Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Klublar o‘rtasida JCh

Final. 21 dekabr, soat 22:30. Bosh hakam: Abdulrahmon al-Jassim (Qatar)

FLAMENGO

0 : 1

LIVERPUL

Roberto Firmino (99)
JAMOALAR TARKIBI
Diyego Alves
Rafinya
Rodrigo Kayo
Pablo Mari
Felipe Luis
Jerson Santos
Villian Arau
Xiorxyan de Arraskayeta
Everton Ribeyro
Bruno Enrike
Gabriel Barboza
  Alisson Bekker
Aleksander-Arnold
Jo Gomes
Virjil van Deyk
Endryu Robertson
Jordan Xenderson
Nabi Keyta
Oksleyd-Chemberlen
Sadio Mane
Muhammad Saloh
Roberto Firmino

Matn

120+2'
Uchrashuv tugadi. "Liverpul" klublar o‘rtasidagi jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
120'
To‘rtinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
120'
So‘nggi daqiqada har ikkala jamoa safida bittadan o‘zgarish bo‘ldi.
119'
Ehhhhh, Linkoln! Qanday vaziyat edi-ya?! 7-8 metrdan darvozaga aniq zarba bera olmadi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi
115'
Trent jarimadan yaxshi zarba berdi. Darvozabon to‘pni qaytardi
113'
Rafinya o‘z jarima maydoni yaqinida Lallanani ortdan turtib yiqitdi
112'
"Flamengo" futbolchisi Diyego ogohlantirish oldi
111'
"Flamengo" futbolchilari hujum tashkil qilish uchun o‘zlarida kuch topishmoqda
110'
Milner ofsaydda qoldi
107'
"Flamengo"ning hujumi. Barboza jarima maydoni ichida to‘pni qabul qildi va zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
106'
To‘rtinchi bo‘lim start oldi
106'
"Liverpul"da o‘zgarish: Firmino o‘rniga Divok Origi tushirildi
105+1'
Qo‘shimcha vaqtning dastlabkichi tugadi
105'
Zaxiradan maydonga tushgan Jeyms Milner ogohlantirish oldi
101'
"Liverpul"dan yana bir xavfli hujum! Darvozabondan qahramonlik! U Salohning xavfli zarbasini qaytardi
99'
GOOOOOL! Roberto Firmino hisobni ochdi! Xendersonning ajoyib uzatmasidan keyin Mane jarima maydoni tashqarisida to‘pni to‘xtatdi va yordamga kelgan Firminoga pas berdi. Braziliyalik futbolchi bir himoyachini chalg‘itib deyarli bo‘sh qolgan darvozaga to‘pni joyladi
98'
Futbolchilar ancha charchashdi. Bu holat ularning harakatlarida sezilmoqda
95'
Vitinyo chap qanotdan jarima maydoniga kirib, darvoza oldiga uzatma berdi. To‘p himoyachidan maydonni tark etdi
91'
Lallana jarima maydoni ichida ochilgan Saloh tomon yuqoridan uzatma berdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi
91'
Qo‘shimcha bo‘limlarning dastlabkisi boshlandi. Davom etamiz
90+8'
O‘yinning asosiy vaqti yakunlandi. Hisob hamon - 0:0. Besh daqiqadan keyin qo‘shimcha bo‘limlar boshlanadi
90+4'
Yo‘q, penalti yo‘q! Hakamning o‘zi ham videoko‘rik hududiga borib, vaziyatni qayta-qayta ko‘rdi va o‘z qarorini bekor qildi
90+2'
"Flamengo" darvozasi tomon penalti belgiladi. Hakam VAR yordamida vaziyatni tekshirmoqda. Sadio Mane darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib zarba berayotganida yiqildi
90'
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Vitinyo ogohlantirish oldi
87'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Van Deyk bosh bilan zarba berdi. Noaniq
86'
Vuuuuuuh! Xenderson! 23 metrlardan yo‘llangan zarba natijasida to‘p yuqori burchakka kirayotgan edi, ammo Diyego Alves ajoyib seyv amalga oshirildi
84'
Chap qanotdan yerlatib yetkazilgan uzatma raqib jarima maydoni ichidagi Salohgacha aniq yetib bordi. Misrlik futbolchining zarbasi himoyachiga to‘g‘ri keldi
82'
"Flamengo"da o‘zgarish: Everton Ribeyro o‘rniga Diyego tushirildi
81'
Muhammad Saloh ogohlantirish oldi
80'
Bahsning 80-daqiqasiga kelib "Liverpul" dastlabki aniq zarbani yo‘lladi. Aleksander-Arnoldning zarbasini Diyego Alvesh egallab oldi
79'
Trent burchakdan to‘pni o‘yinga kiritdi. Van Deyk bosh bilan noaniq zarba berdi
78'
Mane chap qanotdan jarima maydoniga kirdi, bir himoyachidan o‘tdi va orqaroqqa uzatma berdi. Mudofaa vakillari to‘pni qaytarishdi
77'
"Flamengo"da o‘zgarish: Arraskayeta o‘rniga Vitinyo tushirildi
76'
Saloh ofsaydda qoldi
75'
"Siti"da majburiy o‘zgarish bo‘ldi. Oksleyd-Chemberlen o‘rniga Adam Lallana tushirildi
73'
Aleks Oksleyd-Chemberlen jarohat oldi. Uning oyog‘i qayrilib ketdi
69'
Vuuuuh! Barboza 15 metrlardan chalqancha uslubda zarba berdi. Alisson to‘pni egalladi
