Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
ECHL - 2018-19 / YARIM FINAL / 08.05.2019 23:59
| ECHL - 2018-19 / YARIM FINAL. Bosh hakam: Feliks Brix (Germaniya) | ||
AYAKSMatteys de Lixt (5)
Hakim Ziyosh (35) |
2 : 3 |
TOTTENXEMLukas Moura (55, 59, 90+5)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
24.Andre Onana (G) 17.Deyli Blind 31.Nikolas Talyafiko 10.Dushan Tadich 06.Donni van de Beek 12.Nusseyr Mazraviy 04.Matteys de Lixt 21.Frenki de Yong 20.Lasse Shone 25.Kasper Dolberg 22.Hakim Ziyosh |
01.Ugo Lyoris (G) 05.Yan Vertongen 03.Denni Rouz 04.Tobi Alderveyreld 02.Kiran Trippyer 12.Viktor Vanyama 17.Mussa Sissoko 23.Kristian Eriksen 27.Lukas Moura 20.Dele Alli 07.Son Xyon Min |
|
| ZAHIRA | ||
|
28.Bruno Varela (D) 16.Lisandro Magalyan 03.Joel Veltman 08.Deyli Sinkgraven 30.Dani de Vit 09.Klaas-Yan Xuntelaar |
22.Paolo Gassaniga (D) 21.Xuan Foyt 33.Ben Devis 11.Erik Lamela 15.Erik Dayer 52.Oliver Skipp 18.Fernando Lyorente |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Hakim Ziyosh (77)
|
Mussa Sissoko (16)
Denni Rouz (76) |
|
Matn
| 90+8' | ![]() |
O‘yin tugadi! "Tottenxem" kambekni amalga oshirib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Fantastika!!! |
| 90+8' | ![]() |
O‘yin davom etmoqda. |
| 90+5' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Lukas Moura, o‘yin tugashiga 1 soniya qolganida "Tottenxem" g‘alabani to‘pini kiritmoqda!!! |
| 90+5' | ![]() |
Andre Onana vaqtni cho‘zgani uchun sariq oldi |
| 90+4' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Fernando Lyorente bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 90+4' | ![]() |
"Tottenxem" burchak to‘pi ishladi. Lyoris raqib jarima maydonchasiga yetib keldi |
| 90+3' | ![]() |
VUUUUUH! Ziyoshning zarbasini Lyoris qaytardi! |
| 90+2' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pi orqali 30 soniya yutishdi |
| 90+1' | ![]() |
Oho! "Ayaks" qarshi hujumga qochib ketdi. Tadich jarima maydonchasiga kirayotgan sherigiga u qadar muvaffaqiyatli zarba bermadi. Shunga qaramay, burchak to‘pi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shildi |
| 89' | ![]() |
"Ayaks"da o‘zgarish: van de Beek o‘rniga Lisandro Magallan tushirildi |
| 87' | ![]() |
VUUUUUUUUH! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Vertongen bosh bilan zarba berdi. To‘p to‘singa tegib qaytdi. Qaytgan to‘pni Yanning o‘zi oyoq bilan darvoza tomon tepdi. Blind to‘pni chiziq ustida qaytardi! |
| 86' | ![]() |
Son Xyong Min jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilib, burchak to‘pi ishladi |
| 84' | ![]() |
"Tottenxem" bosim uyushtiryapti. Maydon egalari ham jang qilmoqda |
| 82' | ![]() |
"Tottenxem"da uchinchi o‘zgarish: Rouz o‘rniga Ben Devis tushdi |
| 81' | ![]() |
"Tottenxem"da o‘zgarish: Trippye o‘rniga Erik Lamela tushirildi |
| 80' | ![]() |
Mezbonlar ijrosida qarshi hujum. Ziyosh jarima maydonchasiga kirayotgan Tadichga uzatma berdi. Ammo Dushandan to‘pni olib qo‘yishdi himoyachilar |
| 79' | ![]() |
VUUUUUUH! Hakim Ziyosh jarima maydonchasi tashqarisidan yerlatib zarba berdi. To‘p ustunga tegib qaytdi! Omad "Tottenxem" tomonida bo‘ldi |
| 77' | ![]() |
Hakim Ziyosh ogohlantirish oldi |
