Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

ECHL - 2018-19 / YARIM FINAL / 07.05.2019 23:59

ECHL - 2018-19 / YARIM FINAL. Bosh hakam: Junayt Chaqir (Turkiya)

LIVERPUL

Divok Origi (7, 79)
Veynaldum (54, 56)

4 : 0

BARSELONA

JAMOALAR TARKIBI
13. Alisson (G)
66. Trent
03. Fabinyo
04. Virdjil van Deyk
26. Endryu Robertson
32. Joel Matip
14. Djordan Xenderson
23. Djerdan Shakiri
07. Djeyms Milner
27. Divok Origi
10. Sadio Mane
  01. Mark-Andre ter Shtegen (G)
03. Jerar Pike
15. Kleman Lengle
18. Xordi Alba
22. Arturo Vidal
04. Ivan Rakitich
05. Serxio Buskets
07. Filippe Koutinyo
20. Serxi Roberto
09. Luis Suares
10. Lionel Messi
ZAHIRA
22. Simon Minyole (G)
12. Djo Gomes
06. Deyan Lovren
05. Jorjinyo Veynaldum
15. Daniel Starridj
24. Rian Breuster
58. Ben Vudburn
  13. Yasper Sillessen (G)
23. Samuel Umtiti
24. Tomas Vermalen
02. Nelsinyo Semedu
21. Karles Alena
08. Artur
14. Malkom
SARIQ KARTOCHKA
Fabinyo (11)
Matip (66)
 
Serxio Buskets (45+1)
Ivan Rakitich (53)
Nelson Semedu (76)

