Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi-2019/2020, 10-tur
| 2019 yil 18 dekabr. soat 23:59. Bosh hakam: Alexandro Ernandes Ernandes | ||
BARSELONA |
0 : 0 |
REAL |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 02.Nelson Semedu 03.Jerar Pike 18.Xordi Alba 15.Kleman Lengle 21.Frenki de Yong 04.Ivan Rakitich 20.Serxi Roberto 17.Antuan Grizmann 09.Luis Suares 10.Lionel Messi |
13.Tibo Kurtua (D) 02.Daniel Karvaxal 04.Serxio Ramos 05.Rafayel Varan 23.Ferlan Mendi 14.Kazemiro 08.Toni Kroos 15.Federiko Valverde 22.Isko 11.Garet Beyl 09.Karim Benzema |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Neto (D) 23.Samuel Umtiti 05.Serxio Buskets 22.Arturo Vidal 19.Karles Alenya 27.Karles Peres 31.Ansuman Fati |
01.Alfons Areola (D) 06.Nacho 03.Eder Militao 10.Luka Modrich 27.Rodrigo 18.Luka Yovich 25.Vinisius Junior |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Ivan Rakitich (21)
Luis Suares (40) Kleman Langle (45) |
Kazemiro (66)
Garet Beyl (70) Isko (76) Serxio Ramos (78) Daniyel Karvaxal (90+2) |
|
Matn
| 90+5' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Barselona" - "Real" - 0:0 |
| 90+5' | So‘nggi 60 soniya boshlandi | |
| 90+2' | ![]() |
Karvaxal "sariq" oldi. Fatini taktik fol evaziga yiqitdi |
| 90+1' | ![]() |
Kazemiro raqibning qarshi hujumini to‘xtatib qoldi. |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berdi |
| 89' | ![]() |
Mezbonlar qarshi hujum tashkil qilishdi, to‘pni Kurtua egalladi |
| 87' | ![]() |
Fati burchak zarbasi ishladi va uni o‘zi amalga oshirdi. Kurtua oldinga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi, ammo Suaresning zarbasi noaniq chiqdi |
| 86' | ![]() |
Madridliklar qarshi hujum tashkil qilishdi. Modrichning uzatmasidan keyin Beyl to‘pni boshi bilan oldinga urib, yugurdi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi |
| 83' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Grizmann o‘rniga Ansuman Fati tushdi |
| 82' | ![]() |
Mendi chap qanotdan uzatma berdi. To‘p uchun kurashda Beyl va Langle bosh bilan to‘qnashib ketishdi. Tibbiy yordam kerak |
| 80' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Valverde o‘rniga Luka Modrich tushirildi |
| 78' | ![]() |
Serxio Ramos sariq kartochka oldi. |
| 76' | ![]() |
Isko sariq kartochka oldi. Ogohlantirishlar bo‘yicha hisob — 3:3 |
| 74' | ![]() |
"Barsa" xavfli hujum tashkil qildi. So‘nggi zarbani Suares yo‘lladi. Noaniq |
| 74' | ![]() |
OFsayd qayd etildi va gol inobatga olinmadi. Davom etamiz. |
| 72' | ![]() |
Beyl darvozani ishg‘ol qildi. Laynsmen bayrog‘ini ko‘tardi, ofsayd. VAR vaziyatni tekshirmoqda |
| 72' | ![]() |
Vuuuuh! De Yong oldinga o‘tdi, Suares bilan "devor" o‘ynab, 17 metrdan kuchli zarba berdi. Kurtua to‘pni egalladi |
| 70' | ![]() |
Garet Beyl ogohlantirildi. U himoyada to‘pni tepib yuborayotgan Grizmannga nisbatan qo‘pollik qildi |
| 68' | ![]() |
VUUUUUH! "Real" o‘ta xavfli qarshi hujum tashkil qildi. Beyl jarima maydoni ichida aniq zarba bera olmadi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 67' | ![]() |
