Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionlar ligasi, final
| Madrid. 1 iyun, 00:00. Bosh hakam: Damir Skomina (Sloveniya) | ||
LIVERPULMuhammad Saloh (2-penalti)
Divok Origi (87) |
2 : 0 |
TOTTENXEM |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Alisson (D) 66.Trent 03.Fabinyo 04.Virdjil van Deyk 26.Endryu Robertson 32.Joel Matip 14.Jordan Xenderson 05.Jorjinyo Veynaldum 10.Sadio Mane 11.Muhammad Saloh 09.Roberto Firmino |
01.Ugo Lyoris (D) 02.Kiran Trippyer 03.Denni Rouz 04.Tobi Alderveyreld 05.Yan Vertongen 20.Dele Alli 23.Kristian Eriksen 08.Garri Uinks 17.Mussa Sissoko 07.Son Xyong Min 10.Xarri Keyn |
|
| ZAHIRA | ||
|
22.Simon Minyole (D) 62.Kaoimin Kelleer (D) 12.Djo Gomes 06.Deyan Lovren 20.Adam Lallana 07.Jeyms Milner 21.Aleks 23.Jerdan Shakiri 18.Alberto Moreno 15.Daniel Starridj 24.Rian Breuster 27.Divok Origi |
13.Mishel Vorm (D) 22.Paolo Gassaniga (D) 21.Xuan Foyt 24.Serj OrYE 16.Kayl Uolker-Piters 33.Ben Devis 06.Davinson Sanches 11.Erik Lamela 12.Viktor Vanyama 15.Erik Dayer 27.Lukas Moura 18.Fernando Lyorente |
|
Matn
| 90+6' | ![]() |
O‘yin tugadi. Yevropa chempionlar ligasi g‘olibi — "LIVERPUL"!!! Tabriklaymiz! |
| 90+3' | ![]() |
Keyn bergan zarbani Bekker egalladi |
| 90+3' | ![]() |
Vuuuuh! Son Xyong Min xavfli zarba yo‘lladi. Alissondan yaxshi seyv |
| 90+2' | ![]() |
Rouz jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba berdi. Darvozabon to‘pni egalladi |
| 90+2' | ![]() |
Keyn va Matip jarima maydonchasi ichida yelkama-elka kurash olib borishdi. Xarri yiqildi. Hakam penalti belgilashga qaror qilmadi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shildi |
| 90' | ![]() |
"Liverpul"da o‘zgarish: Sadyo Mane o‘rniga Jo Gomes tushirildi |
| 87' | ![]() |
GOOOOOOOL! Divok Origiiii, 2:0! Burchak to‘pi mersisaydliklar uchun omadli chiqdi. To‘p Origiga kelib tushdi va hujum o‘tkir burchak ostida yerlatib zarba berdi va olis burchakni aniq nishonga oldi |
| 86' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin Son Xyong Min 2 metrdan darvozani ishg‘ol eta olmadi. Boz ustiga, u ofsaydda qolgan ekan |
| 85' | ![]() |
Eriksen jarimadang to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba yo‘lladi. Alisson ajoyib seyv bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 83' | ![]() |
Skomina "Liverpul" darvozasi tomon jarima zarbasi belgiladi. Shundoqqina jarima maydonchasi burchagidan |
| 82' | ![]() |
"Tottenxem"da o‘zgarish: Dele Alli o‘rniga Fernando Lyorente tushirildi |
| 80' | ![]() |
"Tottenxem" ijrosida ikkita xavfli zarba. Dastlab Son olis masofadan zarba berdi. Alisson yon tomonga urib yuborilgan to‘p jarima maydonchasiga qaytarildi. Moura 12 metrlardan unchalik kuchli bo‘lmagan zarba yo‘lladi. "Liverpul" posboni to‘pni egallab oldi |
| 79' | ![]() |
Oho! Tripye o‘ng qanotdan havolatib uzatma berdi. Alli bosh bilan zarba berdi, ammo to‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 75' | ![]() |
Oho! Son Xyong Min markaziy himoyachilar orasidan o‘tib, jarima maydonchasiga kirib bordi. So‘nggi pallada van Deyk to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 73' | ![]() |
Vuuuh! Dele Alli raqib jarima maydonchasi ichida "parashyut" uslubida zarba berdi. Alisson to‘pni egallab oldi |
| 71' | ![]() |
"Tottenxem"ning hujumi. "Shporlar" ketma-ket 3 marta qanotlardan uzatma berishdi. So‘nggi uzatmani Alisson egallab oldi |
| 69' | ![]() |
Vuuuuuh! "Liverpul" hisobdagi farqni oshirishi mumkin edi. Mane to‘p bilan raqib jarima maydonchasigacha borib, Salohga uzatma berdi. Muhammad o‘z yaqinida turgan Milnerga darhol to‘pni qoldirdi. Jeymsning zarbasidan keyin to‘p shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi. |
| 68' | ![]() |
"Liverpul"ning hujumi samarasiz chiqdi |
| 65' | ![]() |
"Tottenxem"da o‘zgarish: Xarri Uinks o‘rniga Lukas Moura maydonga tushirildi |
| 62' | ![]() |
"Liverpul"da ikkinchi o‘zgarish: Jorjinyo Veynaldum o‘rniga Jeyms Milner tushdi |
| 58' | ![]() |
"Liverpul"da o‘zgarish: Roberto Firmino o‘rniga Divok Origi tushirildi |
| 58' | ![]() |
"Tottenxem" bir daqiqada ikkita burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ikkinchisida Vertongen bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 54' | ![]() |
