Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi-2018/20019
| 25-tur, 23 fevral, soat 20:15. Bosh hakam: Mateo Laos | ||
SEVILYaXesus Navas (22)
Gabriel Merkado (42) |
2 : 4 |
BARSELONALionel Messi (26, 67, 85)
Luis Suares (90+3) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Tomash Vaslik (D) 14.Maksimilian Veber 04.Simon Kyayer 25.Gabriel Merkado 03.Serxio Gomes 09.Vissam Ben-Yedder 21.Kvinsi Promes 10.Ever Banega 17.Pablo Sarabiya 20.Marko Rog 16.Xesus Navas |
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 03.Jerar Pike 18.Xordi Alba 23.Samuel Umtiti 02.Nelsinyo Semedu 04.Ivan Rakitich 22.Arturo Vidal 05.Serxio Buskets 07.Filippe Koutinyo 09.Luis Suares 10.Lionel Messi |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Xuan Soriano (D) 23.Gilyerme Arana 05.Ibragim Amadu 22.Franko Vaskes 07.Roki Mesa 12.Andre Silva 19.Munir |
30.Ignasio Penya (D) 17.Jeyson Murilyo 15.Kleman Lengle 26.Karles Alena 20.Serxi Roberto 11.Ousman Dembele 14.Malkom |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Barselona" juda qiyin g‘alabaga erishdi — Messining gollari evaziga |
| 90+3' | ![]() |
GOOOOOOOL! Luis Suares, 2:4! Messining ajoyib uzatmasidan keyin urugvaylik futbolchi yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va to‘pni darvozabonning ustidan oshirib qo‘ydi. |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Roki Mesa sariq oldi |
| 88' | ![]() |
Vuuuh! Andalusiyaliklar hisobni tenglashtirishlari mumkin edi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Vaskes egalladi va teskari turgan holatda zarba berishga urindi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 88' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Bosh bilan berilgan zarbani ter Shtegen egallab oldi |
| 85' | ![]() |
GOOOOOOOL! Lionel Messsiiii! Xet-trik! 3:2! Alenya 20 metrdan zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘iga tegdiyu, rekoshet holatda Messini yakkama-yakka vaziyatga "chiqarib" yubordi. Leo to‘pni darvozabonning ustidan osonlik bilan oshirib qo‘ydi |
| 84' | ![]() |
Yaqindagina maydonga tushgan Karles Alenya ogohlantirish oldi |
| 83' | ![]() |
Sarabiya esa sariq kartochka oldi. U hujumga o‘tmoqchi bo‘ldiyu, Albaning yuziga qo‘li bilan urib yubordi |
| 82' | ![]() |
"Barsa" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. |
| 80' | ![]() |
Simon Kyayer sariq kartochka oldi. Messining oyog‘iga tepgani uchun |
| 79' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmangi himoyachi bosh bilan to‘pni jarima maydonchasi tashqarisiga chiqarib yubordi. Messi esa 16 metrlardan to‘pga chalqancha uslubda zarba berdi. To‘p hujumga borgan Pikening qo‘liga tegib qoldi |
| 78' | ![]() |
Vuuuh! Dembelek chap qanotdan yetkazgan uzatmani himoyachi jarima maydonchasi tashqarisiga qaytardi. Messi to‘pni egallab, 18 metrlardan zarba berdi. Vaslik mushti bilan to‘pni yuqoriga ko‘tarib yubordi |
| 75' | ![]() |
Mezbonlar yarmi soat davom etgan chuqur himoyadan chiqib, hujum tashkil qilishga harakat qilishmoqda |
| 71' | ![]() |
Vuuuuh! Dembele chap qanotda himoyachidan qochib ketib, jarima maydonchasiga kirdi va noaniq uzatma berdi. Messi qanotga ketib qolgan to‘pni egalladi, jarima maydonchasi burchagigacha olib keldi va chap oyoqda kuchli zarba berdi. To‘p shundoqqina to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 70' | ![]() |
Franko Vaskes ogohlantirildi. Busketsga nisbatan tirsak bilan o‘ynagani uchun |
| 67' | ![]() |
GOOOOOOOL! Lionel Messi, 2:2! Darvozabon to‘pni tepib yuborish chog‘ida Rakitich to‘pni egallab olib, o‘ng qanotdagi Usmonga pas berdi. Dembelening uzatmasini qabul qilgan Messi 14 metrlardan o‘ng oyoqda zarba berib, darvozaning yuqori burchagini ishg‘ol qildi |
| 67' | ![]() |
Mezbonlar qarshi hujum tashkil qilishdi. Promes o‘ng qanotdan kuchli uzatma berdi. To‘pga hech kim yeta olmadi |
| 64' | ![]() |
Kataloniyalik burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. |
| 61' | ![]() |
Suares raqib jarima maydonchasi ichida himoyachi bilan to‘qnashuvda yiqildi. Hakamga VARga murojaat qilib, burchak to‘pi belgiladi |
| 60' | ![]() |
To‘p nazorati to‘laligicha mehmonlar tomonida |
| 57' | ![]() |
Maydonni tark etayotgan Veber ogohlantirish olishga ham ulgurdi |
| 57' | ![]() |
"Sevilya"da o‘zgarish: Jarohat olgan Veber o‘rniga Ibrohim Amadu tushirildi |
| 55' | ![]() |
Leo o‘zi jarima maydonchasiga yorib kirib, zarba berishga qaror qildi. Rekoshet holatida kelgan to‘pni darvozabon egallab oldi |
| 53' | ![]() |
