Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya premyer-ligasi-2019/2020, 17-tur

15 dekabr, soat 21:30. Bosh hakam: Pol Tirni (Lankashir)

ARSENAL

0 : 3

MANCHESTER SITI

Kevin de Bryuyne (2, 40)
Rahim Sterling (15)
JAMOALAR TARKIBI
01.Bernd Leno (D)
05.Sokratis
31.Sead Kolashinas
21.Kalum Cheymberz
11.Lukas Torreyra
15.Enzli Meytlend-Naylz
29.Matteo Genduzi
10.Mesut O‘zil
19.Nikolya Pepe
35.Martinelli
14.Pyer-Emerik Obameyang
  31.Ederson (D)
02.Kayl Uoker
22.Benjamen Mendi
30.Nikolas Otamendi
25.Fernandinyo
07.Rahim Sterling
16.Rodri
08.Ilkay Gyundogan
17.Kevin de Breyne
47.Fil Foden
09.Gabriel Jezus
ZAHIRA
26.Damian Martines (D)
23.David Luiz
32.Emil Smit-Rou
28.Jo Uillok
24.Ris Nelson
09.Aleksandr Lakazett
77.Bukayo Saka
  01.Klaudio Bravo (D)
12.Anxelinyo
27.Juan Kanselo
50.Erik Garsiya
11.Aleksandr Zinchenko
20.Bernardu Silva
26.Riyod Mahrez
SARIQ KARTOCHKA
Sokratis (73)
 
Fernandinyo (17)
Rodrigo (35)
Gyundogan (61)
Benjamin Mendi (62)

