Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
OFK U23 Osiyo chempionati
| 19 yanvar, soat 18:15. Bosh hakam: Fu Ming (Xitoy) | ||
BAA U23Zayid al-Amiriy (13)
|
1 : 5 |
O‘ZBEKISTON U23Ilhom Alijonov (15)
Islom Qobilov (25-penalti) Oybek Bozorov (41) Jasur Yaxshiboyev (85) Nurullo To‘xtasinov (90+4) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Muhammad ash-Shamsiy 3.Muhammad Ali al-Mahriy 5.Xalifa Muborak al-Hammadiy 6.Majid Ibrohim Salim 7.Zayid Abdulla al-Amiriy 9.Ali Solih Amro 13.Abdulla Ramazon Bekxit 15.Xalfan Hassan al-Hamadiy 16.Yahyo Nodir ash-Sharif 18.Majid Rashid al-Mehrziy 23.Sayid Ali Suvaydan |
01.Abduvohid Ne’matov 02.Islom Qobilov 03.Hojiakbar Alijonov 04.Abdulla Abdullayev 06.Aziz G‘aniyev 09.Jasurbek Yaxshiboyev 10.Bobir Abdixoliqov 19.Ilhom Alijonov 20.Husniddin Aliqulov 22.Sanjar Qodirqulov 23.Oybek Bozorov |
|
| ZAHIRA | ||
| 12.Mashhurjon Muhammadjonov 21.Nizomiddin Ziyovutdinov 5.Dilshod Saitov 7.Sharof Muxitdinov 8.Nurillo To‘xtasinov 11.Mirjahon Mirahmadov 13.Sherzod Nasrullayev 14.Abrorbek Ismoilov 15.Oybek Rustamov 16.Azizbek Amonov 17.Islom Kenjaboyev 18.Doston Ibragimov |
||
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Ali Solih Amro (65)
|
Husniddin Aliqulov (72)
|
|
Matn
| 90+6' | ![]() |
O‘yin tugadi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionati yarim finaliga yo‘l oldi. G‘alaba muborak bo‘lsin! Keyingi raqibimiz — Suadiya Arabistoni! |
| 90+4' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Nurillo To‘xtasinov, 1:5! Yaxshiboyev o‘ng tomondan oldinga o‘tib, jarima maydoniga uzatma berdi. Abduxoliqov to‘pni o‘tkazib yubordi, To‘xtasinov esa yaqin masofadan darvozani zabt etdi |
| 90+3' | ![]() |
O‘zbekiston xotirjamlik bilan to‘pni nazorat qilib, qo‘shilgan vaqtni o‘tkazmoqda |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Doston chap qanotdan oldinga o‘tib, Bobur tomon pas berayotgan edi. Ammo raqib futbolchisi to‘pni egallab oldi |
| 88' | ![]() |
O‘zbekistonda uchinchi o‘zgarish: Hojiakbar Alijonov o‘rniga Dilshod Saitov tushirildi |
| 87' | ![]() |
Vuuuuuuh! To‘xtasinov raqib jarima maydoni ichida to‘pni olib qo‘yib, 15 metrlardan zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 85' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Jasur Yaxshiboyev! 4:1! AGMK yarim himoyachisi ajoyib kombinasiyani golga aylantirdi. Assistent — To‘xtasinov! |
| 83' | ![]() |
VUUUUUH! G‘aniyev! Jarima zarbasidan to‘pni raqib darvozasi "to‘qqizligi" tomn yo‘naltirdi. Darvozabon to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 81' | ![]() |
VUUUUUUUH! Hojiakbarning zarbasidan keyin to‘p BAA darvozasi ustuniga tegib qaytdi!!! |
| 78' | ![]() |
Maydon markazidan oldingi chiziqqa uzatma berildi. Darvozani tark etgan Shamsiy to‘pni egalladi |
| 77' | ![]() |
O‘zbekistonda ikkinchi o‘zgarish: Sanjar Qodirqulov o‘rniga Doston Ibragimov tushirildi |
| 76' | ![]() |
Vuuuuuuh! G‘aniyev! Yaxshiboyevning uzatmasidan keyin Aziz raqib jarima maydoniga kirdi va zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 72' | ![]() |
Husniddin Aliqulov sariq kartochka oldi. |
