Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Evropa chempionlar ligasi, 1/8 final

Dastlabki uchrashuv. 19 fevral, soat 00:45

MANCHESTER SITI

0 : 2

BARSELONA

Messi (54-pen.)
Alves (89)
JAMOALAR TARKIBI
Xart
Sabaleta
Demichelis
Klishi
Navas
Navas
Ture
Fernandinyo
Kolarov
Silva
Negredo
  Valdes
Alves
Pike
Maskerano
Jordi Alba
Buskets
Xavi
Inyesta
Fabregas
Messi
Sanches

Matn

90+2'
O‘yin tugadi.
91'
Qanotda Neymar va Dani Alves juda yaxshi o‘ynashdi. Alves to‘pni Neymarga uzatdi, u ham Alvesga to‘pni qaytardi va himoyachi Xart darvozasini o‘tkir burchakdan ishg‘ol qildi.
90'
Gooooooooooooooooooooooooooooooool Gol Gooooooooooooool
88'
Endi himoyada «Barselona». «Siti» hujumni kuchayitirdi.
86'
Fabregas o‘rniga Serxio Roberto tushdi.
84'
«Siti»!!!!!!!!!! Jeko jarima maydoni ichida to‘pni qabul qilib oldi va zarba berdi. Valdes yana o‘zini ko‘rsatdi. Buning ustiga fol qayd etildi.
82'
«Barselona» yana bitta gol urdi, lekin ofsayddan. Xavi daxshatli pasi bilan to‘pni Fabregasga uzatdi, Sesk uni Pikega uzatdi va bo‘sh qolgan darvozaga himoyachi gol urdi. OFSAYD.
80'
Fernandinyo jarima maydoniga yaqin joyda to‘pni raqibdan olib qo‘ydi va raqib darvozasigacha bordi, lekin sheriklari uni qo‘llab-quvvatlashmadi.
78'
Uxxxxxxxxxxxxxxxxx VALDES. «Siti» juda zo‘r o‘yin ko‘rsatdi. Yaya to‘pni Navasga uzatdi va u to‘pni Silvaga tashlab berdi. Silvaning zarbasi aniq va kuchli chiqdi, lekin Valdes uni egallab oldi.
76'
Xavi qator to‘p uzatishlaridan keyin ajoyib tarzda Fabregasga uzatgan edi, lekin yarim himoyachi ofsaydda qoldi.
74'
Negredo o‘rniga Eden Jeko tushdi.
73'
Aleksis Sanches o‘rniga Neymar tushdi.
71'
«Siti» uyg‘ondu. Navas maydon markazida to‘pni qabul qilib oldi va qanotdan oldinga bordi. U to‘pni darvoza yaqiniga uzatdi, lekin Valdes barchasini o‘qid.
69'
DANI ALVES.!!!!!!!!!!!!!! Alves Xavi bilan devor usulida kombinasiya amalga oshirdi va darvozaga o‘tkir burchakdan yaqinlashdi. Uning zarbasi bir necha sm aniqlik yetishmadi.
67'
Yana o‘ng qanotda to‘pni egallab olib, juda chiroyli to‘p uzatishini amalga oshirdi. Zarba berish uchun erkin zonada bo‘lgan Xavining zarbasiga aniqlik yetishmadi.
65'
Negredo juda yaxshi harakat qildi. U jarima maydoni yaqinida to‘pni egallab oldi va kuchli zarba berdi. Zarba yo‘liga Pike ko‘kragini tutib berdi.
63'
«Barselona»ning navbatdagi hujumini Alves rivojantirdi, lekin uning darvoza yaqiniga yetkazib bergan to‘pini Xart egallab oldi.
61'
Pike hujumga yordamga keldi va Sabaleta uni to‘xtatib qoldi. Yana bir sariq kartochka.
59'
Samir Nasri va Julian Leskott maydonga tushdi.
57'
«Barselona» goldan ruhlangan holda «Siti»ga bosim o‘tkazmoqda. Inyesta himoyachilardan o‘tib ketdi va zarba berdi. Xart o‘z o‘rnida.
55'
Penalti belgilangan vaziyatda hakamga gap so‘z bo‘lishi mumkin emas. Messi Demichelisdan tezlikda o‘tib ketdi va himoyachining qiladigan ishi qolmagan edi va oxirgi folni qo‘lladi.
53'
Messiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiii 1:0. Darvozabonga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
52'
Penalti. Demichelis Messini to‘xtatib qoldi. Bu so‘nggi umid foli edi. Qizil kartochka.
50'
Exxxxxxx Fabregassssss!!!!!!!!!!!> Messi maydon markazida to‘pni qabul qilib olib, tom ma’noda yorib kirdi jarima maydonigacha va to‘pni Fabregasga, lekin Sesk xato qildi.
48'
Ikkinchi bo‘limda endi «Siti» to‘pni nazorat qilmoqda. Ular birinchi hujumni uyushtirishga ham ulgurishdi. Negredo jarima maydonchasiga yorib kirishiga sal qoldi.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
45'
Birinchi bo‘limga hech nima qo‘shib berilmadi.
44'
