Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya kubogi, yarim final, javob o‘yini
| 28 fevral, soat 01:00, Santyago Bernabeu. Bosh hakam: Xose Mariya Sanches Martines | ||
REAL MADRID |
0 : 3 |
BARSELONALuis Suares (50, 73-penalti)
Rafael Varan (70-avtogol) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Keylor Navas (D) 04.Serxio Ramos 02.Daniel Karvaxal 05.Rafayel Varan 23.Serxio Regilon 10.Luka Modrich 08.Toni Kroos 14.Kazemiro 28.Vinisius Junior 09.Karim Benzema 17.Lukas Vaskes |
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 18.Xordi Alba 15.Kleman Lengle 02.Nelson Semedu 03.Jerar Pike 04.Ivan Rakitich 05.Serxio Buskets 20.Serxi Roberto 09.Luis Suares 10.Lionel Messi 11.Usmon Dembele |
|
| ZAHIRA | ||
|
25.Tibo Kurtua (D) 06.Nacho 12.Marselo 15.Federiko Valverde 20.Marko Asensio 24.Daniel Sebalyos 11.Garet Beyl |
13.Yasper Sillessen (D) 23.Samuel Umtiti 21.Karles Alena 07.Filippe Koutinyo 22.Arturo Vidal 08.Artur 14.Malkom |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Lukas Vaskes (58)
|
Serxio Buskets (65)
|
|
Matn
| ' | ![]() |
Yana 3 kundan bo‘lib o‘tadigan La liga doirasidagi "el-klasiko"da uchrashguncha! |
| 90+2' | ![]() |
Uchrashuv yakunlandi. "Real Madrid" - "Barselona" 0:3. Valverde shogirdlari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi taymga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 86' | ![]() |
Karvaxal chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. Bu ter Shtegenning o‘ljasi |
| 85' | ![]() |
Asensio! Jarima maydonchasi ichida chap oyoqda noaniq zarba berdi |
| 82' | ![]() |
Ehhh, Beyl! Yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, jarima maydonchasi chizig‘i ustidan o‘ta noaniq zarba berdi |
| 81' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Vinisius o‘rniga Marko Asensio tushdi |
| 81' | ![]() |
Nelson Semedu sariq oldi |
| 79' | ![]() |
"Real" finalga chiqish uchun qolgan daqiqalarda 4ta gol urishi kerak |
| 75' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Dembele o‘rniga Filippe Koutinyo tushirildi |
| 75' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Kazemiro o‘rniga Valverde tushirildi |
| 73' | ![]() |
GOOOOOL! Luis Suares, 0:3! Urugvaylik futbolchi Panenka uslubida Keylor Navasni dog‘da qoldirdi |
| 72' | ![]() |
Kazemiro o‘z jarima maydonchasi ichida Suaresning oyog‘idan bosib qoldi |
| 72' | ![]() |
PENALTI! "Real" darvozasiga! |
| 69' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! "Real" himoyachisi Rafael Varan o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi, 0:2! Semeduning uzatmasidan keyin Dembele o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va olis ustun tomonda ochilayotgan Suares tomon pas berdi. Varan to‘pni darvozasiga burib yubordi. Rafael to‘pga tegmaganida ham Suares darvozani ishg‘ol qilar edi |
| 68' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Vaskes o‘rniga Garet Beyl tushirildi |
| 67' | ![]() |
VUUUUUH! Vinisius! Junior nimalar qilyapti?! U raqibning markaziy himoyachilarini osongina aldab o‘tib, jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. To‘p Klemanning oyog‘iga tegdi va olis ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 67' | ![]() |
Vuuuh! Karvaxal jarima maydonchasi burchagidan yerlatib kuchli zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi |
| 65' | ![]() |
Serxio Buskets sariq kartochka oldi. Modrichga nisbatan fol ishlatgani uchun |
| 62' | ![]() |
