Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Osiyo chempionlar ligasi, 3-saralash bosqichi
| 19 fevral. soat 20:00. Bosh hakam: Sato Ryuji (Yaponiya) | ||
AN-NASRNegredo (58-penalti)
|
1 : 2 |
PAXTAKORDragan Cheran (31-penalti)
Marat Bikmayev (50) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Ibrohim Essa, Mahmud Hamis, Ahmad Ibrohim, Mas’ud Sulaymon, Muhammad Ibrohim, Jon Umari, Xolid Jalol, Tariq Ahmad, Ronni Fernandez, Serjio Dutra, Alvaro Negredo (s) |
Sanjar Quvvatov, Farrux Sayfiyev, Egor Krimes (s), Sherzod A’zamov, Alijonov, Sadriddin Abdullayev, Odilbek Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Dostonbek Hamdamov, Marat Bikmayev |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Odil Hamrobekov (14)
|
||
Matn
| 90+5' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "An-Nasr" - "Paxtakor" - 1:2. Shota Arveldze jamoasi OCHLning guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi! Tabriklaymiz barchani! |
| 90+5' | ![]() |
VUUUUUH! "Paxtakor" ajoyib imkoniyatni golga aylantira olmadi! |
| 90+2' | ![]() |
Vuuuuuh! Naq yuqori to‘qqizlikka kirayotgan to‘pni Quvvatov qaytarib qoldi. Barakalla, Sanjar! |
| 90+1' | ![]() |
Vuuuh, Yaxshiboyev! Raqibning ikki futbolchisini aldab, jarima maydonchasiga kirib bordi. Ammo so‘nggi pallada uning zarba berishiga himoyachi yo‘l qo‘ymadi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi |
| 87' | ![]() |
"An-Nasr" futbolchisi hujumda fol ishlatdi |
| 84' | ![]() |
BAAlik futbolchilar bosimni oshirishmoqda. Quvvvatov yana yaxshi o‘ynadi |
| 83' | ![]() |
Chap qanotdan havolatib yetkazilgan uzatmani Sanjar egallab oldi |
| 82' | ![]() |
"An-Nasr"da o‘zgarish: Mahmud Hamis o‘rniga Said Suvaydan tushirildi |
| 81' | ![]() |
"Paxtakor"da o‘zgarish: Marat Bikmayev o‘rniga Igor Sergeev tushirildi |
| 78' | ![]() |
Negredo olis masofadan zarba yo‘lladi. Quvvatov egallab oldi to‘pni |
| 76' | ![]() |
Vuuuuh! Yana bir xavfli qarshi hujum. Cheranning uzatmasidan keyin Bikmayev jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 72' | ![]() |
"Paxtakor"da o‘zgarish: Hamdamov o‘rniga Yaxshiboyev o‘yinni davom ettiradi |
| 72' | ![]() |
Paxtakorchilar yana bir xavfli qarshi hujum tashkil qilishdi. Ammo Rahmatullayev so‘nggi pas berishni qoyillatmadi |
| 71' | ![]() |
VUUUUUUH! Qanday qilib??? Alijonov chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib borib, yuqoridan uzatma berdi. Bikmayev bosh bilan bergan zarba natijasida to‘p to‘singa tegib qaytdi. Darvoza yaqiniga yetib kelgan Hojiakbar to‘pni egallab oldi va zarba berdi. Afsuski, noaniq... |
| 69' | ![]() |
Eh, Doston! Hamdamov chap qanotdan bir raqibdan chiroyli tarzda o‘tib ketdi. Uning uzatmasidan so‘ng to‘p na Cheranga, na Bikmayevga bordi. Himoyachi qaytardi |
| 65' | ![]() |
"Paxtakor"da o‘zgarish: Sadriddin Abdullayev o‘rniga Dilshod Rahmatullayev tushirildi |
| 64' | ![]() |
Arveladze shogirdlari to‘pni nazorat qilishmoqda |
| 60' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Hujum tomonidan boshi bilan zarba berildi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 58' | ![]() |
GOL! Zarbani yana Negredo amalga oshirdi. Bu safar ham Quvvatov to‘p yo‘nalishini topdi, ammo zarba kuchli va aniq bo‘ldi. |
| 57' | ![]() |
"Paxtakor" darvozasi tomon penalti! Sadriddin Abdullayev to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi va ogohlantirish oldi |
| 56' | ![]() |
"An-Nasr"da o‘zgarish: Tariq Ahmad o‘rniga Amir Muborak tushirildi |
| 51' | ![]() |
Ronni Fernandes 20 metrlardan aniq zarba yo‘lladi. Quvvatov to‘pni egallab oldi |
| 50' | ![]() |
GOOOOOOOL! Marat Bikmayeeeeev, 0:2! Hamdamov chap qanotdan havolatib uzatma berdi. Marat esa bosh bilan 3-4 metr masofadan darvozani ishg‘ol etdi |
