Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya premyer-ligasi-2019/2020, 9-tur

2019 yil 20 oktyabr. soat 20:30

MANCHESTER YUNAYTED

Markus Reshford (36)

1 : 1

LIVERPUL

Adam Lallana (85)
JAMOALAR TARKIBI
01.David de Xea (D)
02.Viktor Lindelyof
05.Garri Maguayr
18.Eshli Yang
38.Aksel Tunzebe
29.Aaron Van-Bissaka
39.Skott Maktominey
17.Fred
15.Andreas Pereyra
21.Daniel Jeyms
10.Markus Reshford
  01.Alison Beker (D)
04.Virjil van Deyk
03.Fabinyo
26.Endryu Robertson
66.Trent
05.Jorjinyo Veynaldum
32.Joel Matip
14.Jordan Xenderson
27.Divok Origi
09.Roberto Firmino
10.Sadio Mane
ZAHIRA
22.Serxio Romero (D)
37.Jeyms Garner
16.Markos Roxo
53.Brandon Uilyams
08.Xuan Mata
26.Meyson Grinvud
09.Antoni Marsyal
  13.Adrian (D)
12.Jo Gomes
06.Deyan Lovren
08.Nabi Keyta
15.Aleks
20.Adam Lallana
07.Jeyms Milner

Matn

90+6'
Xavf bartaraf etildi. O‘yin tugadi. "Manchester Yunayted" - "Liverpul" - 1:1. Mersisaydliklarning g‘alabali o‘yinlar seriyasi to‘xtadi
90+6'
"Liverpul" burchak zarbasi ishladi. So‘nggi imkoniyat
90+4'
"MYu"da o‘zgarish: Pereyra o‘rniga Brandon Uilyams tushirildi
90+3'
"MYu" burchak zarbasi ishladi
90+2'
Vuuuh! Oksleyd-Chemberlen jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi. To‘p shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi
88'
Oho! Trent jarima maydoni burchagidan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
85'
GOOOOOOOOL! Adam Lallana, 1:1! Chap qanotdan yetkazilgan uzatma himoyachilar orasidan o‘tib ketdi va Lallana bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi
84'
"MYu"da o‘zgarish: Reshford o‘rniga Antoni Marsial tushirildi
83'
Vuuuh! "MYu" xavfli qarshi hujum tashkil qildi. Fred olis burchak tomon zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
82'
"Liverpul"da o‘zgarish: Veynaldum o‘rniga Nabi Keyta o‘yinni davom ettiradi
77'
Jarimadan yetkazilgan uzatmaga Firmino bosh bilan zarba berdi. Muvaffaqiyatli chiqmadi
76'
"MYu" mudofaani juda yaxshi ushlayapti. Klopp jamoasi yo‘l topa olmayapti
73'
"MYu"ning ikkinchi bo‘limdagi kam sonli hujumlaridan biri. Fredning zarbasi aniq chiqmadi
71'
"Liverpul"da o‘zgarish: Xenderson o‘rniga Adam Lallana maydonga tushirildi
67'
"MYu" yaxshi qarshi hujum tashkil qildi. Reshford jarima maydoni yarim aylanasi chizig‘i oldidan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
64'
Aleks Oksleyd-Chemberlen raqib jarima maydoni atrofida to‘pni qabul qildi va kuchli zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
63'
"Yunayted" to‘liq himoyaga o‘tdi
60'
"Liverpul"da o‘zgarish: Divok Origi o‘rniga Aleks Oksleyd-Chemberlen tushirildi
59'
Yana Jeyms tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. U endi Matip bilan to‘qnashib ketdi
55'
To‘p nazorati to‘laligicha "Liverpul" tomoniga o‘tayotgandek. Ular raqib darvozasi tomon bosim qilishmoqda
50'
Daniyel Jeyms Virjil van Deykka borib urildi. Jarohat oldi shekilli
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Davom etamiz
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. Hozircha "MYu" - "Liverpul" - 1:0.
