Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
JCH-2022 saralash. Osiyo, 2-bosqich.
| «D» guruhi, 3-tur. 10.10.2019 soat 17:00. Bosh hakam: Hanna Hattab (Suriya) | ||
O‘ZBEKISTONSanjar Qodirqulov (2)
Eldor Shomurodov (33) Jamshid Iskandarov (53) Islom To‘xtaxo‘jayev (72) Igor Sergeev (90) |
5 : 0 |
YAMAN |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Eldor Suyunov 04.Farruh Sayfiyev 05.Rustam Ashurmatov 20.Islom To‘xtaxo‘jayev 03.Hojiakbar Alijonov 13.Sanjar Qodirqulov 22.Jamshid Iskanderov 10.Jaloliddin Masharipov 07.Otabek Shukurov 17.Doston Hamdamov 14.Eldor Shomurodov |
22.Salim Sayid (D) 05.Mahdi Alovuddin 02.Ahmad al-Hamriy 04.Mudir Abdurobiy 17.Mufid Sarhan 12.Ahmad Mohir 16.Nosir al-Gahvashiy 11.Abdulvosi al-Matriy 20.Emad Tavfiq 07.Ahmad as-Saroriy 09.Umar Abdulloh ad-Dahiy |
|
| ZAHIRA | ||
|
12.Sanjar Quvvatov (D) 16.Abdumavlon Abdujalilov (D) 15.Egor Krimes 19.Akbarjon Ismatullayev 23.Xurshid G‘iyosov 06.Azizjon G‘aniyev 08.Ikromjon Aliboyev 09.Odil Ahmedov 18.Sardor Mirzayev 02.Sharof Muhiddinov 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov 21.Igor Sergeev |
01.Muhammad Ali Ayash (D) 23.Salim al-Harsh (D) 03.Muhammad Umar 06.Abdulaziz al-Jumaiy 19.Muhammad Ali Buqshan 10.Essam al-Voraviy 14.Manaf Sayid Saad 15.Muhammad Salim 18.Ali Kafiz 21.Muhammad Ba Rovis |
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin tugadi. O‘zbekiston - Yaman - 5:0! G‘alaba muborak bo‘lsin! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Igor Sergeev, 5:0! Shukurov - Hamdamov - Sergeev kombinasiya muvaffaqiyatli chiqdi va Igor bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi! |
| 88' | ![]() |
Ehhh! Alijonov chap qanotdan hujumga qo‘shildi va darvozabon maydoniga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirdi. Sergeev birozgina yeta olmadi |
| 87' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Sergeev "qaychi" uslubida zarba berishga urindi. Urinish muvaffaqiyatli chiqmadi |
| 85' | ![]() |
Yamanda o‘zgarish: Mudir Abdurobiy o‘rniga Muhammad Salim tushirildi |
| 83' | ![]() |
Mudir Abdurobiyga tibbiy yordam ko‘rsatildi |
| 82' | ![]() |
Aliboyev olis masofadan kuchli zarba berdi. Ammo to‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 79' | ![]() |
O‘zbekistonda uchinchi o‘zgarish: Eldor Shomurodov o‘rniga Igor Sergeev tushirildi |
| 78' | ![]() |
Vuuuuuh! Himoyachi to‘pni o‘z darvozaboniga yetkazdi. Salim esa to‘pni bo‘ysundirishga xatoga yo‘l qo‘ydi. Bosimni davom ettirgan Masharipov to‘pni egalladiyu, ammo bo‘sh qolgan darvozaga zarba berishga ulgurmadi. Himoyachi to‘pni tepib yubordi |
| 76' | ![]() |
Otabek Shukurov ogohlantirish oldi |
| 74' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Farrux Sayfiyev o‘rniga Ikrom Aliboyev tushirildi |
| 72' | ![]() |
GOOOOOOL! Islom To‘xtaxo‘jayev, 4:0! Burchakdan yetkazilgan uzatmani "Lokomotiv" himoyachisi bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi |
| 68' | ![]() |
Yaxshi vaziyat! Burchakdan yetkazilgan uzatmani Shomurodov egalladi va narigi ustun tomon uzatma berdi. Salim to‘pni egallab oldi |
| 65' | ![]() |
GOOOOOOOL! Odil Ahmedov, 4:0! Masharipov chap qanotda jarima maydoniga kirdi, bir himoyachini aldab, darvozabon maydoniga aniq pas berdi. Ahmedov bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi! YO‘Q! Gol bekor qilindi! O‘zbekiston terma jamoasi maydon markazida hujum boshlayotgan paytda Odil Shukurovga uzatma berayotganida to‘p hakamga tegib qoldi va Ahmedovni to‘pni egallab, hujumni davom ettirgan edi. Oqibatda gol bilan yakunlangan hujum inobatga olinmadi. Afsus. Ammo qoidaga ko‘ra hakam — haq |
| 64' | ![]() |
Yamanliklarning kam sonli hujumlaridan biri. Suyunov baland sakrab to‘pni egallab oldi |
| 63' | ![]() |
To‘p nazorati mezbonlar tomonida. |
| 57' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Iskanderov o‘rniga Odil Ahmedov maydonga tushdi |
| 56' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim avvalida zaxiradan maydonga tushgan Essam al-Voraviy ogohlantirildi |
| 55' | ![]() |
VUUUUUUUH! Hamdamooov! Shomurodov juda aniq uzatma bilan raqib darvozasiga yaqinlashayotgan Doston tomon uzatma berdi. "Paxtakor" yarim himoyachisi posbon bilan yakkama-yakka vaziyatda zarba berdi. To‘p Salim Sayidning ko‘kragiga tegib qaytdi |
| 53' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Jamshid Iskandaroovvvvv! 3:0! Terma jamoamiz chap qanotdan jarima zarbasini amalga oshirishdi. Himoyachi qaytargan to‘pni Qodirqulov raqib jarima maydoni tashqarisida egalladi va orqaroqdagi Jamshidga pas berdi. Iskandarovning zarbasini darvozabon qaytara olmadi. To‘p darvoza burchagidan o‘rin oldi |
| 49' | ![]() |
Masharipov chap qanotdan oldinga o‘tayotgan Sayfiyevga uzatma berdi. Farrux to‘pga yeta olmadi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga start berildi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi. Hozircha O‘zbekiston - Yaman - 2:0. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Masharipov burchak zarbasini amalga oshirdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 43' | ![]() |
Jamoamiz qisqa paslar orqali yaxshi hujum tashkil qildi. Ammo Iskandarovning so‘nggi uzatmasi biroz sekinroq bo‘lgani uchun Qodirqulov to‘shpni egnallay olmadi |
| 39' | ![]() |
Terma jamoamiz tezkor qarshi hujum tashkil qildi. Hamdamovning uzatmasini himoyachilar jarima maydoni ichida qaytarishdi |
| 38' | ![]() |
Hamdamov jarima maydoni ichida ko‘kragi bilan qabul qildi, ammo ofsayd |
| 36' | ![]() |
Shomurodov taktik sxemada yolg‘iz hujumchi sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, Hamdamov tez-tez unga yaqin joyda paydo bo‘lmoqda |
| 33' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Eldor Shomurodoooovvv! 2:0! Sayfiyev chap qanotdan aniq uzatma berdi va "Rostov" hujumchisi 12-13 metrlardan bosh bilan zarba berib, "to‘qqizlik"ga to‘pni "mixladi"! |
| 32' | ![]() |
Maydon markazidan Masharipov yo‘nalishi bo‘ylab uzatma berildi. Salim Sayid havoda tengsiz hozircha |
| 30' | ![]() |
Vuuuuuuuh! Qodirqulovning ajoyib uzatmasidan keyin Hamdamov jarima maydoni ostonasida to‘pni egalladi va 16 metrdan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 29' | ![]() |
Chap qanotdan jarima maydoniga kirayotgan Alijonovni Shukurov ko‘rdi va uzatma berdi. Hojiakbar to‘pni to‘xtatmasdan raqib darvozasi yaqiniga yetkazdi. Ammo u yerda vakillarimizdan hech kim yo‘q edi |
| 26' | ![]() |
Hamdamov jarimadan uzatma berdi. Islom To‘xtaxo‘jayev bosh bilan zarba berdi, to‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 25' | ![]() |
Burchakka yaqin joyda Alijonovga nisbatan fol ishlatildi |
| 24' | ![]() |
Yamanliklar ham tez-tez hujumga o‘ta boshlashdi |
| 20' | ![]() |
Ahmad as-Saroriy olis masofadan darvozamiz tomon aniq zarba berdi. Suyunov to‘pni egalladi |
| 19' | ![]() |
Iskandarov-Masharipov juftligiga bir-birlarini yaxshi tushunib harakat qilayotgan edi. So‘nggi pallada himoyachi to‘pni egallab oldi |
| 15' | ![]() |
Shukurov maydon markazidan raqib jarima maydoni tomon uzatma berdi. Salim Sayid to‘pni egallab oldi |
| 13' | ![]() |
Alijonov raqib jarima maydoni ostonasida ochilayotgan Shomurodov tomon uzatma berdi. Ammo Eldor to‘pni egallay olmadi |
| 10' | ![]() |
Vuuuuuh! Iskandarov! Sayfiyevning uzatmasidan keyin Masharipov chap qanotdan oldingi o‘tdi va jarima maydoniga uzatma berdi. Shomurodov to‘pni o‘tkazib yubordiyu, Jamshid o‘ng oyoqda zarba berdi. To‘pni darvozabon egallab oldi |
| 9' | ![]() |
Jamshidga nisbatan fol ishlatildi. Darvozagacha masofa ancha olis |
| 6' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pni yamanliklar qaytarishdi. Qodirqulov olis masofadan zarba yo‘lladi. Noaniq |
| 6' | ![]() |
Dastlabki burchak zarbasini ishladik. Hamdamov qanotidan |
| 5' | ![]() |
Masharipov chap qanotda ikki himoyachi orasidan o‘tib ketib, jarima maydoni tomon uzatma berdi. Ammo uzatma biroz kuchliroq chiqdi va to‘p borgan joyda biznikilardan hech kim yo‘q edi |
| 2' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Sanjar Qodirqulooovvvv! Debyut o‘yin va debyut gol! Hisob ochildi! Chap qanotda Iskandarov nozik uzatma bilan Hamdamovni jarima maydoniga boshladi. Dostonning uzatmasidan keyin Qodirqulov 11 metrli jarima nuqtasi ustidan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi |
| 1' | ![]() |
O‘zbekiston oq futbolka, ko‘k shortik va oq getrada, Suriya esa qizil futbolka, oq shortik va qora getrada maydonga tushgan |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga O‘zbekiston milliy jamoasi kiritib berdi |
| ' | ![]() |
O‘zbekiston madhiyasi yangramoqda. Futbolchilarimiz jo‘r bo‘lib gimnni kuylashmoqda |
| ' | ![]() |
Diqqat, O‘zbekiston va Suriya terma jamoalari futbolchilari "Paxtakor" stadionida saf tortishdi. Mamlakatlar madhiyalari yangraydi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrldi futbol muxlislari. Jahon chempionati-2022 saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston va Yaman terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘yin yana bir soatdan keyin start oladi. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|