Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionlar ligasi, yarim final
| Dastlabki o‘yin. 1 may, 23:59. Bosh hakam: Byorn Keypers (Gollandiya) | ||
BARSELONALuis Suares (26)
Lionel Messi (75, 82) |
3 : 0 |
LIVERPUL |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 03.Jerar Pike 15.Kleman Lengle 18.Xordi Alba 22.Arturo Vidal 04.Ivan Rakitich 05.Serxio Buskets 20.Serxi Roberto 07.Filippe Koutinyo 09.Luis Suares 10.Lionel Messi |
13.Alisson (D) 03.Fabinyo 26.Endryu Robertson 12.Jo Gomes 04.Virjil van Deyk 05.Jorjinyo Veynaldum 32.Joel Matip 08.Nabi Keyta 07.Jeyms Milner 10.Sadio Mane 11.Muhammad Saloh |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Yasper Sillessen (D) 02.Nelsinyo Semedu 23.Samuel Umtiti 08.Artur 26.Karles Alena 14.Malkom 11.Usmon Dembele |
22.Simon Minyole (D) 06.Deyan Lovren 66.Trent 23.Jerdan Shakiri 14.Jordan Xenderson 27.Divok Origi 09.Roberto Firmino |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Kleman Langle (38)
|
Fabinyo (81)
|
|
Matn
| 90+7' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Barselona" - "Liverpul" - 3:0! Javob o‘yini 7 may kuni |
| 90+7' | ![]() |
VUUUUUH! "Barselona" muqarrar golni ura olmadi! Messi-Dembele qarshi hujumidan keyin Usmon 12 metrlardan darvozabonning qo‘liga zarba berib qo‘ya qoldi. |
| 90+5' | ![]() |
Dembele qizg‘andi. To‘pni qulay holatda turgan Rakitichga berish o‘rniga, o‘zi noaniq zarba berdi |
| 90+4' | ![]() |
Pike maydon markazidan turib oldinga o‘tayotgan Dembele yo‘nalishiga uzatma berdi. Usmon to‘pni o‘ziga bo‘sundira olganida Alisson bilan yuzma-yuz holatda qolar edi |
| 90+3' | ![]() |
"Barselona"da 2ta o‘zgarish bo‘ldi: Suares va Roberto o‘rniga Dembele va Alenya tushirildi |
| 90+2' | ![]() |
"Liverpul" burchak to‘pini o‘yinga kiritgan paytda darvozabon to‘pni egallab olib, tezkor qarshi hujumga asos soldi. Messi boshchiligidagi 3 futbolchi raqibning 2 himoyachisiga qarshi chiqib bordi. Leo Suaresni tanladi, ammo urugvaylik futbolchining uzatmasini mehmon himoyachi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 90+1' | ![]() |
Oho! "Liverpul" yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi. Ter Shtegen burchakdan yetkazilgan uzatma paytida oldinga chiqdiyu, mushti bilan urib yubordi. Xenderson esa bo‘sh qolgan darvozaga bosh bilan zarba berdi. Himoyachi xavfni bartaraf etdi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi taymga 5 daqiqa qo‘shib berildi |
| 88' | ![]() |
Oho! "Barselona" to‘rtinchi golni urishi mumkin edi. Suaresning pasidan keyin Serxi Roberto raqib jarima maydonchasiga kirdi-yu, ammo to‘pni o‘zidan uzoqlashtirib yubordi |
| 84' | ![]() |
VUUUUUUH! "Liverpul"dan omad yaqqol yuz o‘girdi!!! Dastlab Firmino raqib jarima maydonchasi ichida egalladi va zarba berdi. "Barsa" futbolchilaridan biri to‘pni chiziq ustida qaytarib qoldi. To‘p esa Salohga kelib tushdi. Muhammad zarbasidan keyin hamma "GOL" deb turganida to‘p ustunga tegib qaytdi... |
| 82' | ![]() |
GOOOOOOOOOOL! Super Messidan supergol!!! 3:0! Davrozagacha 28 metrlardan belgilangan jarima zarbani Messi "to‘qqizlik"ga mixlab qo‘ydi! Ideal zarba |
| 81' | ![]() |
Hakamga e’tiroz bildirgani uchun Luis Suares ham "sariq" oldi |
| 81' | ![]() |
Fabinyo sariq kartochka oldi. Messini qo‘pollik bilan to‘xtatdi |
| 80' | ![]() |