| 76' | ![]() |
Denni Rouz "sariq" oldi. U to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun o‘yinni to‘xtatgandi. Futbolchi jahl bilan to‘pni yerga qarab otdi |
| 75' | ![]() |
Sissokoning uzatmasidan keyin Moura o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib, Mussaning o‘ziga to‘pni qaytargandi. Ammo "Ayaks" futbolchisi to‘pni egallab olib, xavfni bartaraf etdi |
| 73' | ![]() |
Londonliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Alderveyreld bosh bilan zarba berdi. Biroz noaniq |
| 71' | ![]() |
Vuuuuh! "Ayaks"da yaxshi imkoniyat! De Lixt bosh rolda! Lyoris qutqardi |
| 70' | ![]() |
Ziyosh aylanma uzatma bilan chap qanotdan darvozabon maydonchasiga yetib kelgan Sinkgravenga uzatma berdi. Ammo Tadich jamoadoshiga xalal berib qoldi |
| 67' | ![]() |
"Ayaks"da o‘zgarish: Dolberg o‘rniga Deyli Sinkgraven tushirildi |
| 67' | ![]() |
"Tottenxem" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Muvaffaqiyatsiz |
| 64' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Lyorente bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 64' | ![]() |
Moura xet-trikka erishishi mumkin edi. De Lixt xavfni bartaraf etdi |
| 63' | ![]() |
Vuuuuuh! Ziyosh ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi! Chap qanotdan yetkazilgan uzatma natijasida marokashlik futbolchi 11 metrli nuqta ustida zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 62' | ![]() |
Mezbonlar yana burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Mazraviy jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Noaniq |
| 61' | ![]() |
"Ayaks" darhol o‘ziga kelib, hujum tashkil qildi. Ziyosh jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi |
| 59' | ![]() |
GOOOOOOOL! Lukas Moura, 2:2! Son Xyon Min o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirgan sherigiga uzatma berdi. Uning pasidan keyin darvozabon maydonchasi ichida turgan Lyorente zarba berdi. Ushbu zarbani Onana qaytardi va darvozabon to‘pni egallab olayotgan paytda Shyone unga xalal berib qoldi. To‘pni esa Moura egalladi va 10 metrlardan aniq zarba bilan hisobni tenglashtirdi |
| 55' | ![]() |
GOOOOOOOL! Lukas Moura, 2:1! "Tottenxem" tezkor qarshi hujumda nihoyat "Ayaks" darvozasini zabt etdi |
| 53' | ![]() |
VUUUUUH! Eriksen tomonidan berilgan ajoyib uzatma natijasida Dele Alli yakkama-yakka vaziyatda 6 metrlardan o‘tkir burchak ostida kuchli zarba berdi. Onanadan ajoyib seyv! |
| 51' | ![]() |
"Shporlar" kutilganidek bosim uyushtirishmoqda. Burchak to‘pi ishlandi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi taym boshlandi. Davom etamiz |
| 46' | ![]() |
"Tottenxem"da o‘zgarish: Vanyama o‘rniga Markos Lyorente tushirildi |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Ayaks" - "Tottenxem" - 2:0. Ikki o‘yin natijasi bo‘yicha - 3:0. Tanaffus. Xo‘sh, tanaffusdan keyin "Tottenxem" 3ta gol ura oladimi? Ko‘ramiz, kutamiz |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Himoyachilar ishonchli harakat qilishdi |
| 42' | ![]() |
"Ayaks" ancha ulg‘aydi. 19-20 yoshli yigitlar juda xotirjam o‘ynashmoqda |
| 39' | ![]() |
Londonliklar hujum tashkil qilishga urinmoqda. Ammo mudofaani yorib o‘ta olmayapti. Boz ustiga, "Ayaks" ijrosidagi qarshi xavfli chiqmoqda |
