Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionlar ligasi, chorak final
| Javob o‘yini. 17 aprel. soat 23:59. Bosh hakam: Junayt Chaqir (Turkiya) | ||
MANCHESTER SITIRahim Sterling (4, 21)
Bernardu Silva (11) Serxio Aguero (59) |
4 : 3 |
TOTTENXEMSon Xyong Min (7, 10)
Fernando Lyorente (73) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
31.Ederson (D) 02.Kayl Uoker 04.Vensan Kompani 22.Benjamin Mendi 14.Emerik Laport 21.David Silva 07.Raxim Sterling 08.Ilkay Gyundogan 17.Kevin de Breyne 20.Bernardo Silva 10.Serxio Aguero |
01.Ugo Lyoris (D) 05.Yan Vertongen 03.Denni Rouz 04.Tobi Alderveyreld 02.Kiran Trippyer 12.Viktor Vanyama 17.Mussa Sissoko 23.Kristian Eriksen 27.Lukas Moura 20.Dele Alli 07.Son Xyong Min |
|
| ZAHIRA | ||
|
49.Ariyanet Murich (D) 30.Nikolas Otamendi 05.Djon Stounz 25.Fernandinyo 19.Leroy Sane 26.Riyad Marez 33.Gabriel Jezus |
22.Paolo Gassaniga (D) 21.Xuan Foyt 06.Davinson Sanches 33.Ben Devis 11.Erik Lamela 52.Oliver Skipp 18.Fernando Lyorente |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Son Xyong Min (48)
|
||
Matn
| ' | ![]() |
Yarim finalda "Tottenxem" - "Ayaks" juftligi yuzaga keldi. Ikkinchi juftlik esa "Barselona" - "Liverpul" |
| 90+7' | ![]() |
O‘yin tugadi. "Tottenxem" yarim finalga yo‘l oldi! |
| 90+6' | ![]() |
Vuuuh! SOn Xeung xet-trikga erishishi mumkin edi. Ammo faqatgina burchak to‘pi |
| 90+3' | ![]() |
GOOOOOOOL! Rahim Sterling! 5:3! Yo‘q, VAR golni bekor qilmoqda! Eriksen ortga uzatma berdi. Ammo to‘p Gyundoganning oyog‘idan Agueroga borib tushdi. Serxio esa Rahimni to‘p bilan ta’minlagandi... |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shildi |
| 90' | ![]() |
"Tottenxem"da o‘zgarish: Denni Rouz o‘rniga Davinson Sanches tushirildi |
| 89' | ![]() |
Uoker yuqoridan uzatma berdi. Lyoris osonlik bilan to‘pni egallab oldi |
| 86' | ![]() |
Vuuuuh! "Siti" gol urishiga oz qoldi! Kompani tomonidan yetkazilgan uzatmani Sane bosh bilan Gyundoganga yetkazdi. Ilkay 4-5 metrdan (o‘tkir burchak ostida) aniq zarba olmadi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi |
| 85' | ![]() |
Mezbonlar maydon markazida to‘pni yo‘qotishdi. Lyorente olis masofadan zarba yo‘lladi. Ederson ortga qaytdi va to‘pni egallab oldi |
| 84' | ![]() |
"Siti"da o‘zgarish: Mendi o‘rniga Leroy Sane tushirildi |
| 81' | ![]() |
"Tottenxem"da o‘zgarish: Lukas Moura o‘rniga Ben Devis tushdi |
| 81' | ![]() |
Bernardu Silva jarima maydonchasiga uzatma berdi. Rahim uzatmaga yeta olmadi |
| 80' | ![]() |
Vuuuh! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Aguero bosh bilan zarba berdi. Lyoris sakradi va to‘pni egallab oldi |
| 78' | ![]() |
Bernardu o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va chap oyoqda zarba yo‘lladi. To‘p himoyachining oyog‘iga tegdiyu, ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 77' | ![]() |
Viktor Vanyama sariq kartochka oldi. U taktik fol orqali Kevin de Bryuyneni yiqitdi |
| 76' | ![]() |
Sterling jarima maydonchasi ichida to‘pni to‘xtatib berdi. Aguero kuchli, ammo naoniq zarba berdi |
| 74' | ![]() |
Chaqir vaziyatni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish uchun monitor oldiga yo‘l oldi. To‘p hujumchining qo‘liga tekkanmikan a? Yo‘q, hammasi joyida. Gol inobatga olindi! |
| 73' | ![]() |
GOOOOOOL! Fernando Lyorente, 4:3! Burchakdan yetkazilgan uzatmani hujumchi darvozaga joylab qo‘ydi |
| 72' | ![]() |
Son Xeung Min o‘tkir burchak ostida darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatga chiqdi va zarba berdi. To‘p Edersondan maydonni tark etdi |
| 71' | ![]() |
De Bryuyne jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Lyoris to‘pni egallab oldi |
| 66' | ![]() |
"Siti"dan yana bir xavfli hujum. Rahim ofsaydda qoldi |
| 65' | ![]() |
"Shaharliklar" tezkor qarshi hujumga o‘tishdi. Ammo Aguero jamoadoshlariga o‘z vaqtida uzatma bera olmadi |
| 64' | ![]() |
De Bryuyne o‘ng qanotdan bir himoyachidan qochib, darvoza yaqiniga uzatma berdi. Mudofaachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 63' | ![]() |
"Man Siti"da o‘zgarish: David Silva o‘rniga Fernandinyo tushirildi |
| 61' | ![]() |
Mana bu hisob endi "Manchester Siti"ni qanoatlantiradi. Endi "Tottenxem" oldinag tashlansa kerak |
| 59' | ![]() |
GOOOOOOOL! Serxio Aguero, 4:2! Kevin de Bryuyne to‘pni qabul qildi va darhol oldinga tashlandi. Belgiyalik ftubolchi bir futbolchini aldab o‘tib, jarima maydonchasiga kirayotgan Aguero tomon pas berdi. Serxio o‘tkir burchak ostida kuchli zarba bilan darvozani zabt etdi. |
