Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionlar ligasi, yarim final
| Dastlabki o‘yin. 30 aprel, soat 23:59. Bosh hakam: Antonio Mateo Laos (Ispaniya) | ||
TOTTENXEM |
0 : 1 |
AYAKSDonni van de Beek (15)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Ugo Lyoris (D) 06.Davinson Sanches 02.Kiran Trippyer 03.Denni Rouz 04.Tobi Alderveyreld 05.Yan Vertongen 23.Kristian Eriksen 27.Lukas Moura 12.Viktor Vanyama 20.Dele Alli 18.Fernando Lyorente |
24.Andre Onana (D) 31.Nikolas Talyafiko 03.Joel Veltman 17.Deyli Blind 10.Dushan Tadich 04.Matteys de Lixt 20.Lasse Shone 06.Donni van de Bik 21.Frenki de Yong 07.David Neres 22.Hakim Ziyesh |
|
| ZAHIRA | ||
|
22.Paolo Gassaniga (D) 21.Xuan Foyt 33.Ben Devis 16.Kayl Uolker-Piters 17.Mussa Sissoko 15.Erik Dayer 52.Oliver Skipp |
28.Bruno Varela (D) 16.Lisandro Magalyan 12.Nusseyr Mazrui 08.Deyli Sinkgraven 30.Dani de Vit 25.Kasper Dolberg 09.Klaas-Yan Xuntelaar |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Nikolas Talyafiko (30)
Joel Veltman (63) |
||
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin tugadi. "Ayaks" Londonda g‘alaba qozondi. Bu juftlikda hamli hech narsa tugamadi. Javob o‘yini 8 may kun Amsterdamda bo‘lib o‘tadi |
| 90+1' | ![]() |
Moura 20 metrlardan zarba yo‘llamoqchi bo‘ldi, ammo to‘p uning oyog‘iga "o‘tirmadi" |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi taymga 3 daqiqa qo‘shildi |
| 87' | ![]() |
"Ayaks"da o‘zgarish: Hakim Ziyesh o‘rniga Xuntelaar maydonga tushdi. |
| 84' | ![]() |
Mezbonlar raqib darvozasi tomon yo‘l topa olishmayapti |
| 81' | ![]() |
Eriksen jarimadan yetkazgan uzatmaga "Tottenxem" futbolchilaridan biri bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 79' | ![]() |
"Tottenxem"da ikkita o‘zgarish: Denni Rouz o‘rniga Ben Devis, Tripye o‘rniga Xuan Foyt tushirildi |
| 78' | ![]() |
VUUUUUUH! "Tottenxem"ni darvoza ustuni goldan qutqarmoqda. Mazraviy o‘ng tomondan oldinga o‘tib, hujumga asos soldi. Ziyeshning uzatmasidan keyin to‘pni qabul qilgan Neres o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p ustunga tegib qaytdi. Lyoris joyida qotib qolgandi |
| 75' | ![]() |
"Shporlar" raqib pressingidan chiqib ketib, yaxshi hujum tashkil qilishdi. Ammo bor-yo‘g‘i burchak to‘pi |
| 73' | ![]() |
Mehmonlar yana bir hujumni qisqa paslar orqali tashkil qilishdi. Sissoko xavfni bartaraf etdi |
| 71' | ![]() |
"Ayaks" futbolchilari ko‘pchilik bo‘lib pressing ishlatishdi va raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni olib qo‘yishdi. Tadich 10 metrlardan yo‘llagan zarba mezbon futbolchisiga tegib qaytdi |
| 70' | ![]() |
Andre Onana yuqoridan yetkazilayotgan uzatmalarga juda ko‘p chiqmoqda va aksariyat hollarda muvaffaqiyatli harakat qilmoqda |
| 68' | ![]() |
Amsterdamliklar qarshi hujumga qochib ketishlari mumkin edi. Ammo van de Beek tomon yetkazilgan uzatmani biroz noaniq bo‘ldi |
| 65' | ![]() |
"Ayaks"da o‘zgarish: Lasse Shon o‘rniga Nussayr Mazruy tushirildi |
| 63' | ![]() |
Joel Veltman ogohlantirish oldi |
| 62' | ![]() |
Mezbonlarning yaxshi hujumi. Moura o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib, darvoza yaqiniga uzatma berdi. Himoyachi xavfni bartaraf etdi |
| 58' | ![]() |
Yuqoridan jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni Onana osonlik bilan egallab oldi |
| 56' | ![]() |
