Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
OFK U23 Osiyo chempionati
| «S» guruhi, 1-tur. 9 yanvar, soat 15:15. Bosh hakam: Xamis al-Marriy (Qatar) | ||
O‘ZBEKISTON U23Islom Qobilov (39-penalti)
|
1 : 1 |
ERON U23Rizo Dehqoniy (58)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Abduvohid Ne’matov 02.Islom Qobilov 03.Hojiakbar Alijonov 04.Abdulla Abdullayev 06.Aziz G‘aniyev 08.Nurillo To‘xtasinov 09.Jasurbek Yaxshiboyev 10.Bobur Abduxoliqov 19.Ilhom Alijonov 20.Husniddin Aliqulov 22.Sanjar Qodirqulov |
01.Habib Far Abbasiy 04.Mojtaba Najjarian 08.Mehdi Mehdixoniy 09.Allohyor Sayidmanesh 10.Rizo Shakariy 15.Rizo Dehqoniy 16.Muhammad Mohibiy 18.Ali Shojaiy 19.Matin Karimzoda 21.Umid Nurafkan 23.Orif Og‘asiy |
|
| ZAHIRA | ||
|
12.Mashhurjon Muhammadjonov 21.Nizomiddin Ziyovutdinov 05.Dilshod Saitov 07.Sharof Muxitdinov 13.Sherzod Nasrullayev 14.Abrorbek Ismoilov 15.Oybek Rustamov 17.Islom Kenjaboyev 18.Doston Ibragimov 23.Oybek Bozorov 11.Mirjahon Mirahmadov 16.Azizbek Amonov |
12.Meroj Ismoiliy 22.Mehdi Nurollahiy 02.Hussayn Saki 03.Mehran Deraxshan Mehr 05.Shahin Tohirxoniy 06.Sina Zamehran 07.Amir Rustoiy 11.Mehdi Qoidiy 13.Amir Hussayn Hussaynzoda 14.Rizo Jabira 17.Jafar Salmoniy 20.Muhammad Xodabandelu |
|
Matn
| 90+5' | ![]() |
O‘yin tugadi. O‘zbekiston - Eron - 1:1. Qiyin o‘yin, qiyin 1 ochko |
| 90+2' | ![]() |
Terma jamoamizning hujumini forslar qaytarishdi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Eronda o‘zgarish bo‘ldi. Dehqoniy zambildan maydondan olib chiqib ketildi. Uning o‘rniga Muhammad Xodabandelu tushirildi |
| 89' | ![]() |
Eronlik futbolchilar maydonda ko‘p yotib olishmoqda |
| 85' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Qodirqulov o‘rniga Islom Kenjaboyev tushirildi |
| 84' | ![]() |
Eronda o‘zgarish: Muhammad Mohibiy o‘rniga Jafar Salmoniy tushirilmoqda |
| 84' | ![]() |
Darvozabon Abbosiyga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 83' | ![]() |
Vuuuuuh! Bozorov!!! Zaxiradan tushgan hujumchimiz raqib jarima maydoni tashqarisida to‘p uchun kurashda himoyachidan ustun keldi va 13 metrlardan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 81' | ![]() |
Yaxshiboyev bir futbolchini aldab o‘tib jarima maydoniga kirdi, ammo negadir yiqildi. Hakam penalti belgilmaslikka qaror qildi. Balki VARdagilar ko‘rib chiqishayotgandir... |
| 79' | ![]() |
Eronliklar yana to‘pni yon chiziqdan jarima maydonimiz tomon uloqtirib berishdi. Hujumda fol ishlatilgani uchun o‘yin to‘xtatildi |
| 77' | ![]() |
Vuuuuuh! Yaxshiboyev chiroyli uzatma bilan Abduxoliqovni yakkama-yakka vaziyatga chiqardi. Ammo to‘pga birinchi bo‘lib Abbosiy yetib keldi |
| 76' | ![]() |
Eronliklar burchak zarbasini amalga oshirishdi. Ne’matov to‘pga sakradi, ammo muvaffaqiyatli harakat qila olmadi. To‘p hujumchilardan maydonni tark etdi |
| 75' | ![]() |
Aliqulov raqib jarima maydoni ichida zarba berdi. Himoyachiga tegib, yuqoriga ko‘tarilgan to‘pni darvozabon egallab oldi |
