo u raqib himoyachisini aldab o‘ta olmadi |
| 4' | ![]() |
GOOOOOOL! Rahim Sterling, 1:0! "Manchester Siti" jarima to‘piga ega bo‘ldi. Ular kutilmaganda o‘ng qanotdan oldinga o‘tayotgan Bernardu Silvaga uzatma berishdi. Uning uzatmasidan keyin Sterling darvozani ishg‘ol qildi. |
| 3' | ![]() |
Mehmonlar yana bir marta jarima maydonchasiga yuqoridan uzatma berishdi. Iguain to‘pga yeta olmadi - uni darvozabon egallab oldi |
| 2' | ![]() |
Londonliklar chap qanotdan hujum tashkil qilishdi. Iguain jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi, ammo zarba berishga ulgurmadi |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga "Siti" futbolchilari kiritib berishdi. |
| ' | ![]() |
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelmoqda |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Angliya premyer-ligasining 26-turi doirasida markaziy o‘yinni biz bilan kuzatib borishga taklif qilamiz. "Manchester Siti" o‘z maydonida "Chelsi"ni qabul qilmoqda. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|