| 71' | ![]() |
EHHHHHH, YAXSHIBOYEV! Bir himoyachidan qochib ketib, jarima maydoniga kirdi, yakkama-yakka vaziyatda darvozabonni aldab o‘tdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Ortdan yetib kelgan mudofaa vakili chiziq ustida to‘pni qaytarib qoldi. Jasur ochiq turgan jamoadoshlariga uzatma berishi mumkin edi. Qizg‘andi! |
| 71' | ![]() |
Futbolchilarimiz maydon markazida to‘pni yo‘qotishdi va Al-Amiriy jarima maydonimizga kirib kelib, o‘tkir burchak ostida noaniq zarba berdi |
| 69' | ![]() |
Alijonov ikki himoyachi orasida o‘tib, raqib jarima maydoniga kirishga urindi, ammo raqiblar to‘pni olib qo‘yishdi |
| 65' | ![]() |
Ali Solih Amro jarohat oldi. U Abdullayevni ataylab tepdi |
| 64' | ![]() |
O‘zbekistonda birinchi o‘zgarish: Oybek Bozorov o‘rniga Nurullo To‘xtasinov tushirildi |
| 63' | ![]() |
Terma jamoamiz raqibni o‘z jarima maydoni ichiga qamadi, uyushtirilayotgan hujumlar hozircha zarba bilan yakunlanmayapti |
| 60' | ![]() |
Amirlik futbolchilari burchak zarbasi ishladi. O‘yinga kiritilgan to‘pni Ne’matov mushti bilan urib yubordi |
| 59' | ![]() |
Raqib jarima maydoniga kirayotgan Bobur tomon yuqoridan uzatma berildi. To‘pni Shamsiy egallab oldi |
| 57' | ![]() |
Olimpiyachilarimiz qarshi hujumda yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lishmoqda |
| 54' | ![]() |
BAAliklar jarima zarbasini amalga oshirishdi, ammo vakillarimiz tezkor qarshi hujumga o‘tishdi. Ammo bor-yo‘g‘i "aut" ishladik |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Davom etamiz |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob 1:3 |
| 45+3' | ![]() |
VUUHHH! Dahshatli seyv! Raqbi posboni Abduholiqovning boshi bilan yo‘llagan zarbasini qaytardi va jamoasini muqarrar goldan qutqardi |
| 45+3' | ![]() |
Zarba! Qodirqulovning zarbasi himoyachilarga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 45-3' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berdi |
| ' | ![]() |
Oybek Bozorov olis masofadan raqib darvozasini ajoyib tarzda ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi! Futbolchilarimiz 3:1 hisobida oldinga chiqib olishdi |
| 41' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOOL! Oybek Bozorooooooov! Supergoooooooool! |
| 36' | ![]() |
ZARBAAA! Bekxitning kuchli zarbasi jonli devordagi futbolchilarimizga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 35' | ![]() |
Darvozamiz tomon jarima to‘pi. To‘p oldida 13-raqamli futbolchi... |
| ' | ![]() |
Eslatib o‘tamiz. Bugungi uchrashuv g‘olibi Osiyo chempionatining yarim finalida Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. |
| 33' | ![]() |
Yaxshibrev raqib himoyachilarini aldab jarima maydoni ichiga uzatma amlga oshirgan edi, himoyachilar to‘pni qaytardi |
| 31' | ![]() |
Ehhhh, gol urishimiz kerak edi! Yaxshiboyev jarima maydoni ichida qulay vaziyatda turgan Bozorovga pas berdi. Oybek zarba berishi shart bo‘lgan vaziyatda yiqildi. Ammo bu penalti emas |
| 29' | ![]() |
