Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
O‘zbekiston kubogi, final
| 26 oktyabr, soat 17:00. Bosh hakam: Sherzod Qosimov | ||
PAXTAKORDragan Cheran (31, 61-penalti, 77)
|
3 : 0 |
AGMK |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
25.Eldor Suyunov 03.Hojiakbar Alijonov 23.Sherzod A’zamov 55.Marko Simich (C) 34.Farrux Sayfiyev 20.Odil Hamrobekov 27.Sardor Sobirxo‘jayev 17.Doston Hamdamov 10.Dragan Cheran 09.Jaloliddin Masharipov 11.Igor Sergeev |
32.Suhrob Sultonov 23.Akmal Shorahmedov 44.Bobur Yo‘ldoshev 33.Sardor Rahmonov 31.Saydullo Rahmatov 04.Mirjamol Qosimov 03.Erkin Boydullayev 05.Dilshod Jo‘rayev 07.Elguja Grigalashvili 17.Murod Toshmatov 99.Shahzod Nurmatov |
|
| ZAHIRA | ||
|
35.Sanjar Quvvatov 05.Alisher Salimov 14.Humoyunmirzo Iminov 15.Egor Krimes 19.Shohruh Madmudhojiyev 21.Marat Bikmayev 29.Vladimir Kozak 43.Ibrohimxalil Yo‘ldoshev 77.Husniddin G‘ofurov |
12.Roman Abdulov 8.San’at Shixov 11.Zohir Pirimov 15.Jasur Hakimov 20.Mirg‘iyos Sulaymonov 30.Jasur Umarov 55.Sardor Abdunabiyev 77.Vladislav Kasminin 88.Igor Zonich |
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Paxtakor" - 12 karra O‘zbekiston kubogi sohibi! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Ehhhh, Hamdamov! Darvozabon bilan yakkama-yayakka vaziyatga chiqib, imkoniyatdan foydalana olmadi! |
| 89' | ![]() |
"Paxtakor"da o‘zgarish: Sobirxo‘jayev o‘rniga Yegor Krimes tushdi |
| 87' | ![]() |
Jasur Hakimov raqib to‘p uchun kurashda Suyunovni aldab o‘tib, ammo bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qilishi mumkin bo‘lgan vaziyatda muvozanatni saqlay olmasdan yiqilib tushdi |
| 86' | ![]() |
"Paxtakor"da o‘zgarish: Farrux Sayfiyev o‘rniga Vladimir Kozak maydonga tushdi |
| 81' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Masharipov 5 metrdan o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Sultonov to‘pni egallab oldi |
| 79' | ![]() |
"Paxtakor"da o‘zgarish: Igor Sergeev o‘rniga Marat Bikmayev maydonga tushirildi |
| 78' | ![]() |
Hojiakbar Alijonov sariq kartochka oldi |
| 74' | ![]() |
GOOOOOOOL! Dragan Cheran, 3:0! Xet-trik! Masharipov chap qanotdan yetkazgan uzatmani bolqonlik futbolchi jarima maydoni chizig‘i ustidan to‘xtatmasdan darvozaga joylab qo‘ydi |
| 67' | ![]() |
To‘p nazorati "sherlar" tomonida |
| 63' | ![]() |
AGMKda o‘zgarish: Dragan Cheran o‘rniga San’at Shixov maydonga tushirildi |
| 61' | ![]() |
GOOOOOOOL! Dragan Cheran, 2:0! |
| 60' | ![]() |
PENALTI! AGMK darvozasiga! Cheranning uzatmasidan keyin to‘pga harakat qilayotgan Masharipovni Shorahmedov qo‘li bilan tortib qoldi |
| 58' | ![]() |
Vuuuh! Sultonovdan seyv! Masharipov jarima maydoniga yetkazib bergan uzatmaga Cheran yaqin masofadan zarba berdi. Suhrob to‘pni qaytardi |
| 54' | ![]() |
VUUUUUH! Hamdamov jarima maydoni chizig‘i ustida to‘pni qabul qilib, chap oyoqda zarba berdi. To‘p ustunga tekkancha maydonni tark etdi |
| 47' | ![]() |
Xavfli zarba! Grigalashvili jarima maydoni ostonasidan kuchli zarba berdi. To‘p shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Paxtakor" - AGMK - 1:0. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
VUUUUH! Hisob tenglashishiga bir baxya qoldi. Grigalashvili chap qanotda Alijonovni aldab o‘tib, darvoza maydoniga uzatma berdi. Nurmatov to‘pni darvoza tomon burishga harakat qildi. Ammo himoyachilar to‘pni egallab, xavfni bartaraf etishdi |
| 41' | ![]() |
Murod Toshmatov jarima maydoni tashqarisidan zarba yo‘lladi. Himoyachi tegib o‘z tezligini yo‘qotgan to‘pni Suyunov egallab oldi |
| 40' | ![]() |
Grigalashvili ofsaydda qoldi |
| 37' | ![]() |
