Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo chempionlar ligasi, «D» guruhi

4-tur. 22 aprel. soat 21:00. Bosh hakam: Jumpey Iida (Yaponiya)

AS-SADD

Xavi (9)
Bog‘dod Bunidja (87)

2 : 1

PAXTAKOR

Egor Krimes (30)
JAMOALAR TARKIBI
Saad ash-Shiyb
Abdulkarim Hassan
Hamid Ismoil
Toriq Salman
Bualim Xuxiy
Salim al-Hajriy
Xavi (S)
Gabi
Ali Asadilla
Hasan al-Haydos
Bag‘dod Bunayja
  Sanjar Quvvatov (D)
Farrux Sayfiyev
Egor Krimes (S)
Sherzod A’zamov
Hojiakbar Alijonov
Odil Hamrobekov
Sardor Sobirxo‘jayev
Jaloliddin Masharipov
Dragan Cheran
Doston Hamdamov
Marat Bikmayev
ZAHIRA
Meshaal Barsham
Jun Vu Yon
Hassan Ahmad
Meshaal Ibrohim
Yosir Isa
Saud Ibrohim
Ibrohim Said
  Eldor Suyunov (D)
Akrom Komilov
Igor Sergeev
Jasur Yaxshiboyev
Vladimir Kozak
Marko Simich
Javohir Sidiqov
SARIQ KARTOCHKA
Gabi (40)
Hamid Ismoil (58)
 
Dragan Cheran (20)
Sanjar Quvvatov (32)
Odil Hamrobekov (36)
Doston Hamdamov(69)
Egor Krimes (89)