| 74' | ![]() |
Standart ishladik. Qodirqulovga nisbatan qanotda fol ishlatildi |
| 73' | ![]() |
Hozircha forslar Yaxshiboyevga o‘z o‘yinini ko‘rsatish uchun imkoniyat berishmayapti. Jasurni yaxshi o‘rganishgan shekilli |
| 72' | ![]() |
To‘p nazorati O‘zbekiston tomoniga o‘tdi |
| 67' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Nurullo To‘xtasinov o‘rniga Oybek Bozorov tushirildi |
| 66' | ![]() |
Yaxshiboyev qanotda belgilangan jarima zarbasini o‘yinga kiritdi. Eron posboni to‘pni egallab oldi |
| 64' | ![]() |
Vuuuuh! Eronlik futbolchi terma jamoamizni kechirdi. Ochiqchasiga kechirdi. Jamoamiz markazda to‘pni yo‘qotishi natijasida raqiblar xavfli qarshi hujum tashkil qilishdi. Raqib futbolchisi 7-8 metrdan aniq zarba bera olmadi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi. Unga hech kim xalal bermayotgan edi |
| 58' | ![]() |
GOL! Eronlik hisobni tenglashtirishdi. Raqiblarimiz yon chiziqdan to‘pni jarima maydonimiz tomon uloqtirib berishdi. Futbolchilarimiz to‘pni vaziyatdan uzoqlashtira olishmadi. Eron ketma-ket bir nechta zarba berdi va Dehqoniy yaqin masofadan darvozani zabt etdi |
| 56' | ![]() |
Hujumlar soni bo‘yicha eronliklar ustunlik qilishmoqda. Najariyon jarima maydonimiz sari yaqinlashib kelib zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 54' | ![]() |
Sayidmanesh jarima maydonimiz chizig‘i ustidan ancha noaniq zarba yo‘lladi |
| 53' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani darvozabonimiz egallab oldi |
| 52' | ![]() |
Shakariy olis masofadan aniq zarba berdi. Ne’matov to‘pni egallab oldi |
| 51' | ![]() |
Yaxshiboyev birdaniga 3 nafar himoyachi orasidan o‘tib, jarima maydoniga kirishdi, ammo mudofaa vakillari ishonchli harakat qilishdi |
| 46' | ![]() |
Zaxiradan maydonga tushgan Mehdi Qoidiy o‘ng tomondan jarima maydonimizga kirib keldi, bir futbolchimizni aldab o‘tdi. Ne’matov to‘pga birinchi yetib kelib, unga egalladi. Hujumchi esa darvozabonimizga urilib ketdi. Abduvohidga tibbiy yordam ko‘rsatildi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Davom etamiz |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi, hozircha hisob 1:0. Bizdan uzoqlashmang! |
| 45+3' | ![]() |
ZARBAA! Abduholiqovning zarbasin ancha noaniq chiqdi |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
Azazijon G‘aniyev darvoza ustuni bilan to‘qnashib ketid, unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 41' | ![]() |
Shakariyning zarbasi Ne’matovning qo‘liga borib tushdi |
| 39' | ![]() |
GOOOOOOOL! Islom QObilov penaltidan hisobni ochishga erishdi. |
| ' | ![]() |
Raqib futbolchisi Abdug‘oliqni jarima maydoni ichida to‘xtatib qoldi |
| 38' | ![]() |
Penalti!!!! Hakam terma jamoamiz foydasiga penalti belgiladi |
| 36' | ![]() |
Havodagi to‘p uchun kurashda Nurillo To‘xtasinovga nisbatan qoida buzildi |
| 30' | ![]() |
ZARBAA! Rizo Dehqoniy uzoq masofadan kuchli zarba yo‘llagandi, noaniq chiqdi |