VUUUUUH! BAA posboni bir amallab jamoasini goldan qutqardi. Abduxoliqov birga-bir vaziyatga chiqib, kuchli zarba berdi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib, darvozaga kirayotgandi. Shamsiy o‘rnidan turib, to‘pni qaytarib qolishga erishdi |
| 27' | ![]() |
VUUUUUUUH! G‘aniyev o‘ng qanotdan ajoyib yurishni amalga oshirib, jarima maydoniga kirgan Boburning oyog‘iga to‘pni "qo‘ndirdi"! Abduxoliqovning to‘pni yerga tushirmasdan yo‘llagan zarbasidan keyin to‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 25' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Islom Qobilov! 2:1! Sardorimiz markaz bo‘ylab zarba berdi va darvozani zabt etdi! |
| 24' | ![]() |
PENALTI! Nihoyat 3 daqiqa etgan tekshiruvdan so‘ng BAA darvozasiga 11 metrli jarima zarbasi belgilandi |
| 20' | ![]() |
Bozorov chap tomonda raqibning ikki futbolchisidan o‘tib ketib, raqib jarima maydoni kirdi va himoyachi uni chalib yiqitdi. Fu Ming hushtak chalmadi. Vaziyatni VAR ko‘rib chiqmoqda |
| 19' | ![]() |
Vakillarimiz to‘pni nazorat qilishmoqda |
| 15' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Ilhom Alijonov! 1:1! Bozorovning uzatmasidan keyin chap qanot himoyachimiz 18 metrdan kuchli zarba berdi. To‘p to‘singa tegib, to‘rga borib tushdi |
| 13' | ![]() |
GOL! BAA hisobni ochmoqda. Olis masofadan yetkazilgan uzatma natijasida 3 himoyachimiz Al-Amiriyni o‘tkazib yuborishdi. Zayid yakkama-yakka vaziyatda olis burchakni ishg‘ol qildi. |
| 9' | ![]() |
Eh, Jasur! U o‘z qanotida raqibni ikki marta aldadi-yu, so‘ngra na aniq zarba berdi, na aniq uzatma... |
| 7' | ![]() |
Oho! Olis masofadan yetkazilgan uzatma natijasida G‘aniyev birga-bir vaziyatga chiqib borib, o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Darvozabon ikkinchi urinishda to‘pni egallab oldi |
| 6' | ![]() |
Yaxshiboyev burchakdan to‘pni jarima maydoni tashqarisidagi Alijonovga uzatdi. Hojiakbarning zarbasi kuchli, ammo aniqlik yetishmadi |
| 5' | ![]() |
Amirlik futbolchisi jarima maydonimizga kirib, o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Ne’matov to‘pni egalladi |
| 4' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani raqiblarimiz qaytarishdi |
| 4' | ![]() |
VUUUUUH! Endi BAA posboni mahorat ko‘rsatdi. Yaxshiboyev tomonidan yetkazilgan jarima to‘pini Abduxoliqov bosh bilan darvoza tomon burdi. Yerga urilib borgan to‘pni Shamsiy darvoza yuqorisiga urib yubordi |
| 2' | ![]() |
VUUUUUH! Abduvohid Ne’matov! Raqib futbolchisi yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, zarba berdi. Darvozabonimiz oyog‘i bilan to‘pni qaytardi |
| 1' | ![]() |
Diqqat! Uchrashuv boshlandi. O‘zbekiston terma jamoasiga omad tilaymiz. Yaratganning o‘zi qo‘llasin |
| ' | ![]() |
Guruhdagi 3ta o‘yinni oq rangli futbolkada o‘tkazgan O‘zbekiston terma jamoasi bugun ko‘k rangli formada harakat qiladi |
| ' | ![]() |
Endi esa navbatda O‘zbekiston davlat madhiyasiga |
| ' | Dastlab Birlashga Arab Amirliklari madhiyasi yangramoqda | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. O‘zbekiston va BAA Olimpiya terma jamoalari chorak final o‘yinini o‘tkazish Bangkokdagi “Rajamangala” stadioniga chiqib kelishdi. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|