Messi yo‘llagan zarba natijasida to‘p "jonli devor"ga tegib qaytdi |
| 66' | ![]() |
Kazemiro sariq kartochka oldi. U "Atletik Bilbao"ga qarshi keyingi o‘yinni o‘tkazib yuboradi |
| 65' | ![]() |
Beylning uzatmasiga Benzema o‘tkir burchak ostida bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 64' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Messi yuqoridan jarima maydoniga yetkazgan uzatmani Suares bosh bilan Grizmannga tashlab berdi. Antuan yon tomon ochildi va zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi |
| 62' | ![]() |
Beyl yon chiziqdan to‘pni otib berdi. Kroosning zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi |
| 59' | ![]() |
"Barselona" xavfli hujum tashkil qildi. Madridliklar qiyinchilik bilan xavfni bartaraf etishdi |
| 58' | ![]() |
Messining uzatmasidan keyin Roberto o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydoniga uzatma berdi. Tibo Kurtua to‘pni egallab oldi |
| 56' | ![]() |
"Barsa"da taktik o‘zgarish yuz beradi. Serji Roberto o‘ng qanot himoyasiga o‘tadi, Vidal esa markazni egallaydi |
| 55' | ![]() |
"Barselona"da o‘zgarish: Semedu o‘rniga Arturo Vidal tushirildi. |
| 54' | ![]() |
Valverde olis masofadan zarba berdi. To‘p Langledan maydonni tark etdi |
| 53' | ![]() |
Isko ofsaydda qoldi |
| 52' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqalarida "Real" tomonidan qo‘llanilayotgan pressing ish bermoqda. Natijada ular ko‘proq to‘pni nazorat qilishmoqda |
| 49' | ![]() |
Messi mehmonlarning 2 himoyachisidan o‘tib ketib, jarima maydoniga kirdi va Suares tomon pas berdi. Luis to‘pni egallay olmadi |
| 46' | ![]() |
"Real" burchakdan to‘pni o‘yinga kiritdi. Pike bosh bilan qaytardi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi taym boshlandi. To‘pni o‘yinga Suares kiritib berdi |
| ' | Futbolchilar maydonga qaytishmoqda. | |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berilgan edi. Hakam hushtagini chaldi. Tanaffus. Hozircha hisob ochilmadi |
| 45' | ![]() |
"Barsa"dan javob hujumi. Alba o‘z qanotidan olis ustun tomon uzatma berdi. Suares darvoza maydoniga to‘pni yetkazdi. Mendining oyog‘iga tegib o‘z yo‘nalishini o‘zgartirgan to‘pga de Yong yeta olmadi |
| 44' | ![]() |
Vuuuh! Valverde 18 metrlardan to‘pni yerga tushirmasdan zarba berdi. Ter Shtegen ikkinchi urinishda to‘pni egallab oldi |
| 41' | ![]() |
VUUUUUH! Messining ajoyib uzatmasidan keyin Alba jarima maydoniga kirdi va to‘pni to‘xtatmasdan darvoza tomon tepdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 40' | ![]() |
Luis Suares sariq kartochka oldi. U maydon markazida Kazemironing ortidan itarib yubordi |
| 40' | ![]() |
"Barsa" tezkor hujum tashkil qildi, ammo to‘p Suaresdan maydonni tark etdi |
| 39' | ![]() |
Beyl olis masofadan zarba berishga qaror qildi. Rekoshet holatida yuqoriga ko‘tarilgan to‘pni Ter Shtegen egalladi |
| 37' | ![]() |
Kroos olis masofadan zarba yo‘lladi. Ancha noaniq |
| 36' | ![]() |
Messi burchak zarbasini o‘yinga kiritdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni qaytardi |
| 35' | ![]() |
