Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi

2 iyun. soat 23:00. Bosh hakam: Srjan Yovanovich (Serbiya)

TURKIYa

Zeki Chelik (17,56)

2 : 0

O‘ZBEKISTON

JAMOALAR TARKIBI
 

Matn

90+2'
O‘yin yakunlani. Tarixiy o‘yind terma jamoamiz 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi
89'
Suyunov penaltini qatardi. Qoyil
88'
Penalti O‘zbekiston darvozasiga
85'
Omer Ali darvozamiz toion zarba yo‘lladi. Ancha noaniq
80'
Vakillarimizning navbatdagi hujumlari samarasiz bo‘ldi
75'
Bdulkadir uzoq masofadan kuchli zarba o‘lladi, biroz anilik yetishmadi
71'
Terma jamoamiz trkibida o‘zgarish Shomurodov o‘z o‘rnini Abduholiqovga bo‘shatib berdi. Shuningdek, Quvondiq Ro‘ziyevning o‘rniga Doston Ibragimov maydonga tushdi
68'
Dorukxan Tokuz uzoq masofadan o‘z omadini sinab ko‘rdi. Uning bergan zarbasini Eldor Suyunov egallab oldi
62'
O‘runov Shomurodovni oldinga boshladi. Raqib himoyachilarining xatosi sabab to‘p Eldorga kelib tushdi. Biroq uning bergan zarbasi biroz kuchsiz chiqdi
60'
Terma jamoamiz tarkibida o‘zgarish Musayev o‘rniga O‘runov tushdi
56'
Karamanning zarbasini Suyunov to‘pni qaytardi, qaytgan to‘pni Chelik bo‘sh qolgan darvozamizga joylab qo‘ydi
56'
GOOOOOOLLLL! Zeki Cheli hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.
52'
Enes Unal darvozamiz tomon zarba berdi. Zarbaga aniqlik yetishmadi
51'
Hozircha vakillarimiz to‘pni nazorat qilib turishga katta e’tibor berishyapti
45'
Turkiya terma jamoasi safida ikkita o‘zgarish ro‘y berdi. Malli o‘rniga Karaman, Karaja o‘rniga esa Shaxiner maydonga tushdi
45'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha yagona gol muallifi Zeki Chelik bo‘lib turipti.
45+1'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
41'
Terma jamoamiz biroz jonlangandek. Termamiz tanaffusgacha hisobni tenglashtirib chiqib ketmoqchi
'
Yana Masharipov jarima maydoniga to‘pni uzatib berdi Shomurodovning boshi bilan yo‘llagan zarbasiga aniqliq yetishmadi
34'
Irfan Jan Qahvechi darvozamiz tomon zarba yo‘lladi. Leking uning zarbasi kuchli bo‘lsa-da noaniq chiqdi
32'
Kaxvachi maydon markazida Masharipovni yiqitdi
30'
Jaloliddin Masharipovning qanotdan jarima maydoniga tashlab bergan to‘pini raqib himoyachisi Suyunju maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
27'
Odil Ahmedov jarimadan aniq va kuchli zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni ushlab oldi
24'
Hozircha o‘yin tempi o‘rtacha. Turkiya terma jamoasi asosan qanotlardan oldinga o‘tishga urinyapti, futbolchilarimiz esa raqibni qarshi hujumlarda jazolashga urinmoqda
21'
O‘yin nazorati to‘liq mezbonlar tomonida, vakillarimiz hech narsa qila olishmayapti
17'
Jarimadan uzatilgan to‘pni Chelik boshi bilan darvozamizga joylab qo‘ydi
17'
GOOOOOOOOLLL! Turkiya terma jamoasi hisobni ochdi.
12'
Terma jamoamiz o‘yin boshidan buyon faqat himoyalanmoqda. Qachon hujumga o‘tamiz?
10'
Zarbaaaa! Fozil Musayev darvozani ishg‘ol qilmoqchi bo‘ldi, ammo noaniq
7'
Mezbonlar hozircha har ikki qanotni ishga solgan holda oldinga o‘tishga urinmoqda. Mudofaa chizig‘imiz vakillari hozircha tartibli o‘yin namoyish etib, raqibga o‘tib ketish imkonini berayotgani yo‘q
4'
Mezbonlar chap qanotdan oldinga o‘tishdi, jarima maydoniga uzatilgan to‘pni Ismoilov qaytarib yubordi
3'
Uchrashuvni mezbonlar faol boshladi
1'
Uchrashuv boshlandi. O‘yinni terma jamoamiz boshlab berdi
'
Davlatimiz madxiyasi yangramoqda
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda!
'
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari birozdan so‘ng Turkiya hamda O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi bahs boshlanadi. Mazkur bahsni e’tiboringizga qo‘ldan kelgancha matnli translyasiya qilib boramiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.