Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

JCH-2022 saralash. Osiyo, 2-bosqich.

«D» guruhi, 6-tur. 19.11.2019, soat 17:00. Bosh hakam: Navof Shukrulloh (Bahrayn)

O‘ZBEKISTON

Eldor Shomurodov (17, 58)

2 : 0

FALASTIN

JAMOALAR TARKIBI
1.Eldorbek Suyunov
3.Hojiakbar Alijonov
5.Rustam Ashurmatov
20.Islom To‘xtaxo‘jayev
23.Oleg Zoteev
8.Ikrom Aliboyev
9.Odil Ahmedov
13.Sanjar Qodirqulov
10.Jaloliddin Masharipov
17.Dostonbek Hamdamov
14.Eldor Shomurodov.
  22.Rami Hamada
3.Muhammad Rashid
5.Yosir Hamid
7.Musab Battat
11.Yosir Islom
14.Abdulloh Jobir
15.Abdullatif Bahdariy
18.Solih Chihadeh
20.Nazmi al-Badaviy
21.Islom Batran
23.Muhammad Darvish.
SARIQ KARTOCHKA
 
Abdulatif Bahdoriy (34)

Matn

'
G‘ALABA MUBORAK!
90+3'
O‘yin tugadi. O‘zbekiston terma jamoasi Falastinni 2:0 hisobida g‘alaba qozondi
90+2'
Ehhhh! Aliboyev yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va sherigiga pas berdi, ammo himoyachi to‘pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
90'
To‘p nazorat raqiblar tomoniga o‘tib ketdi. Futbolchilarimiz charchab qolishdi
89'
To‘p jarima maydonchamiz ichidagi Solih Chihadehning qo‘liga tekkani uchun hakam o‘yinni to‘xtatdi
86'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Dostovn Hamdamov o‘rniga Sardor Sobirxo‘jayev tushirildi
85'
Raqib futbolchisi olis masofadan zarba berdi. Suyunov seyv namoyish qilib, xavfni bartaraf etdi
85'
Qanotdan yetkazilgan uzatmani Suyunov egalladi
82'
Vuuuuuuh! Alijonov o‘ng qanotdan oldinga o‘tib, penalti nuqtasiga uzatma berdi. Jamshid to‘pni darvoza tomon burdi, ammo to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
81'
Raqib jarima maydoni ostonasiga yetkazilgan to‘p uchun kurashda Aliboyev himoyachidan ustun keldi, ammo darvozabon to‘pni egallab oldi
78'
O‘zbekistonda ikkinchi o‘zgarish: Eldor Shomurodov o‘rniga Temurxo‘ja Abduxoliqov tushirildi
76'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani himoyachilar qaytarishdi
76'
VUUUUUH! Alijonooov! Hojiakbar raqib jarima maydoni ichida himoyachidan to‘pni olib qo‘yib, yakkama-yakka vaziyatda kuchli zarba berdi. Hamada yana seyv namoyish qilib, yaqqol goldan qutqardi!
74'
Falastinda o‘zgarish: Yosir Islom o‘rniga Mahmud Vodiy tushirildi
74'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Masharipov o‘rniga Shamshid Iskandarov o‘yinni davom ettiradi
72'
Burchak zarbasidan so‘ng zarbavor vaziyatni yuzaga keltirdik. Bosh bilan berilgan zarba natijasida to‘pga urilib, darvozabonning qo‘liga borib tushdi
71'
VUUUUUUH! Alijonov! Dostonning tovon bilan bergan pasidan keyin Hojiakbar jarima maydoniga kirdi va kuchli zarba berdi. Hamada qandaydir tasodif tufayli zarbani qaytarib qoldi
70'
Hamdamov o‘z qanotidan uzatma berdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni darvozabonga tashlab berdi
68'
Shomurodov jarima maydoni ichida raqibning 2-3 futbolchisini aldashga urindi, to‘zp undan maydonni tark etdi
67'
Zoteev biroz oqsoqlanmoqda. Unag maydondan tashqarida tibbiy yordam ko‘rsatiladi
65'
Vuuuh! Yaxshi zo‘r, ammo zarba qovushmadi. Qodirqulov jarima maydoni ichida zarba bergandi, to‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi
62'
Falastinda yana bir o‘zgarish: Battat o‘rniga Musa Faroviy tushirildi
62'
Terma jamoamiz yaxshi qarshi hujum tashkil qildi. Shomurodov to‘pni egalladi, bir himoyachini aldadi va Masharipovga pas berdi. Jalol to‘pga yeta olmadi
58'