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. "ARSENAL" - "MANCHESTER SITI" - 0:3
90'
Ikkinchi taymga 3 daqiqa qo‘shildi
90'
Vuuuuh! Sterling! Deyarli yakkama-yaka vaziyatga chiqib, zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
86'
"Siti" xavfli hujum tashkil qildi. Rahim bu safar to‘pni qizg‘anmadi va Mahrezga pas berdi. Riyod o‘tkir burchak ostida yo‘llagan zarbani Leno qaytardi
85'
"Siti"da o‘zgarish: Mendi o‘rniga Zinchenko tushirildi
82'
"Kanonirlar" taqdirga tan berib bo‘lishdi shekilli, ular oldinga tashlanishmayapti
75'
Sterling jarima maydoni tashqarisidan zarba yo‘llashga qaror qildi. To‘p himoyachilarga tegib qaytdi
74'
Obameyang hujumda ochildi, jarima maydoni burchagidan zarba yo‘lladi. Noaniq
73'
Sokratis ogohlantirildi
72'
Ederson o‘z jarima maydonini tark etib, to‘pni tepib yubora olmadi. Himoyachi uning xatosini to‘g‘riladi
70'
"Siti"da o‘zgarish: Gyundogan o‘rniga Riyod Mahrez tushirildi
69'
"Man. Siti" ketma-ket ikki marta burchak zarbasini amalga oshirdi. Leno to‘pni egallab oldi
68'
"Shaharliklar" to‘pni xotirjamlik bilan nazorat qilishmoqda
65'
Gyundogan raqib jarima maydoni ichida Sterling bilan "devor" o‘ynadi, ammo Ilkay to‘pga yeta olmadi.
62'
Mendi ogohlantirish oldi
62'
VUUUUH! Jezus darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib zarba berdi. Leno zarbani qaytardi. Qaytgan to‘pni Sterling egallab, zarba yo‘lladi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi
61'
Gyundogan sariq kartochka oldi
59'
"Arsenal"da o‘zgarish: O‘zil o‘rniga Emil Smit-Rou tushirildi
56'
"Manchester Siti"da o‘zgarish: Foden o‘rniga Bernardu Silva tushirildi
53'
Ikkinchi bo‘limning debyutida jamoalar faol harakat qilishmoqda. To‘p markazda ko‘p saqlanib turmayapti
48'
Vuuuuh! Obameyang darvozani ishg‘ol qilishiga bir baxya qoldi. Uning bosh bilan bergan zarbasiga aniqlik yetishmadi
46'
Ikkinchi bo‘lim start oldi. Davom etamiz
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Arsenal" - "Manchester Siti" - 0:3. Tanaffus
45'
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
42'
VUUUUUH! Kevin de Bryuyne! Birinchi bo‘limning o‘zidayoq xet-trikni rasmiylashtirishi mumkin edi! Belgiyalik futbolchining jarima maydoni tashqarisidan zarba berganidan so‘ng to‘p darvozabonning qo‘liga biroz tegdi hamda ustunga tegib qaytdi
41'
"Arsenal"da o‘zgarish bo‘ldi. Avvalroq maydonni tark etgan Kolashinas o‘rniga Bukayo Sako tushdi. "To‘pchilar" uchinchi golni o‘tkazib yuborgan paytda 10 kishi bo‘lib o‘ynayotgan edi...
40'
GOOOOOOOL! Kevin de Bryuyne, 3:0! Belgiyalik futbolchi jarima maydoni yarim aylanasi chizig‘i ustidan aniq zarba berib, darvoza burchagini nishonga oldi. Darvozabon zarbani qaytara olmadi
38'
Sead Kolashinas jarohat olib, maydonni tark etmoqda. U o‘yinni davom ettira olmaydigan ko‘rinadi
37'
O‘zil ijrosidagi navbatdagi jarima zarbasi samarasiz chiqdi
35'
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodrigo ogohlantirish oldi
34'
"Arsenal" ko‘p "standart"ni amalga oshirmoqda, ammo "Siti" himoyachilari ishonchli harakat qilishmoqda
33'
O‘yin asosan maydon markazida kechmoqda. To‘p nazorat teng, xavfli vaziyatlar yo‘q
27'
Genduzi "Siti" jarima maydoni ichida yiqildi. Hakam penalti belgilashga jazm etmadi. Balki VAR vaziyatni tekshirayotgandir
23'
Pepe chap qanotdan yerlatib uzatma berdi. Himoyachi to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirdi
19'
O‘zil burchakka yaqin joyda belgilangan jarima zarbasini amalga oshirdi. Darvozabon mushti bilan to‘pni urib yubordi
17'
"Man Siti" yarim himoyachisi Fernandinyo ogohlantirish oldi. U Obameyangning oyog‘iga tepdi
15'
GOOOOOL! Rahim Sterling, 0:2! Kevin de Bryuyne raqibning 3 himoyachisi ta’qibi ostida bo‘layotganiga qaramay chap tomondan jarima maydoniga kirdi va narigi tomonda ochiq turgan Rahimga aniq uzatma berdi. Sterling osonlik bilan darvozani zabt etdi!
13'
O‘zil maydon markaziga yaqin joyda belgilangan jarima zarbasini amalga oshirdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
10'
"Arsenal" burchak zarbasini amalga oshirdi. Ammo muvaffaqiyatsiz
8'
Mezbonlar ijrosida xavfli hujum. Martinelli chap qanotdan darvoza oldiga yetkazgan uzatmani posbon mushti bilan urib yubordi. "Arsenal" futbolchisining zarbasi esa noaniq bo‘ldi
6'
Martinelli chap qanotdan raqib jarima maydoniga uzatma berdi. Rekoshet holatida borgan to‘pni Ederson maydonda olib qoldi
2'
GOOOOOOOL! Kevin de Bryuyne esa hisobni ochdi! Jezus chap qanotdan jarima maydoni kirib, orqaroqqa uzatma berdi. De Bryuyne penalti nuqtasi atrofidan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi! Dahshatli start!
1'
VUUUUH! "Arsenal" hisobni ochishiga bir baxya qoldi! Martinelli oldinga o‘tdi, ikki himoyachidan qochib ketdi va jarima maydoniga kirib, darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borgancha zarba berdi. Ederson zarbani qaytardi!
1'
Uchrashuv boshlandi! To‘pni o‘yinga "shaharliklar" kiritib berishdi
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. O‘yin boshlanish arafasida
'
Assalomu alaykum, qadrli APL muxlislari. Angliya chempionatining 17-turi doirasida "Arsenal" o‘z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qilmoqda.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.