| 35' | ![]() |
GOOOOOOOL! Hakim ZIYOSH! 2:0! Amsterdamliklar raqibni qarshi hujumda jazolashdi. Lyoris bu safar qutqara olmadi |
| 30' | ![]() |
VUUUUUUUH! "Ayaks" xavfli qarshi hujum tashkil qildi. Tadich chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, himoyachini aldadi va olis burchak tomon zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 27' | ![]() |
Tashabbus "shporlar" tomoniga o‘tdi. Ular burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Lukas Moura jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarba yo‘lladi |
| 23' | ![]() |
Vuuuuuh! "Tottenxem" chap qanotdan ajoyib hujum tashkil qildi. Dele Allining jarima maydonchasiga bergan uzatmasidan keyin Son Xyon Min yakkama-yakka vaziyatga chiqib, zarba berdi. Onana to‘pni egallab oldi |
| 21' | ![]() |
Chap qanotdan belgilangan jarima to‘pini Ziyosh o‘yinga kiritdi. Londonliklar to‘pni qaytarishdi |
| 19' | ![]() |
"Shporlar"ning biroz muddatli pressingidan "Ayaks" yana o‘z o‘yin uslubini tikladi |
| 16' | ![]() |
Mussa Sissoko sariq kartochka oldi |
| 15' | ![]() |
Maydon markazi uchun kurash kechmoqda. Hech kim ortga chekinmoqchi emas |
| 10' | ![]() |
Oho! Dele Alli jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilib, zarba berdi. Ammo u avvalroq ofsaydda qolgan ekan |
| 8' | ![]() |
Xo‘sh, "Ayaks"ning goli nimani anglatadi? Bugun ekstra-taymlar bo‘lmaydi. Barcha masala 90+ daqiqada hal bo‘ladi. "Tottenxem" finalga chiqishi uchun kamida 2ta gol urishi kerak |
| 6' | ![]() |
VUUUUUUH! Son Xyon Min chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirib, o‘tkir burchak ostida darvoza tomon zarba berdi. To‘p ustun tegib, 11 metrli nuqta atrofiga qaytdi. Eriksen bir amallab to‘pni darvoza tomon yo‘naltirdiyu, ammo himoyachilar to‘pning darvozaga borib tushishiga yo‘l qo‘yishmadi |
| 5' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Matteys de Lixt, 1:0! Burchakdan yetkazilgan yetkazilgan uzatmani "Ayaks" bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 4' | ![]() |
Vuuuuuuh! "Ayaks" hisobni ochishi mumkin edi, ammo Lyoris qahramonlik ko‘rsatdi. Burchak to‘pi |
| 3' | ![]() |
"Ayaks" dastlabki xavfli hujumni tashkil qildi. Dolberg jarima maydonchasi ichida to‘pni ko‘kragi bilan qabul qildiyu, ammo zarba berishga ulgurmadi. Boshqa futbolchining uzatmasidan keyin to‘p himoyachilarga tegib qaytdi |
| 1' | ![]() |
Darvoqe, hali o‘yin boshlanmasidan oldin "Ayaks" yo‘qotishga uchradi. Jamoaning asosiy hujumchilaridan biri David Neres mashg‘ulot paytida jarohat olgan. Uning o‘rniga Kasper Dolberg asosiy tarkibda o‘yinni boshladi |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga "Tottenxem" futbolchilari kiritib berishdi |
| ' | Bugun "Ayaks" oq-qizil, "Tottenxem" esa ko‘k-yashil rangli futbolkalarda harakat qiladi | |
| ' | ![]() |
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. Bir necha osatlardan so‘ng Chempionlar ligasining ikkinchi finalchisi ham ma’lum bo‘ladi. Yarim finalning ikkinchi o‘yinida "Ayaks" o‘zida "Tottenxem"ni qabul qiladi. Jamoalarning ilk uchrashuvida "Ayaks" 1:0 hisobida g‘alaba qozongshan edi. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|