| 57' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Qanotdan yetkazilgan uzatmaga Lyorente mezbonlar jarima maydonchasi ichida bosh bilan zarba berdi. Ederson zarbani qaytardi |
| 54' | ![]() |
Mezbonlar ijrosidagi burchak to‘pi xavfli bo‘lmadi |
| 54' | ![]() |
vuuuuh! Lyoris "Tottenxem"ni qutqarmoqda! de Bryuyne 15 metrlardan kuchli zarba berdi. Ugo esa ajoyib seyv namoyish qildi |
| 50' | ![]() |
VUUUUUH! "Siti" juda xavfli hujum tashkil qildi. Sterling 8-9 metrlardan yo‘llagan zarbani darvozabon qaytardi. Qaytgan to‘pga Bernardu yetib kelib zarba berishga urindi, ammo himoyachi so‘nggi pallada unga xalal berib qoldi |
| 49' | ![]() |
Kevin jarimadan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 48' | ![]() |
De Bryuyne raqib jarima maydonchasi tomon yaqinlashayotgan edi. Son Xeung Min uni yiqitdi. Koreyalik futbolchi ogohlantirish oldi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim start oldi |
| ' | ![]() |
Darvoqe, chorak final bosqichi doirasida bo‘layotgan yana bir o‘yinda "Portu" o‘z uyida "Liverpul"ga yutqazmoqda — 0:1. |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Manchester Siti" - "Tottenxem" - 3:2. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Kevin de Bryuyne bir himoyachini aldab o‘tib, 22 metrlardan chap oyoqda aniq zarba yo‘lladi. Lyoris to‘pni egallab oldi |
| 43' | ![]() |
Vuuuh! Son Xyong Min! U jarima maydonchasiga kirib, chap oyoqda zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 41' | ![]() |
"Tottenxem"da o‘zgarish bo‘ldi: Sissoko o‘rniga Lyorente tushirildi |
| 42' | ![]() |
Mezbonlarning xavfli hujumi. Sterlingning uzatmasidan keyin David Silva jarima maydonchasiga kirdi, ammo sheriklariga pas bera olmadi |
| 40' | ![]() |
Mussa Sissoko jarohat oldi. Uning o‘rniga boshqa futbolchi tushishi lozim |
| 37' | ![]() |
O‘ng qanotdan yerlatib yetkazilgan uzatmani Serxio Aguero jarima maydonchasi ichida qabul qildi va darvoza tomon zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi |
| 34' | ![]() |
Hozirgi hisob "Tottenxem"ni qanoatlantiradi. Safardagi gol qoidasi tufayli "shporlar" keyingi bosqichga yo‘l olishadi. "Siti" yarim finalga chiqishi uchun o‘z darvozasi daxlsizligini saqlagan holda, kamida yana bitta gol urishi mumkin. Oldinda hali bir soat vaqt bor. Bu o‘yinda hamma narsa yuz berishi mumkin |
| 30' | ![]() |
Maydon egalari qisqa paslar orqali hujum tashkil qilishmoqda. "Tottenxem" yaxshi himoyalana boshladi |
| 28' | ![]() |
To‘p bilan ko‘proq mehmonlar muomalada bo‘lishmoqda |
| 21' | ![]() |
GOOOOOOOL! Rahim Sterling, 3:2! "Shaharliklar" jarima to‘pini tezkor o‘yinga kiritib, raqib himoyachilarini shoshirib qo‘yishdi. Narigi ustun tomon yetkazilgan uzatmani Rahim darvozaga joylab qo‘ydi! Fantastik o‘yin! |
| 18' | ![]() |
David Silva jarima zarbasini tepdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 11' | ![]() |
GOOOOOL! 2:2! O‘yinda hisob yana tenglashdi. Maydon egalari o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib kelgan Bernardu Silvaning to‘p bilan ta’minlashdi. Uning zarbasidan keyin to‘p himoyachining oyog‘iga tegib, o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va yaqin burchakka dumalab kirib ketdi |
| 10' | ![]() |
GOOOOOOL! Son Xyong Min, 1:2! Gvardiola jamoasi o‘ziga kelib ulgurmasidan mehmonlar ikkinchi golni urishdi. "Shporlar" tezkor qarshi hujum tashkil qilishdi. Son 19 metrlardan aylanma zarba berib, Edersonni dog‘da qoldirdi |
| 7' | ![]() |
GOOOOOL!Yo Son Xyong Min, 1:1! Hisob tenglashdi. "Tottenxem" hujum qilayotgan paytda mezbon jamoa markaziy himoyachisi to‘pni jarima maydonchasidan uzoqlashtirishda muvafaqiyatli harakat qila olmadi. Koreyalik futbolchi esa 17 metrlardan darhol zarba berdi. Unchalik kuchli bo‘lmagan zarbani Ederson qaytara olmadi. |
| 3' | ![]() |
GOOOOOL! Rahim Sterling, 1:0! "Shaharliklar" dastlabki hujumniyoq golga aylantirishdi. Kevin de Bryuynening uzatmasidan keyin Rahim jarima maydonchasining chap tomonida to‘pni qabul qildi va olis burchak tomon aylanma zarba berdi! |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Yevropa chempionlar ligasi chorak final bosqichi «Manchester Siti» - «Tottenxem» o‘yinidan matnli onlayn translyasiyani e’tiboringizga havola qilamiz. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|