Vuuuuuh! Suaresning qanotdan bergan uzatmasidan keiyn Dembele yakkama-yakka vaziyatda muvaffaqiyatli zarba bera olmadi. So‘ngra Usmon himoyachining oyog‘idan yiqilganga o‘xshadi, ammo penalti emas |
| 53' | ![]() |
Alba chap qanotdan pas berib, Suaresni yakkama-yakka vaziyatga chiqarishga urindi, amo Luis unga yeta olmadi |
| 51' | ![]() |
"Sevilya"da o‘zgarish: Merkado o‘rniga Franko Vaskes tushdi |
| 51' | ![]() |
Koutinyo Messidan pas qabul qilayotganida ofsaydda qoldi 1 |
| 49' | ![]() |
Messi tomonidan jarimadan yetkazilgan uzatmaga Suares yeta olmadi |
| 49' | ![]() |
Marko Rog ogohlantirish oldi. U Dembeleni ortdan yiqitdi |
| 46' | ![]() |
Valverde ikkita o‘zgarish qilishga qaror qildi. Vidal o‘rniga Usmon Dembele, Nelson Semedu o‘rniga Serxio Roberto tushirildi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Davom etamiz |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Sevilya" - "Barselona" 2:1. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Vuuuuuh! "Sevilya" raqibni kechirdi. Qanotdan yetkazib berilgan uzatmaga Kyayer darvozagasha 4 metr masofadan bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi. |
| 42' | ![]() |
GOOOOOOOL! Merkado! "Barsa" himoyachilarining sustkashligini mezbonlar jazolashdi. Jarima maydonchasiga uzatma berilgan paytda kataloniyaliklar negadir harakatdan to‘xtab qolishdi. Sarabiya chiziq ustida to‘pni jarima maydonchasiga qaytardi. Merkado esa 10 metrlardan darvozani ishg‘ol qildi |
| 40' | ![]() |
Eh, Suares! Messining uzatmasidan urugvaylik futbolchi darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, to‘pni yon tomonga olib qochdi. Ammo uning o‘tkir burchak ostida bergan zarbasi yoki uzatmasi noaniq bo‘ldi |
| 38' | ![]() |
Pike sariq kartochka oldi |
| 37' | ![]() |
Ben-Yedder jarima maydonchasining chap tomonidan Pikeni chiroyli aldab o‘tib, darvoza yaqiniga uzatma berdi. Alba xavfni bartaraf etdi |
| 36' | ![]() |
Vuuuh! Ajoyib uzatmadan keyin Promes raqib jarima maydonchasiga kirib zarba berdi. Ammo ofsayd ekan |
| 32' | ![]() |
"Barselona"dan ajoyib qarshi hujum: Messining uzatmasidan keyin Pike raqib jarima maydonchasi ichida bir himoyachi bilan yolg‘iz qoldi. U Serxio Gomesni ikki marta aldashga harakat qildi, ammo mudofaa vakili so‘nggi pallada to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi |
| 31' | ![]() |
Andalusiyalik maydon markazida to‘pni olib qo‘yib, qarshi hujumga o‘tdi. So‘nggi pallada Umtiti xavfni bartaraf etdi |
| 30' | ![]() |
"Sevilya" jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Uzatmaga hech kim yeta olmadi |
| 26' | ![]() |
GOOOOOOOL! Lionel Messi, 1:1! Supergol! Rakitich chap qanotdan havolatib yetkazgan uzatmadan so‘ng Messi chap oyoqda 11 metrli nuqta atrofida to‘pni yerga tushirmasdan darvozaga joylab qo‘ydi |
| 25' | ![]() |
Alba chap qanotdan havolatib zarba berdi. Vidal bosh bilan aniq zarba berdi. Vaslik to‘pni egallab oldi |
| 22' | ![]() |
GOOOOOOOOOOL! Xesus Navas, 1:0! "Sevilya" qarshi hujumni gol bilan yakunladi. O‘ng qanotdan yordamga kelgan Navas deyarli yakkama-yakka vaziyatda aniq zarba bilan hisobni ochdi. |
| 22' | ![]() |
"Ko‘k-anorranglilar" qarshi hujum tashkil qildi. Ammo so‘nggi pallada Vidal Messiga pas berishni qoyillatmadi |
| 19' | ![]() |
Burchak zarbasi samarasiz chiqdi |
| 18' | ![]() |
Vuuuuh! Ben-Yedder! U raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi, Umtitini chalg‘itdi va o‘ng oyoqda zarba berdi. Samuel so‘nggi pallada to‘p yo‘liga oyoq qo‘yishga ulgurdi. Burchak to‘pi |
| 17' | ![]() |
"Sevilya" o‘ng qanotdan jarima zarbasini o‘yinga kiritdi. To‘p jonli devorga tegib qaytdi |
| 14' | ![]() |
O‘yin jarima maydonchasidan jarima maydonchasigacha bo‘lmoqda. To‘p maydon markazida ushlanib qolmayapti |
| 10' | ![]() |
Oho! Messi jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi |
| 8' | ![]() |
Andalusiyaliklar xavfli qarshi hujum tashkil qilishdi. Navas o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va uzatma berdi. Ish zarbagacha yetib bormadi |
| 6' | ![]() |
"Barsa" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p hamon mehmonlarda |
| 3' | ![]() |
Dastlabki daqiqalarda mezbonlar bosim uyushtirishga harakat qilishdi. Kataloniyaliklar raqibga xavfli vaziyat yaratish imkoniyatini berishmadi |
| ' | ![]() |
Diqqat, uchrashuv boshlandi! |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Ispaniya chempionatining 25-turi doirasida "Sevilya" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qilmoqda. Uchrashuv boshlanish arafasida. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|