Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Angliya premyer-ligasi-2019/2020, 3-tur
| 3-tur. 24 avgust. soat 21:30. Bosh hakam: Entoni Teylor | ||
LIVERPULJoel Matip (41)
Muhammad Saloh (49-penalti, 58) |
3 : 1 |
ARSENALLukas Torreyra (85)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Adrian (D) 04.Virjil van Deyk 03.Fabinyo 26.Endryu Robertson 66.Trent 05.Jorjinyo Veynaldum 32.Joel Matip 14.Jordan Xenderson 10.Sadio Mane 11.Muhammad Saloh 09.Roberto Firmino |
01.Bernd Leno (D) 18.Nacho Monreal 23.David Luis 05.Sokratis 15.Aynsli Maytland-Nayls 08.Daniel Sebalyos 28.Josef Uillok 29.Matteo Gvenduzi 34.Granit Jaka 19.Nikolas Pepe 14.Pyer-Emerik Obameyang |
|
| ZAHIRA | ||
|
62.Kaomin Kelleer (D) 12.Jo Gomes 23.Jerdan Shakiri 07.Jeyms Milner 15.Aleks 20.Adam Lallana 27.Divok Origi |
26.Damyen Martines (D) 31.Sead Kolashinas 21.Kalum Chambers 07.Genrix Mxitaryan 24.Reyss Nelson 09.Aleksandr Lakazett 11.Lukas Torreyra |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakkunlandi. "Liverpul" - "Arsenal" - 3:1. |
| 90+4' | ![]() |
David Luis jarimadan zarba yo‘lladi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 90+3' | ![]() |
Van Deyk sariq kartochka oldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Mxitaryan ofsaydda qoldi |
| 87' | ![]() |
Lyakazettda yaxshi imkoniyat. Yuqoridan yetkazilgan uzatmani Aleksandr ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirishga urindi, ammo zarba berishga ulgurmadi |
| 85' | ![]() |
GOOOOOL! Lukas Torreyra, 3:1! "Arsenal"ning hujumi nihoyat samara berdi. Obameyang tomonidan yetkazilgan uzatmani futbolchi 11 metrli nuqta ustida qabul qildi va zarba berdi. |
| 81' | ![]() |
"Arsenal"da o‘zgarish: Uillok o‘rniga Aleksandr Lyakazett tushirildi |
| 76' | ![]() |
"Arsenal" burchak zarbasidan samara chiqara olmadi |
| 75' | ![]() |
"Liverpul" o‘yin tempini tushirdi. Klopp shogirdlari qayd etilayotgan hisobga qarshi emas albatta. |
| 70' | ![]() |
"Liverpul" ijrosida xavfli hujum. Saloh chap qanotdan jarima maydoniga kirib borib, Mane tomon uzatma berdi. So‘nggi pallada markaziy himoyachi to‘pni to‘xtatib qoldi |
| 69' | ![]() |
"Liverpul"da futbolchi almashtirildi: Veynaldum o‘rniga Jeyms Milner tushirildi |
| 68' | ![]() |
Pepe o‘ng qanotdan uzatma berdi. Adrian to‘pni ilib oldi |
| 57' | ![]() |
Hisobda ortda borayotgan "Arsenal" negadir katta kuch bilan oldinga tashlanmayapti. Bunga shoshilmayapti |
| 64' | ![]() |
"Arsenal" burchak to‘pini o‘yinga kiritganidan keyin yaxshi vaziyatga ega bo‘lgandi, amom David Luiz to‘pni darvoza tomon burishga ulgurmadi |
| 61' | ![]() |
"Liverpul" ikkita hujum tashkil qildi. Firmino tomonidan yo‘llangan zarbani Leno egalladi |
| 58' | ![]() |
GOOOOOOL! Muhammad Saloh, 3:0! Misrlik hujumchi David Luisni aldab o‘tib ketib, jarima maydoniga kirib bordi va chap oyoqda olis burchakni aniq nishonga oldi! |
| 56' | ![]() |
Vuuuh! Robertson chap qanotdan havolatib yetkazgan uzatmaga Saloh bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 53' | ![]() |
"Liverpul" o‘ziga ishongan holda raqib darvozasi oldida ketma-ket hujumlar orqali bosimni oshirib bormoqda. |
| 52' | ![]() |
Vuuuuh! Pepening uzatmasidan keyin Obameyang yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi, ammo zarba berishga ulgurmadi. Matip ortdan yetib kelib, to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 49' | ![]() |
GOOOOOOL! Muhammad Saloh, 2:0! Misrlik futbolchi Lenoga hech qanday imkoniyat qoldirmadi! |
| 48' | ![]() |
Jarima maydoni ichida Salohning formasidan tortib qolgani uchun David Luis sariq kartochka oldi |
| 47' | ![]() |
PENALTI! "Arsenal" darvozasi tomon |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. Hozircha "Liverpul" - "Arsenal" 1:0. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Vuuuuuh! Saloh-Mane raqib jarima maydoni ichida bir-birlarini yaxshi tushunib harakat qilishdi. So‘nggi pallada to‘pni Genduzi to‘pni maydondan tashqariga chiqarib yubormaganida, Muhammad darvozani zabt etishi mumkin edi |
| 43' | ![]() |
