Evropa chempionlar ligasi, 1/8 final
| Dastlabki uchrashuv. 20 fevral, soat 00:45 | ||
ARSENAL |
0 : 2 |
BAVARIYaKroos (53)
Myuller (87) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Voysex Shesni 03.Bakari Sanya 04.Per Mertezaker 06.Loran Koselni 28.Kiran Gibbs 19.Santi Kasorla 20.Matye Flamini 10.Jek Uilshir 15.Aleks 11.Mesut O‘zil 22.Yaya Sanogo |
01.Manuel Noyer 21.Filipp Lam 04.Dante Santos 17.Jerom Boateng 27.David Alaba 39.Toni Kroos 06.Tyago Alkantara 08.Xavi Martines 10.Aryen Robben 19.Mario Gyotse 09.Mario Manjukich |
|
Matn
| 90' | ![]() |
O‘yin tugadi |
| 89' | ![]() |
Bu golga ham Lam hammualiflik qildi. Ofsayd chizig‘ida turgan Myullerni ko‘rgan Lam unga ajoyib to‘p uzatishini amalga oshirdi. Myuller esa bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi. |
| 88' | ![]() |
Goool. 0:2. Tomas Myuller. |
| 86' | ![]() |
Tomash Rosiskiga qo‘pol harakati uchun sarir kartochka ko‘rsatildi. |
| 84' | ![]() |
«Bavariya» juda xotirjam harakat qilmoqda va imkon bo‘ldi deguncha qarshi hujumga o‘tmoqda. Lam o‘z qanotidan katta tezlikda oldinga bordi va to‘pni darvozaga yaqiniga yo‘lladi, lekin darvozabon uni egallab oldi. |
| 82' | ![]() |
Aryen Robben o‘z uslubida qanotda to‘pni qabul qilib oldi va ajoyib tarzda markazroqqa o‘tib, zarba berdi, lekin uning zarbasiga aniqlik yetishmadi. |
| 80' | ![]() |
Tiago Alkantara o‘rniga Klaudio Pisarro tushdi. |
| 78' | ![]() |
Tiago qanotda Alaba bilan devor uslubida taktikani amalga oshirdi va zarba berdi, lekin uning zarbasi juda kuchsiz chiqdi. |
| 76' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Myulerga bu harakati uchun uchta qizil kartochka berish kerak edi. Jarima maydonida to‘pni egallab olgan hujumchi qarasa, ish bitmaydi, shuning uchun Koselni uning yaqiniga borgan edi hamki yiqilib oldi va hakamdan penalti so‘radi. |
| 74' | ![]() |
Aleks Oksland-Chemberlen o‘rniga Tomash Rosiski tushdi. |
| 72' | ![]() |
Rafinma maydonga tushgacha o‘ng qanot juda ham faol o‘ynamoqda. Lam undan to‘pni qabul qilib oldi va darvoza yaqiniga uzatdi. Gyotse bosh bilan juda ajoyib zarba berdi, lekin Mertazaker to‘pni qaytardi. |
| 70' | ![]() |
«Bavariya» hamon to‘pni egallab turibdi. Maydon markazini Tiago Alkantara o‘z qo‘liga oldi. |
| 68' | ![]() |
«Bavariya» shu darajada to‘pni ko‘p nazorat qilmoqdaki, boshlovchi «Bavariya»ni «Barselona» deb yubordi. |
| 66' | ![]() |
«Bavariya» jarima maydoni yaqinida hujumni uzoq davom ettirdi. Tiagoning zarbasidan keyin to‘p Myullerga borib tushdi, lekin hujumchi juda qo‘pol o‘ynadi. Fol. |
| 64' | ![]() |
Endi «Bavariya» qarshi hujumda. Mandjukich juda katta tezlikda darvozaga yaqinlashdi, lekin uni sheriklari yolg‘iz qoldirishdi. |
| 62' | ![]() |
«Arsenal» maydon chizig‘ia yaqin joydan jarima zarbasi tepdi. O‘zilning to‘p uzatishidan keyin Mandjukich juda sovuqqonlik bilan harakat qildi va ko‘kragi bilan to‘pni Noyerga uzatdi. |
| 60' | ![]() |
Lam biroz markazga o‘tgan holda harakat qilmoqda. O‘ng qanotni Rafina o‘z qo‘liga oldi. Hozir ham Lam Rafinadan to‘pni qabul qilib oldi va darvoza yaqiniga uzatdi, lekin bu to‘p darvozabonga sovg‘a bo‘ldi. |
| 58' | ![]() |
Tan olishimiz kerak kutilgan gol. «Bavariya» juda katta ustunlikka ega bo‘layotgan edi. Gol bilan buni rasmiylashtirdi. |
| 56' | ![]() |
Toni Kroos jarima maydoniga yaqin jpyda to‘pni Lamga uzatdi. Sardor to‘pni Kroosga qaytardi va Tonining zarbasidan keyin to‘p darvozaning yuqori to‘qqizligiga borib tushdi. |
| 55' | ![]() |
Goooooooooooooooooooooooooooool. Toni Kros. |
| 53' | ![]() |
!!!!!!! Uilsher to‘pni oldirib qo‘ydi va Robben uni egallab olib, jarima maydonchasiga kirmay zarba berdi. Darvozabon o‘z o‘rnida. |
| 51' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim avvali juda sokin kechmoqda. Jamoalar navbatma-navbat qoida buzishmoqda. Bu safar Dante nohaq. U O‘zilni qulatdi. |
| 49' | ![]() |
«Bavariya»ning navbatdagi hujumidan keyin Mandjukich himoyachilarni shoshirib qo‘ydi, lekin xavf bartaraf qilindi. Qarshi hujumda esa Sanogo ofsaydda qoldi. |
| 47' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limda Jerom Boateng maydonga qaytmadi. Uning o‘rniga maydonga Rafinma tushdi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. |
| 45+1' | ![]() |
Mario Mandjukichga sariq kartochka ko‘rsatildi. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga ikki daqiqa qo‘shib berildi. |
| 45' | ![]() |
«Arsenal» muxlislar to‘p Robbenga tushsa, UUUUUU deb uni kutib olishmoqda. |
| 43' | ![]() |
O‘yinning birincho bo‘limi yakinida maydonda sokinlik hukk surmoqda. |
| 41' | ![]() |
Birinchi taymning o‘zida jamoalar bittadan penaltidan foydalana olishmadi. |
| 40' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Alaba penaltidan foydalana olmadi. To‘p shtangaga tegdi. |
| 38' | ![]() |
Santi Kasorla o‘rniga Lukas Fabianski tushmoqda. |
| 37' | ![]() |
Penaltiiiiiii. Kross ajoyib tarzda Robbenga uzatdi. Robben Shchesnini aldan o‘tdi va bo‘sh darvoza oldida qolganida darvcozabon uni yiqitdi. Penalti va Shchesniga qizil kartochka. |
| 35' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!!!! Robben to‘pni Alabaga uzatdi va himoyachi to‘pni ajoyib tarzda Robbenga qaytardi. Uning juda kuchli zarbasini himoyachilar qaytarishdi. |
| 33' | ![]() |
«Bavariya»ning uzoq davom etgan hujumidan keyin Gyotse hamda Lam qanotda chiroyli tarzda himoyachilardan o‘zib ketishdi. Lekin Shchesni o‘z o‘rnida. |
| 31' | ![]() |
Kiron Gibs jarohat sabab maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Nacho Monreal tushdi. |
| 29' | ![]() |
Mario Gyotse qanotdan oldinga bordi va himoyachini aldan o‘tib, to‘pni Tiagoga uzatdi, lekin Alkantaraning zarbasini himoyachilar qaytarishdi. |
| 27' | ![]() |
«Bavariya» Gvardiolaning o‘yinini ko‘rsata boshladi. Tiago to‘p bilan oldinga borayotganda O‘zil uni to‘xtatib qoldi. Fol. |
| 25' | ![]() |
Robben o‘ng qanotdan oldinga bordi. U to‘pni Mandjukichning yo‘nalishi bo‘ylab uzatdi, lekin Koselni juda yaxshi harakat qildi va to‘pni qaytardi. |
| 23' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!!!!! Noyer. Himoyachi to‘pni darvozabonga uzatishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Bu yerda Chemberlen unga bosim o‘tkazdi, lekon Noyer to‘pni tepib yuborishga ulgurdi. |
| 21' | ![]() |
«Bavariya» to‘pni nazorat qilishni boshladi. Ular juda xotirjam harakat qilishmoqda. |
| 19' | ![]() |
Endi «Arsenal» hujumda. Nimagadir mezbonlar hujumda shoshib harakat qilishmoqda. Kasorla to‘pni egallab oldi va 25 metrlardan zarba berdi, lekin juda noaniq. |
| 17' | ![]() |
Yana Lam hujumda. Uning reydidan keyin himoyachilar to‘pni qaytarishdi. Burchak zarbasidan keyin esa Boateng juda kuchli zarba yo‘lladi. Bu yerda Flamini jamoasi joniga oro kirdi. |
| 15' | ![]() |
«Bavariya»ning navbatdagi hujumi o‘ng qanotdan rivojlandi. Lamning jarima maydoniga uzatgan to‘pni darvozabon egallab oldi. |
| 13' | ![]() |
Jarima zarbasini Robben amalga oshirdi. Birinchi zarbani jonli devor qaytardi, ikkinchisi esa noaniq. |
| 12' | ![]() |
Jek Ulisher jarima maydoni yaqinida Tiagoni to‘xtatib qoldi va hakam jarima belgiladi. |
| 10' | ![]() |
Boateng O‘zilni jarima maydoni ichida yiqitdi va hakam penalti belgiladi, lekin O‘zil zarbada adashdi. Noyer to‘pni qaytardi. |
| 9' | ![]() |
Penalti. |
| 9' | ![]() |
O‘zil!!!!!! Kasorla qanotdan to‘pni O‘zilga uzatdi, hujumchining zarbasini Noyer qaytardi. |
| 8' | ![]() |
Bugun asosiy tarkibda maydonga tushgan Yaya Sanogo qanotdan oldinga bordi va uni ochiq qoldirishdi, lekin Sanogo shoshib qoldi. |
| 6' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin Robben jarima maydoni tashqarisidan to‘pni darvozaga yo‘lladi. Lekin himoyachilar aniq o‘ynashdi. |
| 5' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Toni Kroooooooos. Yarim himyachi 30 metrlardan to‘pni qabul qilib oldi va juda kuchli zarba yo‘lladi. Shchesni ajoyib harakat bilan to‘pni qaytardi. Burchak to‘pi. |
| 3' | ![]() |
O‘yinni «Arsenal» boshlab berdi. Himoyachilarning uzoq masofaga to‘p uzatishlaridan keyin Aleks Oksand Chemberlen jarima maydoniga yorib kirmoqchi bo‘ldi, lekin u to‘pni o‘zidan uzoqlashtirib yuborishdi. |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi. |
| ' | ![]() |
Futbolchilari stadionga chiqib kelishga tayyorlanishmoqda. Filip Lam hamda Pyer Mertazaker uzoq vaqt suhbatlashishdi. Xabaringiz bor, ular Germaniya terma jamoasi tarkibida birga harakat qilishadi. Bundan tashqari Aryen Robben uchun ham London begona shahar emas. U «Chelsi» tarkibida «Arsenal»ga qarshi ko‘p o‘ynagan va «Emirates»dagi o‘yinlardan birida yagona g‘alaba to‘pini kiritishga ham muvoffaq bo‘lgan. |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Sizlarni «Arsenal» hamda «Bavariya» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni kuzatishga taklif qilamiz. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|