Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi-2019/2020, 17-tur

14 dekabr, soat 20:00

REAL SOSYEDAD

Mikel Oyarsabal (12-penalti)
Aleksander Isak (62)

2 : 2

BARSELONA

Antuan Grizmann (38)
Luis Suares (49)
JAMOALAR TARKIBI
01.Aleks Remiro (D)
20.Nacho Monreal
02.Xoseba Saldua
03.Diyego Lyorente
16.Guevara
21.Martin Edegor
07.Kristian Portu
05.Igor Zubeldiya
10.Mikel Oyarsabal
08.Mikel Merino
19.Aleksander Isak
  01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
03.Jerar Pike
15.Kleman Lengle
18.Xordi Alba
20.Serxi Roberto
04.Ivan Rakitich
21.Frenki de Yong
05.Serxio Buskets
17.Antuan Grizmann
10.Lionel Messi
09.Luis Suares
ZAHIRA
13.Migel Moyya (D)
15.Modibo Sagnan
18.Andoni Gorosabel
23.Luka Sangalli
11.Adnan Yanuzay
22.Barrenetksea
09.Villian Xose
  13.Neto (D)
02.Nelsinyo Semedu
23.Samuel Umtiti
22.Arturo Vidal
19.Karles Alena
31.Anssuman Fati
27.Karles Peres
SARIQ KARTOCHKA
 
Luis Suares (74)