Firmino ijrosida yana bir chiroyli harakat. U jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilish jarayonida bir himoyachini yaxshi aldab o‘tdiyu, ammo darvozabon xavfni bartaraf etdi |
| 43' | ![]() |
Firmino! Jarima maydoniga yorib kirayotgan Saloh tomon chiroyli uzatma bergandi. So‘nggi pallada himoyachi to‘pni tepib yubordi |
| 41' | ![]() |
GOOOOOOL! Joel Matip, 1:0! Burchakdan yetkazilgan uzatmani himoyachi bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi. |
| 40' | ![]() |
Xavfli! Yon chiziqdan tashlab berilgan to‘pni Saloh jarima maydoni ichida qabul qildi va o‘girilgancha chap oyoqda zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 39' | ![]() |
Maydon egalari tomonidan amalga oshirilgan burchak zarbasi "Arsenal" uchun taxlikali bo‘ldi. Ammo berilgan zarbalar natijasida to‘p darvozagacha yetib bormadi |
| 37' | ![]() |
Robertson chap qanotdan havolatib uzatma berdi. Leno to‘pni osongina ilib oldi |
| 34' | ![]() |
Ehhhh, Pepe! "Liverpul" burchak to‘pini o‘yinga kiritdiyu, ammo mehmonlar qarshi hujumga qochib ketishdi. Aniqrog‘i, maydon markazi tomon qaytarilgan to‘pni to‘xtatish chog‘ida Xenderson qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Pepe to‘pni egallab olib, bir himoyachini aldab o‘tdi va posbon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi. Nikolya negadir darvozabonning o‘ziga zarba berdi. Adrian esa zarbani qaytardi |
| 31' | ![]() |
Vuuuuh! "Arsenal"ning kam sonli hujumi xavfli chiqdi. Pepe 18 metrlardan olis yuqori burchak tomon aylanma zarba berdi. To‘p to‘sin va ustun kesishgan joydan yarim metr masofadan o‘tib ketdi |
| 30' | ![]() |
Trent o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmani "Arsenal" posboni egallab oldi |
| 23' | ![]() |
To‘p nazorati to‘laligicha "Liverpul" tomonida |
| 21' | ![]() |
Vuuuuh! Mane ajoyib sovg‘adan foydalana olmadi! Sebalyos burchakka yaqin joyda to‘pni o‘z jarima maydonchasiga yetkazdi. Sadio Mane penalti nuqtasi ustida to‘pni egallab oldi-yu, darvoza tomon zarba berdi. To‘pni Leno egallab oldi |
| 20' | ![]() |
Robertson o‘z qanotidan uzatma berdi. Saloh uzatmaga yeta olmadi |
| 19' | ![]() |
"Arsenal" qarshi hujum tashkil qildi. Pepe 24 metrlardan aniq zarba berdi. To‘pni Adrian egalladi |
| 17' | ![]() |
"Liverpul"ning dastlabki daqiqalardagi bosimidan chiqib ketgan "kanonirlar", endi o‘zlari to‘pni nazorat qilishmoqda |
| 13' | ![]() |
Mane chap qanotdan jarima maydoniga kirib, darvoza yaqiniga uzatma berishga urindi, ammo to‘p himoyachi orqali darvozabonga borib tushdi |
| 11' | ![]() |
VUUUUUUH! "Arsenal" hisobni ochishga juda yaqin keldi! Mehmonlar oldinga chiziqqa uzatma berishdi, Adrian oldinga yugurib chiqdiyu, to‘pni tepib yuborishda muvaffaqiyatsiz harakat qildi. To‘pni Obameyang egallab olib, 17 metrlardan zarba berdi. To‘p shundoqqina ustun yonidan o‘tib, maydonni tark etdi |
| 9' | ![]() |
"Liverpul" burchak zarbasini amalga oshirdi. Veynaldum jarima maydoni ichida to‘pni egalladiyu, chap oyoqda aniq zarba bera olmadi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi |
| 7' | ![]() |
Mehmonlarning dastlabki hujumi muvaffaqiyatsiz chiqdi. Nikolya Pepe o‘ng qanotdan oldinga o‘tib, himoyachilarni aldamoqchi bo‘ldiyu, to‘pni yo‘qotdi |
| 4' | ![]() |
Mezbonlar jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 2' | ![]() |
Vuuuuuh! "Liverpul" hisobni ochishi mumkin edi. Robertson chap qanotdan oldinga o‘tdi va darvozabon maydoni tomon uzatma berdi. Firmino to‘pga tashlanishga biroz kech qoldi. Aks holda darvozaning bo‘sh qolgan qismiga to‘pni burib qo‘yishi mumkin edi |
| 1' | ![]() |
To‘pni o‘yinga mersisaydliklar kiritib berishdi |
| ' | "Liverpul" qizil, "Arsenal" esa to‘q ko‘k rang rangli formada o‘ynaydiy | |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelish arafasida |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Angliya chempionatining 3-turi doirasida markaziy o‘yin "Enfild" stadionida bo‘lib o‘tadi. "Liverpul" o‘z maydonida "Arsenal"ni qabul qilmoqda. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|