Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
JCH-2022 saralash. Osiyo, 2-bosqich.
| «D» guruhi, 5-tur. 14.11.2019, soat 17:00. Bosh hakam: Ryuji Sato (Yaponiya) | ||
O‘ZBEKISTONEldor Shomurodov (16)
Otabek Shukurov (56-penalti) |
2 : 3 |
SAUDIYa ARABISTONISalmon al-Faraj (22-penalti, 86)
Salim ad-Dovsariy (89) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Eldorbek Suyunov 03.Hojiakbar Alijonov 09.Odil Ahmedov 05.Rustam Ashurmatov 04.Farruh Sayfiyev 08.Ikrom Aliboyev 07.Otabek Shukurov 13.Sanjar Qodirqulov 10.Jaloliddin Masharipov 17.Dostonbek Hamdamov 14.Eldor Shomurodov |
21. Al-Ovays 04.As-Sahafiy 05.Al-Xabroniy 06.Al-Breyk 07.Al-Faraj 08.Ash-Shehriy 11.Bahebriy 13.Ash-Shahroniy 14.Otayf 17.Al-Birakan 18.Ad-Dosariy |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Salim ad-Dovsariy (73)
Abdulaziz al-Beshiy (77) |
||
Matn
| 90+5' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. Alamli mag‘lubiyat. Juda yaxshi o‘ynab, so‘nggi daqiqalarda ikkita gol o‘tkazib yubordik. |
| 90+5' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani mehmonlar egallab olishdi |
| 90+4' | ![]() |
Burchak zarbasi ishladik |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Doston Hamdamov o‘rniga Igor Sergeev tushirildi |
| 89' | ![]() |
GOL! Afsuski, Saudiya Arabistoni terma jamoasi chiroyli gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shukurov maydon markazida to‘pngi oldirib qo‘ydi. Salim ad-Dovsariy esa 15 metrdan parashyut zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi. Suyunovning qo‘llariga to‘pga yetmay qoldi |
| 86' | ![]() |
GOL! Afsuski, olis masofadan zarba yo‘llanganidan keyin to‘p rekoshet holatida darvozamizga borib tushdi. Salmon al-Faraj dublni rasmiylashtirmoqda |
| 85' | ![]() |
Saudiyada o‘zgarish: Al-Birakan o‘rniga Abdulloh al-Hamdan tushirildi |
| 84' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan uzatmani himoyachilar qaytarishdi |
| 84' | ![]() |
Chap qanotda Aliboyevga nisbatan fol ishlatildi |
| 82' | ![]() |
O‘zbekistonda dastlabki o‘zgarish: Masharipov o‘rniga Odil Hamrobekov tushirildi |
| 81' | ![]() |
Qoyil, Eldor! Mehmonlar hujumchisi yakkama-yakka vaziyatga chiqayotgan edi. Darvozabonimiz to‘pni egallab olishga muvaffaq bo‘ldi |
| 79' | ![]() |
Mehmonlar futbolchisi burchak zarbasini muvaffaqiyatsiz amalga oshirdi |
| 79' | ![]() |
Vuh! Abdulaziz al-Beshiy aylanma zarba berdi. Suyunov seyv namoyish qilib, to‘pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi |
| 77' | ![]() |
Abdulashish al-Beshiy ogohlantirish oldi. |
| 75' | ![]() |
Hamdamov burchak to‘pini o‘yinga kiritdi, Shomurodov bosh bilan to‘pni ortga urib yubordi, Masharipov chalqancha uslubda zarba bermoqchi bo‘ldi. To‘p Jalolning oyog‘iga tegmay qoldi |
| 74' | ![]() |
Ahmedovning zarbasidan keyin to‘p jonli devorga tegib qaytdi |
| 73' | ![]() |
Salim ad-Dovsariy ogohlantirish oldi. U ortdan kelib Aliboyevni yiqitdi. Davrozagacha 25 metrlardan jarima zarbasi tepamiz |
| 72' | ![]() |
Saudiyada o‘zgarish: Ash-Shehriy o‘rniga Navof al-Obid tushirildi |
| 71' | ![]() |
Masharipov biroz ofsaydda qolib ketdi |
| 70' | ![]() |
Shukurov olis masofadan noaniq zarba yo‘lladi |
| 69' | ![]() |
Eh, yaxshi vaziyat edi ya! Futbolchilarimiz raqibga bosim o‘tkazib, ularni xato qilishga majbur qilishmoqda. Hamdamovning uzatmasidan keyin Qodirqulov darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi. Ammo to‘p Sanjarning oyog‘iga tegdiyu, ortda qolib ketdi |
| 68' | ![]() |
Terma jamoamiz to‘pni nazorat qilishga intilmoqda |
| 62' | ![]() |
Saudiya Arabistonida o‘zgarish bo‘ldi. Bahebriy o‘rniga Abdulaziz al-Beshiy maydonga tushirildi. |
| 62' | ![]() |
Alijonov o‘ng tomondan raqib jarima maydoniga kirib, o‘tkir burchak ostida kuchli zarba berdi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi |
| 61' | ![]() |
To‘p saudiyalik himoyachining qo‘liga tegdi. Bu safar yaponiyalik hakamning hushtagi jim |
| 56' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Otabek Shukurooooov! Kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 55' | ![]() |
