Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Evropa chempionlar ligasi, 1/8 final

Dastlabki uchrashuv. 20 fevral, soat 00:45

MILAN

0 : 1

ATLETIKO

Diyego Kosta (83)
JAMOALAR TARKIBI
32.Kristian Abbyati
13.Odil Rami
02.Mattia De Shilyo
25.Daniele Bonera
22.Rikardo Kaka
23.Adel Taarabt
28.Urbi Emanuelson
15.Maykl Essyen
34.Nayjel de Yong
16.Andrea Poli
45.Mario Balotelli
  13.Tibo Kurtua
22.Emiliano Insua
23.Juan Miranda
02.Diyego Godin
14.Gabi Fernandes
20.Xuanfran Torres
04.Mario Suares
06.Xorxe Koke
08.Raul Garsiya
10.Arda Turan
19.Diyego Kosta

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat. Qolgan yangiliklarni saytimiz orqali o‘qib boring.
'
Demak, hozirgi kunda "Atletiko" raqibiga nisbatan yaxshiroq tayyorgarlikka ega va ular o‘yinga to‘g‘ri taktika tanlab, kerakli natijaga erishishdi
'
Bu o‘yinda ham mehmonlar g‘alaba qozonishdi. Bunga esa "Milan"ning o‘zi aybdor. Teng kechayotgan o‘yinning ikkinchi bo‘lim ikkinchi yarmida italiyaliklar o‘yinni susaytirishdi. Natijada jazolanishdi
90+4'
O‘YIN TUGADI!
90+4'
"Milan" so‘nggi imkoniyat - jarima zarbasidan naf chiqara olmadi
90+3'
Adrian Lopes ogohlantirish oldi
90+2'
Jarima zarbasi jonli devorga tegib qaytdi
90+1'
Shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i ustida "Atletiko" jarima zarbasini berish huquqiga ega bo‘ldi. Odil Rami Diyego Kostani yiqitgani uchun ogohlantirildi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 dqaiqa qo‘shib berildi
89'
Mehmonlar to‘pni xotirjamlik bilan nazorat qilishmoqda
86'
Odil Rami jarima zarbasini kuchli tarzda yo‘naldi. Birozgina noaniq bo‘ldi
85'
Gol o‘tkazib yuborganidan keyin Zeedorf shogirdlari faollikni oshirishdi. Endi kech emasmikin?!
83'
Burchakdan yetkazilgan to‘p Abatening boshiga tegib, narigi burchakda turgan Diyego Kosta tomon bordi. U esa hech qanday qarshiliksiz bosh bilan to‘pni darvozaga yo‘lladi!
83'
Goooooooooooooooolllll!!!! "Milan"ning bo‘shashganidan foydalanib, Diyego Kosta hisobni ochmoqda!
82'
Burchakdan yetkazilgan to‘pni Abbyatti mushti bilan urib yubordi
81'
Madridliklar chap qanotdan hujum tashkil qilib, burchak to‘pi ishlashdi. Rami to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
79'
"Atletiko" hisobni ochishi mumkin edi. Raul Garsiya o‘ng qanotdan yerlatib yetkazib berilgan to‘pni 10 metrlar masofadan darvozaga aniq yo‘llay olmadi. To‘p yuqorilab ketdi
78'
Balotelli yelkasini ushlagan holda maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Passini tushirildi
75'
"Atletiko" tezkor qarshi hujum uyushtirdi. Diyego Kosta to‘pni egallab olib, jarima maydonchasi yaqiniga yugurib keldi va uni Raul Garsiyaga yetkazdi. Hujumchining zarbasini posbon egallab oldi
74'
"Atletiko"da o‘zgarish. Arda Turon maydonni tark etdi. Uning o‘rniga boshqa futbolchi tushirildi
74'
2-3 daqiqa davomida Simeone shogirdlari milanliklar jarima maydonchasi atrofida to‘p bilan muomalada bo‘lishdi
71'
"Milan" raqib darvozasi oldida shturm tarzda hujum tashkil qildi. To‘p jarima maydonchasining u qanotidan bu qanotiga ko‘chdi. Darvoza tomon berilgan zarba yo‘liga esa himoyachi g‘ov bo‘ldi
69'
Diyego hamkasbi Balotellini chalgani uchun sariq kartochkaga munosib ko‘rildi. Standart
66'
Mezbonlarning hujumlari qayoqqadir yo‘qolib qoldi. Milanliklar raqib hujumini buzish bilan shug‘ullanishmoqda xolos
62'
"Milan" himoyachisi Bonera sariq kartochka bilan "siylandi", Diyego Kostaga nisbatan qo‘pol o‘ynagani uchun
62'
Madridliklar jarima zarbasini to‘ppa-to‘g‘ri Abbyatti darvozasi tomon yo‘llashga qaror qilishdi. Noaniq
60'
Ux!!! Kakaning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi. U jarima maydonchasi ichidan o‘tkir burchak ostida zarba yo‘llagandi!
57'
Taarabt jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni egallab olib, darvoza tomon kuchli zarba yo‘lladi. Kurtua to‘pni egallab oldi
55'
Mehmonlar futbolchilaridan biriga tibbiy yordam ko‘rsatilayotgani uchun o‘yin 1 daqiqa to‘xtab qoldi
54'
Endi nazoratni Zeedorf shogirdlari o‘z tomonlariga og‘dirishmoqda
51'
Birinchi bo‘lim boshida bo‘lgani kabi tashabbus, hujum va zarbalar soni madridliklarda ko‘proq bo‘lmoqda
50'
0:0 hisobi har ikkala jamoani qanoatlantirmaydi. Qolgan 45 daqiqa davomida gol urib olgan jamoaga javob o‘yini nisbatan osonroq bo‘ladi.
48'