| 47' | ![]() |
Abdullayev yaxshi uzatma orqali chap tomondan jarima maydonchasiga kirayotgan Sayfiyevga uzatma berdi. Farruxning zarbasini darvozabon egallab oldi |
| 46' | ![]() |
Xolid Jalol ogohlantirildi. Cheranga nisbatan xavfli o‘ynagani uchun |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga start berildi. To‘pni o‘yinga "An-Nasr" futbolchilari kiritib berishdi. |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "An-Nasr" - "Paxtakor" 0:1 |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi. |
| 43' | ![]() |
So‘nggi 2ta burchak zarbasi paytida Sanjar Quvvatov to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi |
| 42' | ![]() |
"An-Nasr burchak to‘pini o‘yinga kiritib, xavfli vaziyat yaratdi. So‘nggi pallada Quvvatov to‘pni darvoza ustidan oshirib yubordi |
| 39' | ![]() |
"Paxtakor" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 37' | ![]() |
Sadriddin olis masofadan ancha noaniq zarba berdi |
| 36' | ![]() |
O‘sha hujumning davomida yana bir xavfli vaziyat yaratildi. Alijonov tomonidan yetkazilgan uzatma uchun kurashda Cheran darvozabondan ustun keldi. Ammo Cheranning zarbasidan keyin to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 36' | ![]() |
VUUUUUH! Jarimadan yetkazilgan uzatmani himoyachilar shundoqqina jarima maydonchasi ichiga qaytarishdi. Doston esa 7-8 metrlardan zarba berdi. Davroza chizig‘i ustida turgan himoyachi muqarrar goldan qutqarib qoldi |
| 36' | ![]() |
"Paxtakor" chap qanotdan jarima zarbasi tepish huquqiga ega bo‘ldi. To‘p oldida Masharipov |
| 31' | ![]() |
GOOOOOOOL! Dragan Cheran, 0:1! "Paxtakor" hujumchisi osonlik bilan darvozani ishg‘ol qildi |
| 30' | ![]() |
"An-Nasr" darvozasi tomon penalti belgilandi. Tzp himoyachining qo‘liga tegdi |
| 27' | ![]() |
Masharipov olis masofadan zarba berdi. Zarba aniq, ammo Iyso o‘z o‘rnida |
| 27' | ![]() |
Cheran tomon olis masofadan uzatma berdi. Dragan to‘pga yeta olmadi |
| 22' | ![]() |
Chap qanotdan jarima maydonchasiga Masharipov tomon uzatma berildi. Jaloliddin to‘pga biroz yeta olmadi |
| 19' | ![]() |
Alijonov o‘ng qanotdan yetkazib bergan to‘pni himoyachi ko‘kragi bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 18' | ![]() |
NOANIQ! Zarba noaniq chiqdi. Negredo penaltidan foydalana olmadi! Bu yaxshi. Davom etamiz. |
| 14' | ![]() |
Hamrobekov to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun penalti belgilandi. Hamrobekov ogohlantirildi |
| 12' | ![]() |
Vuuuuuuh! "Paxtakor" burchak to‘pini kombinasiya shaklida o‘yinga kiritdi. Alijonov o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmaga Bikmayev darvozabon maydonchasiga burchagidan bosh bilan zarba berdi. Biroz noaniq. Maratning o‘zi ham afsusda |
| 11' | ![]() |
Alijonov o‘ng qanotdan raqib darvozasi yaqiniga uzatma/zarba berdi. To‘pni Ibrohim Iyso egallab oldi |
| 8' | ![]() |
"Paxtakor" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Masharipovning uzatmasini himoyachi bosh bilan jarima maydonchasi tashqarisiga qaytardi. Krimes esa olis masofadan zarba berdi. To‘p himoyachilarga tegib qaytdi |
| 3' | ![]() |
Ajoyib hujum! Masharipovning pasidan keyin Cheran tepgan to‘pni darvozabon qaytardi, Hamdamovning qayta zarbasi noaniq chiqdi |
| 2' | ![]() |
Dutraning boshi bilan bergan zarbasini Quvvatov bartaraf etdi |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi! |
| ' | ![]() |
Diqqat, o‘yin boshlanish arafasida. Jamoalar maydonda saf tortishgan. |
| ' | ![]() |
Osiyo chempionlar ligasining 3-saralash bosqichi doirasida "Paxtakor" Birlashgan Arab Amirliklarida "An-Nasr" klubi mehmoni bo‘lmoqda. Uchrashuvdan matnli onlayn translyasiyani kuzatib borishga taklif etamiz |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|