Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Ispaniya La-ligasi, 24-tur

16 fevral, soat 21:00

XETAFE

0 : 3

REAL MADRID

Xese (5)
Benzema (27)
Modrich (66)
JAMOALAR TARKIBI
Moyya
Valera
Aleksis
L.Lopes
Vigaray
Borxa
X.Rodriges
Leon
D.Kastro
Gavilan
Kolunga
  Diyego Lopes
Arbeloa
Pepe
Ramos
Marselo
Alonso
Modrich
Di Mariya
Beyl
Benzema
Xese

Matn

90+3'
O‘yin tugadi
90'
O‘yinga 3 daqiqa qo‘shib berildi.
85'
Di Mariya o‘rniga Kazimiro tushdi. O‘yin sokinlashib qoldi. Maynoda aytarli hech nima bo‘lgani yo‘q.
83'
«Xetafe» bugun juda ko‘p burchak to‘pi tepmoqda, lekin har safar samarasiz foydalanmoqda.
81'
Luka Modrich o‘rniga Asyer Illaramendi maydonga tushmoqda.
79'
Bu Modrichning chempionatdagi 5-sariq kartochkasi bo‘ldi va keyingi o‘yinni «Real» Lukasiz o‘tkazadi.
78'
«Xetafe» futbolchisi qanotdan oldinga borayotganida Di Mariya to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi va sariq kartochka oldi.
77'
Maydon markazida Modrich havodagi kurashda tirsagini ishlatdi va sariq kartochka oldi.
76'
«Real» uchinchi goldan keyin raqibga o‘ynash imkonini bermoqda. Ular maydon markazini ham «Xetafe»ga berib qo‘yishdi. Tushunsa bo‘ladi. Hamma narsa hal bo‘lib ulgurdi.
75'
Karim Benzema o‘rniga Isko tushdi.
73'
«Real» burchakdan to‘p tepdi, lekin hech kim to‘pga yetib kela olmadi.
71'
Pablo Saraze Pedro Leon o‘rniga maydonga tushdi. Ikkisi ham «Real»ning tarbiyalanuvchilari, lekin «Real»ga qarshi.
69'
«Xetafe» yana jarimadan foydalana olmadi. To‘p uzatilgandan keyin Lopes to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi, lekin raqib bundan foydalana olmadi.
67'
Fantastik gol. Marselo qanotdan to‘pni qabul qilib oldi va uni markazdagi Modrichga uzatdi. Luka bitta himoyachini chalg‘itib, juda aniq zarbasi bilan hisobni 3:0ga yetkazdi. Bu Lukaning «MYu»ga urgan golining o‘zginasi bo‘ldi.
66'
Goooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooool Goooooooooooooooooooool
64'
Modrich fantastik pas bilan Di Mariyani ajoyib vaziyatga olib chiqgan edi, lekin Anxel hujumchi emasligini bildirib qo‘ydi. Modrich!!!!!
62'
Eheeeeeee. Bugun Pedro Leon sobiq jamoasi «Real»ga gol urmoqchi. 40 metr bo‘lishiga qaramay futbolchi jarima zarbasini darvozaga yo‘lladi va to‘p juda juda tepadan o‘tib ketdi.
60'
«Real»ning bu galgi hujumi ham Di Mariya orqali rivojlandi. U jarima maydoni tashqarisidan vaziyatni kuzatib bordi va Benzemani ofsayd chizig‘ida ajoyib to‘p uzatishi bilan ta’minladi. Lekin Karim zarba bermadi va Xesega to‘pni uzatmoqchi bo‘ldi. Bu terda esa Xese yo‘q edi.
58'
«Xetafe»ning navbatdagi hujumidan keyin himoyachilar to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. Leondan to‘pni qabul qilib olgan Kastro juda kuchli zarba yo‘lladi, lekin noaniq.
56'
Mezbonlar juda yaxshi imkoniyatga ega bo‘lishgan edi. Qanotdan to‘p darvoza yaqiniga uzatildi. Bu yerda uch kishi erkin zarba berishi mumkin edi, lekin adashmasam Pedro Leoning zarbasi juda kuchsiz bo‘ldi.
54'
Mezbonlarning navbatdagi hujumi vaqtida Di Mariya qoida buzdi va jarima belgilandi. Lekin u hech qanday samara bermadi.
52'
Maydon markazida Benzema hamda Ruana o‘rtasida jana bo‘lib o‘tdi va ikki futbolchiga ham sariq kartochka ko‘rsatildi.
50'
«Real» juda chiroyli hujumni amalga oshirdi. Beyl to‘pni darvoza yaqinidagi Benzemaga uzatdi, Karim to‘pni Modrichga o‘tkazib yubordi. Uning pasidan keyin esa darvozabon barchasini o‘qidi.
48'
Mezbonlar ikkinchi bo‘limni juda faol boshlashdi. Kalunga jarima maydoniga yaqin joyda to‘pni egallab oldi va himoyachini ortda qoldirgan holda o‘tkir burchakdan zarba berdi, lekin unga aniqlik yetishmadi.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
45'