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. "Barselona" "el-klasiko" oldidan 2 ochko yo‘qotdi.
90+2'
Pike raqib darvozabon maydoni ichida yiqitildi. Ammo penalti yo‘q
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
88'
Kataloniyaliklar so‘nggi daqiqalarga kelib bosim uyushtirishni boshlashdi
86'
Grizmann burchak zarbasi ishladi
85'
Oyarsabal o‘rniga Ander Barrenetchea tushirildi
81'
Edegor olis masofadan zarba berdi. To‘p rekoshet holatida maydonni tark etdi
79'
"Barselona"da so‘nggi o‘zgarish: Rakitich o‘rniga Arturo Vidal tushirildi
79'
Rakitich olis masofadan kuchli zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
78'
O‘yin tengkurashlar ostida kechmoqda
74'
Luis Suares ogohlantirish oldi. U hakamga ko‘p e’tiroz bildirib yubordi
74'
"Barselona"da ikkinchi o‘zgarish: Alba o‘rniga Nelson Semedu tushirildi
73'
"Barselona"da o‘zgarish: Buskets o‘rniga Karles Alenya tushirildi
72'
"Real Sosyedad" ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. Edegor yakkama-yakka vaziyatga chiqayotgan Villian Xosega aniq uzatma bera olmadi
71'
Vuuuuh! San-sebastyanliklarning xavfli zarbalarini mehmonlar bir amallab bartaraf etishdi!
69'
Edegor jarima maydoniga yaqinlashib, noaniq zarba berdi
67'
"Ko‘k-anorranglilar"ning hujumini basklar bartaraf etishdi
65'
"Sosyedad"da o‘zgarish: Isak o‘rniga Villian Xose maydonga tushirildi
62'
GOOOOL! Aleksander Isak, 2:2! Ter Shtegen qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Nacho Monreal tomonidan chap qanotdan yetkazilgan u qadar kuchli bo‘lmagan to‘pni Mark-Andre shundoqqina oldida turgan Isakka qaytardi. Aleksander yaqin masofadan darvozani zabt etdi
60'
Oho! Yanuzay jarima maydoniga kirdi va olis burchak tomon zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
59'
"Sosyedad"da o‘zgarish: Portu maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Adnan Yanuzay tushirildi
58'
Vuuuuh! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Pike bosh bilan zarba berdi. Darvozaga kirib ketayotgan to‘pni himoyachi qaytarib qoldi
57'
To‘p nazorati to‘laligacha mehmonlar tomonida. Ular burchak zarbasi ishlashdi
56'
"Barselona" o‘z uslubida hujum tashkil qildi. So‘nggi pallada Suaresning uzatmasi kuchliroq chiqdi va darvozabon to‘pni egallab oldi
52'
Vuuuh! Langle tomonidan yetkazilgan uzatmani Grizmann jarima maydonida qabul qildi va yaqin burchakka zarba berdi. Darvozabondan seyv
49'
GOOOOOL! Luis Suareesss, 1:2! Maydon markazida turgan Buskets ajoyib uzatma bilan Messini darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi. Argentinalik futbolchi to‘pni qizg‘anmadi va yanada qulay vaziyatda turgan sherigiga uzatma berdi. Luis bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi
46'
Ikkinchi taym boshlandi. Davom etamiz
45+1'
Birinchi 45 daqiqalik yakunlandi. Hozircha "Real Sosyedad" - "Barselona" - 1:1. Tanaffus
45'
Birinchi taymga 1 daqiqa qo‘shildi
45'
Bo‘lim so‘ngida o‘yin maydon markaziga ko‘chdi
38'
GOOOOOOOL! Antuan Grizmann, 1:1! Kataloniyaliklar qarshi hujumda raqibni jazolashdi. Suaresning uzatmasidan keyin Grizmann yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, "parashyut" uslubida to‘pni darvozabonning ustidan oshirib qo‘ydi
37'
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Isak bosh bilan aniq zarba berdi. Ter Shtegen to‘pngi egalladi
36'
Serji Roberto o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmaga Messi penalti nuqtasi ustidan bosh bilan zarba yo‘lladi. Noaniq
34'
Edegor jarima maydoni tashqarisidan noaniq zarba yo‘lladi
33'
"Barsa" maydon markazida to‘pni yo‘qotishi oqibatida "Sosyedad" qarshi hujumga o‘tib ketdi. Isak jarima maydoniga kirib zarba berdi. Pike to‘p yo‘liga tashlandi. Burchak zarbasi
31'
"Ko‘k-anorranglilar"ning kam sonli hujumlaridan biri. Maydon markazida belgilangan jarima zarbasi orqali to‘p to‘g‘ri raqib jarima maydoniga yetkazildi. Messi to‘pni maydonda olib qola olmadi
30'
Oyarsabal o‘ng tomondan jarima maydoni burchagiga borib, sherigiga uzatma berdi. To‘p hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi
28'
"Sosyedad" jarima zarbasi orqali burchak zarbasi ishladi
26'
San-Sebastyanliklar aslo himoyaga yotish haqida o‘ylashmayapti, ular o‘z baxtlarini hujumda izlashmoqda
24'
O‘Yin asosan maydon markazida kechmoqda. Tomonlar navbati bilan to‘pni yo‘qotishmoqda
18'
Edegor olis masofadan zarba berdi. Biroz noaniq
16'
Mehmonlar burchak zarbasini amalga oshirishdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi
15'
Vuuuuh! Suares 17 metrlardan kuchli zarba berdi. Remiro seyv namoyish qildi. To‘pga birinchi bo‘lib yetib kelgan Rakitich o‘z zarba berishi mumkin bo‘lgan vaziyatda uzatma berishga qaror qildi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
12'
GOOOOOOOL! Oyarsabal, 1:0! Yarim himoyachi markaz bo‘ylab zarba berdi, ter Shtegen to‘pngi qaytara olmadi
11'
Penalti! "Barselona" darvozasiga! Buskets o‘z jarima maydoni ichida raqib futbolchisini tortib qoldi to‘p burchakdan o‘yinga kiritilgan vaziyatda
9'
Kataloniyaliklar to‘pni nazorat qilib, mezbonlarning shashtini pasaytirishga urinishmoqda
6'
"Barsa"ning dastlabki hujumi. Grizmann jarima maydoni ichida zarba yo‘llashga urindi. To‘p himoyachiga tegdi
5'
Oyarsabal jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
3'
Basklarning xavfli hujumi. Pike xavfni bartaraf etdi. Burchak zarbasi
2'
Mezbon futbolchisi chap qanotdan uzatma berdi. Hujumchi to‘pga yeta olmadi
1'
Diqqat, uchrashuv boshlandi!
'
Mezbonlar o‘zlarining an’anaviy oq-ko‘k yo‘l-yo‘l formasida maydonga tushishgan. "Barsa" bugun uchinchi formani tanlagan — och ko‘k forma
'
O‘yin boshlanish arafasida. Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Ispaniya La ligasining 17-turi doirasida markaziy o‘yinlardan biri "Real Sosyedad" va "Barselona" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.