| 27' | ![]() |
Yaxshiboyev ancha faollashdi. Jarima maydoni tashqarisidan zarba yo‘lladi, biroq zarba to‘g‘ri Abbasiyning qo‘liga borib tushdi |
| 26' | ![]() |
Yaxshiboyev qantdan to‘pni jarima maydoni ichiga uztagan edi, to‘pni darvozabon ushlab oldi. |
| 25' | ![]() |
VUUUH! Qobilovning xatosidan so‘ng Ali Shojayi deyarli bo‘sh darvozaga gol ura olmadi. |
| 21' | ![]() |
Yaxshiboyev burchakdan to‘pni uzatib berdi, Aliqulovning bosh bilan yo‘llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi |
| 18' | ![]() |
Nurillo To‘xtasinovni to‘xtatib qolgan Orif Og‘asiy ogohlantirildi |
| 17' | ![]() |
Yaxshiboyev maydon markazidan ikkita futbolchini aldamb Bobirga pas bergandi, Abduholiqov o‘yinidan tashqari holatda ekanligini sezib, to‘pga bormadi |
| 15' | ![]() |
ZARBA!! AZizjon G‘aniyev o‘z omadini o‘zoqdan sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi, afsus noaniq chiqdi |
| 14' | ![]() |
Uchrashuv to‘liq Eron olimpiya terma jamoasi ustunligida o‘tmoqda, futbolchilarimiz oddiy vaziyatlarda ham xatoga yo‘l qo‘yishmoqda |
| 10' | ![]() |
Alijononvning qo‘li raqib futbolchisining yuziga tegib ketdi va hakam o‘yinni to‘xtatdi |
| ' | ![]() |
O‘zbekistondan borgan muxllislar tinimsiz terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlamoqda |
| 5' | ![]() |
Terma jamoamiz a’zolari o‘yin oshida biroz hayajonlanmoqda va ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yimoqda |
| 3' | ![]() |
VUUHHH! Ne’matov to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi, u jarohat olgan bo‘lishi mumkin... |
| 3' | ![]() |
Jarimadan yo‘llangan to‘p himoyachilarimizga tegib maydon tashqarsiga chiqb ketdi. Burchakdan oshirilgan to‘pni eronlik futbolchi noaniq zarba yo‘lladi. |
| 2' | ![]() |
Hojiakbar Alijonov raqib futbolchisini to‘xtatib qoldi. Jarima to‘pi... |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi. O‘yinni olimpiyachilarimiz boshlab berdi |
| ' | ![]() |
Har ikki davlat madhiyalari yangrab o‘tdi. |
| ' | ![]() |
Uchrashuv boshlanish arafasida har ikki terma jamoa vakillari stadionga chiqib kelishdi |
| ' | ![]() |
Bugungi o‘yinda terma jamoamiz oq rangli libosda harkat qilsa, Eron qizil rangli liboslarda maydonga tushadi |
| ' | ![]() |
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston terma jamoasi "S" guruhidan o‘rin olgan. Mazkur guruhda terma jamoamizdan tashqari Eron, Janubiy Koreya va Xitoy termalari ham o‘rin olgan |
| ' | ![]() |
Ayni damda har ikki jamoalar stadionga yetib kelga va o‘yin oldi mashg‘ulotlarni olib borishmoqda |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! Yana bir necha daqiqalardan so‘ng olimpiya terma jamoamiz Osiyo chempionatidai yurishini boshlaydi. Mazkur bahsni kamina Jaloldin Qobiljonov va Olimxo‘ja Bo‘ronov bilan birgalikda matnli translyasiya qilib boramiz. Bizni kuzatishda davom eting va bizdan uzoqlashmang! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|