"Real" futbolchilari o‘z jarima maydonlari atrofida to‘pni oldirib qo‘yishdi. Mezbonlar bu imkoniyatdan foydalana olishmadi |
| 34' | ![]() |
To‘p nazorati bo‘yicha ko‘rsatkich — 56 — 44% |
| 32' | ![]() |
Messining butsasi yechilib ketdi. |
| 31' | ![]() |
VUUUUUH! Endi Serxio Ramos jamoasini muqarrar goldan qaytarib qoldi. Kataloniyaliklar chap qanotdan tezkor hujum tashkil qilishdi. Alba tomonidan yetkazilgan uzatmani Kurtua qaytardi. MEssi esa jarima maydoni chizig‘i ustidan to‘pni darvoza tomon tepdi. Darvozaga kirayotgan to‘pni Ramos qaytarib qoldi! |
| 29' | ![]() |
"Real" ketma-ket burchak zarbalarini amalga oshirmoqda. Mark-Andre mushti bilan to‘pni urib yubordi |
| 28' | ![]() |
Suaresning uzatmasidan keyin Semedu jarima maydoniga kirib bordi, ammo ofsayd |
| 26' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Varan 10 metrlardan bosh bilan zarba berdi. to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 25' | ![]() |
"Real" ijrosida xavfli hujum. Benzema o‘ng qanotdan jarima maydoniga kirib borib, darvoza maydoniga uzatma berdi. Ter Shtegen oyog‘i bilan to‘pni qaytardi. Kazemir esa to‘pni egalladi va 25 metrlardan zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni maydon tashqarisiga urib yubordi |
| 24' | ![]() |
Beyl yon chiziqdan to‘pni otib berdi. Kazemiro to‘p uchun kurash olib bordi. Pike to‘pni qaytardi |
| 21' | ![]() |
Ivan Rakitich sariq kartochka oldi. Xorvatiyalik futbolchi o‘zidan o‘tib ketayotgan Iskoni yiqitdi. |
| 19' | ![]() |
"Real"ning hujumlari davom etmoqda. Qirollik klubi yana bir burchak zarbasini amalga oshirdi. Darvoza tomon yo‘llangan zarbani Langle qaytarib qoldi |
| 17' | ![]() |
VUUUUH! "Real" hisobni ochishiga bir baxya qoldi! Burchakdan uzatma berilganidan keyin Kazemiro bosh bilan zarba berdi. Pike darvoza chizig‘i ustida bosh bilan to‘pni qaytarib qoldi! |
| 17' | ![]() |
Kazemiro olis masofadan zarba yo‘lladi. To‘p "Barsa" futbolchisidan maydonni tark etdi. Burchak zarbasi |
| 16' | ![]() |
Pike chap qanotda Semedudan o‘tib ketib, jarima maydoni tomon uzatma berdi. Pike bosh bilan to‘pni qaytardi |
| 11' | ![]() |
VAR ishga tushdi. Albaning uzatmasidan keyin to‘p Karvaxalning qo‘liga tekkandek bo‘ldi. Ammo hammasi joyida, qoidabuzarlik yo‘q. O‘yin davom etadi |
| 10' | ![]() |
Darvoza tomon dastlabki aniq zarba berildi. Benzemaning 16 metrdan bergan zarbasidan so‘ng to‘pni ter Shtegen egallab oldi |
| 9' | ![]() |
Messi o‘z jarima maydoniga yaqin joyda "Real"ning ikki futbolchisidan o‘tib ketib, jamoadoshlarini oldinga boshladi. Alba mehmonlar jarima maydoniga yetkazgan uzatmani Ramos qaytarib qoldi |
| 9' | ![]() |
Beyl chap qanotdan mezbonlar jarima maydoniga uzatma berdi. Isko bosh bilan zarba berishga urindi. Pike qaytardi |
| 8' | ![]() |
Kazemiro maydon markazida de Yongga nisbatan fol ishlatdi |
| 6' | ![]() |
Beyl tomon olis masofadan uzatma berdi. Ammo Garet bu uzatmaga yetib bora olmasdi, yugurmay qo‘ya qoldi |
| 4' | ![]() |
"Barselona" xavfli hujum tashkil qildi. Messi maydon markazidan Alba tomon uzatma berdi. Xordi to‘pni to‘xtatmasdan jarima maydoni ichida ochilgan Suares tomon yetkazgan. Urugvaylik futbolchi to‘pni to‘xtata olmadi. Aks holda darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatda qolar edi |