Birinchi bo‘lim tugadi. Hakam vaqt qo‘shib bermadi.
44'
Birinchi bo‘limning oxiri juda sokin kechmoqda. Jamoalar tanaffusga hozirlanishmoqda.
42'
Ramos o‘z jarima maydonidan to‘pni egallab olib, Beylga ajoyib dioganalni amalga oshirgan edi, lekin himoyachi hujumni o‘qib qoldi.
40'
O‘yinni sharhlayotgan Kostya Genich Di Mariyani multfilm qahramoni Ratatulga o‘xshatmoqda.
39'
Di Mariya jarima zarbasini amalga oshirdi. U to‘pni Xabi Alonsoga uzatdi. Ispan ayyorona harakati bilan Modrichni oldinga boshlagan edi, lekin Luka ofsaydda qoldi.
37'
Yo‘q hammasi joyida. Anxel maydonga qaytdi.
36'
Maydon markazida mezbonlarning 17-raqamli futbolchisi Di Mariyaning oyog‘iga qaltis tepib yubordi. Anxelni doktorlar olib chiqib ketishmoqda.
34'
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Nahotki shu Beyl bo‘lsa? «Real»ning navbatdagi hujumidan keyin Xese Beylga to‘p uzatdi. Lekin Beyl deyarli bo‘sh darvozaga gol ura olmadi.
32'
«Real» 30 metrlardan juda ajoyib vaziyatga ega bo‘lgan edi. Beyl jarimani amalga oshirdi. Lekin to‘p jonli devorga tegib qaytdi.
30'
Krishtianu Ronaldusiz «Real» ikkita o‘yinda maydonga tushdi va bu o‘yinlarda Di Mariya, Xese, Beyl kabi futbochilar uning o‘rnini bildirmaslik uchun harakat qilishmoqda. Jamoa Ronaldu uchun ham o‘ynamoqda. Qoyil «Real».
28'
DI MARIYA!!!!!!! Anxel qarshi hujumni boshlab berdi va qanotdan to‘pni ajoyib kros bilan Benzemaga uzatdi. Karim ko‘kragi bilan to‘pni to‘xtatdi va darozani ishg‘ol qildi 2:0. Benzema.
27'
Goooooooooool
25'
40 metrlardan «Real» darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi. Leon to‘pni hujumchilarga uzatgan edi, lekin hakam o‘yidan tashqari holatni qayd etdi.
23'
Burchak to‘pi amalga oshirilganidan keyin «Xetafe»ning hujumi davom etdi. Rodrigesning juda kuchli zarbasi noaniq bo‘ldi.
21'
PEPEEEE!!!!!!!!!! Pepitooooooo. Kalunga Ramosning xatosidan keyin darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib borayotgan edi. Pepe hujumchidan ancha ortda bo‘lishiga qaramay, podkat tashlab to‘pni chiqarib yubordi. Qoyil Pepe.
19'
Xese xuddi gol bo‘lgan vaziyatdagi kabi oldinga bordi. Bu gal ham barchasini o‘zi hal qilmoqchi bo‘ldi va to‘pni yo‘qotdi.
17'
Kalunga!!!!!! «Xetafe» hujumchisi juda yaxshi o‘ynadi va qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi. U Ramosdan o‘tin zarba berga edi, lekin hakam folni qayd etdi.
15'
Mezbonlarning navbatdagi hujumi chap qanotdan rivojlandi. Yarim himoyachi to‘pni jarima maydoniga uzatgan edi, lekin bu yerda ham Ramos ulgurdi.
13'
«Xetafe»ning ilk hujumini «Real»ning sobiq futbolchisi Pedro Leon rivojlantirdi. U to‘pni darvoza yaqiniga uzatib bergan edi, lekin Ramos to‘pni maydondan chiqarib yubordi.1
11'
Xese bugun juda faol o‘ynamoqda. Maydon markazida hujumchi to‘pni raqibdan olib qo‘ydi va himoyachidan tezlikda o‘tib ketib, to‘pni Benzemaga yetkazmoqchi edi, lekin qarshi hujum uzilib qoldi.
9'
«Real» burchak to‘pidan foydalana olmadi.
8'
«Real»ning navbatdagi hujumi Arbeloaning qanotidan rivojlandi. Arbeloa to‘pni markazdagi Beylga uzatib berdi. Beyl himoyachilardan o‘tib zarba bermoqchi bo‘lganida himoyachilar to‘pni tepib yuborishdi.
6'
«Real»ning uzoq daom etgan hujumidan keyin Beyl to‘pni Xesega tashlab berdi. Hujumchi bitta himoyachini aldab o‘tgan holda uzoq burchakni juda aniq nishonga oldi.
5'
Gooooooooooooooooooooooooool
3'
Bugun Ronaldu yo‘q. Shuning uchun «Real»ga oson bo‘lmasligi aniq. Dastlabki daqiqalardan «Real» to‘pni nazorat qilishga urinmoqda.
1'
O‘yin boshlandi.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Sizlarni «Xetafe» hamda «Real» jamoalari o‘yinini kuzatishga taklif qilamiz.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.