"Liverpul"dan xavfli bosim bo‘ldi. Dastlab Saloh jarima maydonchasiga kirib zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi. Takroriy hujum paytida Robertson chap qanotdan Mane tomon pas berdi. Lyoris to‘pni egallab, xavfni bartaraf etdi |
| 53' | ![]() |
Fabinyo olis masofadan zarba berdi. Rekoshet holatida borgan to‘pni Lyoris egallab oldi |
| 50' | ![]() |
"Tottenxem" maydon markazidan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Son Xyong Min ofsaydda qoldi |
| 48' | ![]() |
Keyn raqib jarima maydonchasi chap tomonidan 11 metrli nuqta atrofida ochilayotgan Son tomon uzatma berdi. Koreys futbolchisi to‘pni egallay olmadi. Aks holda qulay vaziyatdan zarba berishi mumkin edi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim start oldi. To‘pni o‘yinga "Tottenxem" futbolchilari kiritib berishdi |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Liverpul" - "Tottenxem" 1:0. Tanaffus |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45+1' | ![]() |
Eriksen jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llash imkoniga ega bo‘ldi. To‘p ancha yuqoriga ko‘tarilib ketdi |
| 44' | ![]() |
"Shporlar" qarsho‘i hujumda 3 himoyachiga qarshi 3 hujumchi — Alli, Son Xyong Min va Keyn chiqib borishdi. Ammo Dele aniq uzatma bera olmadi. To‘pni Alisson egallab oldi |
| 42' | ![]() |
Mersisaydliklar 4-5 daqiqadan beri raqib jarima maydonchasi atrofidan ketishmayapti. Ular ketma-ket ikkinchi marta burchak to‘pini o‘yinga kiritishadi |
| 39' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani himoyachilar qaytarishdi. Saloh jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarba berdi |
| 38' | ![]() |
"Liverpul" qarshi hujum tashkil qildi. Endryu Robertson to‘p bilan olis masofani bosib o‘tdi va 20 metrlardan zarba berdi. Lyoris to‘pni yuqoriga ko‘tarib yubordi |
| 37' | ![]() |
"Liverpul" yana himoyaga o‘tdi. Raqibning xato qilishini kutayotgandek ular |
| 34' | ![]() |
Dele Alli to‘p bilan "Liverpul" jarima maydonchasiga kirib borib, jamoadoshi tomon uzatma bermoqchi bo‘ldi. Ammo to‘p himoyachilarning oyog‘idan maydonni tark etdi |
| 28' | ![]() |
Son Xyong Min ofsaydda qoldi |
| 23' | ![]() |
Robertson chap qanotdan juda zo‘r uzatma berdi. Agar Rouz to‘p yo‘nalishini o‘zgartirmaganida Saloh bosh bilan darvozani ishg‘ol qilishi mumkin edi |
| 22' | ![]() |
Autdan otib berilgan to‘pni Saloh raqib jarima maydonchasi ichida qabul qildi va Vertongenni aldab, zarba berdi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi |
| 22' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Lyoris mushti bilan urib yubordi |
| 21' | ![]() |
Saloh raqib jarima maydonchasi tashqarisida jamoadoshi bilan "devor" o‘ynadiyu, zarba berdi. To‘p himoyachidan maydonni tark etdi |
| 20' | ![]() |
Son Xyong Min! Olis masofadan yetkazilgan uzatma natijasida koreyalik futbolchi darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, agar oldidagi bir futbolchini alday olganida. Ammo Trent xavfni bartaraf etdi |
| 17' | ![]() |
Trent olis masofadan kutilmaganda zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 16' | ![]() |
"Tottenxem"ning rejasida ilk daqiqadanoq gol o‘tkazish yo‘q edi. Ular vaziyatni tenglashtirish uchun yo‘l qidirishmoqda |
| 10' | ![]() |
Burchak to‘pi. Arnoldning burchakdan kiritgan to‘pini Lyoris qaytarib yubordi |
| ' | ![]() |
"Tottenxem" futbolchilari nihoyat oldinga o‘ta olishdi, Alli jarima maydoni ichidagi Sonni to‘p bilan ta’minladi. Koreyalik futbolchi burchak zarbasi ishlab oldi. Biroq undan samara chiqmadi |
| 2' | ![]() |
GOOOOOOOOOOL! Saloh penaltini aniq bajardi |
| 1' | ![]() |
1'. Penalti!!! Manening uzatmasidan so‘ng to‘p Sissokoning qo‘liga tegdi, hakam ikkilanmay 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi |
| 1' | ![]() |
Hakam xushtagi chalindi. Uchrashuvga start berildi |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. Orziqib kutilgan kun yetib keldi bugun YECHL finali. Madridda "Tottenxem" hamda "Liverpul" bosh sovrin uchun kurash olib boradi |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|