67'
Arraskayetaning uzatmasidan keyin Barboza jarima maydoniga kirdi va zarba berdi. To‘p himoyachidan maydonni tark etdi
59'
Vuuuh! Olis masofadan yetkazilgan uzatma natijasida Saloh jarima maydoni ichida to‘pni qabul qilib, dastlab uzutma bermoqchi bo‘ldi, ammo to‘p himoyachidan o‘tmadi. Muhammad to‘pni qayta egalladi va ikkinchi urinishda zarba yo‘lladi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi. Gol bo‘lganida ham u inobatga olinmagan bo‘lardi, boisi, uzatma berilayotganda Saloh ofsaydda bo‘lgan ekan
57'
"Liverpul" ijrosida yaxshi hujum. Robertson jarima maydoni burchagidan zarba berdi. To‘p darvozaga emas, ofsaydda turgan Firmino tomon bordi
54'
Burchak zarbasi amalga oshirilganidan keyin braziliyaliklar yana bir vaziyat yaratishdi. Faqat so‘nggi uzatma muvaffaqiyatli chiqmadi
53'
Vuuuuh! Alisson jamoasini qutqardi.
52'
"Flamengo" yaxshi hujum tashkil qildi. Barboza jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
51'
Firmino chap tomondan jarima maydoniga kirdi, bir himoyachini aldab o‘tib, darvoza oldiga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
50'
Vuuuuh! Trent o‘ng qanotdan 11 metrli nuqta ustiga uzatma berdi. Salohning o‘ng oyoqda bergan zarbasidan keyin to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
47'
VUUUUUUH! Firmino! Roberto jarima maydoniga kirdi, bir futbolchini aldadi va 10 metrlardan zarba berdi. Firmino golni nishonlash boshlayotgan edi hamki, to‘p ustunga tegib, narigi ustun yonidan dumalab o‘tib ketdi
46'
Ikkinchi bo‘lim start oldi.
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha — 0:0
45+1'
Sadio Manega sariq kartochka berildi
45'
Birinchi taymga 1 daqiqa qo‘shib berildi
45'
"Flamengo"ning o‘ng qanotdagi futbolchisi ofsaydda qoldi
41'
"Liverpul" jarima zarbasini amalga oshirdi. Jarima maydoni ichida hujumchilar tomonidan fol ishlatildi deya o‘yin to‘xtatildi
37'
Saloh to‘pni egallab olgani tufayli "Liverpul" katta kuch bilan qarshi hujumga o‘tdi. Ammo Muhammadning uzatmasini himoyada yolg‘iz qolgan himoyachi qaytarib qoldi
35'
"Liverpul" dastlabki daqiqalarda uyushtirgan "shturmi"dan keyin Klopp jamoasi osonlik bilan g‘alaba qozonadigandek tasavvur uyg‘ongan edi. Ammo mersisaydliklar hattoki to‘p nazoratini ham "Flamengo"ga berib qo‘yishdi
32'
Barboza raqib jarima maydoni ichida to‘pni egalladi, ammo o‘ng oyoqda zarba bera olmadi
27'
"Flamengo" o‘z ustunligini oshirib borayotgandek. Ular burchak zarbasini amalga oshirishdi. Barboza tomon uzatilgan to‘p biroz yuqoridan o‘tib ketdi
23'
Bruno Enrike ofsaydda qoldi
21'
"Flamengo"ning yana bir hujumi. Futbolchi o‘ng tomondan jarima maydoniga kirib bordi, ammo jamoadoshlariga aniq uzatma bera olmadi
18'
"Flamengo" raqib jarima maydoni ichida taxlikali vaziyat yaratdi. Ammo berilgan zarba darvozagacha yetib bormadi
16'
Olis masofadan oldingi chiziqdagi Salohga uzatma berildi. Muhammad to‘pga yeta olmadi. Diyego Alves to‘pni egallab oldi
15'
Dastlabki daqiqalarga taqqoslaganda o‘yin tempi biroz tushdi
10'
Ustunlik to‘laligicha mersisaydliklar tomonida.
6'
Trent Aleksander-Arnold olis masofadan yerlatib kuchli zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
5'
VUUUUUH! Mersisaydliklar yana bir ajoyib imkoniyatni ko‘kka sovurishdi. Olis masofadan uzatilgan pas natijasida Saloh jarima maydoniga kirdi, bir himoyachini chalg‘itib sherigini zarbavor vaziyatga chiqardi. Ammo Nabi Keyta to‘pni osmonu falakka ravona qildi
3'
Braziliyaliklar "Liverpul" darvozasi tomon 20 metrlardan zarba berishdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
1'
VUUUUUH! "Liverpul" birinchi hujumdayoq hisobni ochishi kerak edi. Ajoyib uzatma natijasida Firmino to‘pni qabul qilib, jarima maydoniga kirdi va yakkama-yakka vaziyatda zarba berdi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi
1'
O‘yin boshlandi
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Qatarda bo‘lib o‘tayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida bugun chempion nomi aniq bo‘ladi. Finalda Braziliyalikning "Flamengo" va Angliyaning "Liverpul" klublari to‘qnash kelishmoqda.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.