Evropa chempionlar ligasi, 1/8 final
| dastlabki uchrashuv. 19 fevral, soat 00:45 | ||
BAYER |
0 : 4 |
PSJMatyuydi (3)
Ibrohimovich (39-pen., 42) Kabaye (88) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Leno Xilbert Spaxich Toprak Guardado L.Bender Rolfes G.Kastro Sem Son Xin Min Kissling |
Sirigu van der Vil Aleks Silva Maksvell Verratti T.Motta Matyuidi Lukas Lavessi Ibrohimovich |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat | |
| ' | Deyarli masala hal! PSJ chorak finalga tayyorgarlikni boshlayversa ham bo‘ladi! | |
| 90+2' | ![]() |
O‘YIN TUGADI! |
| 90+2' | ![]() |
Lavessi o‘ng qanotdan yetkazgan to‘pga Kabay bosh bilan zarba berdi. To‘pni darvozabon egallab oldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 88' | ![]() |
Parijliklarning to‘rtinchi goli to‘rtburchak shaklidagi kombinasiyadan keyin darvoza to‘riga kiritildi. Kombinasiyada Ibrohimovich, Maksvel, Lukas va Kabay ishtirok etishdi. Kabayning jarima maydonchasi chizig‘i ustida yo‘llagan zarbasi darvoza to‘qqizligiga kirib ketdi! |
| 88' | ![]() |
Goooooollll!!!! "Bayer" - "PSJ" - 0:4! |
| 86' | ![]() |
PSJ hisobni 4:0ga yetkazishiga bir bahya qoldi! Chap qanotdan yetkazilgan to‘pga Pastore peshvoz chiqdi va to‘pga oyoq qo‘ydi. To‘p darvozabonning ko‘kragiga tegib, maydonni tark etdi |
| 85' | ![]() |
Parijliklar to‘pni to‘liq nazorat qilishmoqda. Ular to‘pni berish niyatlari yo‘q. Mahalliy muxlislar esa asta-sekin stadionni tark etishmoqda |
| 81' | ![]() |
To‘p bilan muomala qilish ko‘rsatkichi - 43/57% |
| 79' | ![]() |
Mezbonlar uchun ushbu hisobni ushlab qolish ham katta gap bo‘lib qoldi. To‘p bilan PSJ, hujumda PSJ... |
| 76' | ![]() |
PSJda futbolchi almashdi. Lavessi o‘rniga Pastore tushirildi |
| 75' | ![]() |
Lukas 18 metrlardan "Bayer" darvozasi tomon kuchli zarba berdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi |
| 72' | ![]() |
Leverkuzen tavakal qilishga majbur. kamchilik bo‘lib ham hujum tashkil etishga urinmoqda. Hozircha samarasiz |
| 70' | ![]() |
Mehmonlar maydonda bir kishi bo‘lib qolishganidan keyin o‘zlarini ancha erkin his qilishmoqda |
| 66' | ![]() |
PSJ to‘rtinchi golni urgandi, biroq ofsayd tufayli gol inobatga olinmadi. |
| 64' | ![]() |
Burchakdan yetkazib berilgan to‘pga Kissling yetib bora olmadi |
| 60' | O‘zi shundoq ham yirik hisobda yutqazayotgan mezbonlar yanada qiyin ahvolga tushib qolishdi | |
| 59' | ![]() |
Emir Spaxich bir vaziyatning o‘zida ikkita sariq kartochka oldi. Har ikkalasi ham hakam bilan tortishuv uchun berildi |
| 59' | ![]() |
"Bayer" himoyachisi Spaxich maydondan chetlashtirilmoqda! |
| 52' | ![]() |
"Bayer"ning hujumi chiroyli va xavfli bo‘ldi. Markazdan boshlangan hujum o‘ng qanotdan chap qanotga ko‘chirildi. Faqatgina burchak to‘pi |
| 50' | ![]() |
"Bayer" xunuk hisobni sal o‘zi uchun nisbatan qulayroq ko‘rinishga olib kelish uchun harakat qilmoqda. |
| 48' | ![]() |
Mehmonlarning tezkor hujumi buzish maqsadida Lukasni qo‘li bilan tortib qolgani uchun mezbon himoyachilaridan biri ogohlantirildi |
| 47' | ![]() |
"Liverkuzen"da ikkita o‘zgarish bo‘lgan ekan |
| 47' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pi ishlashdi |
| 46' | ![]() |
"Bayer"da bitta o‘zgarish yuz berdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45' | ![]() |
Bo‘lim so‘nggida mezbonlar jarima to‘pini amalga oshirishdi. Ammo xavfli vaziyat yuzaga kelmadi. BIRINCHI BO‘LIM TUGADI |