"Shporlar"ning bu galgi hujumi o‘xshadi. Dele Alli bosh bilan so‘nggi zarbani aniq bera olmadi |
| 55' | ![]() |
Taym boshidagi ochiq o‘yindan keyin har ikkala jamoada xatolar ketma-ketiligi kuzatilmoqda |
| 51' | ![]() |
Vuuuh! "Ayaks" gol urishga yaqin keldi. So‘nggi pallada Rouz darvozabon maydonchasi ichida to‘pni tepib yubordi |
| 50' | ![]() |
Vuuuh! Dele Alli 15 metrlardan zarba berdi. Onana to‘pni egallab oldi |
| 49' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Onana to‘pni egalladi |
| 46' | ![]() |
Talyafiko olis masofadan xavfli zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi taymga start berildi. To‘pni o‘yinga "Tottenxem" kiritib berdi |
| ' | Ikkinchi bo‘lim boshlanish arafasida. | |
| 45+5' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Tottenxem" - "Ayaks" - 0:1. Tanaffus |
| 45+5' | ![]() |
Vuh! Sissoko olis masofadan kuchli zarba berdi. Ammo noaniq |
| 45+4' | ![]() |
Vuuuuh! Jarimadan yetkazilgan uzatmaga Alderveyreld 10 metrlardan bosh bilan zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 45+2' | ![]() |
"Tottenxem" hisobni tenglashtirishi mumkin edi. de Lixt darvoza oldida xavfni bartaraf etdi |
| 5' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berdi hakam |
| 45' | ![]() |
Mehmonlar qisqa paslar orqali raqib jarima maydonchasiga kirib borishdi, ammo so‘nggi pallada markaziy himoyachi to‘pni egallab olib, xavfni bartaraf etdi |
| 43' | ![]() |
Neres yakkama-yakka vaziyatga qochib ketayotgandi, ammo Sanches yelkama-elka kurashda hujumchidan ustun keldi |
| 42' | ![]() |
"Tottenxem" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Onana musht bilan urib yubordi |
| 41' | ![]() |
Mehmonlar jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. De Lixt bosh bilan noaniq zarba berayotgan paytda ofsaydda qolgan edi |
| 40' | ![]() |
"Tottenxem"da yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Lukas Moura o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirib borib, so‘nggi chiziq oldidan darvozabon maydonachasi tomon uzatma berdi. Onani to‘pni egallab oldi |
| 39' | ![]() |
Yan Vertongen o‘yinni davom ettira olmaydigan bo‘ldi. U o‘zini yomon his qilmoqda. Uning o‘rniga Musa Sissoko tushirildi |
| 37' | ![]() |
Qanotdan yetkazilgan uzatmani Lyoris egallab oldi |
| 36' | O‘yin davom etadi. Mazkur to‘xtalish uchun birinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shilsa kerak | |
| 34' | ![]() |
Futbolchilarga hamon tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Vertongenning burni yorildi. Qon oqdi, futbolka almashtirilishi kerak |
| 31' | ![]() |
"Tottenxem" jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. "Ayaks" posboni Onana to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Mezbonlar yarim himoyachisi yo‘llagan zarba himoyachiga tegib qaytdi. Shundan so‘ng hakam o‘yinni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Boisi, Vertongen va Alderveyreld o‘zaro to‘qnashib ketib, jarohat olishdi |
| 30' | ![]() |
Nikolas Talyafiko sariq kartochka oldi |
| 29' | ![]() |
Pochettino jamoasi o‘yinni tenglashtirishga harakat qilmoqda |
| 26' | ![]() |
Oho! "Tottenxem" maydon markaziga yaqin joydan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Lyorente 11 metrli nuqta atrofidan bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 24' | ![]() |