Arveladze jamoasi ikkinchi golni urib olish uchun harakatni davom ettirmoqda |
| 35' | ![]() |
VUUUUUH! Hamdamovning o‘ta xavfli zarbasini Sultonov ajoyib seyv bilan qaytardi! |
| 33' | ![]() |
"Paxtakor" yana bir xavfli hujum tashkil qildi. Masharipov o‘ng tomondan oldinga o‘tib, jarima maydonining narigi tomonida ochilgan Hamdamovga uzatma berdi. Doston bir urinishda to‘pni o‘ziga bo‘ysundirib, ikkinchi urinishda zarba berdi. Darvozabon to‘pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi |
| 31' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Dragan CHERAN, 1:0! Toshkentliklar maydon markazida himoyachidan to‘pni olib qo‘yib, oldinga o‘tishdi. Hamdamovning pasidan keyin Cheran 25 metrlardan shu qadar mukammal zarbani amalga oshirdiki, to‘p darvozabonning ustidan oshib, to‘rga borib tushdi |
| 29' | ![]() |
Egluja 22 metrlardan zarba berdi. Noaniq |
| 27' | ![]() |
AGMKning xavfli hujumi. Grigalashvili jarima maydoni ichida Alijonovni aldab o‘tib, olis burchak tomon zarba berdi. Simich zarbani qaytarib qoldi |
| 26' | ![]() |
Mirjamol Qosimov yaqin burchak tomon aniq zarba berdi. Suyunov zarbani qaytardi |
| 25' | ![]() |
AGMK raqib jarima maydoni burchagidan jarima zarbasi ishladi. |
| 23' | ![]() |
Masharipov jarima maydoni ichiga kirayotib yiqildi, referi uni o‘rnidan turish kerakligini ta’kidlab, o‘yinni to‘xtatmadi. Jaloliddin Sherzod Qosimovga keskin e’tiroz bildirdi |
| 20' | ![]() |
AGMK ijrosida yaxshi hujum. Olmaliqlar burchak zarbasi ishlashdi |
| 15' | ![]() |
VUUUUUUH! Olis masofadan yetkazilgan uzatmani Hamdamov jarima maydoni ichida ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirgancha ichkariga kirib bordi va qaychi uslubida zarba berishga harakat qildi. Ammo to‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 12' | ![]() |
VUUUUH! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Simich bosh bilan zarba berdi. To‘p yaqin ustunga tegib qaytdi! |
| 11' | ![]() |
Vuuuuh! "Paxtakor" hisobni ochishi mumkin edi. Masharipov chap qanotdan jarima maydoniga kirib, zarba berdi. Zarbani Sultonov qaytardi va undan qaytgan to‘pni himoyachi maydondan tashqariga chiqarib yubordi |
| 9' | ![]() |
"Paxtakor" markazga yaqin joydan jarima zarbasini amalga oshirdi. Simich bosh bilan zarba berganidan so‘ng to‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 7' | ![]() |
To‘p nazorati toshkentliklar tomoniga o‘tdi. Qosimov jamoasi esa himoyalanmoqda va qarshi hujum taktikasida o‘ynamoqda |
| 4' | ![]() |
O‘yin jarima maydonidan jarima maydonigacha davom etyapti. Hozir Hamdamov o‘ng qanotda bir himoyachini aldab, darvoza oldiga uzatma berdi. Sardor Rahmonov to‘pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi |
| 1' | ![]() |
Sherzod Qosimovning hushtagi angradi. To‘pni o‘yinga AGMK kiritib berdi |
| ' | O‘yinni tomosha qilish uchun ko‘pgina futbol mutaxassislari, jumlada, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov "Lokomotiv" stadioniga tashrif buyurgan | |
| ' | "Paxtakor" bugun ko‘k-sariq yo‘l-yo‘l, olmaliqliklar esa oq rangli futbolkada harakat qilishadi. | |
| ' | ![]() |
O‘yindan oldin O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yangramoqda |
| ' | ![]() |
Diqqat, "Paxtakor" va AGMK jamoalari maydonga chiqib kelishmoqda |
| ' | Jamoalar chigilyozldi mashg‘ulotni yakunlab, kiyinish xonasiga yo‘l olishdi. | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Bugun O‘zbekiston kubogi g‘olibi aniqlanadi. Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida «Paxtakor» va AGMK finalda to‘qnash kelishmoqda. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|