GOOOOOOOOOL! SHOmurodooooov! 2:0!!! Ahmedovning uzatmasini Eldor raqib jarima maydonida qabul qilib, bir himoyachini aldadi va aniq zarba bilan hisobdagi farqni oshirdi!
56'
Falastin tarkibida o‘zgarish: Muhammad Rashid o‘rniga Muhammad Yamin tushirildi
54'
Falastinliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. To‘pni maydon markaziga tepib yubordik
50'
Vuuuh! Xavfli zarba! Doston jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
47'
Zoteev jarima maydonimiz ichida raqib hujumchisi bilan yuzma-yuz vaziyatda xavfni bartaraf etdi
46'
Ikkinchi bo‘limda to‘pni o‘yinga O‘zbekiston terma jamoasi kiritib berdi. Davom etamiz
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. Hozircha O‘zbekiston - Falastin - 1:0.
45+2'
Terma jamoamiz yaxshi kombinasiya tashkil qildi va Ahmedov jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi. Darvozabon to‘pni egalladi
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
42'
VUUUUUUH! Oooooozgina qoldi! Terma jamoamiz ajoyib kombinasiya tashkil qildi. Alijonovning yerlatib bergan uzatmasini Eldor yaqin burchak tomon burdi. To‘p shundoqqina ustun yonginasidan o‘tib ketdi.
40'
Xavfli zarba! Dastlab Shomurodovning zarbasi himoyachiga tegib, jarima maydoni burchagida turgan Masharipovga bordi. Jaloliddinning xavfli zarbasini Rami Hamada seyv namoyish qilib, qaytardi
39'
Odil olis masofadan zarba berdi. To‘p jarima maydoni ostonasidagi himoyachiga tegib qaytdi
37'
Falastinliklarning xavfli hujumini bir amallab bartaraf etdik. Takroriy zarbani Suyunov egallab oldi
35'
ZARBA! Shomurodov chap qanotdan jarima maydoniga kirib, markazroqqa uzatma berdi. Qodirqulov to‘pni o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, Aliboyev zarba berdi. Hamada to‘pni egallab oldi
33'
Falastinlik futbolchi Abdulatif Bahdoriy ogohlantirish oldi
25'
Vakillarimizda yaxshi imkoniyat. Raqib jarima maydoni ichida zarba beradigan futbolchi topilmadi
22'
Qodirqulov raqib jarima maydoni atrofida to‘pni ko‘p ushlab qolib, oqibatda uni yo‘qotdi
17'
GOOOOOOOOOL! ELDOOOOR! 1:0. Alijonovning uzatmasidan keyin Shomurodov bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi!
15'
Vuuuh! Shomurodov bir necha himoyachi qurshovida jarima maydoniga yorib kirib, zarba berdi. Rami Hamida to‘pni egallab oldi
14'
O‘zbekiston to‘pni nazorat qilmoqda. Hozircha xavfli vaziyat yuzaga keltirmadik
12'
O‘zbekiston o‘yindagi ikkinchi burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ammo bu safar ham urinish samara bermadi
11'
O‘zbekiston o‘ng qanotdan yaxshi hujum tashkil qildi. Ammo Alijonov darvoza tomon uzatma berishdan oldin to‘p maydonni tark etishga ulgurgan ekan
9'
Masharipov burchakdan to‘pni jarima maydoni tashqarisidagi Ahmedovga yetkazdi. Odilning to‘pni yerga tushirmasdan zarba berishga urinishi muvaffaqiyatsiz chiqdi
9'
O‘zbekiston terma jamoasi uchrashuvdagi dastlabki burchak zarbasini tepadi
6'
Terma jamoamiz raqib jarima maydoni atrofida kombinasiya tashkil qildi. Aliboyevning zarbasi qovushmadi
5'
Alijonov qanotida fol ishladik
2'
Terma jamoamiz o‘ng qanotdan hujum tashkil qilishdi. Odilning uzatmasi Alijonov yeta olmadi
1'
Diqqat o‘yin boshlandi. To‘pni o‘yinga Falastin termasi kiritib berdi
'
Jamoalar maydonga chiqishdi, madhiyalar yangradi, o‘yin boshlanish arafasida
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! JCH-2022 saralashi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Falastinni qabul qilmoqda.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.