VUUUUUUH! JUda chiroyli kombinasiya! Albatta amsterdamliklar ijrosida! Faqat so‘nggi pas yetishmadi. "Lyoris oyog‘i bilan zarbani qaytarib qoldi! |
| 24' | ![]() |
"Tottenxem" raqibdan to‘pni olib qo‘yishga qiynalmoqda |
| 21' | ![]() |
Londonliklar ijrosidagi qarshi hujum "Ayaks" jarima maydonchasigacha yetib bormadi |
| 20' | ![]() |
O‘yinning 20-daqiqasiga kelib to‘p bilan muomaladagi farq — 34/66% |
| 19' | ![]() |
Burchak to‘pi jarima zarbasiga aylandi. "Ayaks"ning shturmi davom etadi |
| 18' | ![]() |
Yosh gollandlar maydonda uchib harakat qilishmoqda. Denni Rouz burchakka yaqin joyda Neresga nisbatan qo‘pol o‘ynadi |
| 17' | ![]() |
Vuuuuuh! Yana bir ajoyib hujum! "Tottenxem" himoyachisi o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘yishiga oz qoldi |
| 15' | ![]() |
GOOOOOOOL! Donni van de Beek, 0:1! Mehmonlarning qisqa paslari "Tottenxem" mudofaasini parchaladi. Hujumchi yakkama-yakka vaziyatda qoldi va darvozani ishg‘ol qildi |
| 13' | ![]() |
Hakim Ziyesh "Tottenxem" jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni o‘ziga bo‘ysundirdi va 21 metrdan zarba berdi. To‘p himoyachiga tegdiyu, ofsaydda turgan Neresga borib tushdi |
| 11' | ![]() |
"Ayaks" qisqa paslar orqali asta-sekin "Tottenxem" jarima maydonchasi tomon yaqinlashib kelmoqda. Maydon egalari hozircha to‘psiz yugurishga majbur |
| 9' | ![]() |
"Ayaks" futbolchilari to‘pni hozircha maydonning o‘zlariga tegishli qismida nazorat qilishmoqda |
| 5' | ![]() |
"Ayaks" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar qaytargan to‘pni "Ayaks" futbolchisi jarima maydonchasi chizig‘i ustidan darvoza tomon tepdi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi |
| 4' | ![]() |
Dastlabki xavfli hujumni mehmonlar uyushtirishdi. van de Beek raqib himoyachisidan to‘pni olib qo‘yib, jarima maydonchasiga kirib bordi va sherigiga uzatma berdi. To‘p mezbon futbolchisidan maydonni tark etdi |
| 3' | ![]() |
"Ayaks" hujumkor jamoa ekanini bilamiz. "Tottenxem" esa bugun o‘z uyida, o‘z muxlislari qarshisida o‘ynamoqda. "Shporlar" bugun gol urishga jiddiy harakat qiladi. SHU bois, bugun nisbatan ochiq o‘yinga guvoh bo‘lsak ajab emas |
| 1' | ![]() |
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz: "Tottenxem" tarkibida ikkita jiddiy yo‘qotish bor. Xarri Keyn jarohatidan hamon sog‘aymagan bo‘lsa, Son Xeung Min diskvalifikasiya tufayli bugun maydonga tusha olmaydi. |
| 1' | ![]() |
Diqqat! Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga amsterdamliklar kiritib berishdi |
| ' | «Tottenxem» oq, «Ayaks» esa qora rangli futbolkalarda o‘ynaydi | |
| ' | Evropa chempionlar ligasi madhiyasi yangramoqda. | |
| ' | ![]() |
Diqqat, "Tottenxem" va "Ayaks" jamoalarining boshlang‘ich tarkiblari maydonga chiqib kelishmoqda. Bosh hakam — Mateo Laos (Ispaniya) |
| ' | O‘yin boshlanishiga 10 daqiqa vaqt qoldi. Birozdan keyin jamoalar maydonga chiqib kelishadi | |
| ' | ![]() |
Xo‘sh, sizningcha, "Tottenxem" - "Ayaks" juftligida qaysi jamoaning finalga chiqish imkoniyati yaxshiroq? Dadil fikr aytish qiyin a? Bu juftlikda favorit yo‘q |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Yevropa chempionlar ligasining yarim final bosqichiga yetib keldik. Bugun Londondagi «Tottenxem Xotspur Stedium»da mezbonlar mavsum kashfiyoti «Ayaks»ni qabul qilishmoqda. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|