"Barselona"da yana bir xavfli hujum. Messi-Alba kombinasiyasidan keyin Jordi jarima maydonchasiga yerlatib uzatma berdi. Serxi Roberto to‘pni Suaresga to‘xtatib berishga urindi, ammo u raqiblarga nasid etdi |
| 79' | ![]() |
"Liverpul"da o‘zgarish: Veynaldum o‘rniga Roberto Firmino tushirildi |
| 75' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Lionel MEEESSIII, 2:0! Argentinalik futbolchi to‘p bilan jarima maydonchasiga yaqinlashayotganida, Fabinyo to‘pni qaytarishga urindi, ammo bu jarima maydonchasiga kirgan Roberto uchun uzatma bo‘lib chiqdi. Serxi yonida ochilgan Suaresni to‘p bilan ta’minladi. Luisning tizza bilan bergan zarbasi natijasida to‘p to‘singa tegib qaytdi. Ammo qaytgan to‘pni Messi egalladi va bo‘sh darvozaga joylab qo‘ydi |
| 70' | ![]() |
Inrglizlar bosim uyushtirishdi, ammo ish zarbagacha yetib bormadi. To‘p rekoshetlar orqali ter Shtegenga yetib keldi |
| 68' | ![]() |
Messi bergan pasdan keyin Suares oldinga o‘tib, jarima maydonchasiga kirdi, ammo Matipni aldash chog‘ida to‘pni yo‘qotdi |
| 64' | ![]() |
"Barselona"da yaxshi imkoniyat! Messi raqib futbolchilarini chalg‘itib, Vidalni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqdi. Arturo jarima maydonchasi ichida o‘zi zarba berish o‘rniga Suaresga pas berishga qaror qildi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 63' | ![]() |
Messi bergan pasdan keyin Semedu o‘ng qanot bo‘ylab oldinga o‘tdi. U himoyachidan deyarli o‘tib ketgandi, ammo maydon "tugab" qoldi |
| 60' | ![]() |
"Barselona"da o‘zgarish: Koutinyo o‘rniga Nelson Semedu tushdi. |
| 56' | ![]() |
vuuuuuuh! Saloh chap qanotdan yerlatib uzatma berdi. Veynaldum to‘pni o‘zidan o‘tkazib yubordi va ortdan yetib kelgan Milner 11 metrli jarima nuqtasi ustidan zarba berdi. Ter Shtegen bu safar to‘pni egallab oldi |
| 54' | ![]() |
Saloh jarima maydonchasining yon tomonida belgilangan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Havodagi kurashda Serxi Roberto ustun keldi |
| 53' | ![]() |
Vuuuuuh! Muhammad Saloh jarima maydonchasi tashqarisidan xavfli zarba yo‘lladi. Burchakka borayotgan to‘pni ter Shtegen qaytardi. Yana bir seyv |
| 51' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limda "Liverpul" keskin pressing qo‘llamoqda. Bu esa mezbonlarga ancha qiyinchilik tug‘dirmoqda |
| 47' | ![]() |
Vuuuuuh! Ter Shtegen qutqarmoqda! Saloh raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni egallab, jamoadoshlariga berdi. Manening uzatmasidan keyin Milner 25 metrlardan burchak tomon aylanma zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 46' | ![]() |
Futbolchilar maydonga chiqib kelishdi. Ikkinchi taym boshlandi. To‘pni o‘yinga "Barselona" kiritib berdi |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Barselona" - "Liverpul" - 1:0. Tanaffus |
| 45+3' | ![]() |
Klopp jamoasi yaxshi qarshi hujum tashkil qildi, ammo Alba xavfni bartaraf etdi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 41' | ![]() |
Kurash maydon markaziga ko‘chdi |
| 38' | ![]() |
Kleman Langle sariq kartochka oldi. U o‘zidan o‘tib ketayotgan Salohni qo‘li bilan tortib qoldi |
| 38' | ![]() |
"Liverpul" ikkita zarba berdi. Salohning jarima maydonchasi ichida yo‘llagan zarbasi himoyachilarga tegib qaytgan bo‘lsa, Milnerning olis masofadan bergan zarbasi noaniq chiqdi |
| 35' | ![]() |
VUUUUUH! Deyarli maydon markazidan yetkazilgan uzatma natijasida yakkama-yakka vaziyatga chiqayotgan Mane zarba uchun qulay holatga chiqdi. Ammo uning zarbasidan keyin to‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 32' | ![]() |