| 43' | ![]() |
Maksvel o‘zining chap qanotidan to‘pni Matyuydiga yetkazdi. U esa to‘pni davrozaga teskari holatda qabul qildi va qulay vaziyatda turgan Ibrohimovichga uzatdi. Zlatan "pushkadan o‘q otgandek" darvozaning olis yuqori burchagini nishonga oldi |
| 42' | ![]() |
Bo‘ldi! Zlatan to‘qnashuv taqdirini 45 daqiqa ichidayoq hal qilib qo‘ymoqda! |
| 42' | ![]() |
Goooooooooooooooooolllll! |
| 39' | ![]() |
Ibrohimovich jamoasining ikkinchi golini penaltidan kiritdi. Maksvell chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Hakamning fikricha, Spaxich Lavessini qoidaga xilof ravishda yiqitdi. Himoyachiga sariq kartochka ko‘rsatildi va penalti. Zlatan esa lotoreyadan adashmadi. |
| 39' | ![]() |
Goooooooooooooooollllll!!! |
| 36' | ![]() |
Darvoza tomon berilgan kuchli zarbani PSJ darvozaboni Sirigu egallab oldi |
| 34' | "PSJ" ko‘p ham tavakkal qilmayapti. Albatta, safarda qo‘lga kiritilgan g‘alaba ularni qoniqtiradi, u minimal hisobda bo‘lsa ham | |
| 31' | ![]() |
Tashabbus mezbonlar tomoniga o‘tdi desak ham bo‘ladi. Endi parijliklar himoyadagi mustahkam o‘ynab, qarshi hujumdan imkon qidirishmoqda |
| 28' | ![]() |
Liverkuzenliklar hujum qilishmoqda! Xilbert o‘ng qanotdan uzatib bergan to‘pni Kisling himoyachi Aleks ta’qibi ostida darvoza tomon yo‘lladi. Zarba kuchsiz chiqdi va to‘pni posbon egallab oldi |
| 25' | ![]() |
Ibrohimovich himochilarni kesib o‘tadigan pas bilan ikki nafar sherigini juda qulay vaziyatga chiqarayotgandi. To‘p mezbon himoyachilaridan birining oyog‘iga tegib qoldi va xavf bartaraf etildi |
| 17' | ![]() |
O‘yin nazorati to‘laligicha Loran Blan shogirdlari tomonida. Hozircha mezbonlarning o‘yini chiqmayapti |
| 15' | ![]() |
Xilbert Zlatanning oyog‘iga tepgani uchun ogohlantirildi. |
| 11' | ![]() |
Ibrohimovich! "Bayer" darvozaboni Leno to‘pga chiqishda ishonchsiz o‘ynadi va to‘p Zlatanga kelib tushdi. "Ibra" esa 5-6 metr masofadan darvoza tomon zarba berdi. Ammo to‘p himoyachining oyog‘iga tegib qaytdi. |
| 10' | ![]() |
Germaniyaliklar ham hujumga o‘tishmoqda. Ikki qanotdan uyushtirilgan ikki hujum inglizlar darvozasi oldida xavfli vaziyatni yuzaga keltirmadi |
| 8' | ![]() |
Mehmonlar jarima to‘pi ishlashdi va Ibrohimovich to‘p bilan jonli devorni poyladi |
| 5' | ![]() |
O‘yin mezbonlar uchun yaxshi boshlanmadi. Ammo ular tushkunlikka tushishmayapti, raqibga nisbatan pressing qo‘llashmoqda |
| 4' | ![]() |
Hozirgina gol urgan Matyuydi qo‘pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi |
| 3' | ![]() |
Matyuydi maydonning "Bayer" tomonida to‘pni Rolfesdan olib qo‘ydi va uni Ibrohimovichga yetkazdi, u esa Verrattini to‘p bilan ta’minladi. Italiyalik futbolchi jarima maydonchasiga kirib borayotgan Matyuydini ko‘rdi va to‘pni o‘z vaqtida unga yetkazdi. Biga bir vaziyatdan Matyuydi unumli foydalana oldi! |
| 3' | ![]() |
Favorit o‘z so‘zini aytmoqda!!!! |
| 3' | ![]() |
Goooooooooooooooooooooolllll!!!! |
| 2' | ![]() |
O‘yin boshida PSJ to‘pni ko‘proq nazorat qilmoqda. |
| 2' | Bugungi o‘yin favorit - bu "PSJ". Ammo nemislar ham anoyi emas. Ular sovuqqon, ular hisob-kitobli | |
| 1' | Bugungi kunning markaziy bahsi narigi o‘yin hisoblansa-da, "Bayer" - "PSJ uchrashuvini kuzatish uchun ko‘z tashlab turadigan muxlislar topiladi degan umiddamiz | |
| 1' | ![]() |
UCHRASHUV BOSHLANDI! |
| ' | Assalomu alaykum, yevrofutbolni sog‘ingan muxlislar! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|