| 3' | ![]() |
"Ko‘k-anorranglilar" 2 daqiqadan beri to‘pni nazorat qilmoqda |
| 2' | ![]() |
Madridliklar yon chiziqdan to‘pni "Barsa" jarima maydoniga uloqtirib berishdi. Beyl esa u yerda foida buzdi |
| 1' | ![]() |
Diqqat uchrashuv boshlandi! To‘pni o‘yinga Benzema kiritib berdi. |
| ' | ![]() |
"Barsa" o‘zining shaxmat shaklidagi ko‘k-anorrangli formada, "Real" esa an’anaviy oq rangli futbolkada o‘ynaydi |
| ' | ![]() |
Diqqat! "Barselona" va "Real" futbolchilari maydonga tushib kelishmoqda |
| ' | "El-klasiko"lar tarixidagi eng yaxshi to‘purar kim ekanini yaxshi bilasiz — Lionel Messi — 26ta gol | |
| ' | ![]() |
"Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze ham "el-klasiko"ni tomosha qilish "Kamp Nou"ga tashrif buyuribdi. Maroqli mehnat ta’tili |
| ' | ![]() |
"Real" sardori Serxio Ramos esa bugun "klasiko"da ishtirok bo‘yicha mutlaq rekordchiga aylanadi — 43ta o‘yin! |
| ' | ![]() |
Bugungi o‘yin Lionel Messi uchun "el-klasiko"dagi 42-uchrashuv bo‘ladi. Bu borada argentinalik futbolchi shu paytgacha rekordchi bo‘lib turgan Xavi bilan tenglashib oldi. |
| ' | Futbolchilar "Kamp Nou" stadionida chigilyozda mashg‘ulotini yakunlab, kiyim almashtirish xonasiga yo‘l olishdi. 10-15 daqiqadan keyin ular qaytishadi | |
| ' | ![]() |
Darvoqe, Garet Beylni boshlang‘ich tarkibda kutganmidingiz? Zidan uni atayin "klasiko" uchun tayyorlab kelganmi yoki yo‘qmi, bilmadigu, nazarimizda, Lukas Vaskes sog‘ bo‘lganida uelslik futbolchi boshlang‘ich tarkibga katta ehtimol bilan kiritilmas edi. Zidan Vinisius va Rodrigodan ko‘ra Beylni afzal bildi |
| ' | Hozircha shunga o‘xshash voqealar bo‘lib o‘tdi. O‘yin boshlanishiga esa 40 daqiqa vaqt qoldi | |
| ' | Bugun esa "Barselona" o‘ng qanot himoyachisi Nelson Semeduning uyiga o‘g‘rilar tushgan. Bugun esa u uchrashuvni asosiy tarkibda boshlamoqda. | |
| ' | Shuningdek, "Barsa"ning kechagi mashg‘ulotida Arturo Vidal asosiy tarkibga kirmasligini bilgach, qattiq g‘azablangan va o‘z jahlini yashirib o‘tirmagan. | |
| ' | ![]() |
Jamoa bosh murabbiylari tanlagan tarkib esa ba’zi syurprizlarni taqdim etgan edi. Ammo hali hayratlarimiz tarqamasdan turib, navbatdagi kutilmagan yangradi: Asosiy tarkibga kiritilgan Buskets boshlang‘ich tarkibdan chiqarilib, uning o‘rniga Ivan Rakitich kiritildi. "Barsa" yordamchi murabbiyi Jon Aspiazuning aytishicha, Busketsning sog‘ligi joyida, shunchaki texnik xato tufayli u asosiy tarkibga kirib qolgan. Aslida u zaxirada qolishi kerak edi. Nima ham derdik, Valverdening yana bir kutilmagan qarori |
| ' | ![]() |
O‘yin boshlanishiga 1 soat vaqt bor. Ammo shu paytgacha maydon tashqarisida ancha-muncha ishlar bo‘lib ketdi. Aslida bu o‘yin 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo Kataloniyadagi ommaviy tartibsizliklar tufayli "klasiko" bugunga qoldirildi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari, hurmatli "el-klasiko" ishqibozlari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|