Bugun eng ko‘p namoyish etilgan futbolchi Alvaro Negredo bo‘lib turibdi. Navasning navbatdagi havolatib uzatgan to‘pini Negredo bosh bila darvozaga yo‘lladi, lekin noaniq.
42'
Messi maydon markazida to‘pni egallab oldi va Yaya Turening podkatidan lip etib o‘tib ketdi. Jarima maydoniga yaqin kelib to‘pni Alvesga uzatdi, lekin uning qayta pasidan keyin Sanches ofsaydda qoldi.
40'
Inyesta maydon markazidan Negredodan to‘pni olib qo‘ydi va katta masofani bosib o‘tgan holda Aleksisni juda yaxshi vaziyatga olib chiqdi, lekin Demichelis super harakat qildi.
38'
!!!!!!!!!! Kolarov Busketsga nisbatan juda juda qo‘pol o‘ynadi. Hakam uni ayadi va sariq kartochka ko‘rsatdi.
36'
Messining zarbasidan keyin to‘p jonli devorga tegdi va «Barselona»ning o‘yini davom etadi.
35'
Messini 25 metrlarda yiqitishdi. «Barselona» juda qulay jarima zarbasini tepadi.
33'
Uzoq davom etgan karuseldan keyin Xavi to‘pni darvozaga yo‘lladi, lekin Xart zarbani qaytardi.
31'
!!!!!!!!!! Inyesta juda chiroyli tarzda himoyachilardan o‘tib ketdi va darvozaga yo‘llagan edi, ammo Yaya Ture unga imkon bermadi.
29'
Maydon markazida Negredo Pikega orqa tomondan podkat tashladi va sariq kartochka oldi.
27'
Negredo qanotdan to‘pni qabul qilib oldi va juda kuchli zarba berdi. Valdes o‘z o‘rnida.
25'
VALDESSSSSSSSSSSSSSSS. «Siti» hisobni ochishiga bir bahya qoldi. Silva to‘pni jarima maydoniga uzatib berdi. Kompani to‘pni bosh bilan darvozaga yo‘lladi. Valdes xatoga yo‘l qo‘ygan edi, lekin keyinchalik aql bovar qilmas reaksiya bilan to‘pni egallab oldi.
23'
Endi ustunlim «Siti»da. Klishi qanotdan oldinga bordi, lekin Alves uni yiqitdi. Birinchi sariq kartochka.
21'
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Mana SITI. Akvaro Negredo ofsayd chizig‘ida to‘pni qabul qilib oldi va himoyachilarni aldab o‘tdi, Valdesni ham aldab zarba berdi, lekin to‘p darvoza chizig‘iga parallel o‘tib ketdi.
20'
O‘yindagi ilk xavfli vaziyatni «Siti» yuzaga keltirdi. Ture markazda himoyachilarni ortda qoldirgan holda to‘pni Navasga uzatdi. Navas esa Nasriga uzatdi, Samirning zarbasini himoyachilar qaytarishdi.
18'
«Siti»ning birinchi hujumi. Maydon markazidan Ture Negredoga to‘pnu uzatdi, lekin unga ikkita himoyachidan o‘tib ketish nasib qilmadi.
17'
«Siti» birinchi marta maydon markazidan ooooozgina o‘tgan edi. Alves Kolarovni qulatdi.
16'
To‘pni nazorat qilish bo‘yicha ko‘rsatkich 22:78.
15'
Dani Alves qanotdagi yurishi bilan burchak to‘pi ishlab oldi. Ikkinchi burchak zarbasi ham «Barselona»ga hech nima bermadi.
13'
Fabregas Messiga ajoyib to‘p uzatishini amalga oshirdi. Leo bir harakat bilan Demichelisdan o‘tib ketmoqchi bo‘ldi, lekin himoyachi to‘pni olib qo‘ydi.
11'
To‘p hamon «Barselona»da. «Siti» ikki qavat himoya chizig‘ini yaratgan.
9'
Yana Fabregas oldinga bordi. Bu gal u markazdan jarima maydoniga yorib kirmoqchi bo‘ldi, lekin himoyachilar uni to‘xtatishdi. «Siti» maydon markazidan o‘ta olishmayapti.
7'
«Barselona» haddan tashqari katta ustinlik bilan to‘pni egallab turibdi. «Siti» futbolchilari hayajonlanishmoqda (!)
5'
«Barselona»ning navbatdagi hujumidan keyin Fabregas qanotdan oldinga bordi va himoyachi to‘pni tepib yubordi. Burchak to‘pi esa samarasiz bo‘ldi.
3'
Har ikki jamoada ham hayajon sezilib turibdi. «Barselona» to‘pni nazorat qilishni boshlab yubordi. Qanotda Fernandinyo vatandoshi Dani Alvesga qo‘pollik qilishga ham urindi.
1'
O‘yin boshlandi.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Sizlarni «Manchester Siti» hamda «Barselona» jamoalari o‘rtasidagi daxshatli o‘yinni onlayn kuzatishga taklif qilamiz.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.