Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi

9 sentyabr, soat 21:00

O‘ZBEKISTON

0 : 0

IROQ

JAMOALAR TARKIBI
12.Sanjar Quvvatov
6.Davron Hoshimov
20.Islom To‘xtaxo‘jayev
15.Egor Krimes
4.Farrux Sayfiyev
7.Odil Hamrobekov
18.Azizjon G‘aniyev
19.Quvondiq Ro‘ziyev
23.Sanjar Shoahmedov
10.Jaloliddin Masharipov
14.Eldor Shomurodov
  20.Muhammad Hamid
3.Mustafo Muhammad
6.Najim Shvan
7.Mohanad Abdulrahim
11.Humam Toriq
13.Bashar Resan
14.Amjid Atvan
15.Durg‘om Ismoil
16.Usoma Jabbor
22.Rebin G‘arib
23.Maytam Jabbor
ZAHIRA
  12.Muhammad Solih
2.Ahmad Xalaf
4.Suad Notiq
5.Safa Xodiy
10.Mohanad Aliy
17.Alaa Ali
18.Ayman Hussayn
19.Mahdi Komil
21.Alaa Abbos

Matn

90+2'
O‘yin yakunlandi. O‘zbekiston - Iroq 0:0
90+1'
Ibragimov chap qanotdan jarima maydoniga kirdi, ammo tayinli uzatma bera olmadi
90'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
90'
G‘aniyevning uzatmasidan keyin Sergeev bosh bilan zarba berishga urindi. Ammo Igor biroz yeta olmadi
86'
Iroqlik futbolchiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
82'
Hamdamov burchak to‘pini o‘yinga kiritib, sherigidan uzatmani qabul qilayotganida ofsaydda qoldi
80'
Vuuuh! Terma jamoamiz ishtirokida yaxshi kombinasiya! Sergeev bosh bilan aniq zarba berdi. Muhammad Hamid to‘pni egallab oldi
77'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Masharipov o‘rniga Doston Ibragimov tushdi
76'
Vuuuuh! Yana bir marta xavfli vaziyat! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga iroqlik futbolchi yaqin mosofadan bosh bilan zarba berdi. To‘p shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi
75'
Vuuuuh! Iroqlik futbolchi jarima maydonimiz tashqarisidan aylanma zarba berdi. To‘p shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi
69'
Vuuuuuuh! Hamdamov maydon markazidan oldinga intildi, raqib jarima maydoniga kirib borib, zarba berdi. Darvozabon zarbani qaytardi
68'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Krimes o‘rniga Doston Tursunov maydonga tushdi
67'
Vakillarimiz qisqa paslar orqali raqib jarima maydoniga kirishga urindi. MUvaffaqqiyatsiz
66'
Iroq ikkinchi bo‘limda ancha fol o‘ynamoqda. Terma jamoamiz, qo‘pol qilib aytganda, maydon markazidan o‘ta olmay qoldi. Balki qilingan o‘zgarishlar o‘z foydasini berar
65'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Shoahmedov o‘rniga Oston O‘runov maydonga tushdi
62'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Quvondiq Ro‘ziyev o‘rniga Doston Hamdamov tushirildi
59'
Masharipov jarimadan uzatma berishni qoyillatmadi
58'
Terma jamoamiz burchakdagi bayroqchaga yaqin joyda jarima zarbasi ishladi
56'
Iroqning xavfli hujumi. Zarbaga yetishmadi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
53'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Eldor Shomurodov o‘rniga Igor Sergeev tushirildi.
52'
Ehhh, Shomurodov yana bir marta qulay vaziyatdan foydalana olmadi.
50'
Iroq burchak zarbasini amalga oshirdi. Markaziy himoyachimiz to‘pni qaytardi
50'
Davron Hoshimov ogohlantirildi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Davom etamiz
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. Hozircha O‘zbekiston - Iroq - 0:0
45+1'
Terma jamoamiz burchak zarbasini amalga oshirdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
45'
Birinchi taymga 1 daqiqa qo‘shib berildi
43'
Iroq burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Samarasiz
41'
Eldor raqib jarima maydoni ostonasida himoyachini aldab o‘ta olmadi
40'
Iroqning ikkita zarbasini bartaraf etdik
37'
Jarima zarbasini G‘aniyev tepdi, jonli devorga tegib qaytgan to‘pga Masharipov zarba berdi. To‘p himoyachilardan maydonni tark etdi
36'
Nihoyat hakam Iroq jarima maydoni ostonasida jarima zarbasi belgiladi
35'
O‘yin haqida nima deyish mumkin? Har ikkala jamoa hujum qilishga intilmoqda, ammo ko‘zlangan niyatning yarmidan ko‘pi amalga oshmayapti. Lekin futbolchilarimizda g‘alaba uchun ishtiyoq bor
30'
Burchakka yaqin joyda Masharipov yiqitildi, ammo hakam yana jarima zarbasi belgilamadi. Jalolga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
29'
Shomurodovning uzatmasidan keyin Shoahmedov raqib jarima maydoni tomoni tomon harakatlandi, ammo chiziq ustida himoyachi bilan kurash paytida yiqildi. Hakam fol qayd etmadi
24'
VUUUUUH! Iroqliklar golga juda yaqin kelishdi. Zarbaga biroz aniqlik yetishmadi
24'
Iroq hujumchisi jarima maydonimizga kirib bordi. To‘xtaxo‘jayev to‘pni olib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi, ammo forvard Islomni qo‘li bilan tortib yiqitdi. Fol
23'
Ehhhh, Shomurodooov! Eldor yana bir marta yakkama-yakka vaziyatda darvoza tomon aniq zarba bera olmadi. Afsus
22'
Vaqti-vaqti bilan to‘p nazorati iroqliklar tomoniga o‘tmoqda. Ammo ular mudofaamizni yorib o‘ta olishmayapti
15'
Darvoqe, Jaloliddin Masharipov kecha o‘g‘il farzandli bo‘libdi. Tabriklaymiz! Solih farzand bo‘lsin
14'
VUUUUUUH! Masharipov burchak to‘pi ishlashdi va uni o‘zi o‘yinga kiritdi. Krimes yaqing masofadan bosh bilan kuchli zarba berdi. Darvozabon ajoyib seyv namoyish qilib, muqarrar goldan qutqarib qoldi
12'
To‘p u jarima maydonidan bu jarima maydoniga borib kelmoqda. Hozircha xavfli vaziyatlar yo‘q
8'
Iroqliklarning hujumi. Yuqoridan yetkazilgan uzatmani To‘xtaxo‘jayev bosh bilan qaytarib qoldi
7'
Xavfli vaziyat! Terma jamoamiz maydon markazidan raqib jarima maydoni tomon uzatma berdi. Shomurodov deyarli birga-bir vaziyatga chiqib, zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
5'
Aziz G‘aniyev olis masofadan zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni qaytardi
3'
Sayfiyev chap qanotdan hujumga qo‘shildi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. Hujumchimiz to‘pga yeta olmadi
1'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! O‘zbekiston va Iroq terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlandi.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.