Matn

90+3'
O‘yin tugadi. Afsuski, "Paxtakor" alamli mag‘lubiyatni qabul qildi.
90+2'
Yaxshiboyev tomonidan havodan yetkazilgan uzatmani "As-Sadd" darvozaboni egallab oldi.
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
89'
Krimes sariq kartochka oldi. Xavi uchun yana bir imkoniyat. Davrozagacha 20 metr masofa
89'
"Paxtakor"da o‘zgarish: Sobirxo‘jayev o‘rniga Igor Sergeev tushirildi
88'
Toshkentliklar darhol xavfli hujum tashkil qilishdi. Himoyachilar Yaxshiboyevga zarba yo‘llash imkonini berishmadi
87'
GOL! Sherzod A’zamovning himoyadagi qo‘pol xatosini mezbonlar jazolashdi. Bog‘dod Bunidja yakkama-yakka vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi. Assistent - Xavi
84'
"Paxtakor"da o‘zgarish: Hamdamov o‘rniga Jasur Yaxshiboyev tushdi
83'
"As-Sadd" himoyachilarining xatosidan so‘ng vakillarimiz ajoyib imkoniyatga ega bo‘lishgandi. Ammo himoyachilar bir amallab xavfni bartaraf etishdi
82'
Alijonov chap tomondan jarima maydonchasiga kirayotgan Cheran tomon yuqoridan uzatma berdi. Himoyachi to‘p yo‘nalishini o‘zgartitib, xavfni bartaraf etdi
79'
VUUUUUUH! Xavi o‘ta qulay vaziyatda gol ura olmadi. Uning 14 metrlardan yo‘llagan zarbasini Quvvatov qaytardi. Barakalla, Sanjar!
78'
"As-Sadd"da o‘zgarish: Salim al-Hajriy o‘rniga Jun Vu Yong tushirildi
77'
Jarima zarbasini Siddiqov tepdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi.
76'
Endi esa Masharipov o‘ziga qulay joydan jarima zarbasi ishladi.
74'
VUUUUUH! Nihoyat Sanjar Quvvatov Xavining o‘ta xavfli zarbasini ajoyib seyv orqali qaytardi
73'
Xavi o‘zi uchun qulay pozisiyada fol ishladi. Sobirxo‘jayev ispaniyalik futbolchini yiqitdi
70'
Qatarliklar chap qanotdan hujum tashkil qilib, jarima maydonchasiga uzatma berishdi. Sayfiyev to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
69'
Doston Hamdamov ogohlantirish oldi
68'
Qanotdan yetkazilgan pasni Quvvatov egalladi
67'
Toshkentliklar raqibning xavfli hujumini bartaraf etishdi
66'
"As-Sadd"da o‘zgarish: Ali Asadilla o‘rniga Yosir Iso tushirildi
66'
Bog‘dod Bunidja ofsaydda qoldi
64'
Paxtakorchilar xavfli hujum tashkil qilishdi. Sayfiyev chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va 11 metrli nuqta ustiga uzatma berdi. Hamdamov to‘pga zarba berish uchun birozgina kech qoldi. Himoyachi xavfni bartaraf etdi
63'
Bunidja o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirib keldi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. Quvvatov baland sakrab, to‘pni egallab oldi
62'
"Paxtakor"da o‘zgarish: Marat Bikmayev o‘rniga Javohir Siddiqov tushirildi
61'
Bikmayev chap tomondan jarima maydonchasiga kirib keldi va zarba yo‘lladi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
58'
"As-Sadd" himoyachisi Hamid Ismoil ogohlantirish oldi. U maydon markazida Cheranga to‘pni oldirdi, so‘ngra Draganning oyog‘idan tepib yiqitdi
58'
Maydon egalarining bosimi oshib bormoqda. Yuqoridan yetkazilgan uzatmani Gabi darvozamiz yaqinida egallab oldi. U o‘tkir burchak tomonga ketib qolgani uchun zarba bermadi va tovoni bilan ortga qoldirib ketdi. To‘pni Alijonov egallab oldi
56'
Xavfli vaziyat! Dohalik futbolchi chap qanotdan darvozabon maydonchasiga yuqoridan uzatma berdi. Hujumchi to‘pga sakradiyu, ammo to‘p yo‘nalishini o‘zgartira olmadi. Shunga qaramay, to‘p darvozaga kirib ketishi mumkin edi, agar Sanjar hushyorlikni yo‘qotmaganida
53'
Bunidja himoyachilarimiz orasida bo‘lishiga qaramay, "Paxtakor" jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p darvoza to‘riga yon tomondan kelib tegdi
49'
Vuuuuuh! Al-Haydos jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p Krimesga tegib, darvoza burchagi tomon ketayotgan edi. So‘nggi pallada Qvvvatov to‘pni maydon tashqarisiga burib yubordi
47'
"Paxtakor" tezkor qarshi hujum tashkil qildi. Cheran chap qanotdan jarima maydonchasiga kirayotgan Masharipov tomon uzatma berdi. Himoyachi so‘nggi pallada to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga muvaffaq bo‘ldi
46'