VUUUUUH! Ter Shtegen! Chap qanotdan havolatib yetkazilgan uzatmaga Regilon bosh bilshan zarba berdi. "Barsa" darvozaboni g‘aroyib seyv bilan to‘pni qaytardi |
| 60' | ![]() |
Vuuuuuuh! Regilon chap qanotda Semedudan o‘tib ketdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Vaskes zarba berishga tayyor turgandi. Langle so‘nggi pallada xavfni bartaraf etdi |
| 59' | Buyog‘iga ochiq o‘yin boshlanib ketdi | |
| 58' | ![]() |
Hisob ochildi! Sariq kartochkalar bo‘yicha!:) Lukas Vaskes Langlega nisbatan fol ishlatdi |
| 56' | ![]() |
Mehmonlar qarshi hujumga qochib ketishdi. Karvaxal jarima maydonchasi ostonasida Mesisidan to‘pni toza olib qo‘ydi |
| 55' | ![]() |
Mezbonlar bosimni oshirib borishmoqda. Vinisius chap qanotdan Pikedan qochib ketib, jarima maydonchasiga kirib bordi. So‘nggi pallada Langle podkat orqali to‘pni maydon tashqarsiga chiqarib yubordi |
| 54' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Jarimadan yetkazilgan uzatmaga Kazemiro jarima maydonchasi ichida bosh bilan kuchli zarba berdi. Ammo noaniq |
| 53' | ![]() |
Oho! Toni Kroos 22 metrlardan chap oyoqda zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 50' | ![]() |
GOOOOOOLLL! Luis Suares, 0:1! Albaning uzatmasidan keyin Dembele jarima maydonchasiga kirdi va ichkariga uzatma berdi. Suares kutilmaganda darhol zarba berdi. Navas yaqin burchakdan to‘pni o‘tkazib yubordi |
| 50' | ![]() |
Oho, Endi Pikeda yaxshi imkoniyat. Messi jarimadan yetkazgan uzatmaga Jerar bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 48' | ![]() |
Vuuuh! Kroos jarima to‘pini o‘yinga kiritdi va Benzema bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi. Boz ustiga, hakam Karim tomonidan fol ishlatildi deb topdi |
| 46' | ![]() |
Benzema chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va uzatma berdi. Dembele to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Davom etamiz |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi va u ham yakuniga yetdi. Hozircha — 0:0 |
| 45' | ![]() |
Lukas Vaskesga tibbiy yordam ko‘rsatildi |
| 44' | ![]() |
Dembele bu safar Karvaxalni aldab o‘tib, jarima maydonchasiga kirdi va yuqoridan uzatma berdi. Xavf bartaraf etildi |
| 42' | ![]() |
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi, ammo to‘pni egallagan mehmonlar qarshi hujumga qochib ketishdi. Maydon egalari Messiga nisbatan 2 marta xavfli fol ishlatishdi. Ammo sariq kartochka hamon yo‘q |
| 41' | ![]() |
Mezbonlar tezkor qarshi hujum takshil qilishdi. Bu vaziyat Vaskes harakat qildi, ammo vaziyat faqat burchak to‘pi bilan yakunlandi |
| 40' | ![]() |
Suares ofsaydda qoldi |
| 38' | ![]() |
Vuuuuuuh! Vinisius!!! Regilon chap qanotdan shunchalar aniq pas berdiki, Junior himoyachilar orasida bo‘lishiga qaramay 5-6 metrlardan zarba berdi. To‘p bu safar to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 37' | ![]() |
VUUUUUH! Ter Shtegen "Barsa"ni muqarrar goldan qutqardi! Pike maydon markazida raqib futbolchilarini aldashga kirishib ketdi va to‘pni yo‘qotdi. Kazemiro aniq pas bilan JUniorni oldinga boshladi va Vinisius ochiq turgan Benzemani to‘p bilan ta’minladi. Karim 10 metrlardan yakkama-yakka vaziyatda zarba berdi. Darvozabon oyoqlari bilan zarbani qaytardi! |
| 34' | ![]() |
Junior chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi, ammo jamoadoshiga aniq uzatma bera olmadi. Pike to‘pni egallab oldi |
| 32' | ![]() |
Umumiy to‘p nazorati "ko‘k-anorranglilar" tomoniga o‘tdi |
| 30' | ![]() |
"Real" darvozasi oldida taxlikali vaziyat. Dembele chap qanotdan darvozabon maydonchasiga yerlatib uzatma berdi. Hech bir futbolchi bu uzatmaga yeta olmadi |
| 30' | ![]() |
"Barselona" burchakt to‘pini o‘yinga kiritdi va Rakitich olis masofadan zarba berdi. To‘p Kazemiroga tegib qaytdi |
| 27' | ![]() |
Hakam o‘yinni sariq kartochkasiz boshqarishga harakat qilmoqda. Hozir u Semeduni ogohlantirishi mumkin edi |
| 25' | ![]() |
Qanotda kechgan Dembele-Karvaxal duelida himoyachi g‘olib chiqdi |
| 23' | ![]() |
"Barselona" darvozasi oldida xavfli vaziyat! Benzema chap qanotdan oldinga o‘tib, jarima maydonchasiga uzatma berdi. Pike qaytargan to‘p Juniorga tegdi va Vinisiusning o‘ziga kelib tushdi. Braziliyalik futbolchining zarbasini Ter Shtegen qaytardi. So‘ngra Rakiticht o‘pni vaziyatdan uzoqlashtirib, xavfni bartaraf etdi |
| 22' | ![]() |
Vuuuh! Mezbonlar maydon markazida "Barsa"ning pressingidan ajoyib chiqib ketishdi va Vaskesni yakkama-yakka vaziyatga chiqarishdi. Ammo so‘nggi pallada Alba o‘z tezligi evaziga to‘pni olib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi |
| 19' | ![]() |
Xavfli vaziyat! "Real" himoyachilari xatoga yo‘l qo‘yib, ortga noaniq uzatma berishdi. Tezkor Dembele to‘pni egallab, jarima maydonchasi tomon yaqinlashdi va narigi tomonda ochiq turgan Suares tomon pas berdi. Ammo Ramos xavfni bartaraf etdi! |
| 19' | ![]() |
Vuuuuuh! Junior shoshib qoldi. Benzemadan pasidan keyin braziliyalik futbolchi jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va 12 metrlardan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 18' | ![]() |
Messining uzatmasidan keyin Alba raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi, ammo Karvaxal undan to‘pni osonlik bilan olib qo‘ydi |
| 15' | ![]() |
O‘yinda ilk marta VARga murojaat qilindi. Junisuis chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va yiqildi. Penalti belgilash uchun asos yo‘q deb topildi |
| 12' | ![]() |
Regilon chap qanotdan uzatma berganidan keyin rekoshet holatida borgan to‘pni Ter Shtegen chiziq ustiga egallab oldi. Hakam esa xatoga yo‘l qo‘yib, burchak to‘pi belgiladi |
| 9' | ![]() |
Burchak to‘pi maydon egalari uchun xavfli bo‘lmadi |
| 8' | ![]() |
Dastlabki xavfli vaziyat! Messining uzatmasidan keyin Dembele chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va olis ustun tomon to‘pni yetkazdi. Suares darvozabon maydonchasidagi Serxi Robertoga to‘pni uzatdi. Ammo so‘nggi pallada mezbon himoyachisi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 6' | ![]() |
Kroos maydon markazida Messidan to‘pni olib qo‘yib, qarshi hujumga asos soldi. Mehmonlar jarima maydonchasida xavfni bartaraf etishdi |
| 4' | ![]() |
Hozircha to‘p maydonning "Barselona"ga tegishli qismida. Mezbonlarning yuqori pressingi tufayli kataloniyaliklar oldinag o‘ta olishmayapti |
| 2' | ![]() |
Maydon markazida jiddiy pressing kechmoqda. Futbolchilar hali kuchga to‘la |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga "Barselona" futbolchilari kiritib berishdi. Bosh-la-dik! |
| ' | ![]() |
Madrid oq, kataloniyaliklar ko‘k-anorrang formada harakat qilishadi |
| ' | ![]() |
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda |
| ' | ![]() |
Ispaniya kubogi, yarim final, javob o‘yini. «Real Madrid» o‘z maydonida «Barselona»ni qabul qilmoqda. "Kamp Nou"da bo‘lib o‘tgan dastlab uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etilgan edi. |
| ' | ![]() |
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari! Saytimiz orqali el-klasikoni kuzatib borish uchun xush kelibsiz. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|