"Barsa" ijrosida yaxshi hujum. Messining uzatmasidan keyin Alba o‘shz qanotidan jarima maydonchasiga kirdi va Koutinyo tomon uzatma berdi. Filippening zarba berishiga "Liverpul" himoyachilar imkon berishmadi |
| 31' | ![]() |
Robertson chap qanotdan "Barsa" jarima maydonchasiga kirib kelib, yuqoridan uzatma berdi. Pike uzatmani qaytardi |
| 30' | ![]() |
Vuuuh! Messi raqib himoyachilariga bosim o‘tkazib, ulardan to‘pni olib qo‘ydi. Suares to‘pni egallab jarima maydonchasiga kirdi va narigi tomonga uzatma berdi. Van Deyk to‘pni qaytarib yubordi |
| 26' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Luis SUAREEES, 1:0! Albaning kutilmaganda raqib jarima maydonchasi tomon pas berganidan keyin urugvaylik futbolchi yakkama-yakka vaziyatda qoldi va birgina harakat bilan darvozani ishg‘ol qildi |
| 25' | ![]() |
Messi yerlatib pas berib, Albani darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqarmoqchi edi, himoyachilar to‘pni qaytarib qolishdi |
| 24' | ![]() |
"Liverpul"da o‘zgarish: Keyta o‘rniga Jordan Xenderson tushirildi |
| 23' | ![]() |
Suares ikki himoyachi orasidan o‘tib jarima maydonchasiga kirdi va sherigiga pas berdi. Mersisaydliklar xavfni bartaraf etishdi |
| 20' | ![]() |
Nabi Keyta o‘yinni davom ettira olmaydigan ko‘rinadi. Shifokorlar uning o‘rniga boshqa futbolchi tushirilishi kerakligiga ishora qilishmoqda |
| 18' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan uzatmani Langle bosh bilan qaytardi. |
| 17' | ![]() |
Pike xatoga yo‘l qo‘ydi. U jarima maydonchasining chap tomonida to‘pni Manega oldirib qo‘yib, so‘ngra Sadyoni yiqitdi. Jarima to‘pi belgilandi |
| 16' | ![]() |
Vuuuh! Yana bir xavfli zarba. Messining pasidan keyin Koutinyo jarima maydonchasiga kirdi va chap oyoqda zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi. Shundan so‘ng hakam ofsaydni qayd etdi |
| 15' | ![]() |
Xavfli zarba. Koutinyo 16 metrdan aniq zarba yo‘lladi. Alisson Bekken to‘pni egalladi |
| 14' | ![]() |
Negadir VAR bo‘yicha mutaxassislar penalti belgilashga jazm etishmadi |
| 13' | ![]() |
Messi raqib jarima maydonchasiga kirib keldi. Lionelning hakamga ishora qilishicha, Matip to‘pni qo‘li bilan o‘ynagan. Takroriy lavha ham buni tasdiqladi. VAR-chi? |
| 12' | ![]() |
Maydon markazi uchun kurash kechmoqda. "Barsa" to‘p nazoratini o‘zi tomon og‘dirayotgandek |
| 10' | ![]() |
Alba o‘zining qanotidan mehmonlar jarima maydonchasiga uzatma berdi. Suares to‘pga yeta olmadi |
| 7' | ![]() |
"Barselona" qarshi hujumga o‘tib, Serxi Roberto Suaresni oldinga boshladi, ammo Luis to‘pga yeta olmadi |
| 5' | ![]() |
Sadyo Mane raqib jarima maydonchasiga kirib borib, darvozabon maydonchasi ostonasida yiqildi. Pike unga nisbatan qoida buzmagan edi |
| 4' | ![]() |
VUUUUH! Rakitich va Messi o‘zaro "devor" o‘ynadi va Ivan raqib darvozaboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi. "Barsa" yarim himoyachisi o‘zi zarba berishi mumkin bo‘lgan vaziyatda Vidal tomon uzatma berishga qaror qildi. "Liverpul" himoyachisi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 2' | ![]() |
Jamoalar hujumkor va ochiq o‘yinni boshlab yuborishdi |
| 1' | ![]() |
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. Yevropa chempionlar ligasi, yarim final bosqichi doirasida «Barselona» - «Liverpul» o‘yini boshlandi. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|