"Atletiko" futbolchisi Raul Garsiyada yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi. Uning jarima maydonchasi ichizig‘i ustidan yo‘llagan zarbasi noaniq chiqdi
46'
IKKINCHI BO‘LIM BOSHLANDI
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
44'
Abate! O‘yin to‘xtatilganidan keyin to‘pni tepib yuborgani uchun
43'
Mario!!! Balotellining zarbasi! Shundoqqina darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi
40'
Mario Suares sariq kartochka oldi. Balotellini yiqitgani uchun. "Milan" qanotdan jarima to‘pini tepadi
38'
Ispaniyaliklar jarima to‘pi tepish huquqini qo‘lga kiritishdi.
36'
"Atletiko"ning xavfli hujumi. O‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatilgan to‘pni Abate maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Agar to‘p undan o‘tganidan Diyego Kosta bo‘sh darvozaning bo‘sh qolgan qismini osonlik bilan ishg‘ol qilardi
33'
Balotelli jarohat oldi. Yuzidan shikast yedi. Maydon tashqarisidan tibbiy ko‘mak olmoqda
30'
Balotelli raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni tavani bilan Kakaga qoldirdi. Rikardoning olis burchakni ko‘zlab yo‘llagan zarbasi esa darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi
29'
Mehmonlar burchak to‘pini ishlashdi. Yaqin burchakka yetkazilgan to‘pni Bonera bosh bilan qaytarib yubordi
25'
"Milan" birinchi bo‘limning o‘zidayoq futbolchi almashtirishga majbur bo‘ldi. Jarohat olgan De Shilyo o‘rniga Abate o‘yinni davom ettiradi
20'
Insua ogohlantirildi. Aynan u De Shilyoning orqasida tepib yiqitdi. Bundan norozi bo‘lgan milanlik futbolchilar raqib futbolchilari bilan maydon markazida tortishishmoqda.
18'
Ispanlarni darvoza ustuni goldan saqlab qolmoqda! O‘ng qanotdan yetkazib berilgan to‘pga Adnrea Poli bosh bilan zarba berdi! Kurtua yana ajoyib seyv namoyish qildi. Biroq to‘p uning qo‘lidan chiqib, darvoza ustuniga tegib qaydi!
17'
O‘yin qiziqarli tus ola boshladi. Jamoalar qizib olishdi
15'
Kaka hisobni ochishiga bir bahya qoldi! Jamoadoshlari to‘pni braziliyalik futbolchiga yetkazishdi. U esa to‘pni darvozaning yuqori burchagiga yo‘lladi. Chiroyli zarba, Kurtuaning seyvi yanada chiroyli chiqdi. Belgiyalik posbon to‘pni egallab oldi.
13'
O‘yin tempi ancha past. Jamoalar hozircha tavakkal qilishmayapti. Go‘yoki har ikkala jamoa maydonda ikkinchi raqamli jamoa sifatida o‘ynashni maqsad qilgandek. Axir kimdir hujum qilishi kerak-ku!
11'
Zeedorf shogirdlari asta-sekin o‘yin sur’atini tenglashtirishmoqda. Yoki mehmonlar raqibga maydon markazini ongli ravishda topshirishdi.
9'
Mezbonlar o‘yin tempini tushirishga harakat qilishmoqda. Ular pozision hujum paytida umuman shoshilishmayapti. "Milan" hujumchilari esa hozircha o‘zlarini ochiq zonalarga taklif qilishmayapti.
6'
Milanliklarning ilk hujumi. Emanuelsonning uzatmasi Taarabtga kelib tushdi, ammo u to‘pni Balotelliga aniq yetkazib bera olmadi.
5'
O‘yin boshidanoq jamoalar o‘yiniga nazar tashlasak, "Atletiko" mehmon ekanini umuman payqab bo‘lmaydi! Ular to‘pni juda yaxshi nazorat qilishmoqda.
4'
"Matraschilar" hujum qilishda davom etishmoqda. Bu safar ham chap qanotdan uyushtirilgan hujumdan keyin Xuanfran vaziyatni keskinlashtira olmadi.
3'
Insua chap qanotdan to‘pni kuchli tarzda Diyego Kosta tomon yetkazdi. O‘z navbatida Kosta bitta urinish bilan to‘pni Turonga uzatdi. De Shilyo turk futbolchisining yo‘lini to‘sishga ulgurdi.
1'
Diyego Simeone shogirdlari o‘yinni katta shiddi bilan boshlab berishdi. Diyego Kosta qanotdan De Shilyodan to‘pni olib qo‘ydi va mezbonlar jarima maydonchasiga yorib kirdi. To‘pni yerlatib Raul Garsiyaga yetkazdi. Odil Rami esa unga zarba berish imkonini bermadi.
1'
O‘YIN BOSHLANDI!
'
Hakamlar va jamoa sardorlari o‘rtasidagi mini-qur’adan keyin o‘yin boshlanadi. Tayyor turing
'
Barchamiz sog‘inib qolgan Chempionlar ligasi madhiyasi yangradi. Qadrdon musiqa
'
Nom bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, "Milan" favorit ko‘rinishi mumkin, ammo milliy chempionatlar jadvalida milanliklar qaysi pog‘onani egallab turibdiyu, "Atletiko" qayerda: Madridliklar La-Ligada "Real" va "Barselona" bilan birgalikda uchhokimdan biri bo‘lib turishibdi
'
Evropa chempionlar ligasining 1/8 final bosqichi doirasida "Milan" o‘z maydonida "Atletiko"ni qabul qiladi
'
Sizlarni Italiyadagi muhtasham stadionlardan biri - "San-Siro"da bo‘lib o‘tadigan o‘yindan matnli translyasiyani kuzatib borishga taklif etamiz
'
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.