Ikkinchi taym boshlandi. To‘pni o‘yinga Xavi jamoadoshlari kiritib berishdi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "As-Sadd" - "Paxtakor" - 1:1. Tanaffus
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
44'
Vuuuuh! Alijonov qo‘rqmasdan raqib himoyachilari orasidan o‘itb ketdi va 18 metrlardan zarba berdi. Ash-Shiyb to‘pni egallab oldi
41'
Jarima zarbasini Masharipov yo‘lladi. To‘p jonli devorga tegib qaytdi
40'
Gabi ogohlantirish oldi. U o‘zidan qochib ketayotgan Masharipovni qo‘pollik bilan yiqitdi. Jarima maydonchasi burchagiga yaqin joydan jarima zarbasi tepamiz
36'
Hakam Hamrobekovga sariq kartochka oldi. Odil butsasi bilan raqib futbolchisining oyog‘ini bosib oldi. Ammo Odil oldin to‘pga o‘ynagandi
34'
Sayfiyev chap tomondan mezbonlar jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘p himoyachidan maydonni tark etdi. Burchakdan yetkazilgan uzatmani qatarliklar qaytarishdi
33'
Xavi jarima to‘pini kuchli tarzda olis ustun tomon yetkazdi. To‘pga mezbonlardan hech kim yeta olmadi
32'
Ehhh, ehtiyot bo‘lib o‘ynash kerak axir! Tayanch yarim himoyachimiz to‘pni ortga - darvozabon to‘p uzatdi. Ammo to‘pga birinchi bo‘lim "As-Sadd" futbolchisi yetib bordi. Quvvatov esa uni turtib yiqitdi. To‘qnashuv jarima maydonchasi ichida bo‘ldi va futbolchilar maydoncha tashqarisiga yiqilishdi. Agar VAR tizimi bo‘lganida penalti belgilangan bo‘lardi
30'
GOOOOOOOL! Yegor KRIMEEEEES! Burchakdan yetkazilgan uzatma yo‘nalishini Hamrobekov bosh bilan o‘zgartirdi. Olis ustun yonida turgan Krimes bosh bilan darvozani zabt etdi
30'
Vuuuuh! "Paxtakor" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi va Hamdamov 16 metrdan yerlatib kuchzi zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi
29'
VUUUUUUH! Farrux Sayfiyev chap qanotdan ajoyib uzatma berganidan keyin Bikmayev bosh bilan zarba berdi. To‘p darvozabonning qo‘li aralash to‘singa tekkancha yuqoriga ko‘tarilib ketdi
28'
Jamoalar navbati bilan tshpni nazorat qilishmoqda, ammo hozircha xavfli vaziyatlar yo‘q
21'
Himoyachilarimizning qo‘pol xatosidan keyin to‘pni raqib hujumchisi egallab olib, 22 metrlardan xavfli zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
20'
Yuqoridan vaziyat borasida hakam bilan tortishgani uchun Cheran sariq kartochka oldi
19'
Ehhh, hakam! Olis masofaan uzatma berildi va Hamdamov raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirib, zarba berayotganida Abdulkarim Dostonning ortidan turtdi. Shu bois, zarba aniq chiqmadi. Ammo hakam penalti belgilashga jazm etmadi
18'
"As-Sadd" jarima maydonchasi tomon yetkazilgan to‘p uchun kurashda Cheran ikki himoyachidan ustun keldi. Ammo Dragan yetkazgan uzatmaga Bikmayev emas, darvozabon birinchi bo‘lib yetib keldi
16'
Masharipov chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo himoyachilar unga zarba yo‘llash imkonini berishmadi
15'
To‘p Sayfiyevdan maydonni tark etdi. Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Abdulkarim Hassan bosh bilan zarba yo‘lladi, ammo to‘p yuqoridan o‘tib ketdi
14'
To‘p nazorati qatarliklar tomonida. Ular oldinga o‘tib olishganidan keyin to‘pni o‘zlarida ushlashga harakat qilishmoqda
9'
GOOOOOOOLLLL! Xavidan yana bir master kluas! jarima zarbasidan Xavi unumli foydalandi - 1:0.
7'
Sardor Sobirxo‘jayev jarima maydon yaqinida qoida buzdi. To‘p oldida Xavi
5'
Doston Hamdamovning qanotdan oshirgan to‘pini darvozabon ushlab oldi
3'
ZARBBBAA! Masharipov ishtirolkidagi darvoza tomon birinchi zarba. To‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi
1'
"Paxtakor" o‘yinni ancha faol boshladi
1'
Uchrashuv boshlandi. O‘yinni "Paxtakor" boshlab beradi.
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. "Paxtakor" bugun ko‘k-sariq rangli libosda, "As Sadd" esa oq-oq rangli liboslarda harakat qiladi.
'
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. Birozdan so‘ng Osiyo chempionlar ligasi 4-turidan o‘rin olgan "As Sadd" hamda "Paxtakor" o‘rtasidagi bahs boshlandi
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.