Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi
| China Cup-2019. 25 mart. soat 12:30 | ||
XITOY |
0 : 1 |
O‘ZBEKISTONEldor Shomurodov (34)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
12. Yan Junling (D) 03.Gao Junyi 05.Jang Linpeng 07. Shixao V. 09.Dong Suyesheng 13.Xe Chao 14.Jang S. 15.Vu Si 21.Long Tan 24.Fu Xuan 26.Li Ang |
12.Sanjar Quvvatov 2.Akmal Shorahmedov 5.Anzur Ismoilov 7.Jaloliddin Masharipov 8.Ikrom Aliboyev 10.Javohir Siddiqov 13.Oleg Zoteev 14.Eldor Shomurodov 19.Otabek Shukurov 20.Islom To‘shxtaxo‘jayev 23.Odil Hamrobekov |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Jeng Cheng (D) 06.Feng Siaoting 11.Xao Junmin 17.Vang Gang 19.Siye Pengfey 25.Lu Venjun 27.Vang Yongpo 28.Lyu Yang 30.Peng SinliYO |
01.Akbar To‘rayev (D) 16.Javohir Ilyosov (D) 03.Doston Tursunov 04.Farrux Sayfiyev 06.Davron Hoshimov 09.Odil Ahmedov 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov 15.Egor Krimes 17.Doston Hamdamov 18.Sardor Mirzayev 21.Marat Bikmayev |
|
Matn
| ' | Musobaqa g‘olibligi uchun Urugvay va Tailand terma jamoalari maydonga chiqishadi | |
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi "China cup-2019" xalqaro musobaqasida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Mezbon Xitoy esa so‘nggi - 4-pog‘onani band etdi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
VUUUUUH! Qanday qilib??? Zoteev chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va raqib davrzabon maydonchasiga uzatma berdi. Hamdamov esa 5 metrdan darvozani ishg‘ol eta olmadi! To‘p olis ustun yonginasidan o‘tib ketdi! |
| 88' | ![]() |
Ehhh Odil! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Ahmedov yaqin masofadan boshi bilan zarba berdi. Posbon to‘pni egallab oldi |
| 84' | ![]() |
Xitoyda o‘zgarish: Jang o‘rniga Vang Yongpo tushirildi |
| 83' | ![]() |
Burchak to‘pi o‘yinga kiritilayotgan paytda To‘xtaxo‘jayev darvozabon bilan to‘qnashib ketdi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 83' | ![]() |
O‘zbekistonliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi |
| 82' | ![]() |
Shorahmedov raqib jarima maydonchasi ichida Ahmedovga to‘pni juda qulay tarzda yetkazib bergandi. Ammo Odil 11 metrlardan darvoza tomon aniq zarba bera olmadi. Ahmedovga hech kim xalal bermayotgandi! |
| 80' | ![]() |
Quvvatov o‘z vaqtida oldinga chiqdi va xavfni bartaraf etdi |
| 79' | ![]() |
Xitoy burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Futbolchilarimiz xavfni bartaraf etishdi |
| 77' | ![]() |
Vuuh! Terma jamoamiz yaxshi hujum tashkil qilishdi. Shorahmedovning uzatmasidan keyin Odil Ahmedov raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va zarba berdi. Zarba yo‘liga himoyachilar g‘ov bo‘lishdi |
| 76' | ![]() |
Temurxo‘ja burchak to‘pi ishladi va uni Hamdamov o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 73' | ![]() |
Hamdamov burchakka yaqin joyda qoida buzgani uchun Xitoy jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilarimiz qaytargan to‘pga mezbon futbolchisi 20 metrlardan zarba berdi. Anzur to‘pni jarima maydonchamizdan uzoqlashtirdi |
| 72' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Shomurodov o‘rniga Temurxo‘ja Abduxoliqov maydonga tushirildi |
| 70' | ![]() |
Hamdamov o‘yinga faol qo‘shildi. U hozir jamoamizning 2ta hujumidi ishtirok etdi. Ammo ish zarbagacha yetib bormadi |