Matn

90+5'
O‘yin tugadi. Fantastika! "Liverpul" finalda!
90+5'
Eng so‘nggi daqiqa boshlandi
90+1'
Vuuuuh! Mezbonlar maydon markazida to‘pni egallab, xavfli qarshi hujum tashkil qilishdi. So‘nggi pallada ofsaydda qoldi
90'
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi
90'
"Liverpul"da o‘zgarish: Shakiri o‘rniga Starrij tushirildi.
89'
Mehmonlar bosim uyushtirishmoqda
86'
Yuqoridan yetkazilgan uzatmadan so‘ng Shakiri jarima maydonchasi ichida bosh bilan zarba berdi. Noaniq
85'
"Liverpul"da o‘zgarish: Origi o‘rniga Jo Gomes tushirildi
84'
Divok Origi ogohlantirish oldi. Uni almashtirish kerakligini aytishmoqda
82'
Trent yana bir marta burchak zarbasi ishladi. Yo‘q, mezbonlar jarima zarbasi tepishadi. To‘p Albaning qo‘liga tegdi
79'
GOOOOOOOL! ORIGI, 4:0! Mezbonlar burchak to‘pini qo‘lga kiritgan paytda "Barsa" futbolchilari uxlab qolishdi. Trent tezda yolg‘iz qolgan Origini to‘p bilan ta’minladi. Divok yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi!!!
76'
Aleksandr-Arnold olis masofadan noaniq zarba yo‘lladi
75'
Nelson Semedu ogohlantirish oldi. U Maneni qo‘lidan tortib qoldi
74'
Valverde o‘zgarishga qo‘l urdi. Arturo Vidal o‘rniga Artur tushdi
73'
"Barsa" to‘p nazoratini o‘z tomoniga oldi
68'
VUUUUUH! Messi-Rakitich "devor"idan keyin Leo jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Alisson Bekker bu o‘yinda yana bir marta jamoasini qutqarmoqda!
67'
Messining jarimadan yo‘llagan zarbasidan keyin to‘p jonli devorga tegib, maydonni tark etdi. Burchak zarbasi
66'
Matip sariq kartochka oldi. Messi o‘zi uchun jarima zarbasi ishlab oldi
63'
Mezbonlar o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Pike bosh bilan xavfni bartaraf etdi
62'
"Liverpul" to‘xtamoqchi emas. Hujum qilishda davom etmoqda
60'
"Barselona"da o‘zgarish: Filippe Koutinyo o‘rniga Nelson Semedu tushirildi
56'
GOOOOOOOL! Veynalduuuuum! 3:0! Shakiri chap qanotdan yetkazgan uzatmani futbolchi bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi
54'
GOOOOOOOOL! Veynaldum, 2:0! Alba o‘z qanotida to‘pni oldirib qo‘yishi natijasida "Liverpul" yarim himoyachisi o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Veynaldum 10 metrdan darvozani ishg‘ol qildi!
53'
Ivan Rakitich ogohlantirish oldi
51'
VUUUUUH! Messining uzatmasidan keyin Suares yakkama-yakka vaziyatga chiqib, zarba berdi. Alisson zarbani qaytardi!
50'
VUUUUH! Burchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin Veynaldum yaqin masofadan tovoni bilan zarba berdi. Ter Shtegen zarbani qaytarib, ikkinchi urinishda to‘pni egallab oldi
49'
Serxi Roberto o‘z vaqtida to‘pni maydondan tashqariga tepib yubormaganida, Mane "Barsa" jarima maydonchasi ichida yakkama-yakka vaziyatda qolradi
48'
Mersisaydliklar taymni yuqori faollik bilan boshlashdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Davom etamiz
46'
"Liverpul"da o‘zgarish: Milner o‘rniga Veynaldum tushirildi
45+4'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Liverpul" - "Barselona" 1:0. Tanaffus
45+4'
VUUUUUH! "Barselona" xavfli qarshi hujum tashkil qildi. Messining pasidan keyin Alba jarima maydonchasi ichida darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi. Alisson jamoasini qutqardi!
45+3'
Vuuuuh! Messi 22 metrlardan chap oyoqda zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
45+1'
Serxio Buskets sariq kartochka oldi
45'
Birinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
44'
Mehmonlar tezkor qarshi hujum tashkil qilishdi. Jarima maydonchasi ostonasida "Barsa" futbolchisi yiqildi, qoidabuzarlik yo‘q
43'
Shakiri bu safar burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Suares bosh bilan to‘pni qaytardi
42'
Oho! Shakiri yuqoridan yaxshi uzatma berdi. So‘nggi pallada Pike to‘p yo‘nalishini o‘zgartirmaganida Mane darvozabon bilan yuzma-yuz holatda qolardi
37'
Shakiri yuqoridan yetkazgan uzatmani ter Shtegen egallab oldi
36'
"Barselona"ning hujumi: Serxi Roberto o‘ng qanotdan ikki marta raqib darvozasi oldiga uzatma berdi. Har safar himoyachi to‘pni qaytardi
31'
Xenderson maydonda tizzasini ushlab yotibdi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilishi kerak
24'
"Barsa" o‘z uslubida hujum tashkil qildi. Robertson to‘pni maydondan tashqariga chiqarib yuborib, xavfni bartaraf etdi
22'
Mane chap tomondan jarima maydonchasiga kirib, darvoza oldiga uzatma berishga urindi. To‘p esa Busketsning oyog‘iga tegib ortga ketdi. Robertson esa 15 metrlardan darvozabon tomon kuchli zarba berdi. Ter Shtegen zarbani qaytardi
21'
Xenderson 14 metrlardan zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. To‘p Pikening boshiga tegib, o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi
19'
Burchak to‘pidan keyin Messi 20 metrlardan zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
18'
"Barsa" ijrosida yana bir xavfli hujum. Messining uzatmasidan keying Koutinyo 17 metrlardan zarba berdi. Alisson qiyinchilik bilan bo‘lsa-da to‘pni qaytardi. Burchak to‘pi
16'
VUUUUUUH! "Barselona" 100 foizli imkoniyatdan foydalana olmadi! Yuqoridan berilgan uzatma natijasida Alba darvozabon bilan yuzma-yuz holatda qoldi. Xordi o‘zi zarba berishi mumkin bo‘lgan holatda to‘pni ortdan kelayotgan Messiga qoldirishga qaror qildi. Leo bir himoyachini aldab, zarba bermoqchi edi, ammo to‘pni yo‘qotdi
14'
Vuuuuuh! "Barselona" raqib pressingidan chiqib ketib, xavfli hujum tashkil qildi. Koutinyo chap qanotdan oldinga o‘tayotgan Albani to‘p bilan ta’minladi. Xordi jarima maydonchasiga kirdi va orqaroqqa pas berdi. Messining zarbasini Alisson to‘sin ustidan o‘tkazib yubordi
11'
Fabinyo sariq kartochka oldi
10'
"Barselona" himoyachilardan yana bir qo‘pol xato. Serxi Roberto tomonidan darvozabonga yetkazilgan uzatmani Sadyo Mane egallab olishiga sal qoldi
9'
Kataloniyaliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi
7'
GOOOOOOOOL! Divok Origi hisobni ochdi! 1:0! Alba qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, to‘pngi Manega berib qo‘ydi. Uning uzatmasidan keyin Xenderson jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. Zarbani ter Shtegen qaytardi, ammo bo‘sh qolgan darvozani Origi osonlik bilan ishg‘ol qildi
6'
Mersisaydliklar navbatdagi burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Rakitich bosh bilan to‘pni jarima maydonchasidan uzoqlashtirishdi
2'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani mehmonlar egallab olib, xavfni bartaraf etishdi
1'
"Liverpul"dan darhol javob hujumi. Ish burchak to‘pi bilan yakunlandi
1'
Dastlabki hujumni Messi uyushtirdi. U maydon markazidan boshlab raqib jarima maydonchasi tomon yugurdi va jarima maydonchasi ostonasida yiqildi. Chaqir qoidabuzarlik qayd etmadi
1'
Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga "ko‘k-anorranglilar" kiritib berishdi
'
Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari. Birozdan so‘ng chempionlar ligasi yarim final javob o‘yini "Liverpul" hamda "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi bahs boshlanadi. Uchrashuvni matnli translyasiya qilib boramiz. Bizdan uzoqlashmang!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.