PENALTI! Saudiya Arabistoni darvozasiga! Masharipov jarimadan yetkazgan uzatmani himoyachilar qaytarishdi. Sayfiyev yo‘llagan zarbadan so‘ng to‘p himoyachining qo‘liga tegdi |
| 54' | ![]() |
Qodirqulov himoyachiga bosim o‘tkazdi, undan to‘pni olib qo‘ydi va jarima zarbasi ishladi. Jarima maydonining yon tomonida |
| 53' | ![]() |
Aliboyev raqib bilan to‘p uchun kurashda tik oyoq bilan chiqib bordi. Sato uni og‘zaki ogohlantirdi |
| 51' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan uzatmani Eldor mushti bilan urib yubordi |
| 50' | ![]() |
Hakam jarima maydonimiz burchagida jarima zarbasi belgiladi. |
| 46' | ![]() |
Masharipov chap qanotda himoyachilardan qochib ketib, darvoza oldiga uzatma berdi. Posbon to‘pni egallab oldi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim start oldi. Davom etamiz |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob - 1:1. Tanaffus |
| 45+1' | ![]() |
VUUUUH! Ashurmatov o‘ta qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi! U jarima maydonimiz ichida Suyunovga juda noaniq pas berdi. Ahmedov o‘z vaqtida to‘pga yetib borib, xavfni bartaraf etdi. Aks holda mehmonlar hujumchisi bo‘sh darvozani ishg‘ol qilishi mumkin edi. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Shehriy jarima maydonimiz tashqarisidan zarba berdi. Eldor to‘pni egallab oldi |
| 42' | ![]() |
VUUUUUUH! Shomurodoooov! Eldor darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketib, zarba berdi. Al-Ovays oyog‘i bilan to‘pni qaytardi |
| 39' | ![]() |
O‘yin ancha faol va tezkorlik bilan davom etmoqda. Terma jamoamiz ketma-ket burchak to‘plarini o‘yinga kiritishmoqda. Hozircha mehmonlar yuqori qavatda yaxshi o‘ynashmoqda |
| 35' | ![]() |
Hakam Saudiya darvozasi tomon penalti belgilashi mumkin edi. Shomurodov ikki himoyachi orasidan o‘tib jarima maydoniga kirgan paytda futbolchilardan biri uni qo‘li bilan turtib yiqitdi. Hakam esa qoidabuzarlik sodir etilmaginini ko‘rsatdi |
| 22' | ![]() |
GOL! Al-Faraj darvozani ishg‘ol qildi |
| 21' | ![]() |
Eh, darvozamiz tomon penalti belgilandi. Rustam Ashurmatov raqibni ushlab qoldi. |
| 16' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Eldor Shomurodov! 1:0! Aliboyev Shahroniyga bosim o‘tkazib, uni xato qilishga majbur qildi. Eldor esa 16 metrdan darvoza burchagini ishg‘ol qildi! Ajoyib ijro! |
| 16' | ![]() |
Ahmedov himoyadan uzun pas bilan hujum chizig‘iga uzatma berdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi |
| 16' | ![]() |
O‘zbekiston ijrosida navbatdagi burchak zarbasi. Himoyachilar to‘pni maydon markaziga qaytarishdi |
| 14' | ![]() |
Futbolchilarimiz burchakdan to‘pni raqib darvozasi oldiga emas, yaqinga yetkazib, kombinasiya tashkil qilishga urinishdi, ammo muvaffaqiyatli chiqmadi |
| 13' | ![]() |
Odil Ahmedov burchak zarbasi ishladi |
| 12' | ![]() |
Arabistonliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi va Sahafiy bosh bilan zarba berdi. Suyunov to‘pni egallab oldi |
| 11' | ![]() |
Jalol yetkazib bergan uzatmani himoyachi bosh bilan qaytardi |
| 10' | ![]() |
Masharipov qanotida Jaloliddinga nisbatan fol ishlatildi |
| 8' | ![]() |
Saudiyalik futbolchi Ad-Dosariy ofsaydda qoldi |
| 7' | ![]() |
Har ikkala jamoa yuqori pressing qo‘llab, maydon markazi uchun kurash olib borishmoqda |
| 5' | ![]() |
Sayfiyev o‘z qanotida himoyachidan qochib ketib, yuqoridan uzatma berdi. Himoyachi bosh bilan uzatmani qaytardi |
| 4' | ![]() |
Mehmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi, hech qanday xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga yashil formadagi Saudiya Arabistoni kiritib berdi. O‘zbekiston bugun oq futbolka, ko‘k shortik va oq getrada harakat qilmoqda |
| ' | ![]() |
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishdi. O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni mamlakatlari madhiyalari yangradi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. JCH-2022 saralashi doirasida O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan kuch sinashadi. Ayni damda har ikkala jamoaning boshlang‘ich tarkiblari aniq bo‘ldi. Asosiy tarkib o‘yinlari maydonda chigilyozdi mashg‘ulotini o‘tashmoqda. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|