| 69' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Javohir Siddiqov o‘rniga Doston Hamdamov tushirildi |
| 69' | ![]() |
Ahmedov to‘pni yumshoq tarzda raqib darvozasi yaqiniga uzatib berdi. Junling to‘pni egallab oldi |
| 68' | ![]() |
Xitoyda o‘zgarish: Vu Si o‘rniga Peng Sinli maydonga tushdi |
| 67' | ![]() |
Vuh! Shorahmedov-Siddiqov-Shomurodov kombinasiyasidan keyin Eldor jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. Noaniq |
| 65' | ![]() |
Zoteev! Chap qanotdan Xitoy jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p darvoza ustuni va to‘sini kesishgan joy yaqinidan o‘tib ketdi |
| 64' | ![]() |
Vuuuuh! Ajoyib hujum natijasida Siddiqov jarima maydonchasiga kirdi va deyarli birga-bir vaziyatda zarba berdi. Darvozabon oyog‘i bilan zarbani qaytarib qoldi |
| 63' | ![]() |
Odil Ahmedov olis masofadan noaniq zarba yo‘lladi |
| 62' | ![]() |
Terma jamoamiz chap qanotdan yaxshi hujum tashkil qildi. Zoteevning uzatmasidan keyin to‘p 11 metrli nuqta ustida turgan Siddiqovga yetib kelishiga himoyachilar xalal berib qolishdi |
| 60' | ![]() |
Xitoy chap qanotdan hujum tashkil qildi. Yuqoridan yetkazilgan uzatmani vakillarimiz egallab olishdi |
| 59' | ![]() |
Terma jamoamizdan tezkor hujum. Masharipov chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirgandi, so‘nggi pallada himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 58' | ![]() |
Xitoyda o‘zgarish: Gao Junyi o‘rniga Vang Pang, Xe Chao o‘rniga Xao Jinmin maydonga tushirildi |
| 57' | ![]() |
Futbolchilarimiz raqibdan to‘pni olib, tezkor hujum tashkil qilishayotgan edi. Ammo Siddiqov ofsaydda qoldi |
| 56' | ![]() |
Aliboyev raqib himoyachisiga nisbatan fol ishlatdi |
| 53' | ![]() |
Odildan pas qabul qilgan Javohir bir himoyachini aldab o‘tib, 20 metrlardan zarba berdi. Noaniq |
| 50' | ![]() |
Masharipov-Zoteev kombinasiyasidan keyin Oleg chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga kirib keldi va Ahmedov toomn uzatma berdi. Ammo to‘pni mezbonrlar egallab olishdi |
| 49' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim avvalida to‘p nazorati bo‘yicha kichik ustunlik o‘zbekistonliklar tomonida |
| 49' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshida Xitoyda o‘zgarish bo‘ldi: Fu Xuan o‘rniga Siye Pengfey maydonga tushirildi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga start berildi. |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob 1:0 bizning foydamizga. Bizdan uzoqlashmang tez orada qaytamiz! |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Terma jamoamiz yana bir hujum tashkil qildi. Shomurodov raqib jarima maydonchasi ichida to‘pga yetib borib, tovoni bilan Javohirga uzatib bergandi. Ammo Javohir to‘pni maydonda saqlab qololmadi. |
| 41' | ![]() |
Xitoy terma jamoasi uzoq kutilgan hujumni amalga oshirdi, yakuniy zarbaga aniqlik yetishmadi |
| 40' | ![]() |
Afsus! Otabek Shukurov o‘yinni davom ettira olmaydi. Uning o‘rniga Odil Ahmedov maydonga tushirildi |
| 37' | ![]() |
Otabek Shukurov jarohat oldi. Otabekka tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 34' | ![]() |
Eldor o‘ng qanotdan yorib kirib, darvozaga kuchli zarba yo‘lladi. Darvozabon uning zarbasi oldida ojiz qoldi. 1:0! Hisobda oldinga chiqib oldik |
| 34' | ![]() |
GOOOOOOL! Eldor Shomurodoooooovvv! |
| 30' | ![]() |
Maydon markazida qoida buzilish. Anzur Ismoilov raqib futbolchisiga nisbatan fol ishlatdi. |
| 28' | ![]() |
Shomurodov navbatdagi hujumni uyushtirishga harakat qilib ko‘rdi, biroq raqib himoyachilari to‘pni egallab oldi |
| 25' | ![]() |
Xitoylik futbolchi jarohat oldi. Anzur Ismoilov feyr-pleyga amalga qilib, to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 23' | ![]() |
Zarbaaaaa! To‘p jonli devorga tegib qaytdi. Bugungi O‘yinda Jaloliddin ancha faol harakat qilmoqda |
| 23' | ![]() |
Jalolga nisbatan yana qoida buzildi. Bu safar to‘p oldida Aliboyev |
| 22' | ![]() |
O‘yin hamyurtlarimizning to‘liq ustunligida o‘tmoqda |
| 21' | ![]() |
To‘p oldida Msharipov!Jalolning jarima maydonchasi ichiga yetkazib bergani to‘pini xitoylik darvozabon mushtlari bilan urib qaytarib yubordi |
| 20' | ![]() |
Jaloliddin Masharipovga nisbatan qoida buzildi |
| 18' | ![]() |
Masharipovning jarima maydoni ichiga uzatgan to‘piga Eldor Shomurodov boshi bilan zarba berdi. Afsus noaniq |
| 13' | ![]() |
To‘p nazorati Kuper shogirdlari tomoniga o‘tdi. Hujumlarimiz, jumladan, golga tortadigan hujumlarimiz ham oshishish kerak |
| 12' | ![]() |
Xitoy qarshi hujumga o‘tib ketayotgandi, vakillarimiz maydon markazidayoq to‘pni raqibdan olib qo‘yishdi. |
| 10' | ![]() |
O‘zbekiston navbatdagi hujumni o‘ng qanotdan tashkil qildi. Devor uslubida yaxshi hujum uyushtirildiyu, ammo futbolchimiz to‘pni maydonda saqlab qola olmadi |
| 8' | ![]() |
Masharipov raqibdan to‘pni olib qo‘yib, Javohirni oldinga boshlagan edi. Ammo Sidiqovning keyingi uzatmasi noaniq chiqdi. |
| 6' | ![]() |
Xitoyning xavfli hujumini himoyachilarimiz bu safar qiyinchilik bilan qaytarishdi |
| 5' | ![]() |
Xitoy o‘ng qanotdan hujm tashkil qildi. Ammo Anzur Ismoilov xotirjamlik bilan o‘yin qoidasini buzmasdan bu hujumni bartaraf etdi |
| 4' | ![]() |
O‘zbekiston ijrosida ikkinchi hujum. Chap qanotdan yuqorilatib yetkazilgan uzatmani himoyachi qaytardi. Aliboyev esa 18 metrlardan zarba berishga urinib ko‘rdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 2' | ![]() |
O‘zbekiston dastlabki hujumni o‘ng qanotdan tashkil qildi. Shomurodovning uzatmasidan keyin to‘p raqib darvozasi to‘riga yon tomondan kelib tegdi |
| 1' | ![]() |
Xitoy dastlabki hujumni amalga oshirdi. Ammo himoyachilarimiz xavfni bartaraf etishdi |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga xitoyliklar kiritib berishdi. O‘zbekiston oq, Xitoy qizil rangli formada harakat qilmoqda |
| ' | ![]() |
Bugun Anzur Ismoilov terma jamoa sardori sifatida jamoadoshlarini maydonga boshlab tushmoqda. Xitoyga qarshi o‘yin Anzur uchun O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibidagi 100-uchrashuv bo‘ladi. Shu munosabat bilan unga milliy terma jamoa menejeri Diyor Isametdinov tomonidan "100" raqami tushirilgan maxsus futbolka sovg‘a qilindi. Anzurni bugungi yubiley uchrashuvi bilan tabriklaymiz! |
| ' | ![]() |
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Dastlab O‘zbekiston, so‘ngra Xitoy davlati madhiyalari yangradi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Xitoy va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan matnli onlayn translyasiyani boshlaymiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|