44'
Sadio Mane raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Ammo olis masofadan yetkazilgan uzatmani hujumchi jarima maydoni ichida to‘pni o‘ziga bo‘ysundirish chog‘ida to‘p uning qo‘liga tekkani bois, gol bekor qilindi. IFAB tomonidan tasdiqlangan yangi qoidaga ko‘ra, raqib jarima maydoni ichida hujum qilayotgan jamoa vakilining qo‘liga to‘p tegsa, har qanday holatda fol qayd etildi
42'
"Liverpul" hujum tashkil qilishga harakat qilyapti, ammo hozircha himoyachilar bunga imkon berishmayapti
36'
GOOOOOOOOOOL! Markus Reshford! 1:0! MakTominey o‘ng qanotdan oldinga o‘tib, darvoza oldiga uzatma berdi. Reshford to‘pni darvozaga burib qo‘ydi. Gol VAR yordamida tekshirildi va inobatga olindi. Hujumning boshlang‘ich qismida Origiga nisbatan qoida buzilishi oqibatida "MYu" futbolchilari to‘pni egallab olishgandek bo‘lgandi
36'
Firmino bu safar bosh bilan zarba berdi. Darvozabon seyv namoyish qildi. Ammo avvalroq Roberto ofsaydda qolgan ekan
34'
O‘yindagi ilk xavfli vaziyat. Mane katta tezlikda o‘ng qanotdan oldinga o‘tib, penalti nuqtasida ochilayotgan Firminoni uzatma bilan ta’minladi. Robertoning zarbasi u qadar kuchli chiqmadi va de Xea to‘pni egallab oldi
33'
Yana bir marta ofsayd qayd etildi. Bu safar Jeyms o‘yindan tashqari holatda
32'
Pereyra ofsaydda qoldi
30'
Mezbonlar jarima maydoni ichida ochilayotgan Firmino tomon olis masofadan uzatma berdi. Roberto to‘pni darvoza tomon bura olmadi
26'
Reshford chap qanotdan jarima maydoniga kirib keldi va darvoza oldiga uzatma berishga urindi, ammo uzatma kuchli chiqmadi. Alisson to‘pni egallab oldi
25'
Skott Maktominey 22 metrlardan aniq zarba berdi. Alisson Bekker to‘pni egallab oldi
22'
"MYu" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi
20'
O‘yin maydon markazida to‘xtab turmayapti, ammo vaziyat darvozalargacha zarba berishgacha yetib bormayapti
17'
"MYu" futbolchilari raqib jarima maydoniga yaxshi kirib borishdi, ammo so‘nggi uzatma aniq chiqmadi
16'
To‘p nazorati Klopp shogirdlari tomoniga o‘tmoqda
15'
Origi jarima maydonining chap tomonida to‘pni egallab, darvoza oldiga uzatma berdi. Himoyachining oyog‘idan yuqoriga ko‘tarilgan to‘pni David de Xea egallab oldi
12'
Andreas Pereyra olis masofadan zarba berdi. To‘pni Alisson egallab oldi
10'
Mersisaydliklarning dastlabki hujumi. Firmino chap qanotdan jarima maydoniga kirib, ancha noaniq zarba berdi
9'
Mezbonlar o‘ng qanotdan jarima zarbasini amalga oshirishdi. "Liverpul" himoyachisi to‘pni egallab oldi
6'
Ilk daqiqalarda "MYu" futbolchilari hujumga ko‘proq o‘tishmoqda. Ularda ishtiyoq yuqoriroqdek
3'
Hozircha ko‘zga tashlanayotgan narsa - har ikkala tomonidan amalga oshirilayotgan pressing
1'
Diqqat, o‘yin boshlandi
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. O‘yin boshlanishiga juda kam vaqt qoldi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Angliya premyer-ligasining 9-turi doirasida markaziy o‘yin "Old Trafford"da boshlanish arafasida. "Manchester Yunayted" o‘z uyida